1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.12.00 Boshqa obyektlar qurilishi;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.02.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish va nazorat qilish]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON SUV XOʻJALIGI QURILISHI DAVLAT KONSERNI (“OʻZSUVQURILISH”)NI TUGATISH TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1998 — 2000-yillarda qurilish sohasidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish Dasturiga muvofiq, shuningdek kapital qurilishda boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish, qurilishda boshqaruv tuzilmalarini monopoliyadan chiqarish va ixchamlashtirish, pudrat ishlari bozorini shakllantirish maqsadida:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.01.00 Umumiy qoidalar]
1. “Oʻzsuvqurilish” davlat konserni tarkibida boʻlgan korxonalar va tashkilotlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish boʻyicha maxsus komissiyaning Oʻzbekiston suv xoʻjaligi qurilishi davlat konserni (“Oʻzsuvqurilish”)ni tugatish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. “Oʻzsuvqurilish” davlat konserni tarkibida boʻlgan korxonalar va tashkilotlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish boʻyicha maxsus komissiya bir hafta muddatda hududlardagi suv xoʻjaligi qurilishi tashkilotlarining tarkibi va tuzilmasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib, bunda suv xoʻjaligi qurilishining sifatini oshirish zarurligini, ortiqcha boshqaruv boʻgʻinlarini qisqartirishni, kam quvvatli, zarar koʻrib ishlaydigan va past rentabelli qurilish tashkilotlari tugatilishini, ularning bundan buyon ham davlat tasarrufidan chiqarilishi va xususiylashtirilishini nazarda tutsin.
3. “Oʻzbekiston suv xoʻjaligi qurilishi davlat konserni (“Oʻzsuvqurilish”)ni tashkil qilish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 18-noyabrdagi PF-497-son Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda ushbu Farmonni amalga oshirish yuzasidan qaror qabul qilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 23-iyun,
PF-2645-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 183-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)