toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.12.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining
Qarori
Toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalarni va ota-ona qarovisiz qolgan bolalarni pul nafaqalari hamda kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar sotib olish uchun nafaqalar, shuningdek transportda yurish kartochkalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 17-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1187-1]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 33-son “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yoʻnaltirilgan tarzda qoʻllab-quvvatlashning 2002-2003-yillarda moʻljallangan dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami, 2002-y., 1-son, 5-modda) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2002-yil 21-oktabrdagi 86, 119, 01/30-93, 301-sonli qarori (roʻyxat raqami 1187, 2002-yil 11-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 21-son) bilan tasdiqlangan Toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalarni va ota-ona qarovisiz qolgan bolalarni pul nafaqalari hamda kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar sotib olish uchun nafaqalar, shuningdek transportda yurish kartochkalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2013-yil 25-sentabr,
37-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 25-sentabr,
93-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
Toshkent sh.,
2013-yil 25-sentabr,
71q/q-son
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri B. XODIYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 25-sentabr,
46-qq-son
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2013-yil 25-sentabrdagi 37, 93, 71q/q, 46-qq-sonli qaroriga
ILOVA
Toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalarni va ota-ona qarovisiz qolgan bolalarni pul nafaqalari hamda kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar sotib olish uchun nafaqalar, shuningdek transportda yurish kartochkalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 3-bandda “11-sinfni” degan soʻzlar “akademik litsey yoki kasb-hunar kollejini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 4 va 13-bandlarda “klassifikatsiyasi boʻyicha 03-4-90-modda “Uy xoʻjaliklariga boshqa transfertlar” degan soʻzlar “tasnifining tegishli” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Bitiruvchining istagiga muvofiq bitiruvchiga kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar beriladigan boʻlsa, bitiruvchi taʼlim muassasasi rahbari nomiga oʻzi uchun zarur boʻlgan kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar roʻyxatini koʻrsatgan holda ariza bilan murojaat qiladi. Bunda bitiruvchi kiyim-bosh, poyabzal va anjomlarni tanlashda mazkur Nizom ilovasidagi roʻyxatdan foydalanadi.”.
4. Mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimchaning ilovasiga muvofiq tahrirda ilova bilan toʻldirilsin.
Toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalarni va ota-ona qarovisiz qolgan bolalarni pul nafaqalari hamda kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar sotib olish uchun nafaqalar, shuningdek transportda yurish kartochkalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchaga
ILOVA
“Toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalarni va ota-ona qarovisiz qolgan bolalarni pul nafaqalari hamda kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar sotib olish uchun nafaqalar, shuningdek transportda yurish kartochkalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalar va ota-ona qarovisiz qolgan bolalarga beriladigan kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar
roʻyxati

T/r

Kiyim-bosh, poyabzal

va anjomlar nomi

Oʻlchov birligi

Bir nafar bolaga
beriladigan norma

oʻgʻil bolalar uchun

qiz bolalar uchun

Kiyim-kechaklar

1.

Qishki palto, kurtka

dona

1

1

2.

Mavsumbop palto, kurtka

dona

1

1

3.

Qishki bosh kiyim

dona

1

1

4.

Kuzgi bosh kiyim

dona

1

1

5.

Issiq sharf

dona

1

1

6.

Qoʻlqop

juft

1

1

7.

Kuzgi poyabzal

juft

1

1

8.

Yozgi poyabzal

juft

1

1

9.

Qishki poyabzal

juft

1

1

10.

Shippaklar

juft

1

1

11.

Oʻgʻil bolalar ichki kiyimi

toʻplam

2

-

12.

Qiz bolalar ichki kiyimi

dona

-

2

13.

Tungi koʻylak

dona

-

1

14.

Siynaband

dona

-

2

15.

Kolgotka

dona

-

2

16.

Triko

dona

-

2

17.

Bayram kostyumi yoki koʻylagi

dona

1

1

18.

Sport kostyumi (yarim jun)

dona

1

1

19.

Shoyi bluzka

dona

1

1

20.

Erkaklarning bayram koʻylagi

dona

1

-

21.

Jun sarafan yoki yubka

dona

-

1

22.

Jun shim

dona

1

-

23.

Ip gazlama koʻylak (bluza)

dona

1

1

24.

Ip gazlama koʻylak yoki kostyum

dona

1

1

25.

Jaket yoki jemper

dona

1

1

26.

Roʻmolchalar

dona

2

2

27.

Paypoq, golf

juft

2

2

28.

Portfel, sumka

dona

1

1

29.

Chamadon

dona

1

1

Anjomlar

1.

Yuz sochiq (paxta yoki zigʻir tolasidan toʻqilgan)

dona

1

1

2.

Paxmoq sochiq (hammom uchun)

dona

1

1

3.

Yostiqning ichki jildi

dona

1

1

4.

Yostiqning tashqi jildi

dona

2

2

5.

Jun adyol

dona

1

1

6.

Choyshab

dona

2

2

7.

Koʻrpa jildi

dona

2

2

8.

Oʻrin yopingʻichi

dona

1

1

9.

Paxtali toʻshak

dona

1

1

10.

Yostiq

dona

1

1

11.

Karavot

dona

1

1

12.

Tumbochka

dona

1

1

13.

Stol

dona

1

1

14.

Stul

dona

2

2

15.

Darparda

dona

2

2

Idish tovoqlar

1.

Oshxona idishlari

toʻplam

1

1

2.

Choy va ovqat idishlari

toʻplam

1

1

”.

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 42-son, 567-modda)