Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
1. OAT “Aloqabank”ning 8 533,5 mln soʻm miqdordagi oʻz mablagʻlari hisobiga Qoʻqon shahrida “Dehqon bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyatining bino va inshootlari hamda Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi qoshidagi qurilayotgan obyektlar direksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Direksiya) tomonidan 9 168,3 mln soʻm miqdordagi bank krediti hisobiga Namangan shahrida “Yashil dehqon bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyatining bino va inshootlari tasdiqlangan Bosh rejaga binoan qurib bitkazilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, OAT “Aloqabank” va Direksiyaning Qoʻqon shahridagi “Dehqon bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyati hududida qurilgan 1 380,0 mln soʻm qiymatdagi hamda Namangan shahridagi “Yashil dehqon bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyati hududida qurilgan 1 199,6 mln soʻm qiymatdagi mulklar — pavilonlar va muhandislik kommunikatsiya obyektlarni keyinchalik mazkur bozorlar ustav fondiga davlat ulushi sifatida kiritish uchun tegishli ravishda Qoʻqon va Namangan shahar hokimliklari balansiga bepul oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
3. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, OAT “Aloqabank” hamda Direksiya mazkur qarorning
2-bandida koʻrsatilgan mulklarni belgilangan tartibda topshirilishini, Qoʻqon va Namangan shahar hokimliklari ushbu mulklarni oʻz balansiga qabul qilib olinishini taʼminlasin.
4. Qoʻqon shahridagi “Dehqon bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyatining va Namangan shahridagi “Yashil dehqon bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyatining hududlaridagi OAT “Aloqabank” va Direksiya balansidagi mazkur qarorning
2-bandida koʻrsatilgan mulklardan tashqari savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarini tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgan jismoniy va yuridik shaxslarga sotishga yoki lizingga berishga ruxsat berilsin.
5. Mazkur qarorning
2-bandida koʻrsatilgan mulklarni qurish bilan bogʻliq xarajatlar Qoʻqon shahar “Dehqon bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyati va Namangan shahar “Yashil dehqon bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyati hududlaridagi OAT “Aloqabank” va Direksiya balansidagi savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari qiymatiga qoʻshib hisoblashga ruxsat berilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Fargʻona viloyati va Namangan viloyati hokimliklari Qoʻqon shahridagi “Dehqon bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyati va Namangan shahridagi “Yashil dehqon bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyati hamda bozorlar atrofidagi savdo va xizmat koʻrsatish obyektlaridan maqsadli va samarali foydalanish, aholiga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish, bozor, savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarida pul oqimlarini toʻliq hisobga olinishini taʼminlash boʻyicha qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.