Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Naqd pul muomalasini yanada mustahkamlash, respublika mintaqalarida naqd pul aylanishi tezlashishi uchun barcha darajadagi rahbarlar va mansabdor shaxslarning javobgarligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlar, shaharlar va tumanlarda 1997-yilning III choragi uchun naqd pul emissiyasi darajasi va kassa rejasi prognoziga 1-ilovaga
* muvofiq rozilik berilsin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari nakd pul mablagʻlari emissiyasi darajasi va kassa rejalarining belgilangan parametrlari bajarilishi ustidan doimiy va amaliy nazoratni taʼminlasinlar.
2. “Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasi, Oʻzbekbirlashuv, “Oʻzmaishiyxizmatuyushma”, “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasi, “Toshshaharyoʻlovchitrans” uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, chakana savdo tarmogʻiga ega boʻlgan va aholiga pulli xizmatlar koʻrsatuvchi boshqa vazirliklar va idoralar hokimliklar bilan birgalikda xizmatlar koʻrsatish sohasini kengaytirish va mahalliy bozorlarni zarur turdagi xalq isteʼmol tovarlari bilan toʻldirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar koʻrsinlar.
Vazirlar Mahkamasi majmuilari rahbarlari mazkur bandning amalga oshirilishi ustidan nazorat oʻrnatsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov va Oʻzbekiston Respublikasi markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.