Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Respublika xalq xoʻjaligini 1997/98 yil kuz-qish davrida ishlashga tayyorlash toʻgʻrisida
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, respublika xalq xoʻjaligini 1996/97 yil qish davrida ishlashga tayyorlashda koʻpgina vazirliklar, idoralar, birlashmalar, hududiy boshqaruv organlari tashkiliy-texnik tadbirlarni oʻz vaqtida amalga oshirdilar, bu korxonalar, tashkilotlarning barqaror ishlashini hamda aholini yoqilgʻi-energetika resurslari va kommunal xizmatlar bilan uzluksiz taʼminlash imkonini berdi.
Lekin ayrim tarmoqlar, shaharlar va tumanlarda xalq xoʻjaligining kuz-qish davrida normal faoliyat koʻrsatishini taʼminlovchi zarur chora-tadbirlar koʻrilmadi. Ayrim rahbarlarning qishga tayyorgarlik masalalariga masʼuliyatsizlik bilan munosabatda boʻlishi, mablagʻlar hamda moddiy-texnika resurslari va ehtiyot qismlar bilan taʼminlash masalalarining oʻz vaqtida hal etilmaganligi bularning asosiy sabablari boʻldi.
Respublika xalq xoʻjaligini 1997/98 yilning kuz-qish davrida barqaror ishlashga oʻz vaqtida tayyorlashni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublika xalq xoʻjaligini 1996/97 yil kuz-qish davrida ishlashga tayyorlashning borishi toʻgʻrisida” 1996-yil 12-sentabrdagi 313-son
qarorining bajarilishi haqidagi axborot maʼlumot uchun qabul qilinsin va amaliy chora-tadbirlar koʻrish uchun vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, uyushmalar, konsernlar, tashkilotlarga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuborilsin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar:
oʻzlariga qarashli xoʻjaliklarni 1996/97 yil qish davrida ishlashga tayyorlashda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va nuqsonlarni tanqidiy tahlil qilsinlar. Yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni hisobga olgan holda shaharlar, tumanlar, korxonalar, uy-joylarni, jamoa xoʻjaliklarini, sogʻliqni saqlash, xalq taʼlimi, madaniy va maishiy, savdo va umumiy ovqatlanish, transport muassasalarini, qurilish tashkilotlarini, bugʻ qozonxonalarni va muhandislik inshootlarini 1997/98 yilning boʻlajak kuz-qish davriga tayyorlash yuzasidan 20 kun muddatda tadbirlar ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
joriy yilning 15-sentabriga qadar barcha korxonalar va tashkilotlarda, gaz yoqilgʻisini aholi uchun boʻshatish maqsadida, ularning kuz-qish davrida yoqilgʻining zaxira turlari bilan uzluksiz ishlashini taʼminlash uchun suyuq va qattiq yoqilgʻi zaxiralarini yaratsinlar. Zaxira yoqilgʻining normativdagi miqdordan 10 foiz koʻp jamgʻarilishini taʼminlasinlar;
yongʻinga qarshi kurashish idoralari bilan birgalikda joriy yilning 1-sentabriga qadar turar joylar, binolar va inshootlar ahvolini, ularning texnik talablar normalariga muvofiqligini tekshirsinlar;
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-sentabrdagi 313-son
qaroriga muvofiq kommunal-maishiy obyektlarni gazni hisobga olish asboblari bilan jihozlashni tugallash va gazdan yakka tartibda foydalanuvchilarni (aholini) ular bilan taʼminlashni jadallashtirish yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar koʻrsinlar. Hisobga olish asboblari boʻlmagan sanoat va kommunal-maishiy korxonalarga gaz yetkazib berish toʻxtatilsin;
shaharlar bugʻ qozonxonalarini asosli tuzatishni shu yil 15-sentabrgacha tugallasinlar va ularning kuz-qish davrida ishlashga tayyorligi toʻgʻrisida tegishli dalolatnomalarni rasmiylashtirsinlar;
Energetika va elektrlashtirish vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” korporatsiyasi, “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi va Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan yetkazib berilgan yoqilgʻi-energetika resurslari uchun korxona va tashkilotlar qarzlarining toʻlanishini taʼminlash yuzasidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar.
3. Energetika va elektrlashtirish vazirligi shu yilning 1-oktabrigacha:
energiya eng koʻp talab qilinadigan kuz-qish davrini oʻtkazishda qatnashadigan elektr stansiyalar, issiqlik-elektr markazlari, elektr tarmoqlari obyektlarining asosiy texnologik asbob-uskunalarini asosli, oʻrta va joriy taʼmirlashni tugallasin;
113 ming kub metr mazut saqlash joylarini qoʻshimcha ravishda ishga tushirishni va Yangi Angren GRESida koʻmir saqlash joylarini 700 ming tonnagacha kengaytirishni hisobga olgan holda 1150 ming tonna yoqilgʻi mazuti va 1200 ming tonna koʻmir jamgʻarilishini taʼminlasin.
4. “Oʻzbekneftgaz” korporatsiyasi:
shu yilning 1-oktabrigacha konlardagi hududlarni, Muborak gazni qayta ishlash zavodida bugʻ qozon agregatlarini va oltingugurt tozalash bloklarini, kompressor stansiyalaridagi gaz chiqarib olish agregatlarini asosli va joriy taʼmirlash ishlarini tugallasin. 3,8 mlrd kub metr tabiiy gazni yer osti gaz saqlash joylariga joylashni taʼminlasin;
shu yilning birinchi yarmida Koʻkdumaloq koni kompressor stansiyasida quvvatlarni, 1997-yilda Gazli-Nukus va Paxtakor-Yangiyer-Toshkent magistral quvurlarini ishga tushirishni taʼminlasin.
5. “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi joriy yilning 15-sentabriga qadar respublika korxonalari va tashkilotlariga suyuq yoqilgʻini, uni talab qilingan miqdorda toʻplash maqsadida, belgilangan tartibda yetkazib berishni taʼminlasin.
6. “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi koʻmirning tayyor zaxiralarini qazib olishga tayyorlash maqsadida “Angren” konida ochish ishlarini kuchaytirish chora-tadbirlarini koʻrsin, joriy yilda kamida 3 mln. tonna koʻmir qazib olishni va uni zarur miqdorda koʻmir zaxiralari yaratish uchun isteʼmolchilarga yetkazib berishni taʼminlasin.
7. Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
bugʻ qozonxonalarni, issiqlik, suv quvurlari, gaz tarmoqlarini asosli taʼmirlashni, qattiq va suyuq yoqilgʻi, texnik tuzning zarur zaxiralarini yaratishni joriy yilning 1-oktabrigacha, uy-joylarni taʼmirlashni ishlab chiqilgan jadvallarga muvofiq tugallashni taʼminlovchi chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar;
issiqlik tarmoqlarini asosli va joriy taʼmirlashning oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazilishini taʼminlasinlar.
8. Toshkent shahar hokimligi, Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Moliya vazirligi issiqlik quvvatlarini ishga tushirish, issiqlik manbalaridagi suv tayyorlash qurilmalari ish unumini oshirish boʻyicha 1997-yilga moʻljallangan ish hajmlarining hamda Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 1-apreldagi 167-son
qaroriga muvofiq issiqlik energiyasi isrofgarchiligini qisqartirish tadbirlarining soʻzsiz bajarilishini taʼminlasinlar. Nazarda tutilgan ishlarni mablagʻ bilan taʼminlash masalalarini oʻz vaqtida hal etsinlar.
9. Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminot-tuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi oʻz tasarruflaridagi xoʻjaliklarni oʻtgan kuz-qish davriga tayyorlashda yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻrsinlar. Joriy yilning 1-oktabrigacha chorvachilik xoʻjaliklarini, isitish tizimlarini, bugʻ qozonxonalarni va boshqa obyektlarni tayyorlashni, shuningdek zarur miqdorda yem-xashak jamgʻarishni taʼminlasinlar.
10. Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi shu yilning 1-oktabriga qadar maktablarni, maktabgacha tarbiya muassasalarini, oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarini, kasalxonalarni, poliklinikalarni qish sharoitlarida ishlashga tayyorlashni tugallasinlar va taʼminlasinlar.
11. “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari shu yilning 1-oktabrigacha shahar yoʻlovchi tashish avtotranoportini va umuman avtotransportini kuz-qish davrida ishlashga tayyorlash chora-tadbirlarini amalga oshirsinlar. Buning uchun transport korxonalarini ehtiyot qismlar, moddiy-texnika resurslari va yoqilgʻi bilan oʻz vaqtida taʼminlasinlar.
Toshkent shahar hokimligi shahar avtomobil yoʻllarini, shu jumladan, nomagistral yoʻllarni taʼmirlashni amalga oshirsinlar, avtomobil yoʻllari holatining doimiy nazorat qilib borilishini taʼminlasinlar.
12. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi lokomotiv, vagon hamda oʻziga qarashli boshqa xoʻjaliklarni kuz-qish davrida ishlashga oʻz vaqtida tayyorlashni tashkil etsin, neft, gaz kondensati, neft mahsulotlari, koʻmir, tuz va xoʻjaliklarni kuz-qish davriga tayyorlash bilan bogʻliq boshqa xalq xoʻjaligi yuklarining uzluksiz tashilishini taʼminlasin.
Vazirliklar, idoralar, tashkilotlar, korxonalar vagonlar va sisternalarning normativdan ortiq turib qolishiga yoʻl qoʻymaslik, yuklash-tushirish ishlarining, ayniqsa tungi vaqtlarda, dam olish va bayram kunlarida, bir maromda boʻlishini taʼminlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar koʻrsinlar.
13. “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi, “Oʻzqurilishmateriallari” konserni, kon-metallurgiya sanoati korxonalari va koʻp energiya talab qiladigan boshqa korxonalar qish oylarida elektr va issiqlik energiyasi sarflashni kamaytirish maqsadida shu yilning 1-sentabrigacha Energetika va elektrlashtirish vazirligi bilan birgalikda mazkur energiyalarga talab koʻpaygan davrda oʻzlariga qarashli asbob-uskunalarning texnologik jihatdan yoʻl qoʻyiladigan maqbul ish tartiblarini ishlab chiqsinlar.
14. Respublika xalq xoʻjaligi tarmoqlarini 1997/98 yilning kuz-qish davrida ishlashga tayyorlash masalalari boʻyicha komissiya tarkibi
ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Komissiya xalq xoʻjaligi tarmoqlari rahbarlarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining oʻz tasarruflaridagi obyektlarni kuz-qish davrida ishlashga tayyorlashning qanday borayotgani toʻgʻrisidagi hisobotlarini muntazam eshitib borsin.
15. Ommaviy axborot vositalari xalq xoʻjaligini boʻlajak kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashning qanday borayotganini muntazam yoritib borsinlar.
16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, uyushmalar, kompaniyalar, tashkilotlar ushbu qarorning qanday bajarilayotgani toʻgʻrisida joriy yilning 1-iyuli, 1-sentabri va 1-oktabrida Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etsinlar.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari mazkur qarorning bajarilishi ustidan nazorat oʻrnatsinlar va oʻz tasarruflaridagi tarmoqlarning kuz-qish davrida ishlashga qanday tayyorgarlik koʻrayotganliklarini har oyda tahlil qilsinlar, zarurat boʻlganda tegishli chora-tadbirlar koʻrsinlar.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 5-iyundagi 283-sonli
qarorigaILOVA
Respublika xalq xoʻjaligini 1997/98 yilning kuz-qish davrida ishlashga tayyorlash masalalari boʻyicha komissiya
|
Joʻrabekov I. H. |
— |
Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari, komissiya raisi |
|
Haqqulov Q. J. |
— |
Bosh vazir oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari |
|
Yunusov R. R. |
— |
Bosh vazir oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari |
|
Oripov O. O. |
— |
“Oʻzsanoatxoʻjalikqurilish” davlat korporatsiyasi raisi |
|
Otayev V. Y. |
— |
Energetika va elektrlashtirish vaziri |
|
Axmetov L. A. |
— |
“Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi raisi |
|
Ahmadboyev A. Gʻ. |
— |
“Oʻzsanoatkontexnazorat” davlat qoʻmitasi raisi |
|
Bobomurodov L. M. |
— |
“Oʻzdavzaxira” bosh boshqarmasi boshligʻi |
|
Guskova T. N. |
— |
Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
Julin N. I. |
— |
“Oʻzgazuzatish” davlat birlashmasi raisi |
|
Zaynutdinov I. A. |
— |
“Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasi raisining oʻrinbosari |
|
Ibobekov A. S. |
— |
“Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi raisi |
|
Hasanov B. V. |
— |
“Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari |
|
Karimov Sh. I. |
— |
Sogʻliqni saqlash vaziri |
|
Leleko A. I. |
— |
“Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi bosh direktori |
|
Mixaylov V. K. |
— |
Kommunal xizmat koʻrsatish vaziri |
|
Salimov O. U. |
— |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri |
|
Normurodov M. B. |
— |
Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari |
|
Ahmedov X. A. |
— |
Toshkent viloyati hokimining oʻrinbosari |
|
Tojiyev E. T. |
— |
“Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasining bosh direktori |
|
Doroxov V. N. |
— |
Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari |
|
Jumaniyozov M. J. |
— |
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri |
|
Sharonov Y. G. |
— |
“Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi raisi |
|
Ermetov N. E. |
— |
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisi |
|
Yoʻldoshev J. Gʻ. |
— |
Xalq taʼlimi vaziri |