toggle_night_mode
Hujjat 05.10.2015 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
Auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumot shakli va uni toʻldirish qoidalarini tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 9-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2515]
“Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 149-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-iyuldagi PF–4453-son “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 29-son, 327-modda) va 2007-yil 4-apreldagi PQ–615-son “Auditorlik tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ular koʻrsatayotgan xizmatlar sifati uchun javobgarlikni oshirish toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 15-son, 155-modda) muvofiq buyuraman:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Quyidagilar:
Auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumot shakli 1-ilovaga muvofiq;
Auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumot shaklini toʻldirish qoidalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2007-yil 30-oktabrdagi 98-son “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida maʼlumot shakli va ularni toʻldirish boʻyicha Qoidalarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1744, 2007-yil 29-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 48-49-son, 493-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 9-sentabr,
83-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2013-yil 9-sentabrdagi 83-son buyrugʻiga
1-ILOVA
Auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi
MAʼLUMOT
20___ yil uchun
Auditorlik tashkilotining nomi‎
Pochta manzili‎
Litsenziya turi, raqami va berilgan sanasi‎
Ustav kapitali‎
Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami‎
Filiallar ‎
Auditorlarning respublika jamoat birlashmasiga aʼzoligi‎
Xalqaro auditorlik tarmogʻiga aʼzoligi‎
Telefon/faks, e-mail‎
Keyingi tahrirga qarang.
I. Auditorlik tashkiloti rahbari

Koʻrsatkichlar nomi‎

Satr
‎ raqami‎

Hisobot
‎yilida‎

‎1

‎2

‎3

Rahbarning familiyasi, ismi va otasining ismi‎ 01‎
Rahbarning lavozimga tayinlanganligi haqidagi buyruqning soni va sanasi‎ 02‎
Rahbar lavozimidagi umumiy ish staji‎ 03‎
Pasport maʼlumotlari va yashash joyi‎ 04‎
Rahbarga berilgan auditor malaka sertifikatining tartib raqami va sanasi‎ 05‎
Malaka oshirish kursini oʻtagan sanasi va joyi‎ 06‎
Auditorlik tashkiloti rahbarining attestatsiyadan oʻtganligi‎ 07
Keyingi tahrirga qarang.
II. Tashkilot xodimlarining soni

Koʻrsatkichlar nomi‎

Satr
‎raqami ‎

Hisobot yilining
‎31-dekabr holatiga ‎

1‎

2‎

3‎

Xodimlar soni — jami,‎

08 ‎

ulardan auditorlar‎

09 ‎

shu jumladan:‎

X‎

a) mazkur auditorlik tashkiloti asosiy ish joyi hisoblangan auditorlar‎

10

b) oʻrindoshlik asosida va fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar boʻyicha ishlayotgan auditorlar‎

11‎

Hisobot yilining 31-dekabr holatiga auditorlar toʻgʻrisida maʼlumot
‎ (shtatdagi* va fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar boʻyicha jalb qilinganlar) ‎‎

Auditorning
‎familiyasi, ismi
‎va otasining ismi

Auditor
‎lavozimiga
‎tayinlanganligi
‎toʻgʻrisidagi
‎buyruqning soni
‎va sanasi ‎

Auditor malaka
‎sertifikatining
‎tartib raqami va
‎sanasi

Malaka
‎oshirishdan
‎oʻtgan sanasi
‎va joyi ‎

Xalqaro
‎buxgalter
‎sertifikati

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

* mazkur auditorlik tashkiloti asosiy ish joyi hisoblangan auditorlar, shu jumladan oʻrindoshlik asosida ishlayotgan auditorlar koʻrsatiladi.

Hisobot yili davomida auditorlar bilan tuzilgan va bekor qilingan ‎mehnat shartnomalari toʻgʻrisida
‎MAʼLUMOT ‎‎

Auditorning
‎familiyasi, ismi
‎va otasining ismi ‎

Tuzilgan
‎mehnat
‎shartnomasi‎

Bekor
‎qilingan
‎mehnat ‎shartnomasi‎

Asos
‎(buyruqning
‎soni va sanasi) ‎

1‎

2‎

3‎

4‎

III. Koʻrsatilgan xizmatlar hajmi

Koʻrsatkichlar nomi

Satr
‎raqami

Hisobot yilida

Oʻtgan yilda ‎‎

auditorlik
‎xizmatlari
‎koʻrsatilgan
‎xoʻjalik
‎yurituvchi
‎subyektlar
‎soni ‎

xizmatlar
‎summasi
‎(ming soʻm) ‎

auditorlik
‎xizmatlari
‎koʻrsatilgan
‎xoʻjalik
‎yurituvchi
‎subyektlar
‎soni ‎

xizmatlar
‎summasi
‎(ming soʻm) ‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

Auditorlik xizmatlari hajmi — jami,‎ 12‎
shu jumladan:‎ X‎

X‎

X‎

X‎

a) majburiy auditorlik tekshiruvlari ‎ 13‎
b) tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari ‎ 14‎
v) maxsus savol boʻyicha tekshiruvlar‎ 15‎
g) professional xizmatlar ‎ 16‎
d) auditorlik xizmatlarining bosqichma-bosqich bajarilgan qismi daromadlari ‎ 17‎ X‎

X‎

12-satrdan: ‎ X‎

X‎

X‎

X‎

Auditning xalqaro standartlari boʻyicha oʻtkazilgan auditorlik tekshiruvlari ‎ 18‎
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Majburiy auditorlik tekshiruvlari oʻtkazilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar

Koʻrsatkichlar nomi‎‏

Satr
‎raqami

Hisobot yilida‎‎

soni‎

xizmatlar
‎summasi
‎(ming soʻm) ‎

1‎

2‎

3‎

4‎

‎Majburiy auditorlik tekshiruvlari ‎oʻtkazilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar — jami,

19‎

shu jumladan:‎

X‎

X‎

aksiyadorlik jamiyatlari‎

20
‎ (21, 22, 23, 26,
‎27-satrlardan
‎tashqari) ‎

banklar va boshqa kredit tashkilotlari‎

21‎

sugʻurta tashkilotlari‎

22‎

investitsiya fondlari hamda yuridik va ‎jismoniy shaxslarning mablagʻlarini ‎jamlab ‎turuvchi boshqa fondlar hamda ‎ularning investitsiya aktivlarini ‎ishonchli boshqaruvchilar‎

23‎

manbalari yuridik va jismoniy ‎shaxslarning ixtiyoriy badallari ‎boʻlmish xayriya ‎fondlari va boshq‎a ‎ ijtimoiy fondlar‎

24‎

mablagʻlarining hosil boʻlish manbalari ‎qonun hujjatlarida nazarda tutilgan, ‎yuridik va ‎jismoniy shaxslar tomonidan ‎qilinadigan majburiy ajratmalar ‎boʻlmish budjetdan
‎tashqari fondlar‎

25‎

ustav fondida davlatga tegishli ulush ‎boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar va ‎davlat unitar korxonalari‎

26
‎ (20, 21, 22, 23,
‎27-satrlardan
‎tashqari) ‎

fond va tovar birjalari‎

27‎

Keyingi tahrirga qarang.
V. Auditorlik tekshiruvlari oʻtkazilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tarmoqlar boʻyicha taqsimlanishi
Keyingi tahrirga qarang.

Koʻrsatkichlar nomi‎‏

Satr
‎raqami

Hisobot yilida‎‎

auditorlik
‎ tekshiruvlari,
‎jami

shundan‎‎

majburiy
‎auditorlik
‎tekshiruvlari

tashabbus
‎tarzidagi
‎auditorlik
‎tekshiruvlari‎‎

soni‎

xizmatlar
‎summasi
‎(ming soʻm) ‎

soni‎

xizmatlar
‎summasi
‎(ming soʻm) ‎

soni‎

xizmatlar
‎summasi
‎(ming soʻm) ‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

‎Auditorlik tekshiruvlari oʻtkazilgan ‎xoʻjalik yurituvchi subyektlar — jami, ‎28
shu jumladan, asosiy faoliyati boʻyicha xoʻjalik yurituvchi ‎subyektlar quyidagi sohalarga taalluqliligi:‎

X‎

X‎

X‎

X‎

X‎

X‎

sanoat (elektroenergetika bundan mustasno) ‎ 29‎
yengil va oziq-ovqat sanoati‎ 30‎
elektroenergetika‎ 31‎
qurilish‎ 32‎
transport va aloqa‎ 33‎
qishloq xoʻjaligi, oʻrmon xoʻjaligi‎ 34‎
savdo va umumiy ovqatlanish‎ 35‎
moliya, kredit, sugʻurta, pensiya taʼminoti ‎ 36‎
boshqalar‎ 37‎
Keyingi tahrirga qarang.
VI. Auditorlik xulosalari

Koʻrsatkichlar nomi

‎‏Satr
‎raqami

Hisobot yilida‎‎

soni,
‎jami

shundan‎‎

ijobiy
‎xulosalar

salbiy
‎xulosalar

auditorlik
‎xulosasini
‎tuzishdan
‎bosh tortish

auditorlik
‎xulosasining
‎boshqa
‎turlari

‎1

2‎

‎3

4‎

5‎

‎6

7‎

‎Berilgan auditorlik xulosalarining soni — jami,

‎38

‎shu jumladan:

X‎

X‎

X‎

X‎

X‎

majburiy auditorlik tekshiruvlari boʻyicha‎

39‎

tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari boʻyicha‎

40‎

38-satrdan:‎

X‎

X‎

X‎

X‎

X‎

Auditning xalqaro standartlari boʻyicha
‎berilgan auditorlik xulosalari soni‎

41‎

‎‎

‎‎Maʼlumotni tayyorlagan shaxs

‎____________________________

_________‎

‎‎(familiyasi, ismi va otasining ismi)

(imzo)‎

‎‎Auditorlik tashkilotining rahbari

‎____________________________ ‎‎

_________‎

‎‎(familiyasi, ismi va otasining ismi) ‎‎

(imzo)‎ ‎

M.Oʻ.‎‎

‎‎20___ yil “___” __________

‎‎(maʼlumotni toʻldirish sanasi)

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2013-yil 9-sentabrdagi 83-son buyrugʻiga
2-ILOVA
Auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumot shaklini toʻldirish
QOIDALARI
I. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 4-apreldagi PQ–615-son “Auditorlik tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ular koʻrsatayotgan xizmatlar sifati uchun javobgarlikni oshirish toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 15-son, 155-modda) muvofiq auditorlik tashkilotlari tomonidan auditorlik faoliyati toʻgʻrisida maʼlumotni (bundan keyingi oʻrinlarda Maʼlumot deb yuritiladi) taqdim etish auditorlik faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlaridan biri hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Maʼlumot 31-dekabr holatiga koʻra ushbu belgilangan sanadan keyin 20 kundan kechikmagan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga bevosita yoxud ularning olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali taqdim etiladi. III — VI boblarning koʻrsatkichlari 31-dekabr holatiga yil boshidan ortib boruvchi yakun bilan toʻldiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Maʼlumotda barcha rekvizitlar, satrlar va ustunlar toʻldirilishi lozim. Maʼlumotni toʻldirishda ularning toʻliq toʻldirilishi va kiritilgan maʼlumotlarning ishonchliligi taʼminlanishi lozim. Auditorlik tashkilotida tegishli maʼlumotlar mavjud boʻlmaganligi sababli u yoki bu satr (ustun), toʻldirilmagan taqdirda, ushbu satr (ustun) chizib qoʻyiladi. Maʼlumot axborot texnologiyalari yordamida “Microsoft Word” matn redaktoridan foydalanib, “Times New Roman” shriftining 12 oʻlchamini qoʻllagan holda toʻldiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Maʼlumotning manzil qismi quyidagi tartibda toʻldiriladi:
“Auditorlik tashkilotining nomi” satrida belgilangan tartibda roʻyxatga olingan taʼsis hujjatlariga muvofiq auditorlik tashkilotining toʻliq nomi koʻrsatiladi;
“Pochta manzili” satrida belgilangan tartibda roʻyxatga olingan taʼsis hujjatlariga muvofiq toʻliq pochta manzili (pochta indeksi bilan birgalikda) koʻrsatiladi;
“Litsenziyaning turi, raqami va berilgan sanasi” satrida ruxsat etilgan auditorlik tekshiruvi turini qayd etgan holda olingan litsenziyaning sanasi va raqami koʻrsatiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
“Ustav kapitali” satrida amalda shakllantirilgan ustav kapitalning summasi koʻrsatiladi;
“Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami” satrida auditorlik tashkilotining identifikatsiya raqami koʻrsatiladi;
“Filiallar” satrida filiallar soni, ularning joylashgan yeri, nomi, filial rahbarlarining familiyasi koʻrsatiladi;
“Auditorlarning respublika jamoat birlashmasiga aʼzoligi” satrida auditorlik tashkiloti aʼzo boʻlgan auditorlarning respublika jamoat birlashmasi nomi koʻrsatiladi;
“Xalqaro auditorlik tarmogʻiga aʼzoligi” satrida xalqaro auditorlik tashkilotining nomi, tarmoqqa kirish sanasi koʻrsatiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
“Telefon/faks, e-mail” satrida auditorlik tashkilotining aloqa telefoni/faks raqami, elektron pochtasi (e-mail)ning manzili koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Auditorlik tashkiloti filiallari faoliyatining koʻrsatkichlari auditorlik tashkiloti taqdim qiladigan Maʼlumotga kiritilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Maʼlumot auditorlik tashkiloti rahbari va maʼlumotni tayyorlagan shaxs tomonidan toʻldirilgan sana koʻrsatilgan holda imzolanadi va auditorlik tashkilotining muhri bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2015-yil 25-sentabrdagi 82-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2515-1-son, 29.09.2015-y.,) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 514-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
7. Maʼlumotda boʻyab tuzatishlar va oʻchirib yozishlar boʻlmasligi lozim. Xatolar tuzatilgan taqdirda, rahbar tomonidan tasdiqlangan tegishli izohlar beriladi.
8. Maʼlumotda qiymatda ifodalangan koʻrsatkichlar ming soʻmda oʻn birlik belgilari bilan, boshqa koʻrsatkichlar — birlikda koʻrsatiladi.
9. Auditorlik tashkilotining amaldagi ishlagan vaqtidan qatʼi nazar, Maʼlumot hisobot yili uchun toʻldiriladi.
II. Auditorlik tashkiloti rahbari
10. “Auditorlik tashkiloti rahbari” bobida quyidagilar koʻrsatiladi:
rahbarning familiyasi, ismi va otasining ismi (toʻliq) (01-satr);
rahbarning lavozimga tayinlanganligi haqidagi buyruqning soni va sanasi (02-satr);
ushbu auditorlik tashkiloti va boshqa auditorlik tashkilotlari rahbari lavozimidagi umumiy ish staji (yillar va oylar soni) (03-satr);
Keyingi tahrirga qarang.
pasport maʼlumotlari, yashash joyi (pasport boʻyicha) (04-satr);
Keyingi tahrirga qarang.
rahbarga berilgan auditor malaka sertifikatining tartib raqami va sanasi (05-satr);
hisobot yilida malaka oshirish kursini oʻtaganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar yaʼni, kursni oʻtagan sanasi, kursni oʻtaganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning raqami, kursni oʻtagan oʻquv markazining nomi (06-satr);
auditorlik tashkiloti rahbarining attestatsiyadan oʻtgan sanasi va natijasi (07-satr).
Keyingi tahrirga qarang.
Hisobot yili davomida auditorlik tashkiloti rahbari oʻzgarganda “Auditorlik tashkiloti rahbari” bobida qoʻshimcha ustunlar qoʻshgan holda tegishli satrlarda har bir rahbar boʻyicha maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Tashkilot xodimlarining soni
11. “Tashkilot xodimlarining soni” bobining 08-satrida hisobot yilining 31-dekabr holatiga auditorlik tashkilotida ishlayotgan xodimlarning umumiy soni koʻrsatiladi.
12. 09-satrda hisobot yilining 31-dekabr holatiga auditorlik tashkilotida ishlayotgan auditorlar soni koʻrsatiladi. Qayd etilgan ushbu son mazkur auditorlik tashkiloti asosiy ish joyi hisoblangan auditorlar (10-satr) va oʻrindoshlik asosida va fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar boʻyicha ishlayotgan auditorlar (11-satr) soniga taqsimlanadi.
3-ustundagi 09-satr 10 va 11-satrlar yigʻindisiga teng boʻlishi lozim.
13. “Hisobot yilining 31-dekabr holatiga auditorlar toʻgʻrisida maʼlumot (shtatdagi va fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar boʻyicha jalb qilinganlar)” jadvalida auditorning familiyasi, ismi va otasining ismi (1-ustun), uning ishga qabul qilingan, auditor lavozimiga oʻtkazilganligi haqidagi buyruqning soni va sanasi (2-ustun), auditor malaka sertifikatining tartib raqami va berilgan sanasi (3-ustun), hisobot yilida auditorning malaka oshirishdan oʻtgan sanasi va joyi (4-ustun), mavjud boʻlganda xalqaro buxgalter sertifikati boʻyicha maʼlumotlar (nomi, raqami va sanasi) (5-ustun) koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Jadvalda koʻrsatilgan auditorlarning soni 09-satrda keltirilgan songa teng boʻlishi lozim.
14. “Hisobot yili davomida auditorlar bilan tuzilgan va bekor qilingan mehnat shartnomalari toʻgʻrisida maʼlumot” jadvalida:
1-ustunda — hisobot yilida mehnat shartnomasi tuzilgan (bekor qilingan) auditorning familiyasi, ismi va otasining ismi;
2-ustunda — asosiy ish joyi yoki oʻrindoshlik asosida va boshqa holatlarni koʻrsatgan holda mehnat shartnomasi tuzilganligi haqida maʼlumot;
3-ustunda — asosiy ish joyi yoki oʻrindoshlik asosida va boshqa holatlarni koʻrsatgan holda mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqida maʼlumot;
4-ustunda — yuz bergan oʻzgarishlarning asosi (ishga qabul qilish yoki mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi buyruqning soni va sanasi) koʻrsatiladi.
IV. Koʻrsatilgan xizmatlar hajmi
15. “Koʻrsatilgan xizmatlar hajmi” bobining 12-satrida:
3-ustunda hisobot yilida auditorlik xizmatlari koʻrsatilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning umumiy soni;
4-ustunda hisobot yilida koʻrsatilgan auditorlik xizmatlarining umumiy summasi Moliyaviy hisobot shakllarini toʻldirish boʻyicha qoidalari (roʻyxat raqami 1209, 2003-yil 24-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 1-2-son) bilan tasdiqlangan Moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot 2-son shaklga muvofiq koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. 13, 14, 15 va 16-satrlarda mos ravishda hisobot davrida oʻtkazilgan majburiy auditorlik tekshiruvlari, tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari, maxsus savol boʻyicha tekshiruvlar va koʻrsatilgan professional xizmatlar boʻyicha xoʻjalik yurituvchi subyektlar soni (3-ustun) va auditorlik xizmatlari summasi (4-ustun) koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. 17-satrda (4-ustun) auditorlik xizmatini koʻrsatish toʻgʻrisidagi uzoq muddatli shartnomalar boʻyicha ishlarni bosqichma-bosqich bajarish natijasida hisobot yilida haqiqatda bajarilgan qismidan olingan daromadlar summasi aks ettiriladi. Auditorlik xizmatini koʻrsatish toʻgʻrisidagi uzoq muddatli shartnomalarni bosqichma-bosqich bajarish jarayonida haqiqatda bajarilgan ishlar natijalari oʻrnatilgan tartibda tuzilgan shartnomaga muvofiq va bajarilgan ishlar (koʻrsatilgan xizmatlar) dalolatnomalariga asosan oraliq hisobotlar bilan rasmiylashtiriladi.
Ushbu satrda auditorlik xizmati buyurtmachisidan olingan boʻnaklar (oldindan toʻlovlar) summasi koʻrsatilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. 3-ustunda 12-satr 13 — 16-satrlar yigʻindisiga teng boʻlishi lozim.
19. 4-ustunda 12-satr 13 — 17-satrlar yigʻindisiga teng boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
20. 18-satrda:
3-ustunda auditorlik xizmati koʻrsatilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning umumiy sonidan (12-satrning 3-ustunidan) auditorlik xizmati koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomaga asosan Auditning xalqaro standartlari asosida auditorlik tekshiruvi oʻtkazilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar soni koʻrsatiladi;
4-ustunda auditorlik xizmatlarining umumiy summasidan (12-satrning 4-ustunidan) Auditning xalqaro standartlari boʻyicha oʻtkazilgan auditorlik tekshiruvlari boʻyicha xizmatlar summasi koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. “Koʻrsatilgan xizmatlar hajmi” bobining 5 va 6-ustunlarida tegishli satrlar boʻyicha oʻtgan yilning xuddi shunday koʻrsatkichlari aks ettiriladi.
V. Majburiy auditorlik tekshiruvlari oʻtkazilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar
22. “Majburiy auditorlik tekshiruvlari oʻtkazilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar” bobida majburiy auditorlik tekshiruvi oʻtkazilishi lozim boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning taqsimlanishini tavsiflovchi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
23. 19-satrda majburiy auditorlik tekshiruvlari oʻtkazilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning umumiy soni (3-ustun) va koʻrsatilgan xizmatlarning umumiy summasi (4-ustun) aks ettiriladi.
24. 3 va 4-ustunlarda 19-satr mos ravishda 20 — 27-satrlar yigʻindisiga teng boʻlishi lozim.
Ushbu satrlar Oʻzbekiston Respublikasi “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 149-modda) 10-moddasida belgilangan roʻyxatdan kelib chiqib majburiy auditorlik tekshiruvi oʻtkazilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar soni va xizmatlar summasini koʻrsatgan holda toʻldiriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
20-satrning 3 va 4-ustunlarida (21, 22, 23, 26, 27-satrlardan tashqari) mos ravishda aksiyadorlik jamiyatlari boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi koʻrsatiladi;
21-satrning 3 va 4-ustunlarida mos ravishda banklar va boshqa kredit tashkilotlari boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi koʻrsatiladi;
22-satrning 3 va 4-ustunlarida mos ravishda sugʻurta tashkilotlari boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi koʻrsatiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
23-satrning 3 va 4-ustunlarida mos ravishda investitsiya fondlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mablagʻlarini jamlab turuvchi boshqa fondlar hamda ularning investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilari boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi koʻrsatiladi;
24-satrning 3 va 4-ustunlarida mos ravishda manbalari yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari boʻlmish xayriya fondlari va boshqa ijtimoiy fondlar boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi koʻrsatiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
25-satrning 3 va 4-ustunlarida mos ravishda mablagʻlarining hosil boʻlish manbalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qilinadigan majburiy ajratmalar boʻlmish budjetdan tashqari fondlar boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi koʻrsatiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
26-satrning 3 va 4-ustunlarida (20, 21, 22, 23, 27-satrlardan tashqari) mos ravishda ustav fondida davlatga tegishli ulush boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar va davlat unitar korxonalari boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi koʻrsatiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
27-satrning 3 va 4-ustunlarida mos ravishda fond va tovar birjalari boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
VI. Auditorlik tekshiruvlari oʻtkazilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tarmoqlar boʻyicha taqsimlanishi
Keyingi tahrirga qarang.
25. “Auditorlik tekshiruvlari oʻtkazilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tarmoqlar boʻyicha taqsimlanishi” bobida hisobot davrida auditorlik tekshiruvlari oʻtkazilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyat turlari boʻyicha taqsimlanishini tavsiflovchi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
26. 28-satr boʻyicha:
3-ustunda majburiy va tashabbus tarzida oʻtkazilgan auditorlik tekshiruvlarining umumiy soni koʻrsatiladi;
4-ustunda majburiy va tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari boʻyicha auditorlik xizmatlarining umumiy summasi koʻrsatiladi;
5 va 6-ustunlarda mos ravishda majburiy auditorlik tekshiruvlari oʻtkazilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning soni va ushbu tekshiruvlar boʻyicha xizmatlar summasi koʻrsatiladi;
7 va 8-ustunlarda tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari oʻtkazilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning soni va ushbu tekshiruvlar boʻyicha xizmatlar summasi koʻrsatiladi;
28-satr tegishli ustunlar boʻyicha 29 — 37-satrlar yigʻindisiga teng boʻlishi lozim.
27. 29 — 37-satrlarda auditorlik tekshiruvlari oʻtkazilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning umumiy sonidan (28-satrning 3-ustunidan) faoliyat turlari boʻyicha taqsimlangan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning soni koʻrsatiladi.
Ushbu satrlarni toʻldirish uchun auditorlik tekshiruvi oʻtkazilgan har bir xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyatining faqat bir (asosiy) turiga qarab tanlab olinadi.
Auditorlik tekshiruvi oʻtkazilgan xoʻjalik yurituvchi subyektning asosiy faoliyat turi ushbu xoʻjalik yurituvchi subyektga berilgan Xalq xoʻjaligi tarmoqlarining umumdavlat tasnifi (XXTUT) kodi boʻyicha aniqlanadi:
29-satrning 5 va 6-ustunlarida asosiy faoliyat turi boʻyicha “Sanoat” (10000) boʻlimida (elektroenergetika bundan mustasno) XXTUT kodiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda oʻtkazilgan majburiy auditorlik tekshiruvlari boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi, 7 va 8-ustunlarda esa, xuddi shunday koʻrsatkichlar tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari boʻyicha mos ravishda koʻrsatiladi;
30-satrning 5 va 6-ustunlarida asosiy faoliyat turi boʻyicha “Yengil va oziq-ovqat sanoati” (17000, 18000) boʻlimida XXTUT kodiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda oʻtkazilgan majburiy auditorlik tekshiruvlari boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi, 7 va 8-ustunlarda esa, xuddi shunday koʻrsatkichlar tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari boʻyicha mos ravishda koʻrsatiladi;
31-satrning 5 va 6-ustunlarida asosiy faoliyat turi boʻyicha “Elektroenergetika” (11100) boʻlimida XXTUT kodiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda oʻtkazilgan majburiy auditorlik tekshiruvlari boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi, 7 va 8-ustunlarda esa, xuddi shunday koʻrsatkichlar tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari boʻyicha mos ravishda koʻrsatiladi;
32-satrning 5 va 6-ustunlarida asosiy faoliyat turi boʻyicha “Qurilish” (60000) boʻlimida XXTUT kodiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda oʻtkazilgan majburiy auditorlik tekshiruvlari boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi, 7 va 8-ustunlarda esa, xuddi shunday koʻrsatkichlar tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari boʻyicha mos ravishda koʻrsatiladi;
33-satrning 5 va 6-ustunlarida asosiy faoliyat turi boʻyicha “Transport va aloqa” (50000) boʻlimida XXTUT kodiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda oʻtkazilgan majburiy auditorlik tekshiruvlari boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi, 7 va 8-ustunlarda esa, xuddi shunday koʻrsatkichlar tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari boʻyicha mos ravishda koʻrsatiladi;
34-satrning 5 va 6-ustunlarida asosiy faoliyat turi boʻyicha “Qishloq xoʻjaligi, oʻrmon xoʻjaligi” (20000, 30000) boʻlimida XXTUT kodiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda oʻtkazilgan majburiy auditorlik tekshiruvlari boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi, 7 va 8-ustunlarda esa, xuddi shunday koʻrsatkichlar, tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari boʻyicha mos ravishda koʻrsatiladi;
35-satrning 5 va 6-ustunlarida asosiy faoliyat turi boʻyicha “Savdo va umumiy ovqatlanish” (70000) boʻlimida XXTUT kodiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda oʻtkazilgan majburiy auditorlik tekshiruvlari boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi, 7 va 8-ustunlarda esa, xuddi shunday koʻrsatkichlar tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari boʻyicha mos ravishda koʻrsatiladi;
36-satrning 5 va 6-ustunlarida asosiy faoliyat turi boʻyicha “Moliya, kredit, sugʻurta, pensiya taʼminoti” (96000) boʻlimida XXTUT kodiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda oʻtkazilgan majburiy auditorlik tekshiruvlari boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi, 7 va 8-ustunlarda esa, xuddi shunday koʻrsatkichlar tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari boʻyicha mos ravishda koʻrsatiladi;
37-satrning 5 va 6-ustunlarida asosiy faoliyat turi boʻyicha, 29 — 36-satrlarda qayd etilganlardan tashqari, boshqa tarmoqlarda XXTUT kodiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda oʻtkazilgan majburiy auditorlik tekshiruvlari boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi, 7 va 8-ustunlarda esa, xuddi shunday koʻrsatkichlar tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari boʻyicha mos ravishda koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
VII. Auditorlik xulosalari
28. “Auditorlik xulosalari” bobining 38 — 41-satrlarida oʻtkazilgan majburiy va tashabbus tarzida auditorlik tekshiruvlari natijalari boʻyicha hisobot yilida berilgan auditorlik xulosalari toʻgʻrisida maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Auditorlik xulosasida qayd etilgan sana auditorlik xulosasi berilgan sana hisoblanadi.
29. 38-satrning 3-ustunida berilgan auditorlik xulosalarining umumiy soni koʻrsatiladi. Ushbu auditorlik xulosalari soni quyidagilar boʻyicha taqsimlanadi:
majburiy auditorlik tekshiruvlari boʻyicha (39-satr);
tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari boʻyicha (40-satr).
30. 38-satr 39 va 40-satrlarning yigʻindisiga teng boʻlishi lozim.
31. 3-ustun maʼlumotlari 4 — 7-ustunlar boʻyicha auditorlik faoliyati standartlarida belgilangan auditorlik xulosalari turlari boʻyicha taqsimlanadi.
32. 41-satrda 38-satr maʼlumotlaridan hisobot yilida Auditning xalqaro standartlari asosida oʻtkazilgan auditorlik tekshiruvi natijalari boʻyicha berilgan auditorlik xulosalari turlari boʻyicha koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
VIII. Yakuniy qoida
33. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston auditorlar Palatasi, Oʻzbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy Assotsiatsiyasi va Oʻzbekiston buxgalterlar, auditorlar va konsultantlar Federatsiyasi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston auditorlar Palatasi raisi R. HAYDAROV
2013-yil 9-sentabr
Oʻzbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy Assotsiatsiyasi Kengashi raisi M. TULAXODJAYEVA
2013-yil 9-sentabr
Oʻzbekiston buxgalterlar, auditorlar va konsultantlar Federatsiyasi Boshqaruvi raisi N. IBRAGIMOV
2013-yil 9-sentabr,
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 41-son, 553-modda; 2015-y., 39-son, 514-modda; 2016-y., 44-son, 518-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2019-y., 10/19/2515-3/2886-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 27.04.2022-y., 10/22/2515-4/0360-son; 26.07.2023-y., 10/23/3448/0539-son; 21.07.2025-y., 10/25/2515-5/0636-son; 19.03.2026-y., 10/26/2515-6/0267-son)