Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻli tugʻilgan kunning 175 yilligini nishonlash toʻgʻrisida
Qoraqalpoq xalqining mumtoz shoiri Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻlining sharq xalqlari madaniyati va adabiyotini, xalqlar oʻrtasida doʻstona munosabatlarni rivojlantirishga hamda yosh avlodni vatanparvarlik va xalqparvarlik ruhida tarbiyalashga qoʻshgan ulkan hissasini inobatga olib, uning betakror adabiy merosini xalqimiz oʻrtasida yanada keng ommalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Oʻzbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻli tugʻilgan kunning 175 yilligini 1999-yilda Oʻzbekistonda keng nishonlash toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Ushbu sanaga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi
ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Tashkiliy qoʻmita Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirliklar va idoralar, jamoat tashkilotlari, ijodiy uyushmalar bilan birgalikda yubileyni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tadbirlarini bir oy muddatda ishlab chiqsin hamda amalga oshirishga kirishsin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Fanlar akademiyasi, “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazi bilan birgalikda 1999-yil dekabr oyida Nukus shahrida Ajiniyoz tugʻilgan kunning 175 yilligiga bagʻishlangan tantanalarni oʻtkazsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yozuvchilar uyushmasi va Davlat matbuot qoʻmitasi bilan birgalikda:
shoirning 175 yillik yubileyi munosabati bilan “Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻlining adabiy merosini oʻrganish” mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazsin;
1999-yilda shoirning asarlarini, saylanma sheʼrlarini, uning hayoti va ijodi toʻgʻrisidagi maqolalar toʻplamini tayyorlasinlar va nashr etsinlar.
4. Oʻzbekiston Pochta va telekommunikatsiyalar agentligi Ajiniyoz siymosi tasvirlangan pochta markalari va konvertlar chiqarishni tashkil etsin.
5. “Oʻzbekkino” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi filmlar yaratish uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan Ajiniyozning hayoti va ijodiy faoliyatiga bagʻishlangan hujjatli film yaratsin.
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligiga:
tegishli idoralar va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda mahalliy budjet va homiylar mablagʻi hisobidan Moʻynoq tumanida “Ajiniyoz bogʻi”ni barpo etish;
Xiva shahridagi Ajiniyoz muzeyini kengaytirish va eksponatlar bilan boyitish;
Ajiniyoz hayoti va ijodi, uning tarixiy asarlari asosida spektakllar sahnalashtirish;
Nukus shahrida respublika sozanda-baxshilar tanlovini oʻtkazish vazifalari topshirilsin.
7. “Oʻzteleradio” kompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi Ajiniyoz hayoti va ijodini yorituvchi turkum koʻrsatuvlar, eshittirishlar, maqolalar tashkil etsinlar hamda yubileyga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tadbirlarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritsinlar.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Ajiniyoz yubileyini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun Respublika tashkiliy qoʻmitasi tasdiqlagan hajmda Respublika budjeti va mahalliy budjetlar hisobidan teng ulushlarda mablagʻ ajratsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 13-avgustdagi 389-sonli
qarorigaILOVA
Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻli tugʻilgan kunning 175 yilligiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha Respublika tashkiliy qoʻmitasi
| Karomatov H. |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita raisi |
| Joʻrayev N. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (kelishuv boʻyicha), tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari |
| Tojiyev A. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari |
| Abdullayev Sh. |
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining oʻrinbosari |
| Aminov N. |
Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazi rahbari |
| Davletmuratova T. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat ishlari vaziri |
| Eshanov T. |
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Qoraqalpogʻiston boʻlimi raisi |
| Joʻrayev X. |
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vaziri |
| Joʻrayev T. |
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Prezidenti |
| Yoʻldoshev J. |
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri |
| Koʻchimov A. |
“Oʻzteleradio” kompaniyasi raisi |
| Oripov A. |
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi |
| Roʻzmetov A. |
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi bosh direktori |
| Shogʻulomov R. |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi raisi |
| Yusupov I. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazi raisi |
| Yusupboyev K. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining doimiy vakili |
| Yunusov T. |
“Oʻzbekkino” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisi |
| Qaipbergenov T. |
Qoraqalpogʻ�ston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi raisi |
| Qoʻziyev T. |
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi |
| Gʻulomov S. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri |