Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Shimoliy yoʻnalishda Oʻzbekiston tabiiy gazi eksporti hajmlarini koʻpaytirish va respublika gaz uzatish tizimini yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, quvurlari diametri 1220 mm boʻlgan ikkinchi tarmoqni qurish yoʻli bilan “0 — 66 km” uchastkasida “Gazli-Nukus” gaz quvurini kengaytirish ishlarini bajarishning qisqa muddatlarini hisobga olgan holda:
“Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi va “Oʻzsanoatqurilishbank” tomonidan ish chizmalariga muvofiq gaz quvurini ayni bir vaqtda loyihalash, qurish va foydalanishga topshirish hamda loyihani amalda bajarilgan ishlar boʻyicha moliyalashtirish amalga oshirildi;
“Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi — bosh buyurtmachi, “ZEROMAX L.L.C.” (AQSh) kompaniyasi — bosh pudratchi va “OʻzLITIneftgaz” ochiq aksiyadorlik jamiyati — bosh loyihachi etib belgilandi;
obyektni foydalanishga tayyor qilib topshirgan holda qurishni moliyalashtirish “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining oʻz valyuta mablagʻlari hisobiga amalga oshirildi;
obyekt qurilishi uchun moddiy-texnika resurslarini yetkazib berish “ZEROMAX L.L.C.” (AQSh) kompaniyasi tomonidan ilovaga
* muvofiq amalga oshirildi;
“Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi va “ZEROMAX L.L.C.” (AQSh) kompaniyasi oʻrtasida tuzilgan 2004-yil 25-maydagi 174/17-2004-son kontraktga muvofiq obyektni qurish qiymati 50 529,2 ming AQSh dollarini, shu jumladan qurilish-montaj ishlari qiymati — 10 334,6 ming AQSh dollarini tashkil qildi.
“Oʻztransgaz” kompaniyasi yuqorida koʻrsatib oʻtilgan kontraktni amalga oshirish doirasida import qilingan ilovaga muvofiq tovar-moddiy boyliklar uchun bojxona toʻlovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish uchun yigʻimlardan tashqari), shuningdek “ZEROMAX L.L.C.” (AQSh) kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar qoʻshilgan qiymat soligʻidan;
“ZEROMAX L.L.C.” (AQSh) kompaniyasi “0 — 66 km” uchastkasida “Gazli-Nukus” gaz quvurining ikkinchi tarmogʻini qurishda amalga oshirilgan va koʻrsatilgan xizmatlar hajmlari boʻyicha toʻlov manbalarida daromad (foyda) soligʻi toʻlashdan;
“ZEROMAX L.L.C.” (AQSh) kompaniyasi tomonidan jalb etilgan subpudratchilar funksiyasini bajarishgan “Neftgazmontaj” qoʻshma korxonasi va “Janubiygazqurilish” ochiq aksiyadorlik jamiyati “0 — 66 km” uchastkasida “Gazli-Nukus” gaz quvurining ikkinchi tarmogʻini qurishda amalga oshirilgan va koʻrsatilgan xizmatlar hajmlari boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.