1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.06 Ona va bola salomatligini muhofaza qilish;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Vazirlar Mahkamasining “Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2012-yil 28-iyundagi 185-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi tuzilmasini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2012-yil 28-iyundagi 185-son qarorigailovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 30-iyul,
212-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 30-iyuldagi 212-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2012-yil 28-iyundagi 185-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
“Axborot-konsalting xizmati xodimlari sonini psixologlar, vrachlar, ijtimoiy va boshqa xodimlar qoʻshimcha lavozimlarini kiritgan holda 56 nafargacha koʻpaytirish”.