Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2005-yil hosili uchun shudgorlash oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining shudgorlash hajmi va muddatlari boʻyicha kelishilgan takliflari
ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda “Oʻzagromashservis” uyushmasi rahbarlari zimmasiga shudgorlash oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazilishi, hisobot buzilishi holatlariga yoʻl qoʻyilmasligi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi shudgorlash ilovaga muvofiq oʻtkazilishi ustidan nazorat oʻrnatsin, aybdor shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qatʼiy javobgarlik choralarini koʻrsin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagromashservis” uyushmasi, “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi bilan birgalikda:
shudgorlash uchun sanoat korxonalari, qurilish tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning haydov traktorlarini shartnoma asosida jalb etsinlar;
mashina-traktor parklarining buyurtmanomalari boʻyicha haydov agregatlariga ehtiyot qismlar tayyorlash va yetkazib berishni yoʻlga qoʻysinlar, koʻchma taʼmirlash brigadalarini tashkil etsinlar;
mintaqalarning tuproq sharoitlarini hisobga olgan holda tuproqni chuqur yumshatish texnologiyasini keng qoʻllasinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagromashservis” uyushmasi, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi shudgorlash sifati ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsinlar, shudgorlashning chuqurligi va bir tekisligiga, shudgorlashdan oldin fosforli, kaliyli va organik oʻgʻitlar solinishiga asosiy eʼtiborni qaratsinlar.
4. “Oʻzkimyosanoat” kompaniyasi, “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari tuzilgan shartnomalarga muvofiq shudgorlash davrida foydalanish uchun respublikaning barcha mintaqalariga fosforli va kaliyli oʻgʻitlar bir tekis yetkazib berilishini, shu jumladan 2004-yilning noyabr-dekabr oylarida — 23 ming tonna fosforli va 6 ming tonna kaliyli oʻgʻitlar yetkazib berilishini taʼminlaydigan chora-tadbirlar koʻrsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.