Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2004-yilda gʻoʻzani defoliatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Gʻoʻzani oʻz vaqtida va sifatli defoliatsiya qilish, dalalarni paxta hosilini yigʻishtirib olishga, shu jumladan paxta terish mashinalari bilan yigʻishtirib olishga tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan 2004-yilda gʻoʻza defoliatsiya qilinadigan
1-ilovaga muvofiq maydonlar va uning maqbul muddatlari toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin. Gʻoʻza defoliatsiya qilinadigan maydonlarni aniqlashda urugʻlik ekin maydonlari hisobga olinmasin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari tumanlar va paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklar boʻyicha gʻoʻzani
1-ilovaga muvofiq muddatlarda defoliatsiya qilish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilsinlar.
Gʻoʻza oʻz vaqtida va sifatli defoliatsiya qilinishi, hisobot maʼlumotlarini buzib koʻrsatish hollariga yoʻl qoʻyilmasligi uchun shaxsiy javobgarlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda “Oʻzkimyosanoat” kompaniyasi rahbarlariga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi gʻoʻzaning belgilangan muddatlarda va maydonlarda defoliatsiya qilinishi ustidan nazorat oʻrnatsin, aybdor shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qatʼiy javobgarlik chora-tadbirlarini koʻrsin.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” va “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyalari, “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari, “Oʻzagromashservis” uyushmasi joriy yilning 25-avgustigacha:
paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarga zarur miqdordagi defoliantlar yetkazib berilishini taʼminlasinlar;
defoliatsiyani yerda bajariladigan usullar bilan oʻtkazish uchun texnik vositalar va apparatlar tayyorlanishini tugallasinlar;
maydonchalarni tayyorlashni tugallasinlar va ularda defoliantlar eritmasini tayyorlash uchun zarur idishlar va boshqa texnik vositalar mavjud boʻlishini taʼminlasinlar.
4. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha gʻoʻza defoliatsiyasini oʻtkazish uchun samolyotlar ajratsin va ularning mintaqalarga
2-ilovaga muvofiq 2004-yil 25-avgustgacha yetkazib berilishini taʼminlasin.
Viloyatlar hokimliklari maxsus aerodromlar tayyorlanishini, shu jumladan uchuvchilar uchun zarur maishiy shart-sharoitlar yaratilishini tugallasin.
5. “Oʻzneftmahsulot” kompaniyasi yonilgʻi-moylash materiallarining zarur zaxirasini barpo etsin hamda purkagichlar va samolyotlarning ishini taʼminlash uchun gʻoʻzani defoliatsiya qilish davrida ularning belgilangan tartibda uzluksiz yetkazib berilishini tashkil etsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarning hisob-kitob jamgʻarmasi kutilayotgan paxta hosili qiymatining 50 foizi doirasida ajratilayotgan avans mablagʻlar hisobiga defoliantlar xarid qilish uchun mablagʻlarni bir hafta muddatda qishloq xoʻjaligi korxonalariga belgilangan tartibda yoʻnaltirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-avgustdagi 395-sonli
qaroriga1-ILOVA
2004-yilda Oʻzbekiston Respublikasida gʻoʻza defoliatsiya qilinadigan maydonlar va uning maqbul muddatlari
|
Defoliatsiya qilinadigan maydon, ming ga |
Defoliatsiyani oʻtkazish muddatlari *) |
| boshlanishi |
tugallanishi |
davom etishi |
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
67 |
5-sentabr |
20-sentabr |
16 |
|
viloyatlar: |
|
|
|
|
| Andijon |
78 |
5-sentabr |
20-sentabr |
16 |
| Buxoro |
100 |
3-sentabr |
17-sentabr |
15 |
| Jizzax |
88 |
5-sentabr |
20-sentabr |
16 |
| Qashqadaryo |
130 |
1-sentabr |
15-sentabr |
16 |
| Navoiy |
26 |
3-sentabr |
17-sentabr |
15 |
| Namangan |
75 |
5-sentabr |
20-sentabr |
16 |
| Samarqand |
81 |
5-sentabr |
20-sentabr |
16 |
| Surxondaryo |
100 |
1-sentabr |
15-sentabr |
16 |
| Sirdaryo |
96 |
5-sentabr |
20-sentabr |
16 |
| Toshkent |
81 |
5-sentabr |
20-sentabr |
16 |
| Fargʻona |
95 |
5-sentabr |
20-sentabr |
16 |
| Xorazm |
60 |
5-sentabr |
20-sentabr |
16 |
| JAMI |
1 077 |
1-sentabr |
20-sentabr |
16 |
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-avgustdagi 395-sonli
qaroriga2-ILOVA
2004-yilda gʻoʻzani defoliatsiya qilishda qatnashadigan samolyotlarni taqsimlash
|
Mintaqalar |
Samolyotlar soni |
| Buxoro viloyati |
7 |
| Jizzax viloyati |
9 |
| Qashqadaryo viloyati |
11 |
| Namangan viloyati |
3 |
| Samarqand viloyati |
3 |
| Surxondaryo viloyati |
3 |
| Sirdaryo viloyati |
9 |
| JAMI |
45 |