Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
1996-yilda paxta yigʻim-terim mavsumini tashkiliy ravishda oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
1996-yil paxta hosilini yigʻishtirib olishga oʻz vaqtida tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish, paxta mahsuloti hajmlarini koʻpaytirish va sifatini yaxshilashda qishloq xoʻjaligi xodimlarining moddiy manfaatdorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Paxta yigʻim-terimi mavsumiga tayyorgarlik koʻrishni nihoyasiga yetkazish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalarni tezkorlik bilan hal etish uchun
1-ilovaga muvofiq tarkibda respublika komissiyasi tuzilsin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi va “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi moddiy-texnika bazaning paxta xom ashyosini yigʻishtirib olishga tayyorlab qoʻyishni 1-sentabrgacha tugallashni va paxta yigʻim-terimi mavsumining yuqori tashkiliy darajada oʻtkazilishini taʼminlasinlar.
3. Vazirlar Mahkamasining “1996-yilgi paxta tolasiga davlat buyurtmasi hajmlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida” 1996-yil 27-martdagi 121-son qaroriga muvofiq paxta tayyorlash boʻyicha belgilangan topshiriqni bajargan xoʻjaliklar ixtiyorida qoldiriladigan paxta mahsuloti ulushi uni yetishtirish hajmining 60 foizigacha oshirilganligi, paxta tolasiga davlat buyurtmasi esa 40 foizigacha pasaytirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
4. 1996-yil hosili 1 tonna paxta xom ashyosining xarid narxlari oʻrtacha 12500 soʻm (paxta tolasiga qayta hisoblaganda 1 tonnasi uchun — 39060 soʻm) hisobidan belgilansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir hafta muddatda paxta xom ashyosining yangi xarid narxlari preyskurantini ishlab chiqsin, nashr etsin va manfaatdor vazirliklar hamda idoralarga yetkazsin.
5. Hosilni yigʻishtirib olishda moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish uchun xoʻjaliklarga paxta terishda quyidagi miqdorlarda haq toʻlash tavsiya etilsin:
ikki qatorli paxta terish mashinasida terilgan konditsion ogʻirligi 1 tonna boʻlgan paxta uchun — kamida 50 soʻm, toʻrt qatorli mashinada terilganda — 30 soʻm;
qoʻlda terilgan 1 kilogramm paxta uchun — kamida 2 soʻm.
yigʻim-terim ishlarida band boʻlganlar bilan har besh va oʻn kunda hisob-kitob qilinsin.
Xoʻjaliklar rahbarlarining eʼtibori koʻp miqdorda yuqori sortli paxta terib olinishi uchun, terimchilarni ragʻbatlantirishni nazarda tutgan holda, yigʻim-terim mavsumining boshidan boshlab paxta terimi uchun eng yuqori haq belgilanishi lozimligiga qaratilsin.
Pul-kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasi (Mullajonov) qishloq xoʻjaligida mehnatga haq toʻlashning bazaviy darajasini mazkur bandga muvofiq qayta koʻrib chiqsin.
6. Markaziy bank, “Paxta-bank”, “Oʻzsanoatqurilishbank”, “Oʻztadbirkorbank”, “Mevasabzavotbank” terimchilar bilan, shuningdek paxtani yuklash, transportda tashish va joylashtirishda, paxta terish texnikasiga texnik xizmat koʻrsatish va tuzatish bilan band boʻlgan xodimlar bilan oʻz vaqtida hisob-kitob qilish uchun xoʻjaliklarni koʻrsatib oʻtilgan muddatgacha naqd pul bilan taʼminlasinlar.
7. “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi (Yusupbekov), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Jumaniyozov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari xoʻjaliklarga defoliantlar yetkazib berishni va gʻoʻza bargini toʻkishni
2-ilovaga muvofiq hajmlarda va muddatlarda oʻtkazishni taʼminlasinlar.
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi (Roʻzmetov) “Oʻzagrokimyotaʼminot” davlat-aksionerlik birlashmasining buyurtmanomalari boʻyicha gʻoʻza bargini toʻkish uchun zarur miqdorda samolyotlar va vertolyotlar ajratsin, yonilgʻi zaxiralarini tashkil etsin.
8. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi (Jabborov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari:
shu yilning 10-sentabriga qadar paxta terish texnikasini toʻliq tayyor holga keltirsinlar, shu jumladan mashinalarni traktorlarga tirkash, yuklash - transportda tashish vositalarini tayyorlash, terish, transportda tashish otryadlarini mexanizatorlar va tuzatish-xizmat koʻrsatish xodimlari bilan taʼminlash ishlarini amalga oshirsinlar. Xoʻjaliklarda va tuzatish korxonalarida dvigatellar, uzellar va agregatlarni, boshqa zarur materiallarni almashtirish fondlari tashkil etsinlar. Har bir paxta terish mashinasini ishga qoʻyishning texnikaviy talablariga muvofiq ularni tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilgan holda komissiyalar tomonidan qabul qilinishini tashkil etsinlar;
paxta terish mashinalaridan unumli foydalanish maqsadida ularni terim-transport otryadlari tarkibida jamlasinlar va ishlashini tashkil etsinlar.
11. “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi (Paygin) va “Oʻzqishlokxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi (Jabborov) paxta terish texnikasini mavsumga tayyorlashni tugallashda xoʻjaliklarga texnikaviy yordam koʻrsatish hamda ularning uzluksiz ishlashini taʼminlash uchun sanoat korxonalarini viloyatlarga
3-ilovaga muvofiq biriktirsinlar.
12. “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi (Tojiyev) yonilgʻi-moylash materiallari 1996-yil sentabr — noyabr oylarida qishloq xoʻjaligiga, paxta tozalash sanoatiga yigʻim-terim va transport ishlarini, tayyorlov punktlarida paxtaga ishlov berishni, kuzgi shudgorlashni uzluksiz oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hajmlarda, ular qiymatining 15 foizini oldindan undirmagan holda, hisob-kitoblarni paxta xom ashyosining paxta tozalash zavodlariga sotilishiga qarab birinchi navbatda amalga oshirish sharti bilan, yetkazib berilishini taʼminlasin.
13. Oʻzbekbirlashuv, “Oʻzbeksavdo” va “Yogʻmoytamakisanoat” uyushmalari, “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi qishloq aholisini va paxta terimi qatnashchilarini eng zarur oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash masalalarini oʻz vaqtida hal etsinlar.
14. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligi paxta yigʻim-terimida band boʻlgan xodimlarga tibbiy xizmat koʻrsatish chora-tadbirlarini belgilasin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi hosilni yigʻishtirib olish davrida terimchilarga madaniy xizmat koʻrsatishni tashkil etsin, sanʼat ustalari, yozuvchilar va shoirlarning xoʻjaliklarga borishlarini nazarda tutsin.
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 22-avgustdagi 295-son
qaroriga 1-ILOVA
1996-yilda paxta yigʻim-terim mavsumiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha respublika komissiyasi
|
Joʻrabekov I.H. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, komissiya raisi |
|
Giniyatullin R.A. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari |
|
Jumaniyozov M.J. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri, komissiya raisining oʻrinbosari |
|
Alimov T.A. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (kelishuv boʻyicha) |
|
Jalolov Y.J. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, Prezident devoni Nazorat inspeksiyasining rahbari (kelishuv boʻyicha) |
|
Rahimov T.Gʻ. |
— |
Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri |
|
Jabborov T.A. |
— |
“Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi raisi |
|
Zikriyoyev E. |
— |
“Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi raisi |
|
Paygin Y.F. |
— |
“Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi raisi |
|
Yusupbekov N.R. |
— |
“Oʻzkimyosanoat” uyushmasi raisi |
|
Sayfitdinov J.B. |
— |
“Paxta-bank” Boshqaruvi raisi |
|
Nurmurodov M.B. |
— |
Markaziy bank Boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari |
|
Usmonov S.N. |
— |
Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining prezidenti vazifasini bajaruvchi |
|
Roʻzmetov A.Gʻ. |
— |
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” aviakompaniyasi bosh direktori vazifasini bajaruvchi |
|
Zinin V.I. |
— |
Moliya vazirining oʻrinbosari |
|
Hasanov E.M. |
— |
Qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari |
|
Tojiyev E. |
— |
“Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi bosh direktori |
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 22-avgustdagi 295-son
qaroriga 2-ILOVA
1996-yilda gʻoʻza bargini toʻkishning hisoblab chiqilgan
|
|
Gʻoʻza bargini takroran toʻkish hisobga olingan holda defoliatsiya qilinadigan maydon, ming gektar |
Gʻoʻza bargini toʻkishning taxminiy muddatlari |
|
boshlanishi |
tugallanishi |
|
Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
90 |
18.09 |
30.09 |
|
viloyatlar: |
|
Andijon |
16 |
11.09 |
20.09 |
|
Buxoro |
50 |
6.09 |
15.09 |
|
Jizzax |
181 |
16.09 |
30.09 |
|
Qashqadaryo |
170 |
6.09 |
20.09 |
|
Navoiy |
26 |
8.09 |
19.09 |
|
Namangan |
45 |
11.09 |
20.09 |
|
Samarqand |
60 |
16.09 |
25.09 |
|
Surxondaryo |
60 |
4.09 |
20.09 |
|
Sirdaryo |
160 |
16.09 |
30.09 |
|
Toshkent |
113 |
11.09 |
20.09 |
|
Fargʻona |
32 |
11.09 |
19.09 |
|
Xorazm |
40 |
16.09 |
25.09 |
|
Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha |
1043 |
4.09 |
30.09 |
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 22-avgustdagi 295-son
qaroriga 3-ILOVA
“Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi va “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi zavodlarining paxta terish texnikasini tayyorlashni tugallash va ularning uzluksiz ishlashini taʼminlashda yordam koʻrsatish uchun viloyatlarga
|
Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
|
“Toshkent traktor zavodi” ishlab chiqarish birlashmasi
Nukus “Dauit” aksionerlik jamiyati |
|
Jizzax viloyati |
|
Chirchiq qishloq xoʻjaligi mashinasozligi zavodi
Asaka taʼmirlash zavodi
Toshkent agregat zavodi
Oʻrtaovul “Oʻzgidravlika” aksionerlik jamiyati
Toshkent toʻqimachilik mashinasozligi zavodi
Oʻzbekiston stanoksozlik zavodi |
|
Qashqadaryo viloyati |
|
Toshkent qishloq xoʻjaligi mashinasozligi ishlab chiqarish birlashmasi
Qarshi taʼmirlash zavodi
Toshkent qishloq xoʻjaligi kimyo mashinasozligi zavodi
Toshkent tajriba-tuzatish mexanika zavodi |
|
Sirdaryo viloyati |
|
Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi mashinasozligi ishlab chiqarish birlashmasi
Dalvarzin taʼmirlash zavodi
Toshkent ekskavator zavodi
Qoʻqon taʼmirlash zavodi |