Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida shahar yoʻlovchilar tashish transportini rivojlantirish loyihasini tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining besh shahrida: Olmaliq, Buxoro, Namangan, Nukus va Samarqand shaharlarida shahar yoʻlovchilar tashish transportini rivojlantirish loyihasini tayyorlashga Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan 500 ming AQSh dollari miqdorida avans berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi shahar yoʻlovchilar tashish transportini rivojlantirish loyihasini tayyorlash va amalga oshirish uchun javob beruvchi tashkilot sifatida belgilansin.
3. Belgilab qoʻyilsinki, avansni qaytarish va unga xizmat koʻrsatish xarajatlari “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
4. Shahar yoʻlovchilar tashish transportini rivojlantirish loyihasini tayyorlash va amalga oshirish boʻyicha komissiya
ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
shahar yoʻlovchilar tashish transportini rivojlantirish loyihasini tayyorlash va amalga oshirish tadbirlarini ishlab chiqish hamda ularning bajarilishini nazorat qilish;
xorijiy va mahalliy maslahatchilar, “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi hamda loyiha tayyorlanadigan va amalga oshiriladigan shaharlar hokimliklari tomonidan olib boriladigan ishlar muvofiqlashtirilishini taʼminlash;
loyiha mablagʻlaridan samarali foydalanilishini nazorat qilish yuklansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi buyurtmanomalari boʻyicha loyiha qatnashchilari boʻlgan xorijiy mutaxassislarni konsullik yigʻimlari toʻlashdan ozod qilgan holda ularga kirish vizalari rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi buyurtmanomalari boʻyicha loyiha qatnashchilarini vizalar uzaytirilganligi, Oʻzbekistonda yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazganlik va roʻyxatdan oʻtkazish uzaytirilganlik uchun yigʻimlar toʻlashdan ozod qilsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari L.A. Axmetov zimmasiga yuklansin.