toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki qarzlari doirasida shahar yoʻlovchilar tashish transportini rivojlantirish loyihasini tayyorlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida shahar yoʻlovchilar tashish transportini rivojlantirish loyihasini tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining besh shahrida: Olmaliq, Buxoro, Namangan, Nukus va Samarqand shaharlarida shahar yoʻlovchilar tashish transportini rivojlantirish loyihasini tayyorlashga Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan 500 ming AQSh dollari miqdorida avans berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi shahar yoʻlovchilar tashish transportini rivojlantirish loyihasini tayyorlash va amalga oshirish uchun javob beruvchi tashkilot sifatida belgilansin.
3. Belgilab qoʻyilsinki, avansni qaytarish va unga xizmat koʻrsatish xarajatlari “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
4. Shahar yoʻlovchilar tashish transportini rivojlantirish loyihasini tayyorlash va amalga oshirish boʻyicha komissiya ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
 LexUZ sharhi
4-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-sonli qaroriga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Hujjatning rus tilidagi matniga qarang.
5. Komissiyaga:
shahar yoʻlovchilar tashish transportini rivojlantirish loyihasini tayyorlash va amalga oshirish tadbirlarini ishlab chiqish hamda ularning bajarilishini nazorat qilish;
xorijiy va mahalliy maslahatchilar, “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi hamda loyiha tayyorlanadigan va amalga oshiriladigan shaharlar hokimliklari tomonidan olib boriladigan ishlar muvofiqlashtirilishini taʼminlash;
loyiha mablagʻlaridan samarali foydalanilishini nazorat qilish yuklansin.
 LexUZ sharhi
5-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-sonli qaroriga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Hujjatning rus tilidagi matniga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi buyurtmanomalari boʻyicha loyiha qatnashchilari boʻlgan xorijiy mutaxassislarni konsullik yigʻimlari toʻlashdan ozod qilgan holda ularga kirish vizalari rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi buyurtmanomalari boʻyicha loyiha qatnashchilarini vizalar uzaytirilganligi, Oʻzbekistonda yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazganlik va roʻyxatdan oʻtkazish uzaytirilganlik uchun yigʻimlar toʻlashdan ozod qilsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari L.A. Axmetov zimmasiga yuklansin.
 LexUZ sharhi
9-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-sonli qaroriga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Hujjatning rus tilidagi matniga qarang.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 5-avgust,
336-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)