1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.13.00 Yoqilgʻi va energetika masalalari boʻyicha xalqaro hamkorlik]
[TSZ:
1.Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Umumiy masalalar]
Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Respublika sanoat tarmoqlarida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, sanoat korxonalarining energiya samaradorligi va moliyaviy barqarorligini oshirishga koʻmaklashish, energiyani tejaydigan asbob-uskunalar va texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish, shuningdek Jahon banki bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash]
Jahon banki Direktorlar kengashi tomonidan “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga Xalqaro taraqqiyot asotsiatsiyasining (XTA) 16,5 mln. maxsus qarz olish huquqi (25,0 mln. dollar ekvivalentida) miqdorida 10 yillik imtiyozli davr bilan 35 yil muddatga imtiyozli kredit berilishi maʼqullanganligi;
loyihani amalga oshirish davri 5 yil (2011 — 2015-yillar) etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.01.00 Umumiy masalalar]
XTU krediti mablagʻlarining 24 mln AQSH dollari miqdoridagi qismi loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi tijorat banklari — “Oʻzsanoatqurilishbank” OATB, “Asaka” DATB va “Hamkorbank” OATBga — sanoat korxonalarining energiya samarador asbob-uskunalarni xarid qilish va energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish boʻyicha investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun 8 mln AQSH dollari miqdoridan revolver kredit liniyasi shaklida qayta moliyalashtiriladi;
bitta investitsiya loyihasi boʻyicha XTU kreditining eng koʻp summasi subqarz oluvchi korxonaning ustav fondida davlat ishtirokining ulushi cheklanmagan holda 3,0 mln AQSH dollarini tashkil etadi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
XTA krediti mablagʻlarining 1 mln AQSH dollari miqdoridagi qismi loyihaning amalga oshirilishini umumiy muvofiqlashtirish va monitoring qilish, sanoatda energiya samaradorligi konsepsiyasini ishlab chiqish, energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan investitsiya loyihalarini tanlash va amalga oshirishga zamonaviy yondashuvlar asosida energiyani tejaydigan ilgʻor texnologiyalarni joriy etish masalalari boʻyicha sanoat korxonalari va tarmoqlari mutaxassislarining malakasini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishga yoʻnaltiriladi.
3. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi koʻrsatib oʻtilgan loyihani umumiy muvofiqlashtirish va uning “Energiya samaradorligi sohasidagi salohiyatni oshirish va loyihani boshqarish” komponentini amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan ijro etuvchi organ etib belgilansin;
loyihada ishtirok etayotgan “Oʻzsanoatqurilishbank” OATB, “Asaka” DATB va “Hamkorbank” OATB — “Ishtirok etuvchi tijorat banklari uchun kredit liniyasi” komponentini amalga oshirish boʻyicha ijro etuvchi organlar boʻlib, ularga XTU kreditining ular tomonidan qayta moliyalashtiriladigan qismidan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun masʼuliyat yuklansin.
4. “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasi doirasida XTA krediti mablagʻlarini oʻzlashtirish reja jadvali 1-ilovaga muvofiq;
XTA kreditini qaytarish va kredit boʻyicha komissiya toʻlovlarini toʻlash reja jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.04.00 Bank kreditlarining qaytarilishini taʼminlash]
Belgilansinki, XTA kreditini qaytarish, qayta moliyalashtiriladigan kredit summasi shuningdek, kreditlar boʻyicha komissiyalarni toʻlash loyihada ishtirok etuvchi tijorat banklari mablagʻlari hisobidan, “Energiya samaradorligi sohasida salohiyatni oshirish va loyihani boshqarish” komponenti boʻyicha davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
5. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi nomidan:
XTA bilan moliyalashtirish toʻgʻrisidagi bitimni imzolash;
XTA krediti mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi tijorat banklari — “Oʻzsanoatqurilishbank” OATB, “Asaka” DATB va “Hamkorbank” OATB bilan qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimni imzolash vakolatlari beriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.03.00 Tijorat banklarining kreditlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi va XTA oʻrtasidagi moliyalashtirish toʻgʻrisidagi bitim, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi tijorat banklari oʻrtasidagi qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimlar boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
6. “Oʻzsanoatqurilishbank” OATB, “Asaka” DATB va “Hamkor bank” OATB XTA bilan loyiha bitimlarini imzolasinlar va loyiha bitimlari shartlariga muvofiq loyihani bajarish boʻyicha majburiyatlarni oʻz zimmalariga olsinlar.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bir oy muddatda:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.03.00 Tijorat banklarining kreditlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi tijorat banklari bilan birgalikda kreditlar berish tartibini, subloyihalarni tanlash va baholash mezonlarini, shuningdek, moliyaviy boshqaruv, xaridlar, loyihani amalga oshirish jarayonini monitoring qilish va baholash tartib-taomillarini belgilovchi loyiha boʻyicha operatsion qoʻllanmani ishlab chiqish va Jahon banki bilan kelishishni taʼminlasin.
shtatlar jadvali va har yilgi moliyalashtirish smetalarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan majburiy ravishda kelishgan holda loyihani muvofiqlashtirish boʻyicha guruhni belgilangan tartibda tashkil etishni taʼminlasin.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish]
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Iqtisodiyot vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Iqtisodiyot vazirligining buyurtmanomalariga binoan loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar berilishi va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilishini, vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini va ularni davlat bojlari toʻlashdan ozod qilinishi taʼminlasin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 25-iyul,
211-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-iyuldagi 211-son qaroriga 1-ILOVA
“Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasi doirasida XTA krediti mablagʻlarini oʻzlashtirish
REJA JADVALI
(mln. AQSH dollari)
T/r
Komponentning nomi
2011-yil
2012-yil
2013-yil
2014-yil
2015-yil
Jami
1.
Energiya samaradorligi sohasida salohiyatni oshirish va loyihani boshqarish
0,26
0,25
0,2
0,2
0,09
1,0
2.
Ishtirok etuvchi tijorat banklari uchun kredit liniyasi,
shu jumladan:
8,0
9,0
7,0
-
-
24,0
2.1
“Oʻzsanoatqurilishbank” OATB
2,5
3,0
2,5
8,0
2.2.
“Asaka” DATB
2,0
3,0
3,0
8,0
2.3.
“Hamkorbank” OATB
3,5
3,0
1,5
8,0
Jami
8,26
9,25
7,2
0,2
0,09
25,0
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-iyuldagi 211-son qaroriga 2-ILOVA
XTU kreditini qaytarish va kredit boʻyicha komissiya toʻlovlarini toʻlash