Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Qishloq xoʻjaligi fanlar akademiyasining 1996-yilda
ilovaga muvofiq hajmlarda paxta yetishtirish boʻyicha takliflari qabul qilinsin.
1996-yilda paxta tolasi uchun davlat buyurtmasi uni ishlab chiqarish hajmlari 50 foiz darajasida belgilansin.
Belgilab qoʻyilsinki, davlat buyurtmasining tasdiqlangan hajmidan ortiqcha paxta tolasi paxta tayyorlash topshiriqlari bajarilgan taqdirda xoʻjaliklar ixtiyorida qoladi va ular tomonidan erkin narxlarda sotiladi.
2. Paxta xom ashyosi uchun xarid narxlari paxta tolasining oʻrtacha jahon narxlarining 70 foizidan kelib chiqqan holda belgilansin.
Moliya vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda paxta tolasining jahon bozori konyukturasini hisobga olgan holda xarid narxlar yuzasidan 1996-yil 1-avgustgacha takliflar kiritsin.
3. “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 1996-yil 10-fevralgacha paxta xarid qilish yuzasidan xoʻjaliklar bilan shartnomalar tuzishni taʼminlasin.
“Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi xoʻjaliklarga xarid narxlarining kamida 25 foizi miqdorida avans toʻlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy bank va “Paxta-bank” bilan birgalikda xarid qilinadigan paxta xom ashyosi uchun avans berish uchun zarur boʻlgan pul resurslarini izlab topsin.
4. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir hafta muddatda 1996-yil hosili uchun respublika mintaqalari boʻyicha gʻoʻzaning seleksiya navlarini joylashtirish yuzasidan taklif kiritsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.