1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.02.00 Tadbirkorlik subyektlari. Tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatga olish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.11.00 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazorati / 09.01.11.02 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish;
2.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jamoat tartibi va jamoat xavfsizligini muhofaza qilish]
Tadbirkorlik subyektlariga tegishli boʻlgan obyektlarni yongʻin-profilaktika koʻrigidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 3-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2532]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 4-oktabrdagi 272-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-yil, 41-son, 547-modda) bilan tasdiqlangan Davlat yongʻin nazorati toʻgʻrisidagi Nizomning 23-bandiga asosan buyuraman:
1. Tadbirkorlik subyektlariga tegishli boʻlgan obyektlarni yongʻin-profilaktika koʻrigidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim va rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2013-yil 21-noyabr,
136-son
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2013-yil 21-noyabrdagi 136-son buyrugʻiga ILOVA
Tadbirkorlik subyektlariga tegishli boʻlgan obyektlarni yongʻin-profilaktika koʻrigidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
nizom
Mazkur Nizom “Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 40-son, 432-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 4-oktabrdagi 272-sonli “Davlat yongʻin nazorati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 41-son, 547-modda) muvofiq davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga tegishli boʻlgan obyektlarni yongʻin-profilaktika koʻrigidan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Mazkur Nizomning maqsadi yongʻin xavfsizligi talablarini taʼminlash, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulklarini yongʻinlardan himoyalash, shuningdek yongʻin natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oldini olishdan iborat.
I bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
tadbirkorlik subyekti — belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
davlat yongʻin nazorati organlari — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati, Transportdagi ichki ishlar boshqarmasi va Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi hamda ularning quyi boʻlinmalari;
obyekt — yuridik yoki jismoniy shaxsning mulkiy kompleksi (yoki uning bir qismi), shu jumladan ular uchun yongʻin xavfsizligi talablari belgilangan binolar, inshootlar, transport vositalari, texnologik qurilmalar, asbob-uskuna, agregatlar, buyumlar va boshqa mol-mulk.
2. Yongʻin-profilaktika koʻrigi davlat yongʻin nazorati organlarining mansabdor shaxslari tomonidan tadbirkorlik subyektiga yongʻin kelib chiqishi va kuchayishining (tarqalishining) oldini olishga qaratilgan tavsiyalar berish maqsadida oʻtkaziladi.
3. Yongʻin-profilaktika koʻrigini oʻtkazish vaqtida tekshirish oʻtkazishga, huquqiy taʼsir choralarni qoʻllashga, tadbirkorlik subyekti faoliyatiga tegishli hujjatlar va tushuntirishlar talab qilib olishga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan tadbirkorlik subyekti davlat roʻyxatidan oʻtganligi haqidagi, ijara shartnomasi (agar tadbirkorlik subyekti bino, inshoot yoki xonani ijaraga olgan boʻlsa), obyektlarning yongʻin xavfsizligi holati haqidagi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning yongʻin xavfliligi haqidagi hujjatlar mustasno.
Yongʻin-profilaktika koʻrigini oʻtkazish tadbirkorlik subyekti faoliyatini biror-bir tarzda cheklashga yoki toʻxtatib qoʻyishga olib kelmasligi lozim.
Yongʻin-profilaktika koʻrigi natijasi boʻyicha rasmiylashtiriladigan hujjatlar tadbirkorlik subyektini javobgarlikka tortish uchun asos boʻla olmaydi.
4. Yongʻin-profilaktika koʻrigini oʻtkazish uchun Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi (viloyatlar komissiyalari) bilan kelishish talab etilmaydi. Yongʻin-profilaktika koʻrigini oʻtkazish jarayonida tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobi toʻldirilmaydi, davlat yongʻin nazorati organlarining mansabdor shaxslariga tadbirkorlik subyektlarda tekshirish oʻtkazish huquqini beruvchi maxsus guvohnoma talab etilmaydi.
II bob. Yongʻin-profilaktika koʻrigini oʻtkazish uchun asos
5. Yongʻin-profilaktika koʻrigini oʻtkazish uchun davlat yongʻin nazorati organi rahbarining yongʻin-profilaktika koʻrigini oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻi (bundan buyon matnda buyruq deb yuritiladi) asos boʻladi.
Buyruq mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq rasmiylashtiriladi. Buyruqda yongʻin-profilaktika koʻrigi oʻtkaziladigan tadbirkorlik subyekti va tegishli obyekt nomi, joylashgan manzili, koʻrikni oʻtkazish sanasi, unda qatnashadigan davlat yongʻin nazorati organi mansabdor shaxslarining familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi koʻrsatilishi lozim.
6. Yongʻin-profilaktika koʻrigini oʻtkazish sanasi, koʻrik oʻtkaziladigan obyektlar tadbirkorlik subyektiga bir oy oldin mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi bildirishnomani pochta orqali buyurtma xat bilan yuborish yoki tilxat bilan topshirish orqali maʼlum qilinadi.
7. Ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish, ishlarni bajarish) zarurati bilan bogʻliq boʻlganda tadbirkorlik subyektining arizasiga asosan koʻrikni oʻtkazish muddati oʻn kunga qoldiriladi. Buning uchun ariza koʻrik oʻtkazish sanasidan oʻn kun oldin tegishli davlat yongʻin nazorati organiga taqdim etilishi lozim.
8. Yongʻin-profilaktika koʻrigi tadbirkorlik subyektida belgilangan ish rejimiga asosan bir ish kuni davomida oʻtkaziladi. Mazkur Nizomning 11-bandiga muvofiq yongʻin xavfliligiga koʻra birinchi guruhga kiritilgan obyektlarda koʻrik ikki ish kuni davomida oʻtkazilishi mumkin.
9. Umumxalq bayramlari, xalqaro va respublika sport musobaqalari, forumlari, yuqori martabali chet el delegatsiyalarining tashrifi bilan bogʻliq tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va tashkil qilish vaqtida ushbu tadbirlar boʻlib oʻtadigan obyektda va uning 150 metr radiusida joylashgan obyektlarda qoʻshimcha ravishda yongʻin-profilaktika koʻriklari oʻtkazilishi mumkin.
Qoʻshimcha ravishda yongʻin-profilaktika koʻrigi oʻtkazish uchun mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq rasmiylashtirilgan buyruq asos boʻladi. Qoʻshimcha ravishda oʻtkaziladigan koʻrik toʻgʻrisida tadbirkorlik subyektiga joyning oʻzida maʼlum qilinadi.
III bob. Tadbirkorlik subyektlariga tegishli boʻlgan obyektlarni yongʻin xavfliligi boʻyicha guruhlarga boʻlish
10. Tadbirkorlik subyektlariga tegishli boʻlgan obyektlar yongʻin xavfliligiga koʻra uch guruhga boʻlinadi.
11. Birinchi guruhga tadbirkorlik subyektlariga tegishli boʻlgan quyidagi obyektlar kiradi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilangan oʻta muhim, birinchi va ikkinchi toifali muhim obyektlar;
SHNQ 2.01.19-09 “Xona, bino va tashqi qurilmalarning portlab yonish va yongʻin xavfi boʻyicha toifalarini aniqlash”ga asosan portlab-yonish va yongʻin xavfi boʻyicha “A” va “B” toifalariga kiritilgan obyektlar;
paxta xom ashyosini qabul qilish, saqlash punktlari va qayta ishlash tashkilotlari;
saqlash sigʻimidan qatʼi nazar, paxta terminallari;
sutkasiga ming tonnadan ortiq don va don mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash tashkilotlari;
yangi qurilayotgan, rekonstruksiya qilinayotgan, kengaytirilayotgan, texnik jihatdan qayta jihozlanayotgan va kapital taʼmirlanayotgan obyektlar;
balandligi oʻn qavatdan yuqori boʻlgan maʼmuriy va jamoat binolari;
yuz nafar va undan koʻp oʻringa moʻljallangan mehmonxonalar, motellar, kempinglar va yotoqxonalar;
portlovchi moddalar, kuchli taʼsir etuvchi zaharli moddalarni saqlash omborlari mavjud obyektlar.
12. Ikkinchi guruhga tadbirkorlik subyektlariga tegishli boʻlgan quyidagi obyektlar kiradi:
SHNQ 2.01.19-09 “Xona, bino va tashqi qurilmalarning portlab yonish va yongʻin xavfi boʻyicha toifalarini aniqlash”ga asosan portlab-yonish va yongʻin xavfi boʻyicha “V1-V4” toifasiga kiritilgan obyektlar;
doimiy tarzda ellik nafar va undan koʻp kishilar joylashishiga moʻljallangan davolash va sogʻlomlashtirish muassasalari;
yuz nafargacha oʻringa moʻljallangan mehmonxonalar, motellar, kempinglar va yotoqxonalar;
sutkasiga ming tonnagacha don va don mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash tashkilotlari.
13. Uchinchi guruhga tadbirkorlik subyektlarga tegishli boʻlgan quyidagi obyektlar kiradi:
SHNQ 2.01.19 “Xona, bino va tashqi qurilmalarning portlab yonish va yongʻin xavfi boʻyicha toifalarini aniqlash”ga asosan portlab-yonish va yongʻin xavfi boʻyicha “G” va “D” toifalariga kiritilgan obyektlar;
birinchi va ikkinchi guruhlarga kiritilmagan obyektlar.
IV bob. Yongʻin-profilaktika koʻrigini oʻtkazish muddatlarini rejalashtirish
14. Birinchi xavflilik guruhiga kiradigan obyektlarda yongʻin-profilaktika koʻrigi yiliga bir marta, ikkinchi guruhga kiradigan obyektlarda — ikki yilda bir marta, uchinchi guruhga kiradigan obyektlarda — uch yilda bir marta oʻtkaziladi. Belgilangan muddatlardan tashqari obyektlarda takroriy koʻriklar oʻtkazilishi mumkin emas, mazkur Nizomning 9-bandida koʻrsatilgan qoʻshimcha koʻrik oʻtkazish holatlari bundan mustasno.
15. Yilning 1-sentabriga qadar joylardagi davlat yongʻin nazorati organlari kelgusi yilda yongʻin-profilaktika koʻrigi oʻtkaziladigan tadbirkorlik subyektlari va ularga tegishli obyektlar roʻyxatini shakllantiradi hamda yuqori turuvchi davlat yongʻin nazorati organiga tasdiqlash uchun taqdim qiladi. Yuqori turuvchi davlat yongʻin nazorati organi roʻyxatni tasdiqlagach, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasiga yilning 1-oktabriga qadar taqdim qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan jamlanma roʻyxat yilning 15-noyabriga qadar markazlashtirilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Yongʻin-profilaktika koʻrigi oʻtkazilishi rejalashtirilgan yilda davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan tekshirish oʻtkazilgan tadbirkorlik subyektida yongʻin-profilaktika koʻrigi oʻtkazilmaydi.
16. Yongʻin-profilaktika koʻrigini boshlashdan oldin davlat yongʻin nazorati organi mansabdor shaxsi xizmat guvohnomasini koʻrsatadi, buyruq bilan tadbirkorlik subyektini tanishtiradi va bitta nusxasini taqdim etadi.
17. Davlat yongʻin nazorati organi mansabdor shaxslari koʻrikni boshlashdan oldin tadbirkorlik subyektini mazkur Nizom, koʻrik oʻtkazishda foydalaniladigan yongʻin nazoratiga oid tegishli normativ-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlar bilan tanishtirishi, tadbirkorlik subyekti talabi bilan ushbu hujjatlar nusxalarini olish imkoniyatini yaratib berishi lozim.
18. Yongʻin-profilaktika koʻrigi obyekt hududini, binolarini, xonalarini, inshootlarini (shu jumladan qurilish va rekonstruksiya bosqichida), evakuatsiya yoʻllarini, texnologik va muhandislik asbob-uskunalarini, obyektning yongʻinga qarshi himoya tizimi va vositalarini, yongʻinga qarshi suv taʼminoti manbalarini, yongʻin oʻchirish texnikasini, yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalarini ishga yaroqliligini koʻzdan kechirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
19. Davlat yongʻin nazorati organi mansabdor shaxslari yongʻin-profilaktika koʻrigini oʻtkazish jarayonida yongʻinga qarshi targʻibot oʻtkazadi, shu jumladan, qoʻriqlash-yongʻindan saqlash signalizatsiyalarini va yongʻinni avtomatik tarzda oʻchirish tizimlaridan foydalanishni, yongʻin sodir boʻlganda harakat qilishni, yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari va yongʻin-texnika qurollarini qoʻllashni oʻrgatadi.
20. Yongʻin-profilaktika koʻrigi yakunida davlat yongʻin nazorati organi mansabdor shaxsi mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq tavsiyalar maʼlumotnomasini (bundan buyon matnda maʼlumotnoma deb yuritiladi) ikki nusxada tuzadi va bir nusxasini tadbirkorlik subyektiga topshiradi. Maʼlumotnomada koʻrik davomida oʻtkazilgan yongʻinga qarshi targʻibot, aniqlangan kamchiliklar, ularni bartaraf etishga, yongʻinlar ehtimolini kamaytirishga qaratilgan tavsiyalar koʻrsatiladi. Tavsiyalar yongʻin xavfsizligiga tegishli normativ-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlar talablariga asoslangan boʻlishi lozim.
21. Aniqlangan kamchiliklar boʻyicha ularning yongʻin xavfliligidan kelib chiqqan holda bartaraf etish muddati koʻrsatiladi. Tadbirkorlik subyektining kamchiliklarni toʻliq bartaraf etganligi haqidagi murojaati asosida davlat yongʻin nazorati organi joyga chiqqan holda qilingan ishlarni oʻrganishi va bu toʻgʻrisida maʼlumotnoma tuzishi shart. Kamchiliklar toʻliq bartaraf etilgan taqdirda ushbu tadbirkorlik subyekti boʻyicha tekshirishlar yillik reja-jadvaliga va rejadan tashqari tekshirishlarga taklif kiritilmaydi.
22. Qoʻshimcha ravishda oʻtkazilgan yongʻin-profilaktika koʻrigi natijasi boʻyicha mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq tavsiyanoma ikki nusxada rasmiylashtirilib, bir nusxasi tadbirkorlik subyektiga topshiriladi. Tavsiyanomada faqat zudlikda bartaraf etilishi lozim boʻlgan, yongʻin kelib chiqishi va tarqalishining oldini olishga qaratilgan hamda obyektda maʼlum bir muddat mobaynida yongʻinga qarshi rejim oʻrnatilishi boʻyicha tavsiyalar yoziladi.
23. Maʼlumotnoma va tavsiyanomalar tegishli tadbirkorlik subyektiga qarashli obyektning nazorat-kuzatuv yigʻma jildiga tikiladi. Davlat yongʻin nazorati organlarining har bir boʻlinmasida mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq Yongʻin-profilaktika koʻriklarini hisobga olish kitobi hamda mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq Qoʻshimcha ravishda oʻtkazilgan yongʻin-profilaktika koʻriklarini hisobga olish kitobi yuritiladi. Ushbu kitoblar raqamlangan, tikilgan va davlat yongʻin nazorati organining muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
24. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi va Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. ZOKIROV
2013-yil 14-noyabr
Savdo-sanoat palatasi raisi A. SHAYXOV
2013-yil 20-noyabr
Tadbirkorlik subyektlariga tegishli boʻlgan obyektlarni yongʻin-profilaktika koʻrigidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri) ____________________________________________________
(buyruq chiqarayotgan organ nomi) B U Y R U Q _____________________________________________________
(buyruqning nomi)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 4-oktabrdagi 272-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat yongʻin nazorati toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq______________________________________________________________________
(yongʻin-profilaktika koʻrigini oʻtkazuvchi organ nomi)
tomonidan tadbirkorlik subyektlariga tegishli boʻlgan obyektlarni yongʻin-profilaktika koʻrigidan oʻtkazish maqsadida buyuraman:
3. Yongʻin-profilaktika koʻrigini oʻtkazishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etilishiga erishish maqsadida davlat yongʻin nazorati organining tavsiyalar maʼlumotnomasi ikki nusxada tuzilib, bir nusxasi tadbirkorlik subyektiga topshirilsin.
4. Mazkur buyruq talablarini toʻliq bajarilishini nazorat qilish ____________________________________________________________________
(F.I.O., lavozimi )
ga yuklatilsin.
Boshliq
__________
M.Oʻ.
______________________
(imzo)
(F.I.O.)
______________shahar (tuman)
20___ yil “___” _______ ___________-son
Izoh: agar bitta buyruq bilan bir nechta obyektlarda yongʻin-profilaktika koʻriklari oʻtkazilishi belgilansa, buyruqning 1-bandida har bir obyekt manzili, koʻrikdan oʻtkazish sanasi alohida koʻrsatiladi, 2-bandda har bir obyektda kim tomondan koʻrik oʻtkazilishi koʻrsatiladi.
Tadbirkorlik subyektlariga tegishli boʻlgan obyektlarni yongʻin-profilaktika koʻrigidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 4-oktabrdagi 272-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat yongʻin nazorati toʻgʻrisidagi nizomga asosan Sizga tegishli boʻlgan quyidagi obyektlarda:
____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ (obyektlar nomi va manzili koʻrsatiladi)
20___ yil “___”________ da yongʻin-profilaktika koʻrigi oʻtkazilishi maʼlum qilinadi.
Ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish, ishlarni bajarish) zarurati bilan bogʻliq boʻlganda Sizning arizangizga asosan koʻrikni oʻtkazish muddati oʻn kunga qoldiriladi. Buning uchun ariza koʻrik oʻtkazish sanasidan oʻn kun oldin taqdim etilishi lozim.
Tadbirkorlik subyektlariga tegishli boʻlgan obyektlarni yongʻin-profilaktika koʻrigidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri) ____________________________________________________
(buyruq chiqarayotgan organ nomi) B U Y R U Q _____________________________________________________
(buyruqning nomi)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 4-oktabrdagi 272-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat yongʻin nazorati toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq_______________________________________________________________ga asosan
(qoʻshimcha ravishda yongʻin-profilaktika koʻrigini oʻtkazish sabablari) ______________________________________________________________________________ (qoʻshimcha ravishda yongʻin-profilaktika koʻrigini oʻtkazuvchi organ nomi)
tomonidan tadbirkorlik subyektlariga tegishli boʻlgan obyektlarni yongʻin-profilaktika koʻrigidan oʻtkazish maqsadida buyuraman:
(qoʻshimcha ravishda yongʻin-profilaktika koʻrigini ______________________________________________________________________________ oʻtkazadigan mansabdor shaxsning F.I.O., lavozimi)
tomonidan oʻtkazilsin.
3. Qoʻshimcha ravishda oʻtkazilgan yongʻin-profilaktika koʻrigi yakuni boʻyicha tavsiyanoma ikki nusxada tuzilib, bir nusxasi tadbirkorlik subyektiga topshirilsin.
4. Mazkur buyruq talablarini bajarilishini nazorat qilish __________________________________________________________________ga yuklatilsin.
(mansabdor shaxsning F.I.O., lavozimi)
4. Mazkur buyruq talablarini toʻliq bajarilishini nazorat qilish ____________________________________________________________________
(F.I.O., lavozimi )
Boshliq
__________
M.Oʻ.
______________________
(imzo)
(F.I.O.)
______________shahar (tuman)
20____ yil “____” __________ ______-son
Izoh: agar bitta buyruq bilan bir nechta obyektlarda qoʻshimcha ravishda yongʻin-profilaktika koʻriklari oʻtkazilishi belgilansa, buyruqning 1-bandida har bir obyekt nomi, manzili, koʻrikdan oʻtkazish sanasi alohida koʻrsatiladi. 2-bandda har bir obyektda kim tomonidan koʻrik oʻtkazilishi koʻrsatiladi.
Tadbirkorlik subyektlariga tegishli boʻlgan obyektlarni yongʻin-profilaktika koʻrigidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri)
______________________________________ (davlat yongʻin nazorati organi nomi) ____________________________________________________________________ (tadbirkorlik subyektiga tegishli boʻlgan obyektning nomi) oʻtkazilgan yongʻin-profilaktika koʻrigi natijasi boʻyicha ___ -son tavsiyalar maʼlumotnomasi
Yongʻin-profilaktika koʻrigini oʻtkazish jarayonida quyidagi yongʻin xavfsizligi talablarining buzilishi aniqlanib, yongʻinlar kelib chiqish ehtimolini istisno etish va ularning oqibatlarini kamaytirish maqsadida quyidagi tavsiyalar bajarilishi taklif etiladi:
T/r
Tavsiyalar
Bartaraf etish muddati
Joyida bajarilgani haqida belgi
1
2
3
4
Koʻrik davomida quyidagi yongʻinga qarshi targʻibotlar oʻtkazildi: __________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
Tadbirkorlik subyektlariga tegishli boʻlgan obyektlarni yongʻin-profilaktika koʻrigidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri)
_______________________________________ (davlat yongʻin nazorati organi nomi) Yongʻin xavfsizligi talablarining buzilishi holatlarini bartaraf etish boʻyicha ___ -son tavsiyanoma
20___ yil “____” __________
____________________________________________________________________ (tadbirkorlik subyektiga tegishli boʻlgan obyektning nomi)
Yongʻin xavfsizligi talablarining buzilishi holatlarini bartaraf etish boʻyicha quyidagilarni amalga oshirilishi tavsiya etiladi: ______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ Joyida bartaraf etilganlari: __________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 49-son, 637-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2019-y., 10/19/2532-1/4101-son; 12.03.2020-y., 10/20/2532-2/0292-son)