1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
Janubiy Kemachi neft-gaz kondensati konidan suyuq uglevodorodlarni maksimal darajada ajratib olishni yanada taʼminlash hisobiga uglevodorod xomashyosi ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.10.00 Yoqilgʻi sanoati (neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoati, gaz va koʻmir sanoati)]
1. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi quyidagilarni nazarda tutuvchi “Janubiy Kemachi konini obod qilishni yakunlash” investitsiya loyihasini bosqichma-bosqich amalga oshirayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
I bosqichda (qurilish muddati — 2016-yil) kapital qoʻyilmalar hajmi 359 322,84 ming AQSH dollariga teng boʻlgan gazni qazib olish, tashish, tayyorlash va “saykling-jarayon” qatlamiga qayta haydash obyektlarini qurish;
investitsiya loyihasining II bosqichi doirasida 37 ta foydalanish qudugʻi va siquv kompressor stansiyasini qurish.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.05 Chet el kreditlari va zayomlari. Xorijiy valyutada kreditlar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.10.00 Yoqilgʻi sanoati (neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoati, gaz va koʻmir sanoati)]
2. Quyidagilar “Janubiy Kemachi konini obod qilishni yakunlash” investitsiya loyihasining I bosqichini amalga oshirishni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
“Oʻzbekneftgaz” MXKning 326 307,66 ming AQSH dollariga teng miqdordagi oʻz mablagʻlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining “Oʻzsanoatqurilishbank” ochiq aksiyadorlik tijorat banki orqali qayta moliyalashtiriladigan import asbob-uskunalar va materiallar sotib olish uchun ajratiladigan 33 015,18 ming AQSH dollariga teng miqdordagi krediti 7 yil muddatga, shu jumladan 2 yil imtiyozli davr bilan, yillik 4,0 foiz stavkasi bilan, shu jumladan qayta moliyalashtiruvchi bankning yillik 1,0 foiz miqdoridagi marjasi bilan.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.04.00 Bank kreditlarining qaytarilishini taʼminlash]
3. Belgilab qoʻyilsinki:
“Oʻzbekneftgaz” MXK qarz oluvchi va koʻrsatib oʻtilgan investitsiya loyihasini amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining ajratiladigan kreditidan maqsadli va samarali foydalanish uchun masʼul boʻlgan ijro etuvchi organ hisoblanadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditini qaytarish va unga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar “Oʻzbekneftgaz” MXKning oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.04.00 Bank kreditlarining qaytarilishini taʼminlash;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
4. Quyidagilar:
“Janubiy Kemachi konini obod qilishni yakunlash” investitsiya loyihasining (I bosqich) asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari bilan birgalikdagi texnik-iqtisodiy asoslanishi 1-ilovaga* muvofiq;
“Janubiy Kemachi konini obod qilishni yakunlash” investitsiya loyihasi (I bosqich) boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditini soʻndirishning prognoz jadvali 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1- va 2-ilovalar berilmaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.10.00 Yoqilgʻi sanoati (neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoati, gaz va koʻmir sanoati);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.04.00 Kapital qurilishni loyihalashtirish]
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi belgilangan tartibda loyiha hujjatlarining davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlasin va “Janubiy Kemachi konini obod qilishni yakunlash” investitsiya loyihasini (I bosqich) amalga oshirish doirasida qurilish-montaj ishlarining bajarilishi sifati ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV