1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.09.00 Yoshlar, bolalar, ayollar tashkilotlari, faxriylar va nogironlar uyushmalari;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.21.00.00 Faxriy unvonlar, esdalik nishonlar. Faxriy yorliqlar;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.09.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha davlat siyosati / 02.08.09.01 Huquqiy targʻibot]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat mukofotlari. Faxriy unvonlar. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar. Davlat mukofotlari va boshqa mukofotlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
“OʻZBEKISTON BELGISI” KOʻKRAK NISHONINI TAʼSIS ETISH TOʻGʻRISIDA
Milliy maʼnaviyatimiz, madaniy merosimiz va umuminsoniy qadriyatlar zaminida yuksak vatanparvarlik tuygʻusini va mehnatsevarlik fazilatlarini oʻzida mujassamlashtirgan, Vatanimiz obroʻsini, shon-shuhrati va sharafini yuksaltirish yoʻlida xizmat qilayotgan, Oʻzbekistonda kelajagi buyuk davlat barpo etishda hamda mamlakatimiz ichki va tashqi hayotida faol ishtirok etayotgan fuqarolarni ragʻbatlantirish maqsadida:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.20.00.00 Davlat mukofotlari. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar]
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 22-iyul,
PF-1822-son
1-ILOVA Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 22-iyuldagi Farmoni bilan tasdiqlangan
“OʻZBEKISTON BELGISI” KOʻKRAK NISHONI TOʻGʻRISIDA
NIZOM
1. “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni milliy maʼnaviyatimiz, madaniy merosimiz va umuminsoniy qadriyatlar zaminida yuksak vatanparvarlik tuygʻusini va mehnatsevarlik fazilatlarini oʻzida mujassamlashtirgan, Vatanimiz obroʻsini, shon-shuhrati va sharafini yuksaltirish yoʻlida xizmat qilayotgan, Oʻzbekistonda kelajagi buyuk davlat barpo etishda hamda mamlakatimiz ichki va tashqi hayotida faol ishtirok etayotgan fuqarolarga beriladi.
2. “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslarga ushbu Nizomning birinchi bandida koʻrsatilgan xizmatlari uchun berilishi mumkin.
3. “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoniga taqdim etish hokimiyat, vazirlik va idoralar hamda respublika jamoat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
4. “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni asosida beriladi.
5. “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni koʻkrakning chap tomoniga taqiladi.
7. “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni va guvohnomasi tantanali va oshkoralik vaziyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki uning nomidan tegishli rahbar xodimlar tomonidan topshiriladi.
2-ILOVA Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 22-iyuldagi Farmoni bilan tasdiqlangan
“OʻZBEKISTON BELGISI” KOʻKRAK NISHONI
TAVSIFI
“Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni 1,0 mikron qalinlikdagi oltin bilan qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanadi va diametri 22 millimetrni tashkil etadigan halqadan iborat boʻladi.
Nishonning markazida mustaqillik ramzi — kumush tusdagi Humo qushi tasviri aks ettiriladi. Humo qushi ortidagi rangli emal bilan ishlangan fon Oʻzbekistonning goʻzalligi va boyligini ifodalaydi.
Yuqorida, Humo qushining tepasida Oʻzbekiston Davlat gerbining ramzi — musamman aks ettiriladi. Uning markazida diametri 2,5 millimetrli fianit kristali joylashtiriladi.
Humo qushini dafna novdalari oʻrab turadi.
Belgining ostki qismida, Humo qushining tagidagi oq fonda “O'ZBEKISTON” yozuvi bitilgan Oʻzbekiston Respublikasining bayrogʻi aks ettiriladi. Harflarning balandligi 0,8 millimetr.
Nishonning orqa tomoni tekis boʻlib, oʻrtasida burab mahkamlanadigan murvati bor.
Uning pastki qismida nishonning tartib raqami 1,0 millimetrli harflar bilan bitib qoʻyiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 8-son, 195-modda; 2003-y., 8-son, 111-modda; 2017-y., 37-son, 982-modda)