1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.07.00 Auditorlik faoliyatining boshqa masalalari]
[TSZ:
1.Moliya / Auditorlik faoliyati]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida maʼlumot shakli va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 29-noyabrda 1744-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2013-yil 9-sentabrdagi 83-sonli “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumot shakli va uni toʻldirish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2515, 09.10.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 4-apreldagi PQ-615-sonli “Auditorlik tashkilotlarining faoliyatini yanada takomillashtirish va koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati uchun ularning javobgarligini oshirish toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 15-son, 155-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-noyabrdagi 553-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida maʼlumot” shakli 1-ilovaga muvofiq;
“Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida maʼlumot” shaklini toʻldirish boʻyicha qoidalar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 30-oktabr,
98-son
Moliya vazirining 2007-yil 30-oktabrdagi 98-sonli buyrugʻiga 1-ILOVA
“Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida maʼlumot” shakli 20___ yil ____________uchun
Auditorlik tashkilotining nomi
Pochta manzili
Litsenziya turi, raqami va berilgan sanasi
Ustav kapitali
Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami
Auditorlarning jamoat birlashmasida aʼzoligi
Telefon/faks, E-mail
I. Auditorlik tashkiloti rahbari
Koʻrsatkichlar nomi
Satr raqami
Rahbarning familiyasi, ismi va sharifi
01
Rahbarning lavozimga tayinlangan sanasi
02
Pasport maʼlumotlari va yashash joyi
03
Rahbarga berilgan auditor malaka sertifikatining raqami va sanasi
04
Malaka oshirish kursini oʻtgan joyi va sanasi
05
Rahbarning attestatsiyadan oʻtganligi
06
II. Tashkilot xodimlarining soni:
Koʻrsatkichlar nomi
Satr raqami
Hisobot sanasiga
1
2
3
Xodimlar soni — jami,
07
ulardan auditorlar
08
Shu jumladan:
a) shtatdagi auditorlar
09
b) fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar boʻyicha ishlayotgan auditorlar
10
Auditorlar toʻgʻrisida maʼlumot (shtatdagi va fuqarolik- huquqiy tusdagi shartnomalar boʻyicha jalb qilinganlar):
Auditorning familiyasi, ismi va sharifi
Lavozimga tayinlangan sana
Auditor malaka sertifikatining raqami va sanasi
Malaka oshirishdan oʻtgan sanasi va joyi
1
2
3
4
III. Koʻrsatilgan xizmatlar hajmi
Koʻrsatkichlar nomi
Satr raqami
Hisobot davrida
Oʻtgan yilning tegishli davrida
auditorlik xizmatlari koʻrsatilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar soni
xizmatlar summasi
auditorlik xizmatlari koʻrsatilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar soni
xizmatlar summasi
1
2
3
4
5
6
Auditorlik xizmatlari hajmi — jami,
11
shu jumladan:
a) majburiy auditorlik tekshiruvlari
12
b) tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari
13
v) professional xizmatlar
14
IV. Auditorlik tekshiruvlari oʻtkazilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar
Koʻrsatkichlar nomi
Satr raqami
Hisobot davrida
soni
xizmatlar summasi
1
2
3
4
Majburiy va tashabbus tarzida auditorlik tekshiruvlari oʻtkazilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar — jami,
15
shu jumladan, asosiy faoliyati boʻyicha xoʻjalik yurituvchi subyektlar quyidagi sohalarga taalluqliligi:
sanoat (yengil va oziq-ovqat sanoati, elektroenergetika bundan mustasno)
16
yengil va oziq-ovqat sanoati
17
elektroenergetika
18
qurilish
19
transport, aloqa
20
qishloq xoʻjaligi, oʻrmon xoʻjaligi
21
savdo va umumiy ovqatlanish
22
boshqalar
23
V. Auditorlik xulosalari boʻyicha maʼlumotlar
Koʻrsatkichlar nomi
Satr raqami
Hisobot davrida
jami
shu jumladan:
ijobiy xulosalar
salbiy xulosalar
auditorlik xulosasini tuzishdan bosh tortish
1
2
3
4
5
6
Berilgan auditorlik xulosalarining soni — jami,
24
shu jumladan:
majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtishi lozim boʻlgan korxonalar boʻyicha
Moliya vazirining 2007-yil 30-oktabrdagi 98-sonli buyrugʻiga 2-ILOVA
“Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida maʼlumot” shaklini toʻldirish boʻyicha
QOIDALAR
I. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 4-apreldagi PQ-615-sonli “Auditorlik tashkilotlarining faoliyatini yanada takomillashtirish va koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati uchun ularning javobgarligini oshirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 15-son, 155-modda) qaroriga muvofiq auditorlik tashkilotlari tomonidan auditorlik faoliyati toʻgʻrisida maʼlumotlarni (bundan keyingi oʻrinlarda — Maʼlumotlar) taqdim etish auditorlik faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlaridan biri hisoblanadi.
2. Maʼlumotlar qoʻlda yoki pochta orqali 1-iyul va 31-dekabr holatlariga koʻra belgilangan sanadan keyin 20 kundan kechikmagan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi. III, IV va V boblarning koʻrsatkichlari 31-dekabr holatiga yil boshidan buyon jamlangan holda toʻldiriladi.
3. Maʼlumotlarda barcha rekvizitlar, satrlar va ustunlar toʻldirilishi lozim. Auditorlik tashkilotida tegishli maʼlumotlar mavjud boʻlmaganligi sababli u yoki bu satr (ustun), toʻldirilmagan taqdirda, ushbu satr (ustun) chizib qoʻyiladi. Maʼlumotlardagi yozuvlar yozuv mashinkalari, mexanizatsiya vositalari yoki axborot texnologiyalari yordamida bajarilishi lozim.
4. Maʼlumotlarning manzil qismi quyidagi tartibda toʻldiriladi:
“Auditorlik tashkilotining nomi”da — belgilangan tartibda roʻyxatga olingan taʼsis hujjatlariga muvofiq auditorlik tashkilotining toʻliq nomi koʻrsatiladi;
“Pochta manzili”da — belgilangan tartibda roʻyxatga olingan taʼsis hujjatlariga muvofiq toʻliq pochta manzili (pochta indeksi bilan birgalikda) koʻrsatiladi;
“Litsenziyaning turi, raqami va berilgan sanasi”da — ruxsat etilgan auditorlik tekshiruvi turini qayd etgan holda olingan litsenziyaning sanasi va raqami koʻrsatiladi;
“Ustav kapitali”da — amalda shakllantirilgan ustav kapitalining summasi koʻrsatiladi;
“Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami”da — auditorlik tashkilotining identifikatsiya raqami koʻrsatiladi;
“Auditorlarning jamoat birlashmasida aʼzoligi”da — auditorlik tashkiloti aʼzo boʻlgan auditorlarning jamoat birlashmasi koʻrsatiladi;
“Telefon/faks, e-mail”ida auditorlik tashkilotining aloqa telefoni raqami, elektron pochtasi (e-mail)ning manzili koʻrsatiladi.
5. Auditorlik tashkiloti filiallarining faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar auditorlik tashkilotining Maʼlumotlariga kiritilishi lozim.
6. Maʼlumotlar rahbar tomonidan imzolanadi va auditorlik tashkilotining muhri bilan tasdiqlanadi.
7. Maʼlumotlarda boʻyab tuzatishlar va oʻchirib yozishlar boʻlmasligi lozim. Xatolar tuzatilgan taqdirda rahbar tomonidan tasdiqlangan tegishli izohlar beriladi.
8. Maʼlumotlarda qiymatda ifodalangan koʻrsatkichlar ming soʻmda, boshqa koʻrsatkichlar — birlikda keltiriladi.
9. Auditorlik tashkiloti amalda faoliyat koʻrsatgan vaqtdan qatʼi nazar, Maʼlumotlar har yarim yilda toʻldiriladi.
II. Auditorlik tashkiloti rahbari
10. “Auditorlik tashkiloti rahbari” bobida quyidagilar koʻrsatiladi:
rahbarning familiyasi, ismi va sharifi (toʻliq) (01 satr);
rahbarning lavozimga tayinlangan sanasi, tayinlash toʻgʻrisidagi buyruqning raqami va sanasi (02 satr);
pasport maʼlumotlari, yashash joyi (pasport boʻyicha) (03 satr);
auditor malaka sertifikatining raqami va berilgan sanasi (04 satr);
malaka oshirish kurslarini oʻtganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar: kurslarni oʻtgan sanasi, kurslarni oʻtagan oʻquv markazining nomi (05 satr);
attestatsiyadan oʻtgan sana (06 satr).
III. Tashkilot xodimlarining soni
11. 07 satrda hisobot sanasi holatiga auditorlik tashkilotida ishlayotgan xodimlarning umumiy soni koʻrsatiladi.
12. 08 satrda hisobot sanasi holatiga auditorlik tashkilotida ishlayotgan auditorlarning soni koʻrsatiladi. Qayd etilgan son shtatdagi auditorlar (09 satr) va fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarga (10 satr) asosan ishlayotgan auditorlar boʻyicha taqsimlanadi.
08 satr 09 va 10 satrlarning yigʻindisiga teng boʻlishi lozim.
13. “Auditorlar toʻgʻrisida maʼlumot (shtatdagi va fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar boʻyicha jalb qilinganlar)” jadvalida auditorning familiyasi, ismi va sharifi (1 ustun), uning lavozimga tayinlangan sanasi (2 ustun), malaka sertifikatining raqami va berilgan sanasi (3 ustun), auditor tomonidan malaka oshirilganligi sanasi va oʻtgan joyi (4 ustun) koʻrsatiladi.
Jadvalda koʻrsatilgan auditorlarning soni 08 satrda keltirilgan songa teng boʻlishi lozim.
IV. Koʻrsatilgan xizmatlar hajmi
14. 11 satrning 3 ustunida hisobot davri mobaynida auditorlik xizmatlari koʻrsatilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning umumiy soni, 4 ustunida — hisobot davri mobaynida koʻrsatilgan auditorlik xizmatlarining umumiy summasi koʻrsatiladi. 5 va 6 ustunlarda oʻtgan yilning tegishli davri boʻyicha xuddi shunday koʻrsatkichlar aks ettiriladi.
15. 12, 13 va 14 ustunlarda mos ravishda hisobot davrida oʻtkazilgan majburiy auditorlik tekshiruvlari, tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari va professional xizmatlar boʻyicha xoʻjalik yurituvchi subyektlar soni va xizmatlar summasi koʻrsatiladi.
16. 11 satr 12, 13 va 14 satrlarning yigʻindisiga teng boʻlishi lozim.
V. Auditorlik tekshiruvlari oʻtkazilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar
17. “Auditorlik tekshiruvlari oʻtkazilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar” bobida hisobot davri mobaynida tekshiruv oʻtkazilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyat turlari boʻyicha taqsimlanishini tavsiflaydigan maʼlumotlar koʻrsatiladi.
18. 15 satrda majburiy va tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari oʻtkazilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning umumiy soni keltiriladi.
15 satr 16 dan to 23 gacha boʻlgan satrlarning yigʻindisiga teng boʻlishi lozim.
19. 16—23 satrlarda auditorlik tekshiruvlari oʻtkazilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning umumiy sonidan (15 satr) faoliyat turlari boʻyicha taqsimlangan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning soni koʻrsatiladi.
Ushbu satrlarni toʻldirishda auditorlik tekshiruvi oʻtkazilgan har bir xoʻjalik yurituvchi subyekt uchun faoliyatning faqat bir (asosiy) turi tanlab olinadi.
Auditorlik tekshiruvi oʻtkazilgan xoʻjalik yurituvchi subyektning asosiy faoliyat turi ushbu xoʻjalik yurituvchi subyektga berilgan XXTUT kodi boʻyicha aniqlanadi:
a) 16 satrning 3 va 4 ustunlarida asosiy faoliyat turi boʻyicha “Sanoat” boʻlimida (10000) XXTUT kodiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga, yengil va oziq-ovqat sanoati, elektroenergetika bundan mustasno, mos ravishda, koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi koʻrsatiladi;
b) 17 satrning 3 va 4 ustunlarida asosiy faoliyat turi boʻyicha “Engil va oziq-ovqat sanoati” boʻlimida (17000, 18000) XXTUT kodiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga, mos ravishda, koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi koʻrsatiladi;
v) 18 satrning 3 va 4 ustunlarida asosiy faoliyat turi boʻyicha “Elektroenergetika” boʻlimida (11100) XXTUT kodiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga, mos ravishda, koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi koʻrsatiladi;
g) 19 satrning 3 va 4 ustunlarida asosiy faoliyat turi boʻyicha “Qurilish” boʻlimida (60000) XXTUT kodiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga, mos ravishda, koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi koʻrsatiladi;
d) 20 satrning 3 va 4 ustunlarida asosiy faoliyat turi boʻyicha “Transport, aloqa” boʻlimida (50000) XXTUT kodiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga, mos ravishda, koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi koʻrsatiladi;
e) 21 satrning 3 va 4 ustunlarida asosiy faoliyat turi boʻyicha “Qishloq xoʻjaligi, oʻrmon xoʻjaligi” boʻlimida (20000, 30000) XXTUT kodiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga, mos ravishda, koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi koʻrsatiladi;
j) 22 satrning 3 va 4 ustunlarida asosiy faoliyat turi boʻyicha “Savdo va umumiy ovqatlanish” boʻlimida (70000) XXTUT kodiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga, mos ravishda, koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi koʻrsatiladi;
z) 23 satrning 3 va 4 ustunlarida asosiy faoliyat turi boʻyicha boshqa boʻlimlar boʻyicha XXTUT kodiga ega boʻlgan, “a” — “j” quyi bandlarda qayd etilganlardan tashqari, xoʻjalik yurituvchi subyektlarga, mos ravishda, koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi koʻrsatiladi.
VI. Auditorlik xulosalari boʻyicha maʼlumotlar
20. 24 — 26 satrlarda oʻtkazilgan majburiy va tashabbus tarzida auditorlik tekshiruvlari natijalari boʻyicha hisobot davri mobaynida berilgan auditorlik xulosalari toʻgʻrisida maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Auditorlik tekshiruvini oʻtkazish uchun tuzilgan shartnomaning vaqtidan, shartnoma boʻyicha amalda bajarilgan ishning vaqtidan va bunday xizmatlar uchun haq toʻlangan vaqtdan qatʼi nazar, auditorlik xulosasida qayd etilgan sana auditorlik xulosasining berilgan sanasi hisoblanadi.
21. 24 satrning 3 ustunida berilgan auditorlik xulosalarining umumiy soni koʻrsatiladi. Ushbu auditorlik xulosalarning koʻrsatilgan soni quyidagilar boʻyicha taqsimlanadi:
a) majburiy auditorlik tekshiruvlari boʻyicha (25 satr);
b) tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari boʻyicha (26 satr).
22. 24 satr 25 va 26 satrlarning yigʻindisiga teng boʻlishi lozim.
23. Jadvalda 3 ustunning koʻrsatkichlari 4—6 ustunlar boʻyicha 70-sonli Auditorlik faoliyatining milliy standarti “Moliyaviy hisobot toʻgʻrisidagi auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi”da (2001-yil 10-mart, roʻyxat raqami 1016 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2001-yil, 5-son) koʻzda tutilgan auditorlik xulosalarining turlari boʻyicha taqsimlanadi.
VII. Yakuniy qoidalar
24. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston auditorlar palatasi va Oʻzbekiston Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston auditorlar Palatasi raisi R. XAYDAROV
Toshkent sh.,
2007-yil 29-oktabr
Oʻzbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi Kengashi raisi M. TOʻLAXOʻJAYEVA
Toshkent sh.,
2007-yil 29-oktabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 48-49-son, 493-modda)