1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASh TIZIMINI ISLOH QILISh DAVLAT DASTURI TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq hamda aholining malakali tibbiy xizmatdan foydalanish va ijtimoiy himoyaga doir konstitutsiyaviy huquqlarini taʼminlash, shuningdek, tibbiy xizmatlarning sifatini yaxshilash uchun tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlarni yaratish, sogʻlom avlodni tarbiyalash, sogʻliqni saqlash tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga muvofiq holga keltirish maqsadida:
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-dekabrdagi “Sogʻliqni saqlash tizimini raqamlashtirishni jadallashtirish hamda ilgʻor raqamli texnologiyalarni joriy etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-415-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PQ-197-sonli “Maʼmuriy islohotlar doirasida sogʻliqni saqlash sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”giqarori.
1. Respublika komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 12-iyundagi F-856-son Farmoyishi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimini 1998—2005-yillarda isloh qilishning quyidagi tarkibdagi Davlat dasturi maʼqullansin:
1998—2005-yillarda sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish konsepsiyasi, 1-ilovaga* muvofiq;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.01 Umumiy masalalar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.06.00 Turli toifadagi fuqarolarga tibbiy yordam koʻrsatish tartibi. Bepul tibbiy yordam]
bepul tibbiy yordam koʻrsatadigan va budjetdan moliyalanishi lozim boʻlgan davolash-profilaktika muassasalari roʻyxati, 2-ilovaga* muvofiq;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.07.00 Keksa yoshdagi shaxslar va nogironlarga tibbiy yordam koʻrsatish / 14.01.07.03 Pullik tibbiy xizmat koʻrsatish]
bosqichma-bosqich pulli tibbiy xizmatlarga oʻtkazilishi lozim boʻlgan davolash-profilaktika muassasalari roʻyxati, 3-ilovaga* muvofiq;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.01 Tibbiyot muassasalariga qoʻyiladigan talablar]
2001—2005-yillarda qishloq vrachlik punktlari tarmogʻini rivojlantirish dasturi, 4-ilovaga* muvofiq;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.04 Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari]
shifokor kadrlar va oʻrta tibbiyot xodimlarini tayyorlashga boʻlgan qoʻshimcha ehtiyojlar, 5-ilovaga* muvofiq;
1999—2005-yillarda tibbiyot bilim yurtlarini kasb-hunar kollejlariga aylantirish dasturlari, 6-ilovaga* muvofiq.
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.02 Tez tibbiy yordam]
2. “Toshuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasining tibbiyot-sanitariya qismi, Toshkent shahar tez Tibbiy yordam stansiyasi, respublika va Toshkent viloyat sanitariya aviatsiyasi negizida 7-ilovaga* muvofiq tarkibda Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazini mintaqaviy filiallari bilan tashkil etish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining taklifi maʼqullansin.
3 Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.02 Sogʻliqni saqlashni moliyalashtirish va taʼminoti]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Fan va texnika davlat qoʻmitasi, boshqa tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda 1998-yilga belgilangan xodimlar soni va ajratilgan mablagʻlar doirasida Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi hamda uning Nukus shahri va viloyat markazlaridagi filiallarining ishlashi bilan bogʻliq tashkiliy, texnikaviy, moliyaviy hamda boshqa masalalarni hal qilsinlar,
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.04 Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari]
Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi va uning joylardagi filiallari yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirilishini taʼminlasinlar.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.25.00 Ish vaqti / 05.02.25.01 Ish vaqtining muddati]
4 Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi shu yilning 20-dekabriga qadar kasallik turlarini va bemorlarni davolab, salomatligini tiklashni hisobga olgan holda ularning shoshilinch tibbiy yordam xizmatlarida boʻlishining cheklangan muddatlarini ishlab chiqib, joriy etsin.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.06.00 Turli toifadagi fuqarolarga tibbiy yordam koʻrsatish tartibi. Bepul tibbiy yordam;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.07.00 Keksa yoshdagi shaxslar va nogironlarga tibbiy yordam koʻrsatish / 14.01.07.02 Xususiy tibbiy amaliyot]
5. Nodavlat davolash-profilaktika muassasalari, shu jumladan, aholiga pulli tibbiy xizmat koʻrsatuvchi xususiy davolash-profilaktika muassasalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan roʻyxatga muvofiq imtiyozga ega bemorlarga 20 foizga qadar bepul tibbiy xizmat koʻrsatishlari hamda bu xizmatlar budjet hisobidan moliyalanishi belgilab qoʻyilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
1999—2000 oʻquv yilidan boshlab, tibbiyot oliy oʻquv yurtlarining davolash fakultetlari huzurida oʻrta tibbiy maʼlumot negizida oʻqitish muddati 3 yil boʻlgan oliy malakali tibbiyot hamshiralari (reanimatologlar, anestezistlar, jarrohlik hamshiralari, tugʻuruqxona akusherkalari va boshqalar)ni tayyorlash boʻlimlarini ochsinlar;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Adliya vazirligi va Davlat test markazi bilan birgalikda 1999-yilning 1-mayiga qadar mazkur boʻlimlarda oliy malakali tibbiyot hamshiralarini tayyorlash boʻyicha abituriyentlarni qabul qilish qoidalari va davlat taʼlim andozalari toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqib, ularni Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshiruvchi Respublika komissiyasiga taqdim etsinlar;
1999—2000 oʻquv yilidan boshlab tibbiyot oliy oʻquv yurtlarida professor-oʻqituvchilar tarkibi va talabalarning soni 1:6 nisbatida belgilansin.
7. 1998—2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturini amalga oshirishga doir asosiy chora-tadbirlar 10-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 10-ilova berilmaydi.
8. Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturini amalga oshirishni tashkil etish va nazorat qilish Respublika Komissiyasi (bundan buyon Respublika komissiyasi deb yuritiladi) 11–ilovaga* muvofiq tuzilsin.
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.99 Umumiy qoidalar]
Quyidagilar Respublika komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishni amalga oshirish bilan aloqador vazirliklar, idoralar, muassasalarning, shuningdek, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, barcha tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
Davlat dasturi talablariga muvofiq sogʻliqni saqlash tizimining amaldagi huquqiy va meʼyoriy asoslarini qayta koʻrib chiqish hamda ularning yangilarini ishlab chiqish;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.05.00 Xorijdan mablagʻ jalb qilish]
xalqaro tashkilotlar, xorijiy sarmoyadorlar, jamgʻarmalar jamoat tashkilotlarining mablagʻlarini sogʻliqni saqlash tizimiga jalb etish uchun shart-sharoit yaratish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
Davlat dasturi bajarilishining muntazam monitoringini tashkil etib, Vazirlar Mahkamasiga yilning har choragida hisobot taqdim etish.
Respublika komissiyasi zarur hollarda tibbiy sugʻurta tizimini joriy etish, sogʻliqni saqlash sohasini moliyalashni tubdan oʻzgartirish, tibbiyot muassasalarini davlat tasarrufidan chiqarish, sogʻliqni saqlash tizimining nodavlat sektorini va xususiy Davolashni rivojlantirish boʻyicha qonun hujjatlari loyihalarini, meʼyoriy-uslubiy hamda boshqa hujjatlarni ishlab chiqish uchun yuqori malakali mahalliy va xorijiy ekspertlardan iborat ishchi guruhlarini tashkil qilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari bilan birga respublikaning har yili ishlab chiqiladigan investitsiya dasturlarida qishloq vrachlik punktlari tarmogʻini rivojlantirishga ajratiladigan mablagʻlarning limitlarini koʻzda tutsinlar.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 30-avgustdagi PF-3306-sonli Farmoni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 8-son, 121-modda)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.12.00 Hududlarni rivojlantirish]
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Mahalla” jamgʻarmasi bilan birga 1999-yilning 1-iyuliga qadar qishloq va mahalla (shahar) vrachlik punktlari tarmogʻini rivojlantirish hududiy dasturlarini ishlab chiqib, qabul qilsinlar.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 30-avgustdagi PF-3306-sonli Farmoni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 8-son, 121-modda)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.06.00 Vasiylik va homiylik;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.08.00 Investitsiya boʻyicha boshqa masalalar;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.02 Sogʻliqni saqlashni moliyalashtirish va taʼminoti]
Belgilab qoʻyilsinki, respublika va mahalliy budjetlarning mablagʻlari, shu jumladan, bosqichma-bosqich pulli tibbiy xizmatga oʻtilishi munosabati bilan tibbiyot muassasalari xarajatlaridan tejab qolingan mablagʻlar, korxonalar va tashkilotlarning, homiylarning, bevosita xorijiy sarmoyadorlarning mablagʻlari qishloq vrachlik punktlarini rivojlantirish dasturini moliyalashning asosiy manbalari hisoblanadi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining markaziy apparatida davlat tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va ajratilayotgan budjet mablagʻlaridan oʻrinli foydalanilishini nazorat qilish Bosh boshqarmasi 9 kishidan iborat tarkibda tashkil etilsin. Aholiga tibbiy yordamni tashkil etish, sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish bilan band boʻlgan boʻlinmalar joriy yil uchun belgilangan xodimlar soni va mablagʻlar doirasida mustahkamlansin, ularning zimmasiga xususiy sogʻliqni saqlash tizimining tashkil etilishini nazorat qilish yuklansin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Davlat sport qoʻmitasi, boshqa vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari, “Mahalla” jamgʻarmasi 1999-yilning 1-yanvariga qadar Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturining amalga oshirilishini taʼminlash yuzasidan Respublika komissiyasi bilan kelishilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqib, qabul qilsinlar.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (R. Azimov) zimmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturini moliyaviy taʼminlash, shu maqsadda xorijiy sarmoyalarni jalb etish va jalb etiladigan xorijiy kreditlarga belgilangan tartibda kafolatlar berish uchun javobgarlik yuklansin.
13. Sogʻliqni saqlash nodavlat sektorini rivojlantirishni ragʻbatlantiruvchi shart-sharoitlarni vujudga keltirish uchun:
xususiy tibbiyot muassasalari tashkil etilgan paytdan boshlab 2 yil muddatga barcha turdagi soliqlardan ozod qilinsin, bundan yigʻilgan mablagʻlarning muassasalarni zamonaviy tibbiy va tashxis uskunalari bilan jihozlashga sarflanishi belgilab qoʻyilsin;
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.01 Umumiy masalalar]
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari xususiy davolash-profilaktika muassasalarini barpo etish uchun yer maydonlari ajratilishini hamda odam yashashi uchun moʻljallanmagan binolar sotilishini taʼminlasinlar;
“Biznes-fond” va “Oʻztadbirkorbank”ka yangi tashkil etilayotgan xususiy tibbiyot muassasalarini moliyalash uchun belgilangan tartibda kredit liniyalari ochish tavsiya qilinsin;
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.07.00 Keksa yoshdagi shaxslar va nogironlarga tibbiy yordam koʻrsatish / 14.01.07.03 Pullik tibbiy xizmat koʻrsatish]
sogʻliqni saqlash obyektlarini boʻlgʻusi mulkdorlar uzoq muddatli ijaraga olib, keyinchalik pulli tibbiy xizmat koʻrsatishdan tushgan mablagʻlar hisobiga ularni xususiy mulk qilib sotib olishi tarzida davlat tasarrufidan chiqarish tajribasi kengaytirilsin.
14. Oʻzbekiston Shifokorlar uyushmasi bir oy muddatda respublikada “Ibn Sino” Xalqaro jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 6-yanvardagi PF-2171-sonli “Ibn Sino xalqaro jamgʻarmasini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 25-yanvardagi 36-sonli “Ibn Sino xalqaro jamgʻarmasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida”gi qarori.
15. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 10-noyabr,
PF-2107-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 10-11-son, 204-modda; 2000-y., 4-son, 116-modda; 2003-y., 8-son, 121-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 9-son, 104-modda; 2006-y., 27-son, 246-modda; 2009-y., 25-son, 282-modda; 2017-y., 11-son, 152-modda; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)