1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.25.00.00 Qimmatli qogʻozlar emissiyasi / 07.25.03.00 Qimmatli qogʻozlar emissiyasi chiqarilishi va prospektini roʻyxatdan oʻtkazish;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Moliya / Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT RAQOBAT QOʻMITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORINI MUVOFIQLAShTIRISh VA RIVOJLANTIRISh MARKAZI BOSh DIREKTORINING
buyrugʻi
“Aksiyalar egalari reyestri va korporativ obligatsiyalar egalari reyestri toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 19-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1911-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 7-son, 354-modda) va “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida” qonunlari (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 61-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish, shuningdek ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 36-son, 477-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1996-y., 3-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktorining 2009-yil 30-yanvardagi 2009-05-son “Aksiyalar egalari reyestri va korporativ obligatsiyalar egalari reyestri toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1911, 2009-yil 25-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 9-son, 100-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Bosh direktor B. ATAXANOV
Toshkent sh.,
2013-yil 9-dekabr,
2013-11-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi Bosh direktorining 2013-yil 9-dekabrdagi 2013-11-son buyrugʻiga ILOVA
“Aksiyalar egalari reyestri va korporativ obligatsiyalar egalari reyestri toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Muqaddimadagi “Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi” degan soʻzlar “Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
a) 1-bandning oʻn ikkinchi xatboshisidagi “Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi” degan soʻzlar “Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) 6-bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisidagi “telefon” degan soʻz “telefon raqami, elektron pochta manzili, emitentning rasmiy veb-sayti (ular mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
i) 36-banddagi “qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi” degan soʻzlar “Markaziy depozitariy” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“37. Markaziy depozitariy tomonidan reyestrni shakllantirish faqatgina emitentning barcha nominal saqlovchilaridan mazkur emitent qimmatli qogʻozlari egalarining roʻyxatlari qabul qilinganidan soʻng amalga oshiriladi.”;
“47. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etish va korporativ obligatsiyalar boʻyicha daromadlarni toʻlash uchun reyestr reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnomadan kelib chiqqan holda mazkur Nizomning 1 va 2-ilovalariga muvofiq elektron yoki qogʻoz hujjat koʻrinishida tegishlicha shakllantiriladi.”;
“oʻzining joylashgan yeri (pochta manzili), telefon raqami, elektron pochta manzili, emitent rasmiy veb — sayti, shuningdek mazkur Nizomning 6-bandida keltirilgan boshqa maʼlumotlarning oʻzgarganligi toʻgʻrisida yozma ravishda axborot berishi shart.”;
“60. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishida qatnashish uchun shakllantirilgan reyestr vakolatli shaxsga berilgandan soʻng yigirma kun davomida Markaziy depozitariy reyestrning qogʻoz shaklidagi bir nusxasini, shakllantirilgan reyestrga oʻzgartirishlar kiritilgan taqdirda, bunday holatlar toʻgʻrisidagi axborotni qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organiga taqdim etadi.”;
p) 69-banddagi “taqdim etmasligi” degan soʻzlar “taqdim etishni asossiz rad etish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A. ABDUHAKIMOV
2013-yil 9-dekabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 51-son, 675-modda)