1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining Toshkent ixtisoslashtirilgan sanoat kasb-hunar kollejiga va Samarqand ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejiga 2013-2014 oʻquv yilidan boshlab imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kolleji maqomini berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Toshkent ixtisoslashtirilgan sanoat kasb-hunar kollejiga va Samarqand ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejiga imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlar uchun qonunchilikda nazarda tutilgan faoliyatni, oʻquv-tarbiya va reabilitatsiya jarayonini tashkil qilish, moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminot shart-sharoitlari tatbiq etilsin.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi:
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda Toshkent va Samarqand ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlarida oʻquv-tarbiya va reabilitatsiya jarayoni tashkil etilishini taʼminlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida har yili Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markaziga nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida Toshkent va Samarqand ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirsin;
Toshkent va Samarqand ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlarining shtatlar jadvallarini shakllantirishda va ovqatlantirishni tashkil etishda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari uchun qoʻllaniladigan namunaviy shtatlariga va oziq-ovqat mahsulotlari normalariga amal qilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Toshkent shahri va Samarqand viloyati hokimliklari Toshkent va Samarqand ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlarining xarajatlar smetalarida ushbu qaror talablarini hisobga olgan holda zarur budjet mablagʻlarini nazarda tutsinlar.
4. Toshkent shahri va Samarqand viloyati hokimliklari koʻrsatib oʻtilgan kasb-hunar kollejlar oshxonalarini ularda issiq ovqat tashkil etish uchun kengaytirish va savdo-texnik asbob-uskunalar bilan taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
5. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 17-maydagi 100-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 5-son, 28-modda) bilan tasdiqlangan Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari toʻgʻrisidagi Nizomgailovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 6-sentabr,
243-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 6-sentabrdagi 243-son qaroriga ILOVA
Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari toʻgʻrisidagi Nizomga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirish
1. 4-bandga “jismoniy” soʻzidan keyin “va aqliy” soʻzlari qoʻshilsin.
“10. Kollejga oʻquvchilar jinsi, tili, yoshi, irqi, millati, diniy mansubligi, ijtimoiy kelib chiqishi, mashgʻulotining turi, ijtimoiy mavqeyi, yashash joyi va Oʻzbekiston Respublikasi hududida qancha muddat yashaganligidan qatʼi nazar, quyidagi tartibda qabul qilinadilar:
nogiron boʻlgan oʻquvchilar — mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hududiy bosh boshqarmalarining yoʻllanmasi boʻyicha;
“yengil darajada aqliy zaif” tashxisi qoʻyilgan oʻquvchilar — xalq taʼlimi hududiy organlari huzuridagi psixologik-tibbiyot-pedagogik komissiya yoʻllanmasi boʻyicha”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 37-son, 484-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)