“Oʻzbekistonda xorijiy tillar” nomli kasbga oid elektron jurnal va Internet portalini tashkil etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet tillarni oʻrganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 10-dekabrdagi PQ–1875-son qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.01.00 Umumiy qoidalar]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti muassisligida “Oʻzbekistonda xorijiy tillar” nomli kasbga oid elektron jurnal va Internet portalini hamda mustaqil yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan “Oʻzbekistonda xorijiy tillar” nomli kasbga oid elektron jurnal va Internet portali tahririyati” davlat muassasasini taʼsis etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
2. “Oʻzbekistonda xorijiy tillar” nomli kasbga oid elektron jurnal va Internet portalining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
davlat ustuvor yoʻnalishlariga mos respublika miqyosida xorijiy tillarni oʻrganishga oid nazariy va metodologik muammolarni yoritish;
xorijiy tillarni oʻrganish va xorijiy filologiya sohasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot va oʻquv-uslubiy ishlar, innovatsion loyihalar va ularni amaliyotga joriy etish borasida erishilayotgan natijalarni keng jamoatchilik eʼtiboriga havola qilish;
xorijiy tillarni oʻrganishda xalqlar madaniyati va madaniyatlararo muloqot masalalarini yoritish;
xorijiy tillarni oʻqitishda zamonaviy taʼlim texnologiyalarini joriy etish, uzluksiz taʼlim tizimi va xalqaro taʼlim dasturlari doirasidagi turli loyihalar natijalarini ommalashtirish;
yangiliklar va sohaga oid materiallarni yoritib borish.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
3. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
“Oʻzbekistonda xorijiy tillar” nomli kasbga oid elektron jurnal va Internet portali tahririyati” davlat muassasasining ustavini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin, shuningdek uni davlat roʻyxatidan oʻtkazsin;
“Oʻzbekistonda xorijiy tillar” nomli kasbga oid elektron jurnal va Internet portali davriyligi, uning tahririyat hayʼati hamda shtat jadvalini belgilasin;
“Oʻzbekistonda xorijiy tillar” nomli kasbga oid elektron jurnal va Internet portali tahririyati” davlat muassasasining samarali faoliyat olib borishi uchun barcha zaruriy shart-sharoitlar yaratsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishgan holda “Oʻzbekistonda xorijiy tillar” nomli kasbga oid elektron jurnal va Internet portali tahririyati” davlat muassasasi xodimlarining mehnatiga haq toʻlash razryadlari va shartlarini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash]
4. “Oʻzbekistonda xorijiy tillar” nomli kasbga oid elektron jurnal va Internet portali tahririyati” Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Muqimiy koʻchasi, 104-uy manzilidagi Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti binosiga ijara toʻlovisiz joylashtirilsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
5. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti:
2014-yil 1-martga qadar “Oʻzbekistonda xorijiy tillar” nomli kasbga oid elektron jurnal va Internet portali faoliyatini samarali tashkillashtirsin;
ikki oy muddatda “Oʻzbekistonda xorijiy tillar” nomli kasbga oid elektron jurnal va Internet portalini mazmunan boyitish va muntazam yangilab borilishi yuzasidan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga tasdiqlash uchun kiritsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
6. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasiga “Oʻzbekistonda xorijiy tillar” nomli kasbga oid elektron jurnal va Internet portalini “Elektron taʼlim” tarmogʻiga ulanishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
7. Quyidagilar “Oʻzbekistonda xorijiy tillar” nomli kasbga oid elektron jurnal va Internet portali tahririyati” davlat muassasasining faoliyatini moliyalashtirish manbai etib belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
xalqaro tashkilotlar homiylik xayriyalari, grantlari;
obuna toʻlovlaridan tushadigan mablagʻlar hamda xoʻjalik faoliyatidan olingan mablagʻlar;
qonunchilik hujjatlarida taʼqiqlanmagan boshqa mablagʻlar.
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
8. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi “Oʻzbekistonda xorijiy tillar” nomli kasbga oid elektron jurnal va Internet portali tahririyati” davlat muassasasining ishini samarali tashkil etish maqsadida kompyuter va kommunikatsiya vositalari, audio, video, tasviriy texnikalar, zarur mebellar bilan toʻliq jihozlash uchun 200 mln soʻm homiylik mablagʻlari ajratilishi toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
9. Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi “Oʻzbekistonda xorijiy tillar” nomli kasbga oid elektron jurnal va Internet portalini ommaviy axborot vositasi sifatida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazsin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-bobi.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 16-oktabr,
283-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 42-son, 559-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)