

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-228905" id="onLS-228905">[<b>TSZ:</b><div id="LS3678"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;</span></div><div id="LS3708"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-228910" id="-228910">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-228912" id="-228912">Qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-228915" id="-228915">Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-228917" id="-228917"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-228920" id="-228920">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-3251052" id="edi-3251052"><a href="/mact/-228905?ONDATE=16.08.1996 00#-228921">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3251052" id="-3251052">(1-band Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-sonli <a href="/mact/-3235501?ONDATE=14.06.2017 00#-3236103">Qonuniga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-228922" id="-228922">2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining 1990-yil 10-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 1-2, 21-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-228923" id="-228923">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-228925" id="-228925">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-228927" id="-228927">1996-yil 26-aprel,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-228928" id="-228928">232-I-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-228929" id="-228929"></div></div><div class="APPL_BANNER_PORTRAIT_TITLE"><div name="-228935" id="-228935">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining <br />1996-yil 26-apreldagi <a href="/mact/-228905#-228910">qarori </a>bilan <br />TASDIQLANGAN </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-228938" id="-228938">Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisida </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-228942" id="-228942">NIZOM</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-228943" id="-228943"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-228945" id="-228945">1. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat nazoratini hamda tarmoqlararo boshqaruvni amalga oshiruvchi, idoralardan ustun turuvchi va muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organdir.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-1560665" id="edi-1560665"><a href="/mact/-228905?ONDATE=16.08.1996 00#-1560664">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1560665" id="-1560665"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1560666" id="-1560666">2. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga boʻysunadi va unga hisobdordir. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1560667" id="-1560667">Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1560668" id="-1560668">(2-band Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 15-dekabrdagi OʻRQ-231-sonli <a href="/mact/-1558571?ONDATE=16.12.2009 00#-1558673">Qonuni</a> tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 50-51-son, 530-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-228952" id="-228952">3. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qoʻmitalari, tumanlararo, tuman va shahar tabiatni muhofaza qilish qoʻmitalari (inspeksiyalari), shuningdek ularga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar yagona tizimni tashkil etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-228955" id="-228955">4. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi oʻz vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlarni respublikaning barcha vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar ijro etishlari shart. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining qarorlari zarur hollarda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari bilan birgalikda yoki ular bilan kelishilgan holda qabul qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-228960" id="-228960">5. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasida davlat nazorati va tarmoqlararo boshqaruvni davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan oʻzaro kelishgan holda amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-228962" id="-228962">6. Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish bilan bogʻliq xalqaro va mintaqaviy muammolarni hal etishda Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi oʻz vakolatlari doirasida boshqa davlatlarning tegishli tabiatni muhofaza qilish organlari va tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-228963" id="-228963">7. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning tabiatni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan foydalanish borasidagi faoliyatlarida ular bajarishlari lozim boʻlgan ishlarni oʻz zimmasiga olmaydi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-2459888" id="edi-2459888"><a href="/mact/-228905?ONDATE=10.09.2011 00#-1866961">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2459888" id="-2459888"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2459891" id="-2459891">8. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasining, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining davlat ekologik nazorati borasidagi faoliyatini, shuningdek boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining tabiatni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan foydalanish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2459900" id="-2459900">(8-band Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli <a href="/mact/-2456411?ONDATE=05.09.2014 00#-2457093">Qonuni </a>tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-228966" id="-228966">9. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi jamoat birlashmalari va aholi bilan hamkorlikda ish yuritadi, tabiatni muhofaza qilish faoliyatlarida ularga uslubiy yordam koʻrsatadi va koʻmaklashadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-228967" id="-228967">10. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining qarorlari uning oʻz nashrlarida chop etiladi, zarur hollarda esa ommaviy axborot vositalari orqali aholi eʼtiboriga yetkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-228968" id="-228968">11. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-228969" id="-228969">atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish va ularni qayta tiklash ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-228970" id="-228970">tabiatni muhofaza qilish faoliyatini tarmoqlararo kompleks boshqarish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-228971" id="-228971">tabiatni muhofaza qilish va resurslarni tejash borasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-228972" id="-228972">atrof muhitning ekologik holati qulay boʻlishini taʼminlash, ekologik vaziyatni sogʻlomlashtirish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-228973" id="-228973">12. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq: </div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-245161" id="edi-245161"><a href="/mact/-228905?ONDATE=16.08.1996 00#-228975">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-245161" id="-245161">atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishning koʻproq iqtisodiy usullarini keng qoʻllash, resurslarini tejaydigan, kamchiqit va chiqitsiz texnologiyalar barcha joylarda qoʻllanilishini ragʻbatlantirish, chiqindilarini xoʻjalik oborotiga jalb etish, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasidagi fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etish asosida tabiatni muhofaza qilish faoliyatini kompleks boshqaradi;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-245163" id="-245163">(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli <a href="/mact/-36558?ONDATE=11.11.2003 00#-37715">Qonuni </a>tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-228977" id="-228977">tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish yuzasidan respublika ekologiya normativlari, qoida va standartlari ishlab chiqilishini tashkil etadi va ularni tasdiqlaydi, tarmoqlarning ana shunday normativlari, qoida va standartlarini oʻzaro muvofiqlashtiradi, ularning fondlarini shakllantiradi va yuritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-228979" id="-228979">tabiatni muhofaza qilish faoliyatini metrologiya jihatidan taʼminlash yuzasidan ish olib boradi, tabiiy muhit obyektlarining ifloslanishini nazorat qilish boʻyicha uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-228982" id="-228982">barcha turdagi tabiiy resurslarni xoʻjalik oborotiga jalb etish koʻlamlarini tartibga solib turish maqsadida atrof tabiiy muhit holatiga antropogen faoliyatning taʼsirini tahlil qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-228983" id="-228983">Oliy Majlisga, Vazirlar Mahkamasi va mahalliy davlat hokimiyati organlariga atrof muhit holatiga doir uzoq muddatli va bir yillik taxminlar loyihalariga kiritish uchun tabiatdan foydalanuvchilar tabiatni muhofaza qilishning zarur chora-tadbirlarini bajarishlariga qaratilgan takliflarni, shuningdek tabiatni muhofaza qilish majmuida iqtisodiy islohotlar qanday borayotganligining tahlili uchun belgilangan hisobotlarni taqdim etadi;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-1739606" id="edi-1739606"><a href="/mact/-228905?ONDATE=16.08.1996 00#-228984">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1739606" id="-1739606"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1739607" id="-1739607">vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va tabiatdan foydalanuvchi boshqa tashkilotlarning tabiatni muhofaza qilish tadbirlari va tabiatni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan foydalanish yuzasidan olib boriladigan ilmiy-tadqiqot ishlari dasturlarini, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisidagi nizomlarini muvofiqlashtiradi;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1739608" id="-1739608">(12-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi OʻRQ-278-sonli <a href="/mact/-1727648?ONDATE=05.01.2011 00#-1727948">Qonuni</a> tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-245173" id="edi-245173"><a href="/mact/-228905?ONDATE=09.07.2000 00#-245168">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-245173" id="-245173">atrof muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash hamda oqizishning yoʻl qoʻyiladigan normativlarini va chiqindilarni joylashtirish limitlarini belgilaydi, atrof muhitni ifloslantirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlari undiradi va ulardan belgilangan tartibda foydalanadi;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-245174" id="-245174">(12-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli <a href="/mact/-36558?ONDATE=11.11.2003 00#-37718">Qonuni</a> tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda) </div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-245187" id="edi-245187"><a href="/mact/-228905?ONDATE=01.10.2000 00#-245179">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-245187" id="-245187">atrof tabiiy muhit sifatining normalarini belgilash ishini tashkil etadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, korxonalar va tashkilotlar bilan birgalikda ifloslantiruvchi manbalar va ular atrof-muhitga koʻrsatadigan zararli taʼsirning (jismoniy taʼsirdan tashqari) hisobini yuritadi;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-245191" id="-245191">(12-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli <a href="/mact/-36558?ONDATE=11.11.2003 00#-37722">Qonuni </a>tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda) </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-228988" id="-228988">respublika ishlab chiqaruvchi kuchlarini joylashtirish hamda ularni rivojlantirish dasturlari, konsepsiyalari, asosiy yoʻnalishlari va sxemalari loyihalarini, loyihalashga tayyorgarlik va loyiha hujjatlarini, yoʻriqnoma-uslubiy hamda normativ-texnikaviy hujjatlarni, ayrim mintaqalar, joylar va ishlab turgan obyektlardagi ekologik vaziyatni, shuningdek atrof muhit holatiga taʼsir koʻrsatuvchi yangi texnika, texnologiyalar, materiallar va moddalarni davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-228990" id="-228990">atrof tabiiy muhit monitoringining tuzilishi, mazmuni va uni amalga oshirish tartibini ishlab chiqadi, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va boshqa manfaatdor organlar bilan birgalikda atrof muhit ifloslanishining ahvoli va unga boshqacha zararli taʼsirlar, tabiiy resurslardan foydalanish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning respublika yagona ekologik axborot bankini tashkil etadi va yuritadi;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-1884618" id="edi-1884618"><a href="/mact/-228905?ONDATE=05.01.2011 00#-1739611">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1884618" id="-1884618"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1884619" id="-1884619">mamlakatda qoʻriqxonalarga doir ishga rahbarlik qiladi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning davlat kadastrini yuritadi, yangi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, ularga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish toʻgʻrisida takliflar kiritadi;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1884620" id="-1884620">(12-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-304-sonli <a href="/mact/-1881988?ONDATE=13.10.2011 00#-1882024">Qonuni</a> tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 41-son, 449-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-228992" id="-228992">yangi (qayta qurilgan) obyektlarni, shuningdek tabiatni muhofaza qilish obyektlari va inshootlarini qabul qilib olish va ishga tushirish boʻyicha davlat komissiyalari ishida qatnashadi, barcha turdagi xoʻjalik faoliyati uchun joy tanlash va yer ajratishga doir materiallarni muvofiqlashtiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-228993" id="-228993">Oʻzbekiston Respublikasining qizil kitobi toʻgʻrisidagi Nizomni, uni yuritish boʻyicha Idoralararo komissiyaning shaxsiy tarkibini, bu komissiya toʻgʻrisidagi Nizomni (Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda), shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining vakolat doirasiga kiradigan masalalar boʻyicha boshqa idoralararo komissiyalarning tarkibi va ular toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-228994" id="-228994">viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qoʻmitalari, tumanlararo, tuman va shahar tabiatni muhofaza qilish qoʻmitalari (inspeksiyalari) nizomlarini tasdiqlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-228996" id="-228996">belgilangan tartibda oʻz korxonalarini, muassasalari, tashkilotlari va boshqa tarkibiy boʻlinmalarini tuzadi, qayta tashkil etadi va tugatadi, ularning ustavlarini tasdiqlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-228997" id="-228997">fuqarolarni tabiatni, tabiiy resurslarni asrab-avaylash ruhida tarbiyalash ishini, tabiat toʻgʻrisidagi bilimlarni targʻib qilishni va ommalashtirishni tashkil etadi, ekologik taʼlim saviyasini oshirishga koʻmaklashadi, bu sohada tanlovlar, koʻrgazmalar, boshqa tadbirlar oʻtkazadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-228998" id="-228998">oʻz tizimi xodimlarining malakasini oshirishni tashkil etadi, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning tabiatni muhofaza qilish tabiiy resurslardan foydalanish sohasida mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirish borasidagi ishiga uslubiy rahbarlik qiladi;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-2459918" id="edi-2459918"><a href="/mact/-228905?ONDATE=01.05.2013 00#-2164842">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2459918" id="-2459918"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2459924" id="-2459924">ifloslantiruvchi moddalarni atrof muhitga chiqarib tashlash va oqizish, suvdan maxsus foydalanish, suv chiqarish uchun quduq qazish, ekologik normalarni joriy etish ishlarini bajarishga belgilangan tartibda ruxsatnomalar, zararli moddalar, radioaktiv chiqindilar va ishlab chiqarish chiqindilarini koʻmish uchun yer ostidan foydalanish huquqini, ovchilik va baliqchilik xoʻjaligi yuritish, shuningdek qizil kitobga kiritilgan turlaridan tashqari hayvonot dunyosidan (shu jumladan baliqlardan) va oʻsimlik dunyosidan foydalanish, yovvoyi dori-darmon giyohlari, ozuqa oʻsimliklari va manzarali oʻsimliklarni, texnikaviy xomashyo va boshqa tabiiy hosilalarni (shu jumladan moʻmiyoni) yigʻish (tayyorlash), ularni respublika hududidan olib chiqish va respublikaga olib kirish huquqini beradi;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2459931" id="-2459931">(12-bandning oʻn toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli <a href="/mact/-2456411?ONDATE=05.09.2014 00#-2457095">Qonuni </a>tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-229000" id="-229000">ovchilik va baliqchilik xoʻjaligi tashkil etish va yuritish, hayvonot dunyosini (shu jumladan baliqlarni) va oʻsimlik dunyosini (shu jumladan oʻrmonlarni) muhofaza qilish, qayta tiklash va ulardan oqilona foydalanish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiradi, hayvonot dunyosini (shu jumladan baliqlarni) va oʻsimlik dunyosini (shu jumladan oʻrmonlarni) muhofaza qilish, tartibga solish va ulardan foydalanishga doir normativ hujjatlarni ishlab chiqadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-229001" id="-229001">zarur hollarda, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish masalalari yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining hisobotlarini qarab chiqish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-229002" id="-229002">hayʼat majlislarida tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish masalalari yuzasidan vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar rahbarlarining, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning hisobotlarini eshitadi, yoʻl qoʻyilgan qoidabuzarliklar uchun rahbarlarni jazolash toʻgʻrisida tegishli organlar oldiga masala qoʻyadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-229004" id="-229004">tabiatni ifloslantirganlik va tabiiy resurslardan oqilona foydalanmaganlik natijasida unga yetkazilgan ziyonni qoplash toʻgʻrisida yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan daʼvo qoʻzgʻatadi; undirib olingan summalarni tabiatni muhofaza qilish fondlari va maxsus, budjetdan tashqari hisobvaragʻlarga oʻtkazadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-229006" id="-229006">bank muassasalariga tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzgan holda ish olib borilayotgan sanoat obyektlarini va boshqa maqsadlarga moʻljallangan obyektlarni loyihalash, qurish, qayta qurish yoki kengaytirishlarini mablagʻ bilan taʼminlashni toʻxtatish toʻgʻrisida, shuningdek tegishli organlarga qonun hujjatlari, ekologik normativlar, qoida va standartlar buzilganligi uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlarini javobgarlikka tortish, shu jumladan xoʻjalik faoliyati yakunlari boʻyicha beriladigan mukofotlardan mahrum etish toʻgʻrisida taqdimnomalar kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-229007" id="-229007">qonun hujjatlarini buzgan holda ish olib borilayotgan sanoat obyektlari yoki boshqa maqsadlarga moʻljallangan obyektlarni loyihalash va qurish, qayta qurish yoki kengaytirishni taqiqlaydi, shuningdek atrof-muhitni muhofaza qilish normalari va qoidalarini buzayotgan sanoat korxonalari va boshqa korxonalarning, muassasalar va tashkilotlarning ishini toʻxtatib qoʻyadi, foydalanish natijasida tabiat obyektlari ifloslanadigan yoki buziladigan mahsulotlarni ishlab chiqarishni taqiqlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-229008" id="-229008">tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasidagi maʼmuriy huquqbuzarliklarga doir materiallarni oʻz vakolatlari doirasida qarab chiqadi va aybdor shaxslarga jarima soladi hamda boshqa maʼmuriy choralar koʻradi, zarurat boʻlganda qarab chiqish uchun materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-229009" id="-229009">yuridik va jismoniy shaxslardan tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishga taalluqli zarur axborot va tushuntirishlarni talab qiladi hamda ularni belgilangan shaklda bepul oladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-229010" id="-229010">tabiiy muhitning holatini aniqlash va uni yaxshilash chora-tadbirlarini ishlab chiqish uchun idoralararo ilmiy-texnikaviy, ekspert kengashlari va boshqa kengashlar, guruhlar va komissiyalar tuzadi, tabiatni muhofaza qilish vazifalarini hal etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzurida idoraviy xoʻjalik hisobidagi ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari, institutlar, markazlar va boshqa boʻlinmalar tuzadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-229012" id="-229012">tabiatni muhofaza qilishning uzoq muddatli dasturlarini, hududiy kompleks sxemalarini, qonun hujjatlarining loyihalarini ishlab chiqish, davlat ekologik ekspertizasi oʻtkazish hamda tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq boshqa masalalarni hal etish uchun ilmiy-tadqiqot, loyiha, konstruktorlik tashkilotlarini, oliy oʻquv yurtlarini, ilmiy-texnika ijodiyoti va axborot markazlarini, boshqa tashkilotlarni, shuningdek ayrim olimlar va mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-229013" id="-229013">vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning rahbarlaridan, boshqa yuridik shaxslardan oʻzlariga qarashli obyektlarda atrof tabiiy muhitni ifloslantiruvchi moddalar chiqarib tashlanishini (oqizilishini) uzluksiz nazorat qilib boruvchi vositalar bilan taʼminlangan punktlar (postlar) tashkil etishni, bunday punktlar (postlar) ishini nazorat qilishni, mazkur punktlar (postlar) Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va uning joylardagi organlariga muntazam axborot berib turishlarini talab qiladi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-229015" id="-229015">belgilangan tartibda mahalliy va respublika tabiatni muhofaza qilish fondlarini tashkil etadi va ulardan foydalanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-229016" id="-229016">oʻz boʻlinmalarining va Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning maxsus hisob varaqlarini ochadi, ularni tarkib toptirish va ulardan foydalanish qoʻmitaning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan qaroriga binoan amalga oshiriladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-229018" id="-229018">tabiatni muhofaza qilish boʻyicha shtatsiz inspektorlar va ekspertlar tarmogʻini tashkil etadi, ularning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hayʼati tasdiqlaydigan nizomlarga muvofiq tartibga solib boriladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-229019" id="-229019">tabiatni muhofaza qilishga doir jurnallar, gazetalar, ilmiy ishlar toʻplamlari, axborot byulletenlari nashr etadi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-245200" id="edi-245200"><a href="/mact/-228905?ONDATE=16.08.1996 00#-245197">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-245200" id="-245200">xavfli yuklarning tranziti uchun oʻz vakolatlari doirasida xulosa beradi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-245205" id="-245205">(12-band Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli <a href="/mact/-58459?ONDATE=22.10.2002 00#-63928">Qonuniga</a> muvofiq xatboshi bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-229021" id="-229021">13. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi quyidagilar ustidan davlat nazoratini olib boradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-229022" id="-229022">a) ekologiya tizimlari, tabiiy genofond, biologik muvozanatning, atmosfera havosini, yer usti va yer osti suvlarini, tuproqni ifloslantiruvchi manbalarning, oʻsimlik dunyosi (shu jumladan oʻrmonlar) va biologik suv obyektlarining, yovvoyi hayvonlar yashash muhitining holati;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-229023" id="-229023">b) yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qonun hujjatlarining:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-229024" id="-229024">ifloslantiruvchi moddalarni atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlashning (oqizishning) belgilangan limitlari va yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan eng yuqori normativlariga hamda bunday ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlashni (oqizishni) belgilangan normativlarga qadar kamaytirishga doir kelishilgan chora-tadbirlarga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-229026" id="-229026">yangi va qayta qurilgan korxonalar hamda boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ishga tushirishda ekologik normativlar, standartlar va talablarga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-229028" id="-229028">foydali qazilmalarni qazib olish, portlatish ishlarini oʻtkazish, qazilma chiqindi xonalarini, terrikonlar, qoldiq jinslar uyumini va axlatxonalarni joylashtirish hamda ulardan foydalanish chogʻida atrof muhitni ifloslanishdan, bulgʻanishdan va qashshoqlashishdan muhofaza etish hamda tabiiy resurslardan kompleks foydalanish talablariga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-229029" id="-229029">oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini, ularning oʻsishini tezlashtiruvchi moddalarni, mineral oʻgʻitlarni, boshqa kimyoviy moddalar va dorilarni tashish, saqlash va qoʻllash chogʻida atrof muhitni muhofaza qilish talablariga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-229033" id="-229033">keng tarqalgan foydali qazilmalarni qazib olish normalari va qoidalariga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-229034" id="-229034">baliqchilik, baliq zaxiralarini muhofaza etish, ulardan foydalanish hamda ularni urchitish, baliqchilikni ragʻbatlantirish qoidalariga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-229035" id="-229035">suvni muhofaza qilish subyektlarini, suv xoʻjaligi tizimlari, suv omborlari va boshqa gidrotexnika inshootlarini ishlatish qoidalariga doir qismiga rioya etishi va uni bajarishi;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-245213" id="edi-245213"><a href="/mact/-228905?ONDATE=16.08.1996 00#-245210">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-245213" id="-245213">xavfli yuklarni tranzit tarzda tashish shartlarini oʻz vakolatiga muvofiq ravishda bajarishi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-245219" id="-245219">(13-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli<a href="/mact/-58459?ONDATE=22.10.2002 00#-63936"> Qonuniga </a>muvofiq xatboshi bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda) </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-229036" id="-229036">v) atrof muhitni muhofaza etish, tabiiy resurslardan kompleks foydalanish, ularni saqlash va qayta tiklash dasturlari va topshiriqlarini bajarish;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-245222" id="edi-245222"><a href="/mact/-228905?ONDATE=16.08.1996 00#-229038">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-245222" id="-245222">g) suv, hayvonot va oʻsimlik dunyosi davlat kadastrlarini yuritish;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-245226" id="-245226">(13-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 7-dekabrdagi 322-II-sonli<a href="/mact/-244667?ONDATE=07.12.2001 00#-244709"> Qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 22-24-son, 154-modda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-245234" id="edi-245234"><a href="/mact/-228905?ONDATE=01.10.2000 00#-245230">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-245234" id="-245234">d) tabiatdan foydalanuvchilar tabiiy resurslardan foydalanishning, atrof muhitga ifloslantiruvchi moddalar, chiqindilar chiqarib tashlash va oqizishning hamda boshqa zararli taʼsirlarning (jismoniy taʼsirdan tashqari) dastlabki hisobini yuritishi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi bilan birgalikda tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishga doir davlat statistika hisobotlari toʻgʻri boʻlishiga rioya etilishi;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-245235" id="-245235">(13-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli <a href="/mact/-36558?ONDATE=11.11.2003 00#-37726">Qonuni</a> tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-229042" id="-229042">e) suv resurslaridan foydalanilishi, suvdan foydalanishning belgilangan normalari, qoidalari va tartibotiga rioya etilishi, yer usti va yer osti suvlarining ifloslanish, bulgʻanish va qurib qolishdan muhofaza qilinishi, shuningdek suv obyektlarining qirgʻoq boʻylarida (zonalarida) suvni muhofaza qilish chora-tadbirlarining bajarilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-229043" id="-229043">j) yer egalari va yerdan foydalanuvchilar yer uchastkalari qaysi maqsadlar uchun berilgan boʻlsa, shu maqsadlarga muvofiq foydalanishlari va tuproqni muhofaza qilish chora-tadbirlarini koʻrishlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-229045" id="-229045">z) vaqtincha foydalanishga berilib, qurilish, foydali qazilmalar qazib olish va boshqa taʼsirlar natijasida buzilgan yerlarni foydalanish uchun yaroqli holga keltirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-229047" id="-229047">i) oʻrmon resurslarining, qimmatli tabiiy landshaftlarning, shuningdek oʻrmon oʻsimliklarining suvni muhofaza qilish, suvni boshqarib turish, ekin maydonlarini himoya qilish va boshqa himoya vazifalari saqlanishini taʼminlash;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-1739614" id="edi-1739614"><a href="/mact/-228905?ONDATE=16.08.1996 00#-229048">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1739614" id="-1739614"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1739615" id="-1739615">k) qoʻriqxona ishlarini yuritish, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tartibotini taʼminlash;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1739616" id="-1739616">(13-bandning “k” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi OʻRQ-278-sonli <a href="/mact/-1727648?ONDATE=05.01.2011 00#-1727958">Qonuni</a> tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-229050" id="-229050">l) davlat ovchilik (fondini muhofaza etish, ov va ovchilik xoʻjaligi yuritish qoidalariga rioya etilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-229052" id="-229052">m) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasiga doir boshqa masalalarning hal etilishi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-1560675" id="edi-1560675"><a href="/mact/-228905?ONDATE=16.08.1996 00#-229055">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1560675" id="-1560675">14. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oliy Majlis Senati tayinlaydigan va vazifasidan ozod qiladigan Rais boshchilik qiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1560676" id="-1560676">(14-band Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 15-dekabrdagi OʻRQ-231-sonli<a href="/mact/-1558571?ONDATE=16.12.2009 00#-1558676"> Qonuni</a> tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 50-51-son, 530-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-229057" id="-229057">15. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining Raisi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-229058" id="-229058">Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun, shuningdek qoʻmitaga qarashli organlar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ishi uchun shaxsan javobgar boʻladi, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi markaziy apparatining tuzilishi va shtat jadvalini tasdiqlaydi;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-1560678" id="edi-1560678"><a href="/mact/-228905?ONDATE=16.08.1996 00#-229059">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1560678" id="-1560678">(15-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 15-dekabrdagi OʻRQ-231-sonli <a href="/mact/-1558571?ONDATE=16.12.2009 00#-1558677">Qonuniga</a> asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 50-51-son, 530-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-229061" id="-229061">Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi Raisi va uning oʻrinbosarlarini tayinlash va vazifasidan ozod qilish uchun rozilik beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-229063" id="-229063">viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishgan holda viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qoʻmitalarining raislari va ularning oʻrinbosarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-1560679" id="edi-1560679"><a href="/mact/-228905?ONDATE=16.08.1996 00#-229065">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1560679" id="-1560679">16. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Raisining oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1560680" id="-1560680">(16-band Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 15-dekabrdagi OʻRQ-231-sonli <a href="/mact/-1558571?ONDATE=16.12.2009 00#-1558678">Qonuni</a> tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 50-51-son, 530-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-229066" id="-229066">17. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar qoʻmitalarining raislari va ularning oʻrinbosarlari oʻzlari mutasaddi boʻlgan yoʻnalishlar boʻyicha tegishincha Oʻzbekiston Respublikasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasining, viloyatlar va Toshkent shahrining tabiatni muhofaza qilish bosh davlat inspektorlaridir.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-1560681" id="edi-1560681"><a href="/mact/-228905?ONDATE=16.08.1996 00#-229068">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1560681" id="-1560681">(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 15-dekabrdagi OʻRQ-231-sonli <a href="/mact/-1558571?ONDATE=16.12.2009 00#-1558680">Qonuniga</a> asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 50-51-son, 530-modda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-1560683" id="edi-1560683"><a href="/mact/-228905?ONDATE=16.08.1996 00#-1560682">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1560683" id="-1560683"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1560684" id="-1560684">18. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasida Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Raisi (hayʼat raisi), uning oʻrinbosari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining raisi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi faoliyati asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi uning tuzilmaviy boʻlinmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hayʼat tuziladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1560685" id="-1560685">Hayʼatning miqdor tarkibi va shaxsiy tarkibi, lavozimiga koʻra hayʼat tarkibiga kiradigan shaxslardan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Raisining taqdimiga binoan Oliy Majlis Senatining Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1560686" id="-1560686">Hayʼat majlislari, qoida tariqasida, har oyda kamida bir marta oʻtkaziladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1560687" id="-1560687">(18-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 15-dekabrdagi OʻRQ-231-sonli <a href="/mact/-1558571?ONDATE=16.12.2009 00#-1558681">Qonuni</a> tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 50-51-son, 530-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-229075" id="-229075">19. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi oʻziga qarashli organlar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar, yoʻriqnomalar va koʻrsatmalar chiqaradi, oʻz qarorlarining bajarilishini tashkil etadi va tekshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-229077" id="-229077">20. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzurida muvofiqlashtirish kengashi, ilmiy-texnika kengashi, jamoatchilik kengashi va boshqa kengashlar tuzilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-229079" id="-229079">Kengashlar toʻgʻrisidagi nizomlar va ularning shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hayʼati tomonidan tasdiqlanadi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-245238" id="edi-245238"><a href="/mact/-228905?ONDATE=16.08.1996 00#-229082">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-245238" id="-245238">21. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tizimining mansabdor shaxslari respublika hududida joylashgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga, boshqa obyektlarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kirishga haqlidirlar. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tizimidagi mansabdor shaxslar oʻzlarining xizmat vazifalarini bajarayotganlarida ularni xonalar, telefon aloqasi, transport bilan va obyektni koʻzdan kechirish (tekshirish) vaqtida, zaruratga qarab maxsus kiyim bilan taʼminlashlari shart.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-245239" id="-245239">(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 7-dekabrdagi 322-II-sonli <a href="/mact/-244667?ONDATE=07.12.2001 00#-244710">Qarori</a> tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 22-24-son, 154-modda) </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-229084" id="-229084">22. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tizimi xodimlari (yordamchi ishlardagi xodimlar bundan mustasno) Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Raisi tomonidan tasdiqlanadigan yagona namunadagi kiyim va farqlovchi belgilar bilan taʼminlanadilar. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-229085" id="-229085">Ularga tabel qurolini saqlash va olib yurishga belgilangan tartibda ruxsat etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-229087" id="-229087">23. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va unga qarashli organlar Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti mablagʻlari va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa mablagʻlar hisobidan taʼminlanadi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-1560691" id="edi-1560691"><a href="/mact/-228905?ONDATE=16.08.1996 00#-229089">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1560691" id="-1560691">24. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi markaziy apparati xodimlarining soni Oliy Majlis Senatining Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1560692" id="-1560692">(24-band Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 15-dekabrdagi OʻRQ-231-sonli <a href="/mact/-1558571?ONDATE=16.12.2009 00#-1558687">Qonuni </a>tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 50-51-son, 530-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-229090" id="-229090">25. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi yuridik shaxs boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhriga egadir.</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-228916" id="-228916">(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 70-modda; 2000-y., 5-6-son, 153-modda; 7-8-son, 217-modda; 2002-y., 9-son, 165-modda; 2003-y., 9-10-son, 149-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 22-24-son, 154-modda; 2007-y., 50-51-son, 512-modda; 2009-y., 50-51-son, 530-modda; 2011-y., 1-2-son, 1-modda, 36-son, 365-modda, 41-son, 449-modda; 2013-y., 18-son, 233-modda; 2014-y., 36-son, 452-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
