toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.02.1995
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AHOLISIGA BERILADIGAN KOMPENSATSIYA TOʻLOVLARINI KOʻPAYTIRISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 7-fevraldagi PF-1080-son “Ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalarning miqdorlarini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Isteʼmol tovarlari va xizmatlarning bozor narxlarini shakllantirish sharoitlarida aholi turmush darajasini qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
1. 1994-yilning 1-noyabridan Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga berilayotgan amaldagi har oylik kompensatsiya toʻlovlari 1,5 baravar — 100 soʻmdan 150 soʻmgacha koʻpaytirilsin.
2. Koʻrsatilgan kompensatsiyalarni toʻlashning amaldagi tartibi va shartlari saqlanib qolinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining1994-yil 30-noyabrdagi PF-1014-son Farmoniga muvofiq 1995-yil 1-yanvardan eʼtiboran oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 11-12-son, 305-modda)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi uch kun muddatda mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirishlarni kompensatsiyalar toʻlashning muvaqqat tartibiga kiritsin va ularni vazirliklar, idoralar, konsernlar, korporatsiyalar, uyushmalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga yetkazsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 31-avgustdagi PF-940-son Farmonining 1 va 6-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 31-oktabr,
PF-977-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 10-son, 279-modda, 11-12-son, 305-modda)