toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Toshkent shahri aholisining uy-joy-kommunal shart-sharoitlarini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Toshkent shahri aholisining uy-joy-kommunal shart-sharoitlarini yaxshilash ishlarini izchil amalga oshirish, koʻp kvartirali uylarning umumiy foydalaniladigan joylari, muhandislik kommunikatsiyalarini taʼmirlash hamda ularning hududlarini obodonlashtirish, kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek Toshkent shahar hokimligining munitsipal mulk obyektlaridan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent shahar hokimligining:
1-ilovaga muvofiq foydalanilmayotgan va davlat mulkiga tegishli boʻlgan yotoqxona binolarini Toshkent shahar hokimligining Binolardan foydalanish departamentiga bepul berish;
2-ilovaga muvofiq munitsipal mulk obyektlarini sotish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
2. Mazkur qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan obyektlarning balansda saqlovchilari ushbu obyektlarni tegishli hududlari bilan birgalikda bepul topshirsinlar, Toshkent shahar hokimligining Binolardan foydalanish departamentiga obyektlarni qabul qilib olsin hamda ulardan samarali foydalanilishini taʼminlasin.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
1-ilovada koʻrsatilgan obyektlardan yetim va boquvchisini yoʻqotgan “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilarini, turar joylari buzilayotgan hamda turar joyga muhtoj fuqarolarni uy-joy bilan taʼminlash maqsadida foydalaniladi;
2-ilovada koʻrsatilgan munitsipal mulk obyektlarini ochiq savdolarga qoʻyish Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi. Ularni sotishdan tushadigan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi ixtiyorida qoldiriladigan, shuningdek baholovchi tashkilot va savdo tashkilotchisi xizmatlari uchun xarajatlarni chegirgan holda, Toshkent shahar hokimligining maxsus hisob raqamida jamlanadi;
Toshkent shahar hokimligining maxsus hisob raqamida jamlangan mablagʻlar koʻp kvartirali turar joylarning hududlarini obodonlashtirishga, ularning muhandislik tarmoqlarini, tomlarini, lift xoʻjaligini taʼmirlashga, mavzelar hududidagi yoritish tizimlarini tiklashga, koʻp kvartirali uylar uchun umumiy issiqlik energiyasini hisoblash asboblarini sotib olish va oʻrnatishga, kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlari, shu jumladan “Maxsustrans” ishlab chiqarish birlashmasi va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yoʻnaltiriladi.
4. Toshkent shahar hokimligi munitsipal mulk obyektlarini sotishdan tushadigan mablagʻlardan belgilangan yoʻnalishlar uchun maqsadli foydalanilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi Toshkent shahar hokimligining maxsus hisob raqamidan moliyalashtiriladigan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini har chorakda tekshirsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 25-iyul,
209-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-iyuldagi 209-son qaroriga
1-ILOVA
Toshkent shahar hokimligining Binolardan foydalanish departamentiga bepul beriladigan foydalanilmayotgan va davlat mulkiga tegishli boʻlgan yotoqxona binolari
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.
T/r Manzili Balansda saqlovchi Qurilish turi
2.

Hamza tumani, Oqdaryo koʻchasi, 120/2-uy

“Konvektor” MCHJ 2 qavatli
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-dekabrdagi 338-sonli qarori tahririda)
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-iyuldagi 209-son qaroriga
2-ILOVA
Toshkent shahar hokimligining sotiladigan munitsipal mulk obyektlari
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Manzili

Balansda saqlovchi

Qurilish turi

Umumiy maydoni (kv.m)

1.

M.Ulugʻbek tumani, Chust koʻchasi

Binolardan foydalanish departamenti

2 qavatli bino

2682

2.

M.Ulugʻbek tumani, Qorasuvboʻyi koʻchasi, 5a-uy

Binolardan foydalanish departamenti

1 qavatli bino va inshootlar

712

3.

M.Ulugʻbek tumani, Mustaqillik shoh koʻchasi, 7-uy

Binolardan foydalanish departamenti

1 qavatli bino 1-qavatining va yertoʻlasining bir qismi

333

4.

Mirobod tumani, Sayxun koʻchasi, 19-uy

Binolardan foydalanish departamenti

2 qavatli binoning 1-qavati qismi

79

5.

Mirobod tumani, 8-Mart koʻchasi, 57a-uy

Binolardan foydalanish departamenti

1 qavatli bino va inshootlar

3257

7.

Sergeli tumani, Sputnik-1, 1-uy

Binolardan foydalanish departamenti

1 qavatli bino

623

8.

Uchtepa tumani, Uygʻur koʻchasi, 555-uy

Binolardan foydalanish departamenti

1 qavatli binolar

797

9.

Olmazor tumani, Sagʻbon-Farobiy koʻchalari, 5-uy

Binolardan foydalanish departamenti

4 qavatli binoning 1-qavati qismi

128

10.

Olmazor tumani, Sagʻbon-Farobiy koʻchalari, 6-uy

Binolardan foydalanish departamenti

4 qavatli binoning 1-qavati qismi

153

11.

Olmazor tumani, Jomiy koʻchasi, 5-uy

Binolardan foydalanish departamenti

3 qavatli bino va inshoot

2207

12.

Olmazor tumani, Jomiy-5, Magazin Mavzuk koʻchasi

Binolardan foydalanish departamenti

1 qavatli bino

633

14.

Yunusobod tumani, Iftixor koʻchasi, 1-uy

“Poytaxt agro” DUK

1 qavatli bino va inshootlar

3604

15.

Yakkasaroy tumani, Oʻrikzor 2-tor koʻchasi, 45-uy*

Binolardan foydalanish departamenti

2 va 1 qavatli binolar

1237

16.

Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi, 67-uy, 6-korpus

Binolardan foydalanish departamenti

9 qavatli binoning 1-qavati qismi

30

18.

Bektemir tumani, Binokor qoʻrgʻoni

Bektemir tumani hokimligi

qurilishi tugallanmagan bino va inshootlar

19.

Bektemir tumani, Binokor qoʻrgʻoni

Binolardan foydalanish departamenti

qurilishi tugallanmagan bino va inshootlar

20.

Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, Chimyon

“Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi

qurilishi tugallanmagan bino va inshootlar

21.

Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, Chimyon

“Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi

qurilishi tugallanmagan mehmonxona binosi

22.

Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, Chimyonsoy

“Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi

qurilishi tugallanmagan sogʻlomlashtirish majmuasi binolari

* Obyekt maktabgacha taʼlim muassasasi faoliyatini saqlab qolish sharti bilan sotuvga qoʻyiladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 254-sonli qarori tahririda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 30-son, 391-modda; 2015-y., 41-son, 528-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)