Shahar yoʻlovchi tashish transporti tizimini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida yoʻlovchi tashish transportini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 9-oktabrdagi PQ-2048-son qarorini bajarish yuzasidan hamda oraliq boʻgʻinlarni bartaraf etish, boshqaruv xodimlari sonini qisqartirish, avtobus saroylarini joylashtirish sxemasini takomillashtirish, ishlab chiqarish infratuzilmasini tartibga solish va transport tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish yoʻli bilan shahar yoʻlovchi tashish transportini boshqarish tuzilmasini maqbullashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.07.00 Shahar transporti]
1. Quyidagilar “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, kompaniya tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning shahar yoʻlovchilar tashish transporti tomonidan koʻrsatiladigan sifatli xizmatlarga boʻlgan aholi ehtiyojlarini eng toʻliq qondirishga, shuningdek ular ishining samaradorligini va moliyaviy barqarorligini oshirishga yoʻnaltirilgan faoliyatini muvofiqlashtirish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.08.00 Yoʻl xoʻjaligi. Yoʻl fondi]
yoʻlovchilar tashuvlari xavfsizligini va yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish madaniyatining yuqori darajasini taʼminlash, jamoat transporti qatnovlarida transport vositalari harakatlari maromiga, belgilangan jadvaliga va intervallariga rioya etish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, harakat tarkibining navigatsiya nazorati tizimlarini (GRS) keng joriy etish, oxirgi qatnovlarda transport vositalarining yetib kelish va joʻnab ketish vaqtini qayd etadigan elektron terminallar oʻrnatish, “on-layn” rejimidagi qatnov liniyalarida distpetcherlik boshqaruvi darajasini oshirish yoʻli bilan shahar yoʻlovchilar tashuvlarini tashkil etish tizimida intizomni mustahkamlash;
transport vositalaridan foydalanish boʻyicha yagona texnik siyosat va talablarni amalga oshirish, har tomonlama qulay, zamonaviy transport vositalarining saqlanishi, ulardan ehtiyotlab, maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan doimiy monitoring olib borish, sutkaning turli vaqtlaridagi yoʻlovchilar oqimini hisobga olgan holda koʻp va oʻrtacha sigʻimli avtobuslar qatnovlarini oqilona uygʻunlashtirish, transportni taʼmirlash va unga servis xizmati koʻrsatish boʻyicha infratuzilmani rivojlantirish;
transport tashkilotlarini, eng avvalo, haydovchilar tarkibini transport vositalarini taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha yuqori malakali kadrlar bilan mustahkamlash, ularning malakasini tizimli ravishda oshirishni taʼminlash, shahar yoʻlovchilar tashish transporti xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishning samarali tizimini joriy etish.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang)]
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 3-maydagi F-4048-son farmoyishi bilan tashkil etilgan “Toshshahartransxizmat” uyushmasi faoliyatini tanqidiy tahlil qilish hamda yoʻlovchilar tashish xarajatlarini maqbullashtirish va kamaytirishga doir takliflarni ishlab chiqish boʻyicha Idoralararo komissiyaning, Toshkent shahar hokimligining, “Toshshahartransxizmat” uyushmasining:
tashuvchilar tomonidan yoʻlovchilar tashish qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish funksiyalarini Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Toshkent shahar transport boshqarmasiga bergan holda “Transport xizmatlari sifatini nazorat etish boshqarmasi” davlat unitar korxonasini harakatdagi tarkibni “on-layn” real vaqt rejimida uzoqdan nazorat qilish (GPS) va shahar yoʻlovchi tashish transportini avtomatlashtirilgan tarzda boshqarish tizimlarini qoʻllagan holda tartibga solish uchun “Toshtransdispetcherxizmat” unitar korxonasiga aylantirish;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
“Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibida “2-tramvay deposi”, “3-son tramvay-trolleybus deposi”, “Toshtatraservis texnik markazi”, “Yoʻl xizmati” va “Shahar elektr transportiga xizmat koʻrsatish shuʼbasi” davlat unitar korxonalarini birlashtirish hisobiga “Toshkent tramvayi” unitar korxonasi shaklida yagona tramvay kompleksi tashkil etish;
“Oʻninchi avtosaroy” MCHJ bazasida “2-avtobus saroyi” OAJning filialini tashkil etgan holda ishlab chiqarish infratuzilmasidan oqilona foydalanish va avtobus saroylarini joylashtirish sxemasini maqbullashtirish;
“Toshshahartransxizmat” uyushmasining shuʼba korxonalari — “Mersedes-Bens” markaziy xizmat koʻrsatish stansiyasi, “Birinchi avtotaʼmirservis”, “Ikkinchi avtotaʼmirservis” , “Uchinchi avtotaʼmirservis” shuʼba korxonalarini avtobus saroylarida 3 ta filiali boʻlgan “Toshavtotaʼmirxizmat” unitar korxonasiga aylantirish;
“Yoʻlovchitransservis” xoʻjalik hisobidagi markaz” davlat unitar korxonasini “Toshyoʻlovchitransxizmat” unitar korxonasiga aylantirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.07.00 Shahar transporti]
3. Belgilab qoʻyilsinki, “Toshkent tramvayi” unitar korxonasi “2-tramvay deposi”, “3-son tramvay-trolleybus deposi”, “Toshtatraservis texnik markazi”, “Yoʻl xizmati” va “Shahar elektr transportiga xizmat koʻrsatish shuʼbasi” davlat unitar korxonalarining huquqlari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar]
4. Idoralararo komissiya (R.S.Azimov) tomonidan Toshkent shahar hokimligi, “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar ishtirokida ishlab chiqilgan:
2014-2015-yillar davrida Toshkent shahrida shahar yoʻlovchi tashish transportini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari kompleks dasturi 1-ilovaga muvofiq;
2013 — 2015-yillar davrida “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasi tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga doir chora-tadbirlar kompleksi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ushbu qaror bilan tasdiqlangan Toshkent shahrida yoʻlovchi tashish transportini tashkil etish tizimini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar kompleksi bajarilishining tizimli monitoringini olib borish boʻyicha 3-ilovaga muvofiq tarkibda muvofiqlashtiruvchi guruh tuzilsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang)]
5. Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklarining 2014-yil 1-yanvardan boshlab shahar va shahar atrofi yoʻnalishlarini maqbullashtirish, shahar atrofi yoʻnalishlarining oxirgi toʻxtash punktlarini Toshkent halqa avtomobil yoʻli boʻylab joylashtirish va yoʻlovchilarning shahar atrofi yoʻnalishlaridan shahar yoʻnalishlariga oʻtishlari uchun, eng qulay joylarda shahar atrofida qatnovchi yoʻnalishli taksilar toʻxtab turishi uchun maydonchalar tashkil etgan holda, sakkizta yoʻlovchi tashish transporti avtostansiyalari qurish haqidagi taklifi 4-ilovaga muvofiq qabul qilinsin.
6. Toshkent shahrida yoʻnalishli xususiy taksilarda yoʻlovchilar tashish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.07.00 Shahar transporti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.08.00 Yoʻl xoʻjaligi. Yoʻl fondi]
bir oy muddatda xodimlarning moddiy manfaatdorligi va masʼuliyatini oshirishni, jamoat transporti korxonalarini boshqarish tizimini takomillashtirishni va yoʻlovchi tashuvlari tannarxini pasaytirishni nazarda tutgan holda avtobus saroylari, tramvay deposi va tegishli xizmatlarning boshqaruv xodimlari sonini maqbullashtirsin;
oʻz tuzilmasiga kiradigan tashkilotlarni qayta tashkil etishda kompaniyaning boʻshab qoladigan xodimlarini ishga joylashtirishga Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda, belgilangan tartibda koʻmaklashsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
8. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot vazirligining 2014-yil 1-yanvardan boshlab “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasi tashkilotlarida, eng avvalo, haydovchilar tarkibining samarali mehnat natijalariga erishishdan, shu jumladan daromadlar boʻyicha prognozning bajarilishidan, harakat jadvaliga qatʼiy rioya qilishdan, xavfsizlikni va yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish sifatini taʼminlashdan, transport vositalaridan ehtiyotlab va samarali foydalanishdan manfaatdorligini oshirishning muhim omili sifatida mehnatga haq toʻlashning bazaviy tarif stavkasiga ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar ulushini oshirishga yoʻnaltirilgan mehnatga haq toʻlashning yangilangan tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.07.00 Shahar transporti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.08.00 Yoʻl xoʻjaligi. Yoʻl fondi]
9. “Toshshahartransxizmat” uyushmasini, “Toshavtobustrans”, “Toshyoʻlovchi-taʼmirservis” aksiyadorlik kompaniyalarini va “Toshelektrotrans” davlat kompaniyasini tugatish komissiyasi 6-ilovaga muvofiq tarkibda tasdiqlansin.
Tugatish komissiyasi “Toshshahartransxizmat” uyushmasini, “Toshavtobustrans”, “Toshyoʻlovchitaʼmirservis” aksiyadorlik kompaniyalarini va “Toshelektrotrans” davlat kompaniyasini tugatishni ikki oy muddatda, belgilangan tartibda amalga oshirsin.
“Toshshahartransxizmat” uyushmasi, “Toshavtobustrans”, “Toshyoʻlovchi-taʼmirservis” aksiyadorlik kompaniyalari va “Toshelektrotrans” davlat kompaniyasi ularni tugatish tartibotlari boshlangungacha huquq va majburiyatlarning yangidan tashkil etilayotgan “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasiga oʻtkazilishini amalga oshirsinlar.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
10. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasi belgilangan tartibda:
7-ilovaga muvofiq aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining davlat ulushini nominal qiymati boʻyicha, shuningdek boshqa tashkilotlarning mol-mulkini balans qiymati boʻyicha berish hisobiga “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasining boshlangʻich ustav fondini shakllantirsinlar;
tugatilayotgan “Toshshahartransxizmat” uyushmasi, “Toshavtobustrans”, “Toshyoʻlovchitaʼmirservis” aksiyadorlik kompaniyalari, “Toshelektrotrans” davlat kompaniyasi mol-mulkining qolgan balans qiymatini, mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan hamda budjetga, davlat maqsadli jamgʻarmalariga, Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash budjetdan tashqari jamgʻarmasiga toʻlovlar boʻyicha hisob-kitoblar tugagandan keyin, “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasining ustav fondiga oʻtkazsinlar;
“Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasining aksiyalari chiqarilishini taʼminlasinlar;
“3-son tramvay-trolleybus deposi” va “Shahar elektr transportlariga xizmat koʻrsatish shuʼbasi” unitar korxonalarining 8-ilovaga muvofiq boʻshab qolayotgan binolari va inshootlarini kimoshdi savdolarida sotsinlar.
“Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasi aksiyalar chiqarilishining davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi uchun yigʻimlar toʻlashdan va chiqarilayotgan aksiyalarning Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysida hisobga qoʻyilishi boʻyicha xizmatlarga haq toʻlashdan ozod qilinsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.07.00 Shahar transporti]
11. Belgilansinki:
tashkil etilayotgan “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasi aksiyalarining davlat paketi oʻzgalarga berilmaydi, shuningdek garovga qoʻyilmaydi va ikkilamchi qimmatli qogʻozlarni chiqarishni taʼminlashga xizmat qilmaydi;
“3-son tramvay-trolleybus deposi” va “Shahar elektr transportlariga xizmat koʻrsatish shuʼbasi” unitar korxonalarining qayta tashkil etilishi natijasida boʻshab qoladigan binolar va inshootlarga tutash hudud bilan birga, yangi mulkdorga sotilgunga qadar, mol-mulk soligʻi va yer soligʻi solinmaydi.
(11-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
12. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Toshkent shahar hokimligi Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar;
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 13-noyabr,
308-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-noyabrdagi 308-son qaroriga 1-ILOVA
2014-2015-yillar davrida Toshkent shahrida shahar yoʻlovchi tashish transportini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
I. Yoʻnalish tarmogʻini maqbullashtirish va harakatlanadigan tarkibdan samarali foydalanishni taʼminlash
1.
Yoʻlovchilar tashishni tashkil etish samaradorligini oshirish, avtobus yoʻnalishlarini yanada maqbullashtirish maqsadida Toshkent shahar jamoat transportining barcha turlarida yoʻlovchilar oqimini oʻrganib chiqishni tizimli asosda amalga oshirish, rusumi va sigʻimi boʻyicha harakat tarkibining oqilona sonini va ish rejimini aniqlash, shahar yoʻlovchi tashish yoʻnalishlarining pasportlarini tasdiqlagan holda tashuvlarni tashkil etish samaradorligini oshirish. Avtomobilda tashuvlarni amalga oshirishga litsenziyalar berilganligi uchun toʻlanadigan davlat boji mablagʻlarining bir qismini Toshkent shahar hokimligi Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamentiga hamda Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligiga (yuk tashuvlari boʻyicha) va shaharda yoʻlovchilar tashuvlarini rivojlantirish uchun qonun hujjatlariga muvofiq foydalaniladigan mablagʻlar hisobiga kompleks tekshirishni moliyalashtirish.
2014-yil II chorak
Toshkent shahar hokimligi Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti, “Toshshahartransxizmat” AK
2.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi harakatlanadigan tarkibdan foydalanishning prinsipial jihatdan yangi tizimini joriy etish: yoʻnalishli taksilarning 4 ta yoʻnalishini bosqichma-bosqich yopish, 18 ta yoʻnalishning uzunligini qisqartirish va 15 ta yoʻnalishning harakatlanish sxemasini oʻzgartirish yoʻli bilan liniyadagi avtobuslar va yoʻnalishli taksilar harakati yoʻnalishlarining bir-birini takrorlashini bartaraf etish; sutkaning turli vaqtida yoʻlovchilar oqimi intensivligiga va shahar koʻchalarining oʻtkazish layoqatiga qarab bir yoʻnalishda katta va oʻrtacha sigʻimli avtobuslardan samarali foydalanish; boʻsh qatnovlarni kamaytirish, avtobuslar va yoʻnalishli taksilar qatnov yoʻnalishlarining metropoliten stansiyalari va elektr transportining oxirgi punktlari bilan uzviy bogʻliqligini taʼminlash hisobiga yoʻnalishlarning sxemalari va uzunligini maqbullashtirish, shuningdek shaharlar va shahar atrofi yoʻnalishlarini oqilona uygʻunlashtirish; 3 ta yoʻnalishni bosqichma-bosqich yopish, yoʻlovchilar oqimi kam boʻlgan yoʻnalishlarda “Mercedes-Benz” avtobuslarini 17 ta “Isuzu” avtobuslariga almashtirish hisobiga zarar koʻruvchanligi 30 foizdan ortiq boʻlgan avtobus yoʻnalishlarida harakatlanish jadvallarini va harakatlanadigan tarkibdan foydalanishni qayta koʻrib chiqish.
2014- 2015-yillar
Toshkent shahar hokimligi, Toshkent shahar hokimligi Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti, “Toshshahartransxizmat” AK
3.
Shahar atrofi yoʻnalishlarining oxirgi toʻxtash joylarini Toshkent halqa avtomobil yoʻli boʻylab joylashtirgan holda shahar va shahar atrofi yoʻnalishlari sxemalarini maqbullashtirish: 8 ta: “Baxt” (Olmaliq yoʻnalishi), “Tuzel” (Tuzel yoʻnalishi), “Agrar universitet” (Unqoʻrgʻon yoʻnalishi), “Uch qahramon” (Chimkent yoʻnalishi), “Keles” (Keles yoʻnalishi), “Beshqayragʻoch” (Nazarbek yoʻnalishi), “Erkin” (Chinoz yoʻnalishi), “Choshtepa” (Yangiyoʻl-Zangiota yoʻnalishi) yangi yoʻlovchilar avtostansiyalarini qurish; “Qoʻyliq S-1” (Bekobod yoʻnalishi) avtostansiyasini rekonstruksiya qilish va kengaytirish; 3 ta mavjud avtostansiyadan: “TTZ” (Chirchiq yoʻnalishi), “Tibbiyot shaharchasi” (Toshkent mineral suvlar yoʻnalishi) va “Doʻstlik-2” (Yangiyoʻl yoʻnalishi)dan foydalanish; shahar atrofiga qatnaydigan liniyadagi taksilar fuqarolarning qayta oʻtirishi uchun eng qulay joylarda toʻxtab turishi uchun maydonchalar tashkil etish.
2014-yil
Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari, Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamentlari, Ichki ishlar vazirligi
4.
Oxirgi yoʻnalishlarda transport vositalari kelishi va ketishi vaqtini qayd etadigan elektron terminallar, shuningdek har bir toʻxtash punktida avtobus yoʻnalishlarining ish rejimini, aniq jadvalini va harakatlanish oraliqlarini aks ettiruvchi maʼlumot beruvchi tablo oʻrnatgan holda jadvalga va harakatlanish oraliqlariga rioya qilish intizomini kuchaytirish.
2015-yil
Toshkent shahar hokimligi, Toshkent shahar hokimligi Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti, “Toshshahartransxizmat” AK
5.
Tashuvchilar tomonidan litsenziya bitimlari shartlari va talablariga, yoʻlovchilar va bagaj tashish qoidalariga rioya etilishi, shuningdek tashuvlarni ruxsat beruvchi hujjatlarsiz amalga oshirish holatlarini aniqlash yuzasidan muntazam ravishda qoʻshma reydlar oʻtkazish.
Muntazam ravishda
Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Toshkent shahar hokimligi Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti
6.
1994 —1998-yillarda sotib olingan, 100 foiz eskirgan, foydalanish muddati 15 yildan ortiq va yoʻl bosish masofasi 1,25 mln km boʻlgan “Mercedes-Benz O405” rusumli 78 ta avtobusni belgilangan tartibda hisobdan chiqarish.
2013-yil IV chorak
“Toshshahartransxizmat” AK
II. Yoʻlovchilar tashishni tashkil etishni yanada takomillashtirish, shahar jamoat transporti korxonalarining samaradorligini va moliya-xoʻjalik faoliyati rentabelligini oshirish
7.
Avtobus saroylari tarkibida yoʻlovchilarni yoʻnalishli taksilarda tashish boʻyicha ixtisoslashtirilgan avtokolonnalar tashkil etish, ularni malakali haydovchilar va yoʻlovchilar tashish xavfsizligi talablariga javob beradigan zamonaviy harakatlanadigan tarkib bilan butlash.
2014-2015-yillar
“Toshshahartransxizmat” AK
8.
Toshkent shahar yoʻlovchi tashish transporti korxonalarida tovar-moddiy boyliklarni hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini tashkil etish yoʻli bilan xarajatlarni hisobga olish va tahlil qilishni takomillashtirish.
2014-yil III chorak
“Toshshahartransxizmat” AK, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi
9.
Belgilangan tartibda tender savdolari oʻtkazish yoʻli bilan “Toshavtotaʼmirxizmat” UK orqali harakatlanadigan tarkib uchun ehtiyot qismlar va materiallarni markazlashtirilgan tartibda xarid qilish mexanizmini joriy etish yoʻli bilan shahar yoʻlovchi tashish transporti korxonalarining ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish.
2014-yil II chorak
Toshkent shahar hokimligi, “Toshshahartransxizmat” AK
10.
Yoʻlovchilar tashish xarajatlarini qisqartirish va tannarxini pasaytirish maqsadida avtobus saroylari, tramvay deposi va tegishli xizmatlarning boshqaruv xodimlari sonini maqbullashtirish.
2014-yil I chorak
“Toshshahartransxizmat” AK
11.
Aholiga va tashkilotlarga, shu jumladan xususiy tashuvchilarga pulli xizmatlar koʻrsatishni kengaytirish yoʻli bilan (harakatlanadigan tarkibni saqlash uchun ishlab chiqarish binolari va hududlar ijarasi, avtotransportni qatnovdan oldin texnika koʻrigidan va haydovchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, tantanali tadbirlarga va boshqa tadbirlarga xizmat koʻrsatish, reklama va boshqa xizmatlar) shahar jamoat transporti korxonalarining moliya-xoʻjalik faoliyati rentabelligini oshirish, foydani shaharda yoʻlovchilar tashishdan koʻrilgan zararlarni qisman qoplashga yoʻnaltirish.
Doimo
“Toshshahartransxizmat” AK
12.
Liniyadan pul tushumi tushishining real prognozini aniqlash maqsadida shahar yoʻlovchi tashish transportining har bir yoʻnalishi boʻyicha xronometrajni tizimli asosda oʻtkazish.
Tizimli ravishda
Davlat soliq qoʻmitasi, Toshkent shahar hokimligi Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti, “Toshshahartransxizmat” AK
13.
Axborot-telekommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda aholi uchun koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish, transport vositalari harakati oraliqlariga va yoʻnalishlar harakati jadvallariga rioya qilinishi ustidan nazoratni taʼminlaydigan harakatlanadigan tarkibni uzoqdan nazorat qilish tizimini (GPS) joriy etish yoʻli bilan shahar yoʻlovchi tashish transporti ishi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, fuqarolarning shahar yoʻlovchilar tashish transporti ishlari bilan bogʻliq boʻlgan murojaatlari, shikoyatlari va takliflari boʻyicha tezkor chora-tadbirlar koʻrish uchun SMS xabarlarini qabul qilish xizmatini tashkil etish.
2014-2015-yillar
Toshkent shahar hokimligi, Toshkent shahar hokimligi Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti, “Toshshahartransxizmat” AK, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
14.
Keyinchalik belgilangan tartibda realizatsiya qilish uchun “3-son tramvay-trolleybus deposi” DUK (sobiq trolleybus kompleksi) va “Shahar elektr transportlariga xizmat koʻrsatish shuʼbasi”ning mulkiy komplekslarini xatlovdan oʻtkazish va konservatsiyalash.
2014-yil I chorak
Davlat raqobat qoʻmitasi, Toshkent shahar hokimligi, “Toshshahartransxizmat” AK
III. Transport korxonalari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirish, avtobus saroylarining malakali haydovchilar tarkibi bilan toʻldirilganligini taʼminlash
15.
Quyidagilarni kuchaytirishga yoʻnaltirilgan “Toshshahartransxizmat” AK tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha Nizomni tasdiqlash: haydovchilar tarkibining yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilashdan, harakatlanish xavfsizligi va maromiga rioya etishdan, faoliyatining prognoz koʻrsatkichlarini bajarishdan, avtotransport vositalaridan ehtiyotlab va samarali foydalanishdan manfaatdorligini oshirish uchun mehnatga haq toʻlash fondi tarkibidagi ragʻbatlantiruvchi toʻlovlarning rolini kuchaytirish; rahbarlarning va ijro etuvchi apparat boshqaruv xodimlarining idoraviy mansub tashkilotlar xoʻjalik faoliyatining pirovard natijalari hamda shahar transportining barqaror ishlashini tashkil etish yuzasidan masʼuliyatini kuchaytirish.
2013-yil IV chorak
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi, “Toshshahartransxizmat” AK
16.
“Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasi, uning tarkibiy boʻlinmalari va tashkilotlarining boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlarini malakali, kasbiy tayyorlangan kadrlar bilan toʻliq butlashni taʼminlash.
2014-yil I chorak
Toshkent shahar hokimligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, “Toshshahartransxizmat” AK
17.
Shtatlarni malakali haydovchilar bilan butlashni taʼminlash uchun Toshkent shahar yoʻlovchi tashish transporti avtobuslari haydovchilarini maxsus tayyorlash dasturini ishlab chiqish.
2014-yil II chorak
Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, “Toshshahartransxizmat” AK
IV. Shahar yoʻlovchi tashish transporti korxonalari faoliyatining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish
18.
Avtotransport vositalarini qatnovdan oldin texnik koʻrikdan hamda yoʻlovchilar, bagaj va yuklarni avtomobilda tashiydigan haydovchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.
2014-yil II chorak
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi
19.
Ishdan tashqari vaqtda transport vositalarini saqlash joylari, haydovchilarni qatnovdan oldin tibbiy koʻrikdan va avtotransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish punktlari mavjudligi shartligini nazarda tutuvchi yoʻlovchilar tashish turlari boʻyicha namunaviy litsenziya bitimini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.
2014-yil II chorak
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti
20.
Shahar yoʻlovchi tashish transportida chiptasiz yurganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish, shu jumladan chiptasiz yurganlik uchun jarima summasini ikki baravar koʻpaytirish boʻyicha takliflar kiritish.
2014-yil II chorak
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-noyabrdagi 308-son qaroriga 2-ILOVA
2013 — 2015-yillar davrida “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish chora-tadbirlari
1. Kompyuterlashtirishni va AT-infratuzilmani rivojlantirish
1.1.
Markaziy apparatda va tarkibiy boʻlinmalarda kompyuter texnikasini yangilash
2013 — 2015-yillar
Oʻz mablagʻlari
380,0
“Toshshahartransxizmat” AK
1.2.
Markaziy apparat va tarkibiy boʻlinmalarning oʻzaro hamkorligi zarur darajasini taʼminlash maqsadida korporativ tarmoqni, shuningdek texnik va dasturiy infratuzilmani yaratish
2014-yil II chorak
Tijorat banklari kreditlari
450,0
“Toshshahartransxizmat” AK, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi
Jami
830,0
2. Ishlab chiqarish va moliya resurslarini boshqarish boʻyicha axborot tizimlarini yaratish va joriy etish
2.1.
Markaziy apparat va tarkibiy boʻlinmalarda elektron hujjatlar aylanishi tizimini joriy etish
2014-yil III chorak
Oʻz mablagʻlari
95,0
“Toshshahartransxizmat” AK, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi
2.2.
Moliya resurslarini boshqarish boʻyicha yagona avtomatlashtirilgan dasturiy taʼminotni joriy etish
2014-yil II chorak
Oʻz mablagʻlari
50,0
“Toshshahartransxizmat” AK, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi
2.3.
Texnik vositalarni, shu jumladan transport vositalari soni, ularning holati, zaxira qismlar va boshqa moddiy boyliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni hisobga olish boʻyicha avtomatlashtirilgan tizimni yaratish va joriy etish
2014-yil III chorak
Oʻz mablagʻlari
50,0
“Toshshahartransxizmat” AK, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi
Jami
195,0
3. Harakatlanadigan tarkibni boshqarish va uning harakatini nazorat qilish boʻyicha avtomatlashtirilgan vositalarni va dasturiy komplekslarni yaratish va joriy etish
3.1.
Navigatsiya tizimlarini joriy etishni va transport vositalari haydovchilarini aloqa vositalari bilan taʼminlashni hisobga olgan holda harakatlanadigan tarkibning harakatini uzoqdan nazorat qilish tizimini (GPS) joriy etish
2013-2014-yillar
Tijorat banklari kreditlari
0,54 mln. doll.
Toshkent shahri hokimligining Yoʻlovchi tashish transporti barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, “Toshshahartransxizmat” AK, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
Oʻz mablagʻlari
150,0
3.2
Yoʻl varaqalarini hisobga olish va avtomatik qayta ishlash boʻyicha dasturiy taʼminot joriy etilishini hisobga olgan holda Toshkent shahrida yoʻlovchi tashuvlarini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish
2014-2015-yillar
Tijorat banklari kreditlari
0,4 mln dollar
Jami
150,0
mln soʻm
0,94
mln AQSH dollari
4. Axborot resurslari va axborot tizimlarini rivojlantirish
4.1.
Yoʻlovchilarga interaktiv xizmatlar koʻrsatishni hisobga olgan holda veb-saytni takomillashtirish
2013-yil IV chorak
Oʻz mablagʻlari
15,0
“Toshshahartransxizmat” AK, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi
4.2.
Yozib olish funksiyasiga ega boʻlgan “ishonch telefoni”ga qoʻngʻiroqlarni hisobga olish xizmatlarini joriy etish
2014-yil IV chorak
Oʻz mablagʻlari
20,0
“Toshshahartransxizmat” AK, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi
4.3.
Shahar transporti yoʻlovchilari uchun tegishli yoʻnalishlar transport vositalarining qayerdaligini kuzatib borish funksiyasiga ega boʻlgan mobil aloqani tashkil etish
2015-yil III chorak
Oʻz mablagʻlari
15,0
“Toshshahartransxizmat”, AK, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
Jami
50,0
5. Axborot xavfsizligini taʼminlash
5.1.
Axborot xavfsizligining zarur darajasini taʼminlash boʻyicha ichki normativ hujjatlarni (axborot xavfsizligining korporativ siyosati, axborot xavfsizligi tavakkalchiliklarini boshqarish toʻgʻrisidagi, axborot xavfsizligining noxush hodisalarini boshqarish toʻgʻrisidagi nizomlar va boshqalarni) ishlab chiqish va tasdiqlash
2013-2014-yillar
Oʻz mablagʻlari
45,0
“Toshshahartransxizmat” AK, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi
5.2.
Ichki normativ hujjatlarni (korporativ tarmoqdan va kompyuter texnikasidan foydalanish qoidalari, elektron shakllar va hisobot berish muddatlari boʻyicha nizomlar va boshqalarni) takomillashtirish
2014-yil I chorak
Oʻz mablagʻlari
-
“Toshshahartransxizmat” AK, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi
Jami
45,0
Hammasi ulardan:
1270,0 0,94
mln soʻm mln AQSH dollari
oʻz mablagʻlari
820,0
mln soʻm
tijorat banklarining kreditlari
450,0 0,94
mln soʻm mln AQSH dollari
* Tadbirlar qiymati loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash bosqichida aniqlashtiriladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-noyabrdagi 308-son qaroriga 3-ILOVA
Toshkent shahrida yoʻlovchi tashish transportini tashkil etish tizimini takomillashtirishga doir tasdiqlangan chora-tadbirlar kompleksi bajarilishi monitoringini olib borish boʻyicha doimiy faoliyat koʻrsatadigan muvofiqlashtiruvchi guruh
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori, muvofiqlashtiruvchi guruh rahbari
2.
Usmonov R.J.
—
Toshkent shahar hokimi, muvofiqlashtiruvchi guruh rahbarining oʻrinbosari
3.
Mamatov R.T.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari
4.
Mirzamaxmudov J.T
—
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari
5.
Abdullayev M.R.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining oʻrinbosari
6.
Rustamov O.B.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari
7.
Gaffarov S.X.
—
Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari
8.
Fayzullayev A.N.
—
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari
9.
Shovahobov Sh.Sh.
—
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining oʻrinbosari
10.
Odilov M.A.
—
Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi
11.
Saydaliyev X.A.
—
Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshligʻi
12.
Sodiqov B.G.
—
“Toshkent metropoliteni” DUK boshligʻi
13.
Aytubayev Z.S.
—
Toshkent shahar hokimligi Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamentining boshligʻi
14.
Abrarov Z.Z.
—
“Toshshahartransxizmat” uyushmasi raisi v.b.
15.
Xanov N.M.
—
Vazirlar Mahkamasi Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamentining mudiri, muvofiqlashtiruvchi guruh kotibi
Izoh. Muvofiqlashtiruvchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan shaxslar kiritiladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-noyabrdagi 308-son qaroriga 4-ILOVA
Yoʻlovchilarning shahar atrofi yoʻnalishidan shahar yoʻnalishlariga oʻtirishlari uchun Toshkent halqa avtomobil yoʻli boʻylab quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan yoʻlovchi tashish stansiyalari
roʻyxati
T/r
Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga keladigan yoʻlovchi tashish transportining harakat yoʻnalishi
Shahar atrofi yoʻnalishlarining taklif etilayotgan avtostansiyalari
mavjud oxirgi punktlardan foydalanish
yangidan qurish
rekonstruksiya qilish –mavjud oxirgi punktlarni kengaytirish
1.
Bekobod (Bekobod shahri, Oqqoʻrgʻon, Bekobod, Boʻka, Quyi Chirchiq, Piskent, Oʻrta Chirchiq tumanlari)
Qoʻyliq M-1
2.
Olmaliq (Olmaliq, Angren shaharlari, Ohangaron, Parkent, Oʻrta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlari)
Baxt
3.
Tuzel (Qibray tumani)
Tuzel
4.
Chirchiq (Chirchiq shahri, Boʻstonliq, Qibray, Yuqori Chirchiq tumanlari)
TTZ
5.
Oʻnqoʻrgʻon (Qibray, Yuqori Chirchiq tumanlari)
Agrar universiteti
6.
Chimkent (Zangiota, Qibray tumanlari)
Uch qahramon
7.
Keles (Zangiota tumani)
Keles
8.
Toshkent mineral suvi (Zangiota tumani)
Tibbiyot shaharchasi
9.
Nazarbek (Zangiota tumani)
Beshqayragʻoch
10.
Chinoz (Zangiota, Chinoz, Yangiyoʻl tumanlari)
Erkin
11.
Yangiyoʻl (Zangiota, Chinoz, Yangiyoʻl tumanlari)
Choshtepa
12.
Yangiyoʻl (Yangiyoʻl tumani, Toshkent shahrining Sirgʻali tumani tomonidan)
Doʻstlik-2
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-noyabrdagi 308-son qaroriga 5-ILOVA
Toshkent shahrida yoʻnalishli xususiy taksilarda yoʻlovchi tashish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Toshkent shahrida yoʻnalishli xususiy taksilarda yoʻlovchi tashish tartibi toʻgʻrisidagi ushbu Nizom (keyingi oʻrinlarda Nizom deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida yoʻlovchi tashish transportini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 9-oktabrdagi PQ-2048-son qarorini bajarish yuzasidan ishlab chiqilgan va yoʻlovchilar xavfsizligini, xizmat koʻrsatishning yuksak madaniyatini, yoʻlovchilar tashishni tashkil etish masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilishni taʼminlash tamoyillaridan kelib chiqib Toshkent shahrida yoʻnalishli xususiy taksilarda yoʻlovchilar tashishni bajarish boʻyicha avtomobilda xususiy yoʻlovchi tashuvchilar uchun yagona tartib va shartlarni belgilaydi.
2. Yoʻnalishli taksilarda yoʻlovchilar tashish:
yoʻlovchilarni faqat oʻtirish oʻrindiqlari boʻyicha tashish, shuningdek muayyan yoʻlda qatnaydigan avtobuslarga taqqoslaganda yoʻlovchining vaqtini tejash hisobiga aholiga yuqori qulaylikdagi transport xizmatlari koʻrsatish maqsadida tashkil etiladi;
tegishli litsenziya, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Toshkent shahar transport boshqarmasi bilan ochiq tenderlar natijalari boʻyicha belgilangan tartibda tuzilgan muntazam yoʻnalishlarda yoʻlovchi tashish transporti xizmatlari koʻrsatish yuzasidan shartnoma (kontrakt) mavjud boʻlganda amalga oshiriladi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
“Shahar yoʻlovchilar tashish transporti toʻgʻrisida”, “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagajni tashish qoidalari, Oʻzbekiston Respublikasida Avtobuslarda yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlashga doir talablar, shuningdek ushbu Nizom bilan tartibga solinadi;
faqat yoʻnalishli taksilar sifatida foydalanish uchun oʻz balansidagi yoki yuridik shaxslardan ijaraga olingan avtotransport vositalariga ega boʻlgan yoʻlovchi tashuvchilar — yuridik shaxslar tomonidan bajariladi.
II. Yoʻlovchilar tashish Yoʻnalishli taksilarda yoʻlovchi tashish turlari va ularni tashkil etish
3. Shahar yoʻnalishli taksi yoʻnalishlarini ochish (yopish) Toshkent shahar hokimligi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Toshkent shahar transport boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Yoʻnalishli taksining yangidan ochiladigan va foydalaniladigan har bir yoʻnalish uchun Avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagaj tashish qoidalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Toshkent shahar transport boshqarmasi yoʻnalish pasporti tasdiqlanadi.
Yoʻnalishli taksining shahar yoʻnalishi sxemasi Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi bilan kelishiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Toshkent shahar transport boshqarmasi tasdiqlanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
4. Yoʻnalishli taksilar yoʻnalishlari ish rejimi boʻyicha:
sutka, hafta kunlari, oylarning belgilangan davri mobaynida amal qiladigan doimiy yoʻnalishlarga;
koʻcha-yoʻl shoxobchalarida oldindan bilib boʻlmaydigan vaziyatlar yuzaga kelganda, ayrim uchastkalar, transport yoʻllari va maydonlar yopilganda joriy etiladigan vaqtinchalik yoʻnalishlarga boʻlinadi.
5. Yoʻnalishli taksilarning yoʻnalishlari shahar koʻchalarining oʻtkazish imkoniyati pastligi, yoʻlovchilar oqimining intensivligi va avtobusda yoʻlovchilar tashishning norentabelligi tufayli katta va oʻrtacha sigʻimli avtobuslardan foydalanish maqsadga muvofiq boʻlmagan yoʻnalishlarda ustun darajada tashkil etiladi.
6. Yoʻnalishli taksilarda yoʻnalishlar harakati jadvallar va harakat jadvali boʻyicha tashkil etiladi.
7. Yoʻnalishli taksilarda yoʻlovchilarni tashish yoʻnalishlar sxemalariga muvofiq amalga oshiriladi. Yoʻnalishli taksilar yoʻnalishlarini muntazam qatnaydigan avtobus yoʻnalishlari bilan qoʻshish 50 foizdan ortmasligi kerak.
8. Yoʻnalishli taksilarning shahar yoʻnalishlarida yoʻlovchilarga yoʻlkira uchun chipta haydovchilar tomonidan sotiladi.
Yoʻnalishli taksilarda yurganlik uchun tarif Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Departament tomonidan Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda shakllantiriladi va Toshkent shahar hokimi tomonidan tasdiqlanadi.
Yoʻnalishli taksilarning shahar yoʻnalishlarida bir nafar yoʻlovchidan olinadigan toʻlov, yurish masofasidan qatʼi nazar, belgilangan miqdorda undiriladi.
9. Yoʻnalishli taksilarda yoʻlovchilar tayyorlovchi zavod tomonidan nazarda tutilgan oʻrindiqlar soniga muvofiq tashilishi kerak.
Yoʻnalishli taksida yoʻlovchilarni oʻtirishga moʻljallangan oʻrindiqlar sonidan ortiqcha tashish qatʼiyan taqiqlanadi.
Yoʻnalishli taksini qayta jihozlash faqat tayyorlovchi zavod tomonidan nazarda tutilgan hollarda va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
10. Yoʻnalishli taksi salonida yoʻnalish harakati sxemasi va jadvali, avtotransport vositasining davlat raqami, haydovchining familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatilgan va fotosurati yopishtirilgan, yoʻlkira qiymati, tashuvchining manzili va telefon raqami, litsenziya kartochkasining raqami va amal qilish muddati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan maʼlumot beruvchi jadvalcha boʻlishi kerak. Jadvalcha avtotransport vositasi salonida yoʻlovchilarning oʻqishi uchun qulay tarzda joylashtiriladi.
III. Yoʻnalishli taksilarda yoʻlovchilar tashishga qoʻyiladigan talablar
Faoliyati yoʻnalishli taksilardan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan yoʻlovchi tashuvchilarga qoʻyiladigan talablar
11. Faoliyati yoʻnalishli taksilardan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan yoʻlovchi tashuvchilar:
avtomobil transportida yoʻlovchilar tashish faoliyatini amalga oshirishda belgilangan litsenziya talablari va shartlari bajarilishini, yoʻlovchilarning xavfsizligini, xizmat koʻrsatishning zarur qulayliklari va shart-sharoitlarini, yoʻl harakati xavfsizligi hamda atrof muhitni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishini taʼminlaydilar;
yoʻnalishli taksilarning texnik holati qatnovdan oldin oʻz vaqtida koʻrikdan oʻtkazilishini, davriy texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlashni taʼminlaydilar;
haydovchilarning qonun hujjatlarida belgilangan ish va dam olish rejimiga rioya qiladilar;
haydovchilarning malakasini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratadilar, yoʻl harakati xavfsizligi masalalari boʻyicha yoʻl-yoʻriq beradilar va bilimlarini tekshiradilar;
haydovchilarni maxsus kiyim-bosh bilan taʼminlaydilar;
tibbiyot xodimlarini jalb etgan holda haydovchilarni majburiy va davriy tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni, haydovchilarning yoʻl-transport hodisalarida jabrlanganlarga birinchi yordam berish koʻnikmalarini takomillashtirish tadbirlarini tashkil etadilar va amalga oshiradilar;
yoʻnalishli taksilarni boshqarishga faqat tegishli malakaga, zarur ish stajiga ega boʻlgan va tibbiy koʻrikdan oʻtgan shaxslarni qoʻyadilar;
fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan majburiyatlar bajarilishini taʼminlaydilar;
transport vositalari bus-butun saqlanishini taʼminlaydilar.
Yoʻnalishli taksilarga qoʻyiladigan talablar
12. Yoʻnalishli taksilarning texnik holati, asbob-uskunasi, farqlanish belgilari va ularni axborot bilan taʼminlash umumiy va maxsus texnik reglamentlarning hamda avtotransport vositalari konstruksiyasining xavfsizligini taʼminlash, yoʻlovchilar tashish, yoʻl harakati va atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha boshqa normativ hujjatlarning majburiy talablariga qatʼiy javob berishi kerak.
13. Yoʻnalishli taksilar liniyaga chiqib ketishidan oldin ularning texnik holati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qatnovdan oldin koʻrikdan oʻtkazilishi kerak.
14. Yoʻnalishli taksining texnik holatini qatnovdan oldin koʻrikdan oʻtkazish yoʻl varaqasiga belgi qoʻygan holda rasmiylashtiriladi va ushbu koʻriklarni oʻtkazishga vakil qilingan navbatchi mexanikning imzosi (shtampi) bilan tasdiqlanadi.
Yoʻlovchi tashuvchi avtotransport vositasining foydalanishga texnik tayyorligini oldindan taʼminlash maqsadida yoʻnalishli taksini qatnovdan keyin texnik koʻrikdan oʻtkazish huquqiga ega.
15. Yoʻnalishli taksilarga texnik xizmat koʻrsatish ishlari tartibi va ularni oʻtkazish davriyligi yoʻlovchi tashuvchi rahbarining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Avtotransport korxonasi (avtobus saroyi, kombinat, ixtisoslashtirilgan kolonna va boshqa ixtisosli korxona) tomonidan oʻtkaziladigan yoʻnalishli taksilarga texnik xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash boʻyicha ishlar va xizmatlar yoʻl harakati xavfsizligi sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
16. Har bir yoʻnalishli taksiga avtotransport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash boʻyicha reglamentda belgilangan ishlar bajarilishini hisobga olishga moʻljallangan servis daftarcha rasmiylashtiriladi.
Servis daftarchada avtotransport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash ishlarini oʻtkazish sanasi va bajarilgan ishlarning tarkibi, foydalanilgan uzellar va detallarning nomi koʻrsatiladi. Servis daftarchadagi yozuvlar koʻrsatib oʻtilgan ishlarni bajarish uchun masʼul boʻlgan shaxsning imzosi (shtampi) bilan tasdiqlanadi.
17. Yoʻlovchilar tashish uchun moʻljallangan yoʻnalishli taksilarni boshqarishga haydovchilik guvohnomasida “D” ruxsat beruvchi belgi boʻlgan, 21 yoshga toʻlgan, tibbiy koʻrikdan oʻtgan va kamida uch yillik haydovchilik stajiga ega boʻlgan shaxslar qoʻyiladi.
18. Yoʻnalishli taksilar haydovchilarini qatnovdan oldin tibbiy koʻrikdan oʻtkazish avtobus saroylari yoki “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasi tuzilmasiga kiruvchi boshqa avtotransport korxonalari shtatidagi tibbiy xodimlar tomonidan oʻtkaziladi.
19. Liniyada ishlayotgan paytda yoʻnalishli taksilarning haydovchilari:
tender kontraktga muvofiq ushbu yoʻnalishda ishlash huquqini tasdiqlaydigan guvohnomaga (shahodatnomaga);
tegishli litsenziya kartochkasiga;
harakat jadvali va yoʻnalish sxemasiga;
yoʻl varaqasiga;
chiptalarni hisobga olish varaqasiga ega boʻlishlari kerak.
Tashuvchining ishlab chiqarish bazasiga qoʻyiladigan talablar
20. Yoʻlovchi tashuvchining avtobus saroyi yoki “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasi tuzilmasiga kiruvchi boshqa avtotransport korxonasi hududida joylashgan ishlab chiqarish bazasi (bino, toʻxtab turish joyi, taʼmirlash sexlari) quyidagilarni taʼminlash boʻyicha talablar va shartlarga muvofiq boʻlishi kerak:
avtotransport vositalarini texnik jihatdan soz holatda saqlash;
ishlab chiqarish bazasi hududida avtotransport vositalarining but saqlanishi;
yongʻin xavfsizligi;
texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash, texnika xavfsizligiga, avtotransport vositalarini qatnovdan oldin texnik koʻrikdan va haydovchilarning tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibiga rioya qilish;
yoʻl harakati xavfsizligi talablari taʼminlanishini hisobga olgan holda hududga kirish va undan chiqish uchun maxsus ajratilgan joylarning mavjudligi;
kirish (chiqish) uchun maxsus ajratilgan joyni aylanib oʻtib hududga kirish (undan chiqish) imkonini bermaydigan devor yoxud boshqa toʻsiqlar mavjudligi.
Yoʻnalishli taksilar ishini hisobga olish
21. Quyidagilar yoʻnalishli taksilar ishini hisobga oluvchi asosiy hujjatlar hisoblanadi:
avtotransport vositasining ishini tavsiflaydigan, liniyaga chiqishdan oldin belgilangan tartibda oʻtkaziladigan yoʻnalishli taksining texnik koʻrikdan va haydovchilarning tibbiy koʻrikdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi belgilar qoʻyilgan tashuvchi tomonidan beriladigan yoʻl varaqasi;
yoʻlovchi tashuvchi tomonidan beriladigan oxirgi toʻxtash punktlarida yoʻnalishli taksining kelish-ketish vaqti va bajarilgan qatnovlar toʻgʻrisida dispetcherning belgilari qoʻyilgan chiptalarni hisobga olish varaqasi.
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-noyabrdagi 308-son qaroriga 6-ILOVA
“Toshshahartransxizmat” uyushmasini, “Toshavtobustrans”, “Toshyoʻlovchitaʼmirservis” aksiyadorlik kompaniyalarini va “Toshelektrotrans” davlat kompaniyasini tugatish komissiyasi
TARKIBI
Rozuqulov U.U.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, komissiya raisi
Xanov N.M.
—
Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri, komissiya raisining oʻrinbosari
Kamalov A.S.
—
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari
Gafarov S.X.
—
Davlat raqobat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari
Ikramov M.M.
—
Adliya vazirining birinchi oʻrinbosari
Abdullayev M.R.
—
Moliya vazirining oʻrinbosari
Mirzamaxmudov J.T.
—
Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari
Shovaxobov Sh.Sh.
—
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining oʻrinbosari
Rustamov O.B.
—
Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari
Raxmanov B.S.
—
Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari
Yakubov Sh.I.
—
“Oʻzsanoatqurilishbank” boshqaruvi raisining oʻrinbosari
Gʻanixoʻjayev B.F.
—
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ijro etuvchi direktorining oʻrinbosari
Abrarov Z.Z.
—
“Toshshahartransxizmat” uyushmasi raisi v.b.
Axmedova A.N.
—
“Toshshahartransxizmat” uyushmasining bosh buxgalteri
Izoh.
Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda komissiya tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-noyabrdagi 308-son qaroriga 7-ILOVA
Davlatga tegishli ulushlari (aktivlari) va mol-mulki “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasining ustav fondiga berilayotgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa tashkilotlar
ROʻYXATI
T/r
Tashkilotning nomi
Davlat ulushlari (aktivlari) %
1
“Birinchi avtokorxona” OAJ
95,30
2.
“2-avtobus saroyi” OAJ
93,68
3.
“3-avtobus saroyi” OAJ
98,35
4.
“4-avtobus saroyi” OAJ
96,01
5.
“5-son avtokorxona” OAJ
96,84
6.
“7-avtokorxona” OAJ
96,52
7.
“8-sonli avtosaroy” OAJ
94,45
8.
“Oʼninchi avtosaroy” MCHJ
100,00
9.
“12-avtobus saroyi” OAJ
93,24
10.
“18-avtobus saroyi” OAJ
96,99
11.
“Mersedes-Bens” markaziy xizmat koʻrsatish stansiyasi shuʼba korxonasi
100,00
12.
“Birinchi avtotaʼmir servis” shuʼba korxonasi
100,00
13.
“Ikkinchi avtotaʼmir servis” shuʼba korxonasi
100,00
14.
“Uchinchi avtotaʼmir servis” shuʼba korxonasi
100,00
15.
“Transport xizmatlari sifati ustidan nazorat qilish boshqarmasi” DUK
100,00
16.
“Yoʻlovchitransservis” yagona xoʻjalik hisobidagi markaz” DUK
100,00
17.
“2-tramvay deposi” DUK, “3-son tramvay-trolleybus deposi” DUK, “Toshtatraservis texnik markazi” DUK, “Yoʻl xizmati” DUK, “Shahar elektr transportiga xizmat koʻrsatish shuʼbasi” DUKning mulkiy komplekslari
100,00
18.
Qayta tashkil etilayotgan “Toshshahartransxizmat” uyushmasining mulkiy kompleksi (bino va boshqa mol-mulki)
100,00
19.
Qayta tashkil etilayotgan “Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasining mol-mulki
100,00
20.
Qayta tashkil etilayotgan “Toshyoʻlovchitaʼmirservis” aksiyadorlik kompaniyasining mol-mulki
100,00
21.
Qayta tashkil etilayotgan “Toshelektrotrans” davlat kompaniyasining mol-mulki
100,00
Izoh. Davlat unitar korxonalari va shuʼba korxonalar ularning mol-mulki “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasining ustav fondiga kiritilgandan keyin “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasining unitar korxonalariga aylantiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-noyabrdagi 308-son qaroriga 8-ILOVA
“3-son tramvay-trolleybus deposi” DUK va “Shahar elektr transportiga xizmat koʻrsatish shuʼbasi” DUKning kimoshdi savdolarida sotiladigan mulkiy komplekslari
roʻyxati
T/r
Korxonaning nomi
Mulkiy kompleks joylashgan manzil
Hududning maydoni, ga
Foydalanishga topshirilgan yili
Faoliyat turi
1.
“3-son tramvay-trolleybus deposi” DUK
Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Temur Malik koʻchasi, 3a (sobiq trolleybus kompleksi)
7,15
1975
Tramvayda yoʻlovchilar tashish
2.
“Shahar elektr transportiga xizmat koʻrsatish shuʼbasi” DUK
Toshkent shahri, Mirobod tumani, Yangi Qoʻyliq, 40-uy
1,20
1953
Tramvay yoʻllarida ulash tarmoqlariga xizmat koʻrsatish
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 46-son, 604-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda; 2017-y., 33-son, 863-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son; 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)