Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda xodimlari va ularning oila aʼzolarini uy-joy bilan taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Toshkent shahar hokimligi hamda Davlat mulki qoʻmitasining Toshkent shahar, Chilonzor tumani, 20-dahada joylashgan, Toshkent shahar hokimligi Binolardan foydalanish departamenti balansidagi 19/5-uy manzilidagi foydalanilmayotgan toʻqqiz qavatli binoni (keyingi oʻrinlarda “bino” deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati balansiga tasarruf etish huquqisiz bepul oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Toshkent shahar hokimligi mazkur qarorning
1-bandida koʻrsatib oʻtilgan binoning belgilangan tartibda topshirilishini, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati uning qabul qilib olinishini taʼminlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati qabul qilib olingan binoda xodimlar va ularning oila aʼzolari yashashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratgan holda undan maqsadli foydalansin.
4. Belgilansinki, mazkur binoni taʼmirlash xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati uchun har yili ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahar hokimligining munitsipal mulk obyektlarini sotish jarayonlarini jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 30-avgustdagi 253-son
qaroridan 77-satr chiqarib tashlansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Xoʻjayev zimmasiga yuklansin.