Avtovokzal (avtostansiya) pasportini berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
“Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Avtovokzal (avtostansiya) pasportini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
ushbu qaror kuchga kirgunga qadar avtovokzal (avtostansiya) pasportini olgan tadbirkorlik subyektlariga 2014-yil 1-noyabrgacha bo‘lgan muddatda mazkur qaror talablariga muvofiq yangi namunadagi avtovokzal (avtostansiya) pasportini bersin;
bir hafta muddatda amaldagi pasportlarni yangi namunadagi avtovokzal (avtostansiya) pasportiga almashtirish jadvalini tasdiqlasin;
yangi namunadagi avtovokzal (avtostansiya) pasportini berishda byurokratizm, sansalorlik holatlariga yo‘l qo‘yilmasligiga va ularni berish muddatlari cho‘zib yuborilmasligiga e’tibor bersin;
o‘zi qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida ushbu qarorning maqsadlari, mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini keng yoritish tadbirlari tashkil etilishini va amalga oshirilishini ta’minlasin.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
tadbirkorlik subyektlarining ushbu qaror kuchga kirgunga qadar olingan avtovokzal (avtostansiya) pasportida nazarda tutilgan faoliyati mazkur qaror talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak;
ushbu qaror 2-bandining ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan muddat tugagandan keyin mazkur qaror kuchga kirgunga qadar berilgan avtovokzal (avtostansiya) pasportlari haqiqiy emas deb hisoblanadi.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin. .
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 5-dekabr,
320-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 5-dekabrdagi 320-son qaroriga ILOVA
Avtovokzal (avtostansiya) pasportini berish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom avtovokzal (avtostansiya) faoliyatini amalga oshirish uchun avtovokzal (avtostansiya) pasportini (keyingi o‘rinlarda pasport deb ataladi) berish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar va atamalardan foydalaniladi:
avtovokzal (avtostansiya) — transport-ekspeditsiya, tashish faoliyatini amalga oshiradigan va yo‘lovchilarga boshqa xizmatlar ko‘rsatadigan tashkilot;
madaniy-maishiy va sanitariya-gigiyena inshootlari — kafe, bufet, sartaroshxona, poyabzal ta’mirlash punkti, pardoz xonalari, dushxonalar, dam olish uchun mebellar bilan jihozlangan xonalar va shu kabilar;
litsenziya kartochkasi — yo‘lovchilar tashish uchun foydalaniladigan muayyan avtotransport vositasiga belgilangan tartibda litsenziyalash organi tomonidan beriladigan avtotransport vositalari bilan yo‘lovchilar tashishni amalga oshirish (huquqi) uchun ruxsatnoma;
reyslar oralig‘idagi bo‘sh turib qolish — shaharlararo tashuvlarni bajaruvchi avtotransport vositasining reyslar oralig‘ida avtovokzal (avtostansiya)da turish vaqti;
perron — avtobuslarni qabul qilish va jo‘natish, yo‘lovchilarni avtobusga xavfsiz chiqarish va undan tushirish uchun mo‘ljallangan inshoot;
ishlab chiqarish xonalari — dispetcherlik xonalari, yo‘lovchilarni ko‘rikdan o‘tkazish xonalari, kassalar zali (chipta kassalari), qo‘l yukini saqlash kameralari, yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlashni monitorlar orqali kuzatish uchun texnologik anjomlarga ega bo‘lgan xonalar, tibbiyot va ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat xonalari va shu kabilar;
(2-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018 g., № 09/18/321/1154)
ish rejimi — avtovokzal (avtostansiya)lar uchun avtobuslar harakati jadvalidan kelib chiqqan holda aniqlanadigan ish kunining boshlanish va tugash vaqti;
avtovokzal (avtostansiya) ishlarining texnologik jarayoni — avtovokzal (avtostansiya) xizmatlari ishlarini tashkil etish jarayoni, avtobuslarni qabul qilish va jo‘natish hamda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha har sutkada bajariladigan operatsiyalarning o‘zaro bog‘liqligi va muntazamliligi.
3. Pasport tadbirkorlik subyektiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari tomonidan (keyingi o‘rinlarda — Transport vazirligi hududiy bo‘linmasi) ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha beriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
4. Shahar yo‘nalishlaridagi yo‘lovchilar stansiyalari va to‘xtab o‘tish punktlari faoliyatini amalga oshirish uchun pasport olish talab qilinmaydi.
5. Pasport tadbirkorlik subyektiga — yuridik shaxsga (keyingi o‘rinlarda tadbirkorlik subyekti deb ataladi) ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha beriladi.
6. Pasport amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi.
II. Ruxsat berish talablari va shartlari
7. Avtovokzal (avtostansiya) faoliyatini amalga oshirishda ruxsat berish talablari va shartlariga quyidagilar kiradi:
qonun hujjatlari talablariga, ishlarning belgilangan rejimiga va texnologik jarayoniga, avtotransport vositalaridan foydalanishda, ularning ekipirovkasi bo‘yicha ekologiya talablariga tadbirkorlik subyekti tomonidan majburiy rioya etish, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
pasportda nazarda tutilgan yo‘lovchilarning aynan bir vaqtdagi sig‘imini, avtotransport vositalarini bir sutkadagi jo‘nab ketishlari sonini ta’minlash;
avtovokzal (avtostansiya)ning tegishli mezonlariga muvofiq bo‘lgan binolar, inshootlar, ishlab chiqarish xonalari va yer uchastkalari, perronlar, texnologik anjomlarning mavjudligi;
yo‘lovchilar va avtovokzal (avtostansiya) ishlarining xavfsizligini ta’minlash uchun foydalaniladigan maxsus texnika vositalari bilan jihozlanganlik, shu jumladan yo‘lovchilar uchun kutish zallarida, chipta kassalarida hamda yo‘lovchilar ko‘p to‘planadigan boshqa joylarda videokuzatish kameralarining o‘rnatilganligi, avtovokzal (avtostansiya) perimetri bo‘yicha to‘siqlarning, avtovokzal (avtostansiya)ga kirish-chiqish joylarida shlagbaumlarning mavjudligi;
avtovokzallarga kirish joylarida yo‘lovchilarni va ularning bagajini tekshirish uchun turg‘un metall detektorlar bilan jihozlangan tekshirish postlarining mavjudligi;
tashuvlar va yong‘in xavfsizligi, avtotransport vositalarining saqlanishi, texnika xavfsizligiga rioya etish, reysga chiqishdan oldin avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish va haydovchilarning tibbiy ko‘rigi bo‘yicha talablarni bajarish;
faqat litsenziya kartochkalari bilan ta’minlangan avtotransportlarga xizmat ko‘rsatish;
avtovokzal (avtostansiya)ning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan hollarda bu to‘g‘rida Transport vazirligi hududiy bo‘linmasini tegishli o‘zgartirishlar qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanadan boshlab yetti ish kunidan kechikmay xabardor qilish.
(7-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
III. Pasport olish uchun zarur bo‘ladigan hujjatlar
8. Ariza beruvchi pasport olish uchun Transport vazirligi hududiy bo‘linmasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
pasport berish to‘g‘risidagi ariza, unda ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq tadbirkorlik subyektining nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) tashkiliy-huquqiy shakli ko‘rsatiladi;
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
ma’muriy binoning, xizmat va ishlab chiqarish xonalarining, inshootlar va yer uchastkalarining joylashish sxemasi bilan birga avtovokzal (avtostansiya) kadastr rejasining nusxasi.
9. Tadbirkorlik subyektidan ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
10. Pasport olish zarur bo‘lgan hujjatlar tadbirkorlik subyekti tomonidan Transport vazirligi hududiy bo‘linmasiga bevosita, ularning olingani to‘g‘risidagi xabarnoma bilan birga pochta aloqa vositasi orqali yoki elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar tadbirkorlik subyektining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
11. Pasport olish uchun Transport vazirligi hududiy bo‘linmasiga taqdim etilgan hujjatlar ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi Transport vazirligining hududiy bo‘linmasi tomonidan hujjatlar qabul qilingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda darhol tadbirkorlik subyektiga beriladi (yuboriladi).
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
IV. Arizani ko‘rib chiqish va pasportni berish yoki uni berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish
12. Transport vazirligi hududiy bo‘linmasi tadbirkorlik subyektining arizasini ko‘rib chiqadi, ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan hujjatlar qabul qilib olingan sanadan boshlab o‘n ish kunidan oshmaydigan muddatda pasportni beradi yoki uni berishni rad etadi.
Tadbirkorlik subyektining pasport berish to‘g‘risidagi arizasi Transport vazirligi hududiy bo‘linmasi tomonidan ko‘rib chiqilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasi maxsus g‘aznachilik hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Tadbirkorlik subyekti pasport berish to‘g‘risida taqdim etilgan arizani rad etgan taqdirda, yig‘im qaytarib berilmaydi.
Agar Transport vazirligi hududiy bo‘linmasi tadbirkorlik subyektining pasport berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilishi muddati mobaynida pasportni bermasa yoki pasport berishni rad etmasa, u holda hujjatlar qabul qilingan sanadan boshlab o‘n ish kuni o‘tgach, tadbirkorlik subyekti amalga oshirish uchun pasport olishni mo‘ljallagan avtovokzal (avtostansiya) faoliyatini boshlash huquqiga ega bo‘ladi va bu haqda Transport vazirligi hududiy bo‘linmasiga yozma ravishda xabar beradi.
Ushbu bandning uchinchi xatboshida nazarda tutilgan holatda Transport vazirligi hududiy bo‘linmasi tadbirkorlik subyektining yozma bildirishnomasi olingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida unga pasport beradi. Pasport olingungacha qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan taqdim etilgan hujjatlar ro‘yxati hamda tadbirkorlik subyekti tomonidan Transport vazirligi hududiy bo‘linmasiga yuborilgan yozma bildirishnoma pasportga tenglashtiriladi va avtovokzal (avtostansiya)ning faoliyatini amalga oshirish uchun asos hisoblanadi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
13. Pasport berish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun Transport vazirligi hududiy bo‘linmasi avtovokzal (avtostansiya) faoliyat ko‘rsatishi xavfsizligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan xizmat, madaniy-maishiy va sanitariya-gigiyena inshootlari, texnik ko‘rikdan o‘tkazish postlari, yo‘lovchilarni transportga chiqarish va undan tushirish uchun perronlar mavjudligini va ularning holatini, turg‘un metall detektorlar bilan jihozlanganligini, to‘siqlar, shlagbaumlar mavjudligini ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan muddatda o‘rganib chiqadi.
O‘rganish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi, u Transport vazirligi hududiy bo‘linmasining mansabdor xodimi va tadbirkorlik subyektining rahbari tomonidan imzolanadi, dalolatnoma pasport berish yoxud pasport berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun asoslardan biri hisoblanadi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
14. Transport vazirligi hududiy bo‘linmasi tadbirkorlik subyektiga pasportni beradi (yuboradi) yoki pasport berishni rad etish to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilingan sanadan boshlab bir ish kunidan kechikmay yozma shaklda uni xabardor qiladi.
Pasport berilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasi maxsus g‘aznachilik hisobvarag‘iga o‘tkaziladi va pasportlarning blankalarini tayyorlash, avtovokzal (avtostansiya)ning faoliyat ko‘rsatish xavfsizligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan xizmat, madaniy-maishiy va sanitariya-gigiyena inshootlari, texnik ko‘rikdan o‘tkazish postlari, yo‘lovchilarni transportga chiqarish va undan tushirish uchun perronlar mavjudligini va ularning holatini, turg‘un metall detektorlar bilan jihozlanganligini, to‘siqlar, shlagbaumlar mavjudligini o‘rganish bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirishda foydalaniladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
15. Pasportlarning blankalari qat’iy hisobot hujjatlari hisoblanadi, hisobga olish tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi, Transport vazirligining buyurtmasi bo‘yicha “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi. Pasportlarning blankalarini hisobga olish, saqlash va ulardan maqsadli foydalanish yuzasidan Transport vazirligi hududiy bo‘linmasi rahbari javob beradi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
16. Pasport berish quyidagi asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin:
pasport berish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning tadbirkorlik subyekti tomonidan to‘liq hajmda taqdim etilmaganligi;
tadbirkorlik subyektining ruxsat berish talablari va shartlariga muvofiq emasligi;
tadbirkorlik subyekti tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzilgan ma’lumotlarning mavjudligi;
ushbu Nizomning 13-bandiga muvofiq o‘tkazilgan o‘rganishlar yakunlari bo‘yicha asoslangan salbiy xulosa.
Pasport berishni boshqa asoslar, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi sabablari bo‘yicha rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
17. Pasport berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish to‘g‘risidagi xabarnoma tadbirkorlik subyektiga, rad etish sabablari, qonunchilikning aniq normalari va tadbirkorlik subyekti ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (taqdim etiladi). Tadbirkorlik subyekti rad etish sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishga haqli bo‘lgan muddat pasport berishni rad etish to‘g‘risidagi yozma xabarnoma olingan kundan boshlab o‘n ish kunidan kam bo‘lishi mumkin emas.
18. Pasport berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar belgilangan muddatda tadbirkorlik subyekti tomonidan bartaraf etilgan taqdirda hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish, pasport berish yoki uni berishni rad etish tadbirkorlik subyektining rad etish sabablarini bartaraf etilgani to‘g‘risidagi arizasi hamda rad etish sabablari bartaraf qilinganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab o‘n ish kunidan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi.
Tadbirkorlik subyektining arizasi takroran ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
19. Hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishda ariza beruvchiga ilgari yozma shaklda bayon qilinmagan rad etish sabablarining Transport vazirligi hududiy bo‘linmasi tomonidan ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, ilgari ko‘rsatilgan sabablarning bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bog‘liq bo‘lgan rad etish sabablarining ko‘rsatilishi bundan mustasno.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
20. Pasport berishni rad etish to‘g‘risidagi yozma xabarnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin tadbirkorlik subyekti tomonidan berilgan ariza yangidan berilgan hisoblanadi va u Transport vazirligining hududiy bo‘linmasi tomonidan umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
21. Tadbirkorlik subyekti pasport berishning rad etilishi, shuningdek Transport vazirligining hududiy bo‘linmasi mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
V. Pasportni qayta rasmiylashtirish, dublikat berish
22. Tadbirkorlik subyekti qayta tashkil etilganda yoki uning nomi yoxud joylashgan joyi o‘zgarganda tadbirkorlik subyekti yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tgandan keyin yetti ish kuni mobaynida Transport vazirligining hududiy bo‘linmasiga pasportni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi arizani, ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan holda berishi shart.
(22-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida pasportga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari qo‘shib yuborilgan taqdirda, pasportni ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
Pasportdagi mavjud ma’lumotlar mazkur bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilmagan hollarda o‘zgartirilgan taqdirda, pasport tadbirkorlik subyektining tegishli hujjatlar ilova qilingan arizasi bo‘yicha qayta rasmiylashtiriladi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qaroriga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
Hujjatlar tadbirkorlik subyekti tomonidan Transport vazirligining hududiy bo‘linmasiga bevosita, ularning olingani to‘g‘risidagi xabarnoma bilan birga, pochta aloqa vositasi orqali yoki elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar tadbirkorlik subyektining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
(22-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Tadbirkorlik subyektidan ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
23. Pasportni qayta rasmiylashtirishda Transport vazirligining hududiy bo‘linmasi berilgan pasportlar reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi. Pasportni qayta rasmiylashtirish va berish pasportni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi ariza, tegishli hujjatlar ilova qilingan holda Transport vazirligining hududiy bo‘linmasi tomonidan olingan kundan boshlab besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
24. Pasportni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza bergan tadbirkorlik subyekti yoki uning huquqiy vorisi pasport qayta rasmiylashtirilgungacha unda ko‘rsatilgan faoliyatni, ariza qabul qilingan sana haqidagi Transport vazirligining hududiy bo‘linmasi belgisi qo‘yilgan pasportni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi ariza asosida amalga oshiradi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
25. Pasportni qayta rasmiylashtirganlik uchun yig‘im tadbirkorlik subyektining pasport berish to‘g‘risidagi arizasi Transport vazirligi hududiy bo‘linmasi tomonidan ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan yig‘im summasining yarmi miqdorida undiriladi. Yig‘im summasi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasi maxsus g‘aznachilik hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
26. Pasport yo‘qolganda yoki yaroqsiz holga kelganda tadbirkorlik subyektining arizasiga ko‘ra uning dublikati beriladi.
Transport vazirligi hududiy bo‘linmasi pasport dublikatini tadbirkorlik subyektining arizasi, shuningdek, pasport yaroqsiz holga kelganda — pasportning asl nusxasi hamda pasportning dublikatini berish uchun yig‘imning tadbirkorlik subyekti tomonidan to‘langanini tasdiqlovchi hujjat olingan kundan boshlab besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda berishi (yuborishi) shart.
(26-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Pasport dublikati berilganligi uchun yig‘im tadbirkorlik subyektining pasport berish to‘g‘risidagi arizasi Transport vazirligi hududiy bo‘linmasi tomonidan ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan yig‘imning yarmi miqdorida undiriladi. Yig‘im summasi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasi maxsus g‘aznachilik hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
(26-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
VI. Pasportning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish va uni bekor qilish
27. Pasportning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish va uni bekor qilish “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining tegishli ravishda 22, 23 va 25-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
28. Quyidagilar pasportning amal qilishini belgilangan tartibda to‘xtatish uchun asos bo‘ladigan ruxsat berish talablari va shartlarining bir marta qo‘pol ravishda buzilishiga kiradi:
belgilangan tartibda Transport vazirligi hududiy bo‘linmasi tomonidan o‘tkaziladigan ruxsat berish talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishlardan bosh tortish;
(28-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
uning uchun pasport berilgan faoliyatni amalga oshirish natijasida fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazish yoki bunday zarar yetkazilishining real xavfini yaratish;
litsenziya kartochkalari bilan ta’minlanmagan avtotransport vositalariga xizmat ko‘rsatish;
yo‘lovchilarning va avtovokzal (avtostansiya) ishlarining xavfsizligini ta’minlash uchun foydalaniladigan maxsus texnika vositalarining, shuningdek avtovokzal (avtostansiya)da to‘siqlarning mavjud emasligi.
VII. Berilgan pasportlar reyestri
29. Transport vazirligi berilgan pasportlar reyestrini yuritadi va uni o‘zining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.
(29-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Berilgan pasportlar reyestrida tadbirkorlik subyektlari to‘g‘risida quyidagi asosiy ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
tadbirkorlik subyektining nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefon raqami;
pasportning berilgan sanasi va raqami, avtovokzal (avtostansiya)ning toifasi yoki klassi;
pasportni qayta rasmiylashtirish, uning amal qilishini to‘xtatib turish va tiklashning asosi va sanasi;
pasportning amal qilishini to‘xtatish asosi va sanasi;
pasportni bekor qilishning asosi va sanasi;
pasport dublikatlarini berishning asosi va sanasi.
30. Pasportlar reyestridagi axborot uning bilan yuridik va jismoniy shaxslar tanishishi uchun ochiq hisoblanadi.
Avtovokzal (avtostansiya) pasportini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1- ILOVA
Avtostansiyadan bir sutkada jo‘natiladigan avtotransport vositalari soni — ________ Kolichestvo otpravleniy avtotransportnix edinits v sutki s avtostansii
Turgun metall detektor ramkasi yoki qo‘l metall detektor mavjudligi ________________
Nalichiye statsionarnogo ili ruchnogo metallodetektora
(mavjud, imeyetsya)
Video kuzatuv kameralarning mavjudligi
________________
Nalichiye kamer videonablyudeniya
(mavjud, imeyetsya)
Avtovokzal (avtostansiya I klassi) haydovchilar uzoq vaqt dam olish honasi (mehmonhona) ______ o‘rin. Komnata dlitelnogo otdixa voditeley avtovokzala ( I klassa avtostansii) (gostinitsa) na mest.
Avtovokzal (avtostansiya I klassi) ona va bola honasi:_________ kv.m Komnata materi i rebenka avtovokzala (I klassa avtostansii)
Yo‘lovchilar uchun kutish zali:________ kv.m Zal ojidaniya dlya passajirov
Yo‘lovchilarni avtobuslarga o‘tkazish va tushirish uchun perronlar soni — ______ Kolichestvo perronov dlya posadki i visadki passajirov
Naydovchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish honasi __________ kv.m Meditsinskiy punkt dlya provedeniya medosmotra voditeley
Avtovokzal (avtostansiya) ishlash tartibi: _______ dan soat ______ gacha.
Rejim raboti avtovokzala
s
do
Sanitariya-gigiena va madaniy-maishiy honasi mavjudligi
______________
Nalichiye kulturno-bitovix i sanitarno-gigiyenicheskoy komnat (mavjud, imeyetsya)
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Avtovokzal (avtostansiya) pasportini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Avtovokzal (avtostansiya) pasportini berish
sxemasi
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Avtovokzal (avtostansiya) pasportini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi hududiy bo‘linmasi rahbari _______________________________ga
Avtovokzal (avtostansiya) pasportini berish to‘g‘risida ARIZA
Arizaga ma’muriy bino, xizmat va ishlab chiqarish xonalari, inshootlar va yer uchastkalari joylashishi sxemasi bilan birgalikda avtovokzal (avtostansiya)ning kadastr plani nusxasi ilova qilinadi.
Rahbar:________________________________________
(F.I.O.)
____________________________
(imzo)
M.O‘.
Sana: 20___ y. “____” _________________
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 50-son, 648-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 09/18/321/1154-son, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)