toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.02.1995
Hujjat 31.10.1994 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AHOLISIGA BERILADIGAN KOMPENSATSIYA TOʻLOVLARINI KOʻPAYTIRISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 7-fevraldagi PF-1080-son “Ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalarning miqdorlarini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Isteʼmol tovarlari va xizmatlarning bozor narxlarini shakllantirish sharoitlarida aholi turmush darajasini qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
1. 1994-yilning 1-noyabridan Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga berilayotgan amaldagi har oylik kompensatsiya toʻlovlari 1,5 baravar — 100 soʻmdan 150 soʻmgacha koʻpaytirilsin.
2. Koʻrsatilgan kompensatsiyalarni toʻlashning amaldagi tartibi va shartlari saqlanib qolinsin.
3. Belgilab qoʻyilsinki, xoʻjalik hisobidagi korxonalar va tashkilotlarga kompensatsiyalar miqdori (150 soʻm)ning 50 foizi respublika budjeti hisobidan qoplanadi, daromad soligʻi boʻyicha budjet bilan hisob-kitoblar chogʻida ana shu miqdor istisno qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi uch kun muddatda mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirishlarni kompensatsiyalar toʻlashning muvaqqat tartibiga kiritsin va ularni vazirliklar, idoralar, konsernlar, korporatsiyalar, uyushmalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga yetkazsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 31-avgustdagi PF-940-son Farmonining 1 va 6-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 31-oktabr,
PF-977-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 10-son, 279-modda, 11-12-son, 305-modda)