1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.02 Sogʻliqni saqlashni moliyalashtirish va taʼminoti;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.04.00 Sogʻliqni saqlash boʻyicha bitimlar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari;
2.Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Xalqaro va xorijiy tashkilotlar]
Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasi onkologiya muassasalarini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Respublika onkologiya muassasalarini yanada rivojlantirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy maxsus diagnostika va davolash uskunalari bilan jihozlash, shuningdek, Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida:
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Islom taraqqiyot banki (ITB) bilan hamkorlik asosida umumiy qiymati 83,22 mln AQSH dollari boʻlgan “Oʻzbekiston Respublikasi onkologiya muassasalarini modernizatsiya qilish” loyihasi amalga oshirilmoqda;
Islom taraqqiyot banki va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida mazkur loyihani amalga oshirish uchun qiymati 37,04 mln AQSH dollari boʻlgan zamonaviy tibbiy asbob-uskunalarni 14 yil muddatga, shu jumladan 4 yillik imtiyozli davr bilan boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan xarid qilishga koʻmaklashishni nazarda tutuvchi Bitim imzolandi;
Oʻzbekiston Respublikasining ushbu loyihani amalga oshirishga qoʻshadigan hissasi 46,18 mln AQSH dollariga teng summani, shu jumladan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar tarzida 8,37 mln AQSH dollarini tashkil etadi..
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi “Oʻzbekiston Respublikasi onkologiya muassasalarini modernizatsiya qilish” loyihasini samarali amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan ijro etuvchi organ hisoblanadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining “Oʻzmedexport” respublika tashqi iqtisodiy davlat korxonasi ushbu loyihani amalga oshirish doirasida kontraktlar boʻyicha kontragent hisoblanadi;
ITBning moliyaviy mablagʻlarini qaytarish bilan bogʻliq xarajatlar, shu jumladan ustama haq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
3. Quyidagilar:
“Oʻzbekiston Respublikasi onkologiya muassasalarini modernizatsiya qilish” loyihasining texnik-iqtisodiy hisob-kitobi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
“Oʻzbekiston Respublikasi onkologiya muassasalarini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish uchun ITB tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy mablagʻlarni qaytarish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Islom taraqqiyot banki va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati oʻrtasidagi Bitim boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin..
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda “Oʻzbekiston Respublikasi onkologiya muassasalarini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida yetkazib beriladigan tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash nazarda tutilayotgan onkologiya muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda loyiha doirasida xarid qilinadigan zamonaviy radioterapevtik va diagnostika asbob-uskunalari va materiallarini yetkazib berish boshlangunga qadar onkologiya muassasalarida asbob-uskunalarni oʻrnatish va montaj qilish uchun tegishli xonalar tayyorlanishini taʼminlasin;;
loyihani boshqarish funksiyalarini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Arab muvofiqlashtirish guruhining Loyihalarni amalga oshirish guruhiga (LAOG) yuklasin, uning taʼminoti loyihaning texnik-iqtisodiy hisob-kitobida koʻrsatilgan ITB mablagʻlari va Oʻzbekiston Respublikasining ulushi hisobiga amalga oshirilishini nazarda tutsin.
sogʻliqni saqlash uchun nazarda tutilgan tasdiqlangan budjet mablagʻlari doirasida ITBning moliyaviy mablagʻlari hisobiga yetkazib beriladigan tovarlar va asbob-uskunalarni, shu jumladan komplektatsiyasida radioaktiv manba boʻlgan asbob-uskunalarni xarid qilish va belgilangan joygacha yetkazib berish boʻyicha xizmatlar xarajatlarini toʻlash;.
6. Quyidagilar ozod qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi onkologiya muassasalarini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish doirasida ITB mablagʻlari hisobidan xarid qilinadigan tovarlar, ishlar, xizmatlar va transport vositalari bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari), qoʻshilgan qiymat soligʻidan, shuningdek, davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar va yigʻimlardan;
ITB mazkur loyihani amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi hududida toʻlov manbaida undiriladigan yuridik shaxslarning foyda soligʻini toʻlashdan.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi:
har yili Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturini shakllantirishda unga “Oʻzbekiston Respublikasining onkologiya muassasalarini modernizatsiya qilish” loyihasini belgilangan tartibda kiritishni nazarda tutsin;
viloyat onkologiya dispanserlarini qurish va rekonstruksiya qilishni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirishni nazarda tutsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalqaro moliya institutlari, tashkilotlari va donor mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari boʻyicha idoralararo kengash (R.S. Azimov) mazkur loyihaning amalga oshirilishi muntazam ravishda koʻrib chiqilishini va, zarurat boʻlganda, uning samarali amalga oshirilishini taʼminlash masalalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritilishini taʼminlasin..
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga davlat bojlari undirilmasdan koʻp martalik vizalar berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek ularning Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilishini va vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin..
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 17-sentabr,
PQ-1821-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 17-sentabrdagi PQ-1821-son qaroriga 1-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi onkologiya muassasalarini modernizatsiya qilish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari
diagnostika va radiologik uskunalar, shu jumladan ehtiyot qismlar va trening (xorijiy valyutada) sotib olish
32 190,00
-
32 190,00
2.2
qurilish-montaj ishlari, jami (milliy valyutada),
31 070,00
31 070,00
-
shu jumladan:
7 250,00
7 250,00
-
Navoiy va Jizzax shaharlarida onkologiya markazlarini qurish, shu jumladan loyihalashtirish va nazorat qilish
23 820,00
23 820,00
-
2.3
13 ta onkologiya markazini rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash**
1 388,88
1 388,88
-
2.4
boshqa xarajatlar, hammasi
10 204,34
5 354,34
4 850,00
chet el valyutasida
4 850,00
-
4 850,00
milliy valyutada
5 354,34
5 354,34
-
shu jumladan:
tibbiyot xodimlari, shifokorlar, trenerlar va menejerlarni oʻqitish
1 000,00
300,00
700,00
asbob-uskunalar boʻyicha maslahat xizmatlari
500,00
-
500,00
loyihani boshqarish (LAOG mazmuni va boshqalar)***
236,02
56,02
180,00
loyihani ishga tushirish tadbirlari va audit
100,00
-
100,00
koʻzda tutilmagan xarajatlar
6 510,00
3 140,00
3 370,00
ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini saqlash, tashish va oxirgi foydalanuvchiga yetkazib berish xarajatlari
75,00
75,00
-
xarid qilish, yetkazib berish boʻyicha xizmatlar xarajatlari
1 661,00
1 661,00
-
bojxona rasmiylashtiruvi va deklaratsiyalash
122,32
122,32
-
3.
Soliq va bojxona toʻlovlari
8 369,40
8 369,40
-
4.
Korxonalar quvvati
2 066 ta koyka-oʻrin, kuniga 1302 ta qatnov
5.
Ish bilan band boʻlganlarning taxminiy soni
3 464 ta shtat birligi
6.
Investitsiya davrining davomiyligi
48 oy
7.
Tashkil etiladigan ishlab chiqarish fondlarining qiymati
71 751,72
8.
ITBning moliyaviy mablagʻlarini taqdim etish muddati
14 yil
* Yakuniy qiymat koʻrsatkichlari tender savdolari yakunlari boʻyicha aniqlanadi.
** Imtiyozli davr tugagandan soʻng toʻlovlarning umumiy summasida toʻlanadi.
*** Oʻzbekiston Respublikasining ulushi sogʻliqni saqlashga nazarda tutiladigan tasdiqlangan budjet mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 17-sentabrdagi PQ-1821-son qaroriga 2-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi onkologiya muassasalarini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish uchun ITB tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy mablagʻlarni qaytarish
jadvali
ITB tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy mablagʻlar summasi
37 040,0 ming AQSH dollari
Loyihani amalga oshirish davrida kapitallashtirish summasi