toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2022
Hujjat 11.06.2018 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Avtovokzal (avtostansiya) pasportini berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
“Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Avtovokzal (avtostansiya) pasportini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
Keyingi tahrirga qarang.
ushbu qaror kuchga kirgunga qadar avtovokzal (avtostansiya) pasportini olgan tadbirkorlik subyektlariga 2014-yil 1-noyabrgacha boʻlgan muddatda mazkur qaror talablariga muvofiq yangi namunadagi avtovokzal (avtostansiya) pasportini bersin;
bir hafta muddatda amaldagi pasportlarni yangi namunadagi avtovokzal (avtostansiya) pasportiga almashtirish jadvalini tasdiqlasin;
yangi namunadagi avtovokzal (avtostansiya) pasportini berishda byurokratizm, sansalorlik holatlariga yoʻl qoʻyilmasligiga va ularni berish muddatlari choʻzib yuborilmasligiga eʼtibor bersin;
oʻzi qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida ushbu qarorning maqsadlari, mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini keng yoritish tadbirlari tashkil etilishini va amalga oshirilishini taʼminlasin.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
tadbirkorlik subyektlarining ushbu qaror kuchga kirgunga qadar olingan avtovokzal (avtostansiya) pasportida nazarda tutilgan faoliyati mazkur qaror talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak;
ushbu qaror 2-bandining ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan muddat tugagandan keyin mazkur qaror kuchga kirgunga qadar berilgan avtovokzal (avtostansiya) pasportlari haqiqiy emas deb hisoblanadi.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin. .
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 5-dekabr,
320-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 5-dekabrdagi 320-son qaroriga
ILOVA
Avtovokzal (avtostansiya) pasportini berish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom avtovokzal (avtostansiya) faoliyatini amalga oshirish uchun avtovokzal (avtostansiya) pasportini (keyingi oʻrinlarda pasport deb ataladi) berish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar va atamalardan foydalaniladi:
avtovokzal (avtostansiya) — transport-ekspeditsiya, tashish faoliyatini amalga oshiradigan va yoʻlovchilarga boshqa xizmatlar koʻrsatadigan tashkilot;
madaniy-maishiy va sanitariya-gigiyena inshootlari — kafe, bufet, sartaroshxona, poyabzal taʼmirlash punkti, pardoz xonalari, dushxonalar, dam olish uchun mebellar bilan jihozlangan xonalar va shu kabilar;
litsenziya kartochkasi — yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan muayyan avtotransport vositasiga belgilangan tartibda litsenziyalash organi tomonidan beriladigan avtotransport vositalari bilan yoʻlovchilar tashishni amalga oshirish (huquqi) uchun ruxsatnoma;
reyslar oraligʻidagi boʻsh turib qolish — shaharlararo tashuvlarni bajaruvchi avtotransport vositasining reyslar oraligʻida avtovokzal (avtostansiya)da turish vaqti;
perron — avtobuslarni qabul qilish va joʻnatish, yoʻlovchilarni avtobusga xavfsiz chiqarish va undan tushirish uchun moʻljallangan inshoot;
Oldingi tahrirga qarang.
ishlab chiqarish xonalari — dispetcherlik xonalari, yoʻlovchilarni koʻrikdan oʻtkazish xonalari, kassalar zali (chipta kassalari), qoʻl yukini saqlash kameralari, yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlashni monitorlar orqali kuzatish uchun texnologik anjomlarga ega boʻlgan xonalar, tibbiyot va ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat xonalari va shu kabilar;
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018 g., № 09/18/321/1154)
ish rejimi — avtovokzal (avtostansiya)lar uchun avtobuslar harakati jadvalidan kelib chiqqan holda aniqlanadigan ish kunining boshlanish va tugash vaqti;
avtovokzal (avtostansiya) ishlarining texnologik jarayoni — avtovokzal (avtostansiya) xizmatlari ishlarini tashkil etish jarayoni, avtobuslarni qabul qilish va joʻnatish hamda yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish boʻyicha har sutkada bajariladigan operatsiyalarning oʻzaro bogʻliqligi va muntazamliligi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Pasport tadbirkorlik subyektiga Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining hududiy boshqarmalari tomonidan (keyingi oʻrinlarda “Agentlik” deb ataladi) ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha beriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
Keyingi tahrirga qarang.
4. Shahar yoʻnalishlaridagi yoʻlovchilar stansiyalari va toʻxtab oʻtish punktlari faoliyatini amalga oshirish uchun pasport olish talab qilinmaydi.
5. Pasport tadbirkorlik subyektiga — yuridik shaxsga (keyingi oʻrinlarda tadbirkorlik subyekti deb ataladi) ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha beriladi.
6. Pasport amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi.
II. Ruxsat berish talablari va shartlari
7. Avtovokzal (avtostansiya) faoliyatini amalga oshirishda ruxsat berish talablari va shartlariga quyidagilar kiradi:
qonun hujjatlari talablariga, ishlarning belgilangan rejimiga va texnologik jarayoniga, avtotransport vositalaridan foydalanishda, ularning ekipirovkasi boʻyicha ekologiya talablariga tadbirkorlik subyekti tomonidan majburiy rioya etish, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
pasportda nazarda tutilgan yoʻlovchilarning aynan bir vaqtdagi sigʻimini, avtotransport vositalarini bir sutkadagi joʻnab ketishlari sonini taʼminlash;
avtovokzal (avtostansiya)ning tegishli mezonlariga muvofiq boʻlgan binolar, inshootlar, ishlab chiqarish xonalari va yer uchastkalari, perronlar, texnologik anjomlarning mavjudligi;
yoʻlovchilar va avtovokzal (avtostansiya) ishlarining xavfsizligini taʼminlash uchun foydalaniladigan maxsus texnika vositalari bilan jihozlanganlik, shu jumladan yoʻlovchilar uchun kutish zallarida, chipta kassalarida hamda yoʻlovchilar koʻp toʻplanadigan boshqa joylarda videokuzatish kameralarining oʻrnatilganligi, avtovokzal (avtostansiya) perimetri boʻyicha toʻsiqlarning, avtovokzal (avtostansiya)ga kirish-chiqish joylarida shlagbaumlarning mavjudligi;
avtovokzallarga kirish joylarida yoʻlovchilarni va ularning bagajini tekshirish uchun turgʻun metall detektorlar bilan jihozlangan tekshirish postlarining mavjudligi;
tashuvlar va yongʻin xavfsizligi, avtotransport vositalarining saqlanishi, texnika xavfsizligiga rioya etish, reysga chiqishdan oldin avtotransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish va haydovchilarning tibbiy koʻrigi boʻyicha talablarni bajarish;
faqat litsenziya kartochkalari bilan taʼminlangan avtotransportlarga xizmat koʻrsatish;
avtovokzal (avtostansiya)ning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan hollarda bu toʻgʻrida Agentlikni tegishli oʻzgartirishlar qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan sanadan boshlab yetti ish kunidan kechikmay xabardor qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Pasport olish uchun zarur boʻladigan hujjatlar
Oldingi tahrirga qarang.
8. Ariza beruvchi pasport olish uchun Agentlikning hududiy boshqarmasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
Keyingi tahrirga qarang.
pasport berish toʻgʻrisidagi ariza, unda ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq tadbirkorlik subyektining nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) tashkiliy-huquqiy shakli koʻrsatiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
maʼmuriy binoning, xizmat va ishlab chiqarish xonalarining, inshootlar va yer uchastkalarining joylashish sxemasi bilan birga avtovokzal (avtostansiya) kadastr rejasining nusxasi.
9. Tadbirkorlik subyektidan ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Pasport olish zarur boʻlgan hujjatlar tadbirkorlik subyekti tomonidan Agentlikning hududiy boshqarmasiga bevosita, ularning olingani toʻgʻrisidagi xabarnoma bilan birga pochta aloqa vositasi orqali yoki elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar tadbirkorlik subyektining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Pasport olish uchun Agentlikning hududiy boshqarmasiga taqdim etilgan hujjatlar roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxatning nusxasi Agentlikning hududiy boshqarmasi tomonidan hujjatlar qabul qilingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda darhol tadbirkorlik subyektiga beriladi (yuboriladi).
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Arizani koʻrib chiqish va pasportni berish yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
Oldingi tahrirga qarang.
12. Agentlikning hududiy boshqarmasi tadbirkorlik subyektining arizasini koʻrib chiqadi, ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan hujjatlar qabul qilib olingan sanadan boshlab oʻn ish kunidan oshmaydigan muddatda pasportni beradi yoki uni berishni rad etadi.
Tadbirkorlik subyektining pasport berish toʻgʻrisidagi arizasi Agentlikning hududiy boshqarmalari tomonidan koʻrib chiqilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi Agentlikning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. Tadbirkorlik subyekti pasport berish toʻgʻrisida taqdim etilgan arizani rad etgan taqdirda yigʻim qaytarib berilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar Agentlikning hududiy boshqarmasi tadbirkorlik subyektining pasport berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilishi muddati mobaynida pasportni bermasa yoki pasport berishni rad etmasa, u holda hujjatlar qabul qilingan sanadan boshlab oʻn ish kuni oʻtgach, tadbirkorlik subyekti amalga oshirish uchun pasport olishni moʻljallagan avtovokzal (avtostansiya) faoliyatini boshlash huquqiga ega boʻladi va bu haqda Agentlik hududiy boshqarmasiga yozma ravishda xabar beradi.
Ushbu bandning uchinchi xatboshida nazarda tutilgan holatda Agentlikning hududiy boshqarmasi tadbirkorlik subyektining yozma bildirishnomasi olingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida unga pasport beradi. Pasport olingungacha qabul qilib olingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan taqdim etilgan hujjatlar roʻyxati hamda tadbirkorlik subyekti tomonidan Agentlik hududiy boshqarmasiga yuborilgan yozma bildirishnoma pasportga tenglashtiriladi va avtovokzal (avtostansiya)ning faoliyatini amalga oshirish uchun asos hisoblanadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Pasport berish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun Agentlikning hududiy boshqarmasi avtovokzal (avtostansiya) faoliyat koʻrsatishi xavfsizligini taʼminlash uchun zarur boʻlgan xizmat, madaniy-maishiy va sanitariya-gigiyena inshootlari, texnik koʻrikdan oʻtkazish postlari, yoʻlovchilarni transportga chiqarish va undan tushirish uchun perronlar mavjudligini va ularning holatini, turgʻun metall detektorlar bilan jihozlanganligini, toʻsiqlar, shlagbaumlar mavjudligini ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan muddatda oʻrganib chiqadi.
Oʻrganish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi, u Agentlik hududiy boshqarmasining mansabdor xodimi va tadbirkorlik subyektining rahbari tomonidan imzolanadi, dalolatnoma pasport berish yoxud pasport berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun asoslardan biri hisoblanadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Agentlikning hududiy boshqarmasi tadbirkorlik subyektiga pasportni beradi (yuboradi) yoki pasport berishni rad etish toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilingan sanadan boshlab bir ish kunidan kechikmay yozma shaklda uni xabardor qiladi.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
Pasport berilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi Agentlikning hisob raqamiga oʻtkaziladi va pasportlarning blankalarini tayyorlash, avtovokzal (avtostansiya)ning faoliyat koʻrsatish xavfsizligini taʼminlash uchun zarur boʻlgan xizmat, madaniy-maishiy va sanitariya-gigiyena inshootlari, texnik koʻrikdan oʻtkazish postlari, yoʻlovchilarni transportga chiqarish va undan tushirish uchun perronlar mavjudligini va ularning holatini, turgʻun metall detektorlar bilan jihozlanganligini, toʻsiqlar, shlagbaumlar mavjudligini oʻrganish boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirishda foydalaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Pasportlarning blankalari qatʼiy hisobot hujjatlari hisoblanadi, hisobga olish tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi, Agentlikning buyurtmasi boʻyicha “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi. Pasportlarning blankalarini hisobga olish, saqlash va ulardan maqsadli foydalanish yuzasidan Agentlik rahbari, Agentlikning hududiy boshqarmalari boshliqlari javob beradi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
Keyingi tahrirga qarang.
16. Pasport berish quyidagi asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin:
pasport berish uchun zarur boʻlgan hujjatlarning tadbirkorlik subyekti tomonidan toʻliq hajmda taqdim etilmaganligi;
tadbirkorlik subyektining ruxsat berish talablari va shartlariga muvofiq emasligi;
tadbirkorlik subyekti tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzilgan maʼlumotlarning mavjudligi;
ushbu Nizomning 13-bandiga muvofiq oʻtkazilgan oʻrganishlar yakunlari boʻyicha asoslangan salbiy xulosa.
Pasport berishni boshqa asoslar, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi sabablari boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
17. Pasport berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma tadbirkorlik subyektiga, rad etish sabablari, qonunchilikning aniq normalari va tadbirkorlik subyekti koʻrsatilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (taqdim etiladi). Tadbirkorlik subyekti rad etish sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishga haqli boʻlgan muddat pasport berishni rad etish toʻgʻrisidagi yozma xabarnoma olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan kam boʻlishi mumkin emas.
18. Pasport berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar belgilangan muddatda tadbirkorlik subyekti tomonidan bartaraf etilgan taqdirda hujjatlarni takroran koʻrib chiqish, pasport berish yoki uni berishni rad etish tadbirkorlik subyektining rad etish sabablarini bartaraf etilgani toʻgʻrisidagi arizasi hamda rad etish sabablari bartaraf qilinganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi.
Tadbirkorlik subyektining arizasi takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda ariza beruvchiga ilgari yozma shaklda bayon qilinmagan rad etish sabablarining Agentlikning hududiy boshqarmasi tomonidan koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, ilgari koʻrsatilgan sabablarning bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq boʻlgan rad etish sabablarining koʻrsatilishi bundan mustasno.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Pasport berishni rad etish toʻgʻrisidagi yozma xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin tadbirkorlik subyekti tomonidan berilgan ariza yangidan berilgan hisoblanadi va u Agentlikning hududiy boshqarmasi tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Tadbirkorlik subyekti pasport berishning rad etilishi, shuningdek Agentlikning hududiy boshqarmasi mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
Keyingi tahrirga qarang.
V. Pasportni qayta rasmiylashtirish, dublikat berish
Oldingi tahrirga qarang.
22. Tadbirkorlik subyekti qayta tashkil etilganda yoki uning nomi yoxud joylashgan joyi oʻzgarganda tadbirkorlik subyekti yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtgandan keyin yetti ish kuni mobaynida Agentlikning hududiy boshqarmasiga pasportni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizani, koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan holda berishi shart.
(22-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatlar tadbirkorlik subyekti tomonidan Agentlikning hududiy boshqarmasiga bevosita, ularning olingani toʻgʻrisidagi xabarnoma bilan birga, pochta aloqa vositasi orqali yoki elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar tadbirkorlik subyektining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
(22-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik subyektidan ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Pasportni qayta rasmiylashtirishda Agentlikning hududiy boshqarmasi berilgan pasportlar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Pasportni qayta rasmiylashtirish va berish pasportni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza, tegishli hujjatlar ilova qilingan holda Agentlikning hududiy boshqarmasi tomonidan olingan kundan boshlab besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
24. Pasportni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza bergan tadbirkorlik subyekti yoki uning huquqiy vorisi pasport qayta rasmiylashtirilgungacha unda koʻrsatilgan faoliyatni, ariza qabul qilingan sana haqidagi Agentlikning hududiy boshqarmasi belgisi qoʻyilgan pasportni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza asosida amalga oshiradi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Pasportni qayta rasmiylashtirganlik uchun yigʻim tadbirkorlik subyektining pasport berish toʻgʻrisidagi arizasi Agentlikning hududiy boshqarmasi tomonidan koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan yigʻim summasining yarmi miqdorida undiriladi. Yigʻim summasi Agentlik hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Pasport yoʻqolganda yoki yaroqsiz holga kelganda tadbirkorlik subyektining arizasiga koʻra uning dublikati beriladi.
Agentlikning hududiy boshqarmasi pasport dublikatini tadbirkorlik subyektining arizasi, shuningdek, pasport yaroqsiz holga kelganda — pasportning asl nusxasi hamda pasportning dublikatini berish uchun yigʻimning tadbirkorlik subyekti tomonidan toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat olingan kundan boshlab besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda berishi (yuborishi) shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Pasport dublikati berilganligi uchun yigʻim tadbirkorlik subyektining pasport berish toʻgʻrisidagi arizasi Agentlikning hududiy boshqarmasi tomonidan koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan yigʻimning yarmi miqdorida undiriladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
Keyingi tahrirga qarang.
VI. Pasportning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va uni bekor qilish
27. Pasportning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va uni bekor qilish “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining tegishli ravishda 22, 23 va 25-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
28. Quyidagilar pasportning amal qilishini belgilangan tartibda toʻxtatish uchun asos boʻladigan ruxsat berish talablari va shartlarining bir marta qoʻpol ravishda buzilishiga kiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
belgilangan tartibda Agentlikning hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkaziladigan ruxsat berish talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishlardan bosh tortish;
(28-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
Keyingi tahrirga qarang.
uning uchun pasport berilgan faoliyatni amalga oshirish natijasida fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga zarar yetkazish yoki bunday zarar yetkazilishining real xavfini yaratish;
litsenziya kartochkalari bilan taʼminlanmagan avtotransport vositalariga xizmat koʻrsatish;
yoʻlovchilarning va avtovokzal (avtostansiya) ishlarining xavfsizligini taʼminlash uchun foydalaniladigan maxsus texnika vositalarining, shuningdek avtovokzal (avtostansiya)da toʻsiqlarning mavjud emasligi.
VII. Berilgan pasportlar reyestri
29. Agentlik berilgan pasportlar reyestrini yuritadi va uni oʻzining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Berilgan pasportlar reyestrida tadbirkorlik subyektlari toʻgʻrisida quyidagi asosiy maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
tadbirkorlik subyektining nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefon raqami;
pasportning berilgan sanasi va raqami, avtovokzal (avtostansiya)ning toifasi yoki klassi;
pasportni qayta rasmiylashtirish, uning amal qilishini toʻxtatib turish va tiklashning asosi va sanasi;
pasportning amal qilishini toʻxtatish asosi va sanasi;
pasportni bekor qilishning asosi va sanasi;
pasport dublikatlarini berishning asosi va sanasi.
30. Pasportlar reyestridagi axborot uning bilan yuridik va jismoniy shaxslar tanishishi uchun ochiq hisoblanadi.
Avtovokzal (avtostansiya) pasportini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1- ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI‎

RESPUBLIKA UZBEKISTAN‎

‎‎AVTOVOKZAL (AVTOSTANSIYA) PASPORTI
‎PASPORT ‎AVTOVOKZALA (AVTOSTANSII)
‎№ ___________

‎‎Pasport egasi:____________________________________________________________
‎Vladelets pasporta

‎Avtovokzal (avtostansiya) nomi:______________________________________________
‎Naimenovaniye avtovokzala (avtostansii)

‎‎Pochta manzili: ___________________________________________________________
‎Pochtoviy adres

‎‎Bank rekvizitlari va STIR:____________________________________________________
‎Bankovskiye rekviziti i INN
‎‎

‎‎Berilgan sanasi:___________________________________________________________
‎Data vidachi
‎‎

‎‎Pasport beruvchi organ:_____________________________________________________
‎Organ, vidavshiy pasport

‎‎Berilganlik asosi:___________________________________________________________
‎Vidan na osnovanii

‎‎Pasport reyestrda _________________________________ — sonli raqam bilan qayd etildi.
‎Pasport zaregistrirovan v reyestre za №

O`zbekiston avtomobil transporti agentligining __________ hududiy boshqarmasi boshligʼi ‎

___________

‎‏ M.Oʻ
‎M.P

‎‎________________________________________________

Vakolatli shaxsning imzosi ‎‎
‎Podpis upolnomochennogo litsa
F.I.O.
‎F.I.O.‎‎
Avtovokzal kategoriyasi (avtostansiya klassi):________________________
‎Kategoriya avtovokzala (klass avtostansii)
‎‎Avtovokzal (avtostansiya) bir vaqtdagi sigʻimi ________ yoʻlovchi.
‎Odnovremennaya vmestimost avtovokzala (avtostansii)
‎‎
‎‎Avtostansiyadan bir sutkada joʻnatiladigan avtotransport vositalari soni — ________
‎Kolichestvo otpravleniy avtotransportnix edinits v sutki s avtostansii
‎‎Turgun metall detektor ramkasi yoki qoʻl metall detektor mavjudligi ________________
‎‎Nalichiye statsionarnogo ili ruchnogo metallodetektora

‎‎(mavjud, imeyetsya)

‎‎‎‎Video kuzatuv kameralarning mavjudligi

‎‎________________

‎‎‎‎Nalichiye kamer videonablyudeniya ‎

‎‎‎‎(mavjud, imeyetsya)

‎‎Avtovokzal (avtostansiya I klassi) haydovchilar uzoq vaqt dam olish honasi (mehmonhona) ______ oʻrin.
‎Komnata dlitelnogo otdixa voditeley avtovokzala ( I klassa avtostansii) (gostinitsa) na mest.

‎‎Avtovokzal (avtostansiya I klassi) ona va bola honasi:_________ kv.m
‎Komnata materi i rebenka avtovokzala (I klassa avtostansii)
‎Yoʻlovchilar uchun kutish zali:________ kv.m
‎Zal ojidaniya dlya passajirov
‎‎Yoʻlovchilarni avtobuslarga oʻtkazish va tushirish uchun perronlar soni — ______
‎Kolichestvo perronov dlya posadki i visadki passajirov
‎‎Naydovchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish honasi __________ kv.m
‎Meditsinskiy punkt dlya provedeniya medosmotra voditeley
‎‎‎‎Avtovokzal (avtostansiya) ishlash tartibi: _______ dan soat ______ gacha.
‎‎‎Rejim raboti avtovokzala

‎‎‎s

‎‎do

‎‎‎Sanitariya-gigiena va madaniy-maishiy honasi mavjudligi ‎‎______________
‎‎Nalichiye kulturno-bitovix i sanitarno-gigiyenicheskoy komnat ‎‎ (mavjud, imeyetsya)
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Avtovokzal (avtostansiya) pasportini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Avtovokzal (avtostansiya) pasportini berish
sxemasi
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Avtovokzal (avtostansiya) pasportini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

‎‎Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining
‎hududiy boshqarmasi boshligʻi
‎_______________________________ga

Avtovokzal (avtostansiya)
‎pasportini berish toʻgʻrisida
‎ARIZA ‎

‎‎Sizdan___________________________________________________________________________________________

‎‎‎‎(joylashgan joyi, shuningdek, talabgorning pochta manzili, agar farqi boʻlsa)

‎‎___________________________________________________________________________manzili boʻyicha joylashgan‎
‎‎________________________________________________________________________________________________‎

‎‎(toifasi, darajasi) (pasport talabgorining nomi va tashkiliy-huquqiy shakli)

‎‎________________________________________________________________________________________________
_______________________________________________________________________________‎‎toifa (darajasi)dagi
‎‎avtovokzal (avtostansiya) pasportini berishingizni soʻraymiz.
‎‎Arizaga maʼmuriy bino, xizmat va ishlab chiqarish xonalari, inshootlar va yer uchastkalari joylashishi sxemasi bilan birgalikda avtovokzal (avtostansiya)ning kadastr plani nusxasi ilova qilinadi.
Rahbar:‎________________________________________

‎‎(F.I.O.)

‎‎____________________________

‎‎(imzo)

M.Oʻ.‎

‎‎Sana: 20___ y. “____” _________________

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 50-son, 648-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 09/18/321/1154-son, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)