Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki BOshqaruvining
Qarori
Ulgurji savdo korxonalari tomonidan yagona soliq toʻlovini boʻnak toʻlovlarini hisobga olgan holda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 3-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2065-2]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 11-yanvardagi 4, 2018-83 va 315-V-5-sonli “Ulgurji savdo korxonalari tomonidan yagona soliq toʻlovini boʻnak toʻlovlarini hisobga olgan holda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2065-5, 21.01.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 7-yanvardagi 2, 2010-1, 39/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 2065, 2010-yil 14-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 1-2-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan Ulgurji savdo korxonalari tomonidan yagona soliq toʻlovini boʻnak toʻlovlarini hisobga olgan holda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 25-sentabr,
92-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 25-sentabr,
2013-42-son
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2013-yil 25-sentabr,
315-V-2-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 25-sentabrdagi 92, 2013-42, 315-V-2-son qaroriga ILOVA
Ulgurji savdo korxonalari tomonidan yagona soliq toʻlovini boʻnak toʻlovlarini hisobga olgan holda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartishlar va qoʻshimcha
“1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ–1245-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 560-modda) muvofiq 2010-yil 1-yanvardan ulgurji savdo korxonalari uchun oʻtkazilgan operatsiyalardan tushadigan tushum summasining 5 foizi miqdorida yagona soliq toʻlovi boʻyicha boʻnak toʻlovlarini toʻlash kiritildi, ushbu Nizomning 12-bandida belgilangan hollar bundan mustasno.”.
2. 12-bandning oʻn uchinchi xatboshisidagi “(roʻyxat raqami 615, 1999-yil 30-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-y., 1-son)” degan soʻzlar “(roʻyxat raqami 2342, 2012-yil 15-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 11-son, 127-modda)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 16-band “Taʼlim” degan soʻzdan keyin “va tibbiyot” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 40-son, 539-modda)