Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Jahon standartlariga javob beradigan shisha idishlar ishlab chiqarishni taʼminlash, mana shu asosda raqobatbardoshli meva-sabzavot va vino-aroq mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirish, tarmoqning eksport salohiyatini kengaytirish, shuningdek shisha idishlar zavodi qurilishini tugallash va foydalanishga topshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzvinosanoat-xolding” XKning “Asl Oyna” OAJ (Toshkent shahri) ustav fondining 80 foizi miqdoridagi oʻziga tegishli aksiyalarini xaridor tomonidan quyidagilar boʻyicha investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan “Mehnat” (Toshkent viloyati) agrofirmasi MChJga nominal qiymati boʻyicha sotish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:
1-ilovaga
* muvofiq jadvalga binoan shisha idishlar zavodi qurilishini tugallash va uni 2009-yil avgust oyida foydalanishga topshirish uchun 6,8 mlrd soʻm mablagʻni investitsiya qilish;
2010-yilga borib sifatli shisha idish ishlab chiqarish hajmini bir yilda 124,6 mln shisha idishga, tayyor mahsulot eksportini — ishlab chiqarish hajmining 50 foizigacha yetkazish va 190 ta ish oʻrni tashkil etish;
2 va 3-ilovalarga
* muvofiq jadvallarga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining krediti va “Oʻzvinosanoat-xolding” XKning qarzi qaytarilishini taʼminlash.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki:
“Asl Oyna” OAJning 21,9 mln yevro summasidagi kredit boʻyicha va 2,95 mln yevro summasidagi hisoblangan foizlar boʻyicha majburiyatlarini 10 yil muddatga restrukturizatsiya qilsin, kredit restrukturizatsiya qilingan paytda hosil boʻlgan muddati oʻtkazib yuborilgan asosiy qarzga foizlar hisoblanmaydigan 3 yillik imtiyozli davr ham shu jumlaga kiradi;
xorijiy bankka boʻlajak toʻlovlarning yetishmayotgan qismi boʻyicha shakllangan zaxira hisobiga haq toʻlanishini taʼminlasin, keyinchalik ular 2-ilovaga
* muvofiq jadvalga binoan “Mehnat” agrofirmasi MChJ tomonidan qaytariladi.
3. Belgilab qoʻyilsinki, “Mehnat” agrofirmasi MChJ uchun “Asl Oyna” OAJdan sotib olinadigan aksiyalarga mulkchilik huquqi:
shisha idishlar zavodi uchun investitsiyalar kiritilgandan, 1-ilovadagi jadvalga muvofiq uni qurish hamda sanoat yoʻli bilan ishga tushirish amalga oshirilgandan;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki krediti boʻyicha barcha toʻlovlar 2-ilovaga
muvofiq toʻlangandan;
“Oʻzvinosanoat-xolding” Xolding kompaniyasining qarzi 3-ilovaga muvofiq uzilgandan keyin boshlanadi.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.