Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Qishloq xoʻjaligi fanlar akademiyasining 1996-yilda
ilovaga muvofiq hajmlarda boshoqli ekinlar doni yetishtirish boʻyicha takliflari qabul qilinsin.
1996-yilda don xarid qilish hajmlari uni yetishtirish hajmlarining 50 foiz darajasida tasdiqlansin.
amalda yigʻib olinadigan yalpi don hajmlaridan qatʼi nazar, don xarid qilish boʻyicha topshiriqlarning xoʻjaliklar tomonidan bajarilishi majburiydir;
donning urugʻlik gʻamlangandan keyin qolgan qismi xoʻjaliklar tomonidan erkin narxlar boʻyicha sotiladi.
2. Boshoqli ekinlar doni uchun xarid narxlari oʻrtacha jahon narxlarining 60 foizidan kelib chiqqan holda belgilansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi va Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda 1996-yil 1-maygacha jahon bozori konyukturasini hisobga olgan holda donning xarid narxlari boʻyicha takliflar kiritsin.
3. “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda 1996-yil 10-fevralgacha don xarid qilish yuzasidan xoʻjaliklar bilan shartnomalar tuzishni taʼminlasin. Xoʻjaliklarga xarid narxlarining kamida 40 foizi miqdorida avans toʻlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy bank va “Gʻalla-bank” bilan birgalikda xarid qilinadigan don uchun avans berish uchun zarur boʻlgan pul resurslarini qidirib topsin.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi va Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi akademiyasi moʻljallangan hajmlarda boshoqli ekinlar doni yetishtirish uchun xoʻjaliklarni moddiy-texnika resurslari bilan taʼminlash boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.