Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki qarzlari doirasida shahar yoʻlovchilar tashish transportini rivojlantirish loyihasini tayyorlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida shahar yoʻlovchilar tashish transportini rivojlantirish loyihasini tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining besh shahrida: Olmaliq, Buxoro, Namangan, Nukus va Samarqand shaharlarida shahar yoʻlovchilar tashish transportini rivojlantirish loyihasini tayyorlashga Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan 500 ming AQSh dollari miqdorida avans berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi shahar yoʻlovchilar tashish transportini rivojlantirish loyihasini tayyorlash va amalga oshirish uchun javob beruvchi tashkilot sifatida belgilansin.
3. Belgilab qoʻyilsinki, avansni qaytarish va unga xizmat koʻrsatish xarajatlari “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
4. Shahar yoʻlovchilar tashish transportini rivojlantirish loyihasini tayyorlash va amalga oshirish boʻyicha komissiya
ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
shahar yoʻlovchilar tashish transportini rivojlantirish loyihasini tayyorlash va amalga oshirish tadbirlarini ishlab chiqish hamda ularning bajarilishini nazorat qilish;
xorijiy va mahalliy maslahatchilar, “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi hamda loyiha tayyorlanadigan va amalga oshiriladigan shaharlar hokimliklari tomonidan olib boriladigan ishlar muvofiqlashtirilishini taʼminlash;
loyiha mablagʻlaridan samarali foydalanilishini nazorat qilish yuklansin.
6. “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasining Kommunikatsiyalar kompleksi bilan kelishgan holda ikki hafta muddatda:
6 kishidan iborat shahar yoʻlovchilar tashish transportini rivojlantirish loyihasini amalga oshirish guruhini tashkil etsin va uning rahbarini tayinlasin;
loyihani amalga oshiruvchi guruh toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin, bunda loyiha budjeti tasdiqlangunga qadar uni mablagʻ bilan taʼminlash manbai etib “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi mablagʻlari belgilansin;
loyihani amalga oshirish guruhini joy, tashkiliy texnika, aloqa vositalari va boshqa zarur asbob-uskunalar bilan taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi buyurtmanomalari boʻyicha loyiha qatnashchilari boʻlgan xorijiy mutaxassislarni konsullik yigʻimlari toʻlashdan ozod qilgan holda ularga kirish vizalari rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi buyurtmanomalari boʻyicha loyiha qatnashchilarini vizalar uzaytirilganligi, Oʻzbekistonda yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazganlik va roʻyxatdan oʻtkazish uzaytirilganlik uchun yigʻimlar toʻlashdan ozod qilsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari L.A. Axmetov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 5-avgustdagi
336-son
qarorigaILOVA
Shahar yoʻlovchilar tashish transportini rivojlantirish yuzasidan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihasini tayyorlash va amalga oshirish komissiyasining
| 1. |
Axmetov L.A. |
|
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, komissiya raisi |
| 2. |
Sidiqnazarov Q.M. |
|
“Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi raisi |
| 3. |
Mannopbekov N.T. |
|
Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti boʻlimi boshligʻi |
| 4. |
Shilikov V.M. |
|
Samarqand shahar hokimining birinchi oʻrinbosari |
| 5. |
Jumatov S.J. |
|
Nukus shahar hokimining oʻrinbosari |
| 6. |
Najmiddinov Sh.A. |
|
Buxoro shahar hokimining oʻrinbosari |
| 7. |
Eshmatov N.X. |
|
Namangan shahar hokimining oʻrinbosari |
| 8. |
Mahmudov A.S. |
|
Olmaliq shahar hokimining oʻrinbosari |
| 9. |
Ibrohimov Sh.Gʻ. |
|
Moliya vazirining oʻrinbosari |
| 10. |
Xoʻjayev B.E. |
|
Makroiqtisodiyot va statistika vazirining oʻrinbosari |
| 11. |
Navotniy A.S. |
|
Mehnat vazirligining boshqarma boshligʻi |
| 12. |
Shovahobov Sh.Sh. |
|
Vazirlar Mahkamasi Kommunikatsiyalar kompleksi kotibiyatining bosh mutaxassisi, komissiya kotibi |