1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.02.00 Shaharsozlik va arxitektura sohasini boshqarish. Arxitektura va shaharsozlik faoliyati sohasini litsenziyalash]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Arxitektorlar uyushmasining faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Arxitektorlar uyushmasi faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar]
1. Oʻzbekiston Arxitektorlar uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi va “Konstant Investments” masʼuliyati cheklangan jamiyatning:
“Konstant Investments” masʼuliyati cheklangan jamiyat balansidagi Toshkent shahar, Uchtepa tumani, 24-mavze manzilida joylashgan va mukammal taʼmirlangan binoni tegishli hududi bilan Oʻzbekiston Arxitektorlar uyushmasi balansiga davlat mulki sifatida tasarruf etish huquqisiz oʻtkazish;
Oʻzbekiston Arxitektorlar uyushmasi balansidagi Toshkent shahar, M-l, Mustaqillik shoh koʻchasi, 7-uy manzilida joylashgan bino qismini mazkur bandning ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan bino evaziga “Konstant Investments” masʼuliyati cheklangan jamiyat balansiga mulk huquqi bilan topshirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
2. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.02.00 Shaharsozlik va arxitektura sohasini boshqarish. Arxitektura va shaharsozlik faoliyati sohasini litsenziyalash]
Oʻzbekiston Arxitektorlar uyushmasi tomonidan Toshkent shahar, M-l, Mustaqillik shoh koʻchasi, 7-uy manzilida joylashgan bino qismining va “Konstant Investments” masʼuliyati cheklangan jamiyat tomonidan Toshkent shahar, Uchtepa tumani, 24-mavzedagi binoning tegishli hududi bilan bozor bahosi qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi;
“Konstant Investments” masʼuliyati cheklangan jamiyat mulkining bahosi unga berilayotgan bino qismi bahosidan yuqori boʻlgan taqdirda ular oʻrtasidagi tafovut ushbu jamiyatning taklifiga koʻra qoplanmaydi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.02.00 Shaharsozlik va arxitektura sohasini boshqarish. Arxitektura va shaharsozlik faoliyati sohasini litsenziyalash]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Oʻzbekiston Arxitektorlar uyushmasi va “Konstant Investments” masʼuliyati cheklangan jamiyat uch tomonlama shartnomaga asosan mazkur qarorning 1-bandida koʻrsatilgan binolarni tegishli hududi bilan birga topshirish va qabul qilish hamda binolar boʻyicha huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish ishlarining belgilangan tartibda amalga oshirilishini taʼminlasinlar.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Arxitektorlar uyushmasining faoliyatini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 1998-yil 16-iyundagi 254-son qarori 3-bandining toʻrtinchi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Xoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV