1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.08.00.00 Oila, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Nikoh va oila. Fuqarolik holati dalolatnomalari;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining ijtimoiy nochor guruhlarga kiradigan bolalarga va ularning oilalariga, shuningdek iqtidorli bolalarga ijtimoiy-pedagogik, huquqiy hamda axborot-taʼlim yordami koʻrsatish boʻyicha faoliyatini yanada rivojlantirish va kengaytirishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.05.00.00 Aholi / 19.05.09.00 Inson huquqlarini xalqaro himoya qilish (qiynashni taqiqlash. Diskriminatsiya. Bolalar huquqini himoya qilish. Ayollar huquqini himoya qilish)]
1. Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin, uning xodimlari cheklangan soni 133 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 50 nafar etib belgilansin, bunda quyidagilar nazarda tutilsin:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-iyuldagi 495-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 665-modda)
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.08.00.00 Oila, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash]
Markaz tuzilmasida shtatdagi xodimlari soni 4 nafardan iborat boʻlgan alohida iqtidorli bolalarning muammolarini oʻrganish, ularning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda iqtidorli va talantli bolalarga psixologik-pedagogik yordam koʻrsatishni taʼminlash boʻlimini tashkil etish;
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.01.00 Umumiy qoidalar. Mehnat qonunchilik hujjatlarining amal qilish doirasi]
Axborot-konsalting xizmati xodimlari sonini psixologlar, vrachlar, ijtimoiy va boshqa xodimlar qoʻshimcha lavozimlarini kiritgan holda 56 nafargacha koʻpaytirish.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 30-iyuldagi 212-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 31-son, 408-modda)
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.02.00 Davlat muassasalarida (internatlar va qariyalar hamda nogironlar uylari) ijtimoiy xizmat koʻrsatish]
jismoniy imkoniyatlari cheklangan bolalarni reabilitatsiya qilish uchun davolash-jismoniy tarbiya zaliga ega boʻlgan maxsus havzadan foydalanishni boshlash muddatlari bilan bogʻliq holda xodimlarning qoʻshimcha sonini joriy etish.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.02.00 Mehnat sohasidagi boshqaruv]
2. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.09.00 Maʼlum bir mutaxassislik boʻyicha xodimlarga qoʻyiladigan talablar. Kvalifikatsiya tavsiflari]
Markazni zamonaviy fikrlaydigan, yuqori malakaga, kasbiy mahoratga ega boʻlgan va masʼuliyatni chuqur his qiladigan, bolalarga ijtimoiy-pedagogik, huquqiy va axborot-taʼlim yordami koʻrsatish sohasida tegishli tajribasi boʻlgan xodimlar bilan taʼminlash boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrsin;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.06.00 Alohida toifadagi xodimlarning ish haqi]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, yangidan joriy etilgan lavozimlarni va xodimlarning alohida toifalarini qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirishni, shuningdek boshqaruv xodimlari uchun amaldagi ustama haqlarning saqlab qolinishini hisobga olgan holda Markaz xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha razryadlarni ikki hafta muddatda qayta tasdiqlasin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
3. Markaz xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish komissiyasining tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*2-ilova berilmaydi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.02.00 Mehnat sohasidagi boshqaruv]
Markaz xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish komissiyasi:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
ikki hafta muddatda Markazning attestatsiyadan oʻtkazilishi kerak boʻlgan xodimlari roʻyxatini aniqlasin, attestatsiyani oʻtkazish jadvalini tasdiqlasin hamda xodimlarni oʻtkaziladigan attestatsiya toʻgʻrisida belgilangan tartibda va muddatlarda xabardor qilsin;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.09.00 Maʼlum bir mutaxassislik boʻyicha xodimlarga qoʻyiladigan talablar. Kvalifikatsiya tavsiflari]
ikki oy muddatda attestatsiyaning yuqori talabchanlik, qatʼiyatlilik va Markaz xodimlarini xolisona baholash vaziyatida oʻtkazilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.02.00.00 Moliya va iqtisod sohasidagi boshqaruv]
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish]
joriy yilda Markaz xodimlari sonining koʻpayganligi bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlar uchun zarur budjet mablagʻlari ajratsin, 2013-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida ushbu xarajatlarni qoplashga mablagʻlarni nazarda tutsin;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.06.00 Ijtimoiy va boshqa sohalarni moliyalashtirish]
Markazga 5 ta avtotransport vositasi, shu jumladan 3 ta yengil transport vositasi saqlash uchun limitlar ajratsin.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.06.00 Moliyalashtirishning boshqa manbalari]
5. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-sentabrdagi 267-son qarorida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish doirasida 2012-yilda Markazning moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish uchun 3-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha xoʻjalik yurituvchi subyektlar va tashkilotlar tomonidan 1407,0 mln soʻm miqdorida qoʻshimcha ravishda ixtiyoriy xayriya yordami koʻrsatilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
6. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.03.00 Budjetlarni balanslashtirish]
Fargʻona viloyati hokimligi va Markazning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan kelishilgan Fargʻona shahri, Obod koʻchasi, 3-uyda joylashgan binoni unga Markazning Fargʻona mintaqaviy filialini joylashtirish uchun Fargʻona shahri hokimligi balansidan Markaz balansiga tasarruf etish huquqisiz bepul oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.06.00 Moliyalashtirishning boshqa manbalari]
4-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha xoʻjalik yurituvchi subyektlar va tashkilotlarning ular tomonidan Markazning Fargʻona mintaqaviy filiali uchun binoni mukammal rekonstruksiya qilish maqsadi uchun ixtiyoriy xayriya yordami koʻrsatilishi toʻgʻrisidagi tashabbusi maʼqullansin.
7. Fargʻona viloyati hokimligi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.02.00 Hokimni tayinlash va tasdiqlash. Vakolatlari]
Fargʻona shahri hokimligi va Markaz bilan birgalikda ushbu qarorning 6-bandida koʻrsatilgan binoni balansdan balansga berish — qabul qilib olishni amalga oshirsin, binoning saqlanishini va undan qatʼiy belgilangan maqsadda foydalanilishini taʼminlasin;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash]
Markazning Fargʻona mintaqaviy filiali binosini mukammal rekonstruksiya qilishga ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini va binoning 2012-yil 1-sentabrda foydalanishga topshirilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
8. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Markazning Axborot-konsalting xizmati uchun tibbiy faoliyatni amalga oshirish huquqiga belgilangan tartibda litsenziya bersin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 7-sentabrdagi 419-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 9-son, 91-modda) 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 28-iyun,
185-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-iyundagi 185-son qaroriga 1-ILOVA
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining
TUZILMASI
Xodimlarning cheklangan soni — 109 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni — 50 nafar.
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-yanvardagi 11-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2020-y., 09/20/11/0032-son)
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-iyundagi 185-son qaroriga 3-ILOVA
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish uchun 2012-yilda qoʻshimcha xayriya yordami koʻrsatadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar va tashkilotlar roʻyxati
(mln soʻm)
T/r
Tashkilotlar nomi
Xayriya yordami miqdori
1.
“Oʻzbekneftgaz” MXK
215,0
2.
Navoiy KMK
200,0
3.
Olmaliq KMK
180,0
4.
“Oʻzmetkombinat” OAJ
180,0
5.
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK
180,0
6.
“Oʻzbektelekom” AK
165,0
7.
“Oʻzneftmahsulot” AK
165,0
8.
“Oʻzavtosanoat” AK
122,0
Jami:
1407,0
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-iyundagi 185-son qaroriga 4-ILOVA
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining Fargʻona mintaqaviy filiali binosini mukammal rekonstruksiya qilish uchun 2012-yilda xayriya yordami koʻrsatadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar va tashkilotlar roʻyxati
(mln soʻm)
T/r
Tashkilotlar nomi
Xayriya yordami miqdori
1.
“Oʻzavtosanoat” AK
300,0
2.
“Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi” shuʼba unitar korxonasi
300,0
3.
“Fargʻonaazot” OAJ
200,0
4.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki
225,0
5.
“Asaka” davlat-aksiyadorlik tijorat banki
200,0
6.
“Oʻzsanoatqurilishbank” ochiq aksiyadorlik tijorat banki
200,0
Jami:
1425,0
Izoh: Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining Fargʻona mintaqaviy filialini jihozlash Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining belgilangan tartibda ajratiladigan mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-iyundagi 185-son qaroriga 5-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 7-sentabrdagi 419-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2-bandning birinchi xatboshidagi “uning xodimlarining cheklangan soni 69, shu jumladan boshqaruv xodimlari 40 nafar etib belgilansin” soʻzlari chiqarib tashlansin.
“1. Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) jismoniy imkoniyatlari cheklangan (nogironlar, jismoniy nuqsoni boʻlgan hamda asab va ruhiyati buzilgan bolalar, surunkali ogʻir kasalliklardan azob chekuvchi bolalar), ijtimoiy va huquqiy jihatdan xatarli guruhlarga kiradigan bolalarni (yetimlar, ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar qarovisiz qolgan bolalar, notinch oilalar bolalari), shuningdek ijtimoiy moslashuvda qiyinchilikka ega boʻlgan, biroq xatarli guruhlarga kirmaydigan alohida iqtidorli bolalarni (umumiy maxsus qobiliyatli bolalarni, xususan: sportga, badiiy, ilmiy va boshqa qobiliyatlarga ega boʻlgan bolalarni) (keyingi oʻrinlarda bolalar deb ataladi) ijtimoiy moslashtirish muammolarini oʻrganuvchi mustaqil tashkilot hisoblanadi.”;
b) 7 va 8-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“7. Markaz qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan oʻz filiallariga ega boʻlishi mumkin, ular oʻz faoliyatini ushbu Ustav va Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadigan ular toʻgʻrisidagi nizomlar asosida amalga oshiradilar.
8. Bolalarning toʻlaqonli ijtimoiy-tibbiy moslashuvini hal etishga va taʼminlashga koʻmaklashish Markaz faoliyatining maqsadi hisoblanadi.”;
ikkinchi xatboshidagi “jismoniy imkoniyatlari cheklangan bolalar (nogironlar, jismoniy nuqsoni boʻlgan hamda asab va ruhiyati buzilgan bolalar, surunkali ogʻir kasalliklardan azob chekuvchi bolalar) hamda ijtimoiy va huquqiy jihatdan xatarli guruhlarga kiradigan bolalarning (yetimlar, ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosadigan shaxslarning qarovisiz qolgan bolalar, notinch oilalarning bolalari)” soʻzlari “bolalar” soʻzi bilan almashtirilsin;
toʻrtinchixat boshidagi “imkoniyatlari cheklangan, ijtimoiy va huquqiy jihatdan xatarli guruhlarga kiradigan bolalar” soʻzlari “bolalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
sakkizinchixat boshidagi “jismoniy imkoniyatlari cheklangan, ijtimoiy va huquqiy jihatdan xatarli guruhlarga kiradigan bolalarga” soʻzlari “bolalarga” soʻzi bilan almashtirilsin;
g) 10-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “asab va ruhiyati buzilgan, jismoniy nuqsoni boʻlgan, nogiron va surunkali ogʻir kasalliklarga chalingan bolalarning, shuningdek yetim bolalar, ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar qarovisiz qolgan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Jismoniy imkoniyatlari cheklangan bolalar muammolarini oʻrganish boʻlimi;
Ota-onalari qarovisiz qolgan bolalar muammolarini oʻrganish boʻlimi;
Ijtimoiy va huquqiy jihatdan xatarli guruhlarga kiradigan bolalar muammolarini oʻrganish boʻlimi;
Bolalarning huquqiy muammolarini oʻrganish boʻlimi;
Ijtimoiy ishlar boʻlimi;
Alohida iqtidorli bolalar muammolarini oʻrganish boʻlimi;
Axborot-konsalting xizmati;
“Bola va Zamon” jurnali tahririyati;
Xoʻjalik taʼminoti boʻlimi;
Buxgalteriya;
Yuridik maslahatchi.
Markaz oldida turgan vazifalarni samarali bajarish maqsadida bolalarni ijtimoiy moslashtirishning dolzarb muammolari boʻyicha belgilangan tartibda boshqa tarkibiy boʻlinmalar ham tashkil etilishi mumkin”.