1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.17.00 Banklarda buxgalteriya hisobi va hisobot;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki BOShQARUVINING
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 15-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1834-3]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 3-maydagi 11/5-son qarori (roʻyxat raqami 1834, 2008-yil 11-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 28-son, 276-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomagailovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2013-yil 29-iyun,
13/9-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 29-iyundagi 13/9-sonli qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
“33. Banklarda naqd pulsiz hisob-kitoblar bilan bogʻliq toʻlov hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 2465, 2013-yil 3-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 23-son, 309-modda) hamda naqd pul bilan bogʻliq operatsiyalar boʻyicha toʻlov hujjatlari Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yoʻriqnomada (roʻyxat raqami 1831, 2008-yil 27-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 26-27-son, 258-modda) nazarda tutilgan shakllarga asosan toʻliq va toʻgʻri toʻldirilib, rasmiylashtirilishi shart.”.
“122. Shaxsiy hisobvaraqlarda amalga oshiriladigan operatsiyalarda foydalaniladigan toʻlov hujjatlarining turi mazkur Yoʻriqnomaning 8-ilovasida nazarda tutilgan shartli raqam belgilarga (shifrlar) muvofiq aniqlanadi.”.
3. Mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimchaning ilovasiga muvofiq shakldagi 8-ilova bilan toʻldirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchaga ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 8-ILOVA
Shaxsiy hisobvaraqlar orqali amalga oshirilgan operatsiyalarda foydalaniladigan toʻlov hujjatlarining turini koʻrsatuvchi shartli raqam BELGILARI (ShIFRLAR)
Shartli raqam belgilari (shifrlar)
Shartli raqam belgilari (shifrlar) nomi
01
Toʻlov topshiriqnomasi
02
Toʻlov talabnomasi
03
Kassa hujjatlari
05
Akkreditiv uchun ariza
06
Memorial order
08
Xatoliklarni tuzatuvchi memorial order
11
Inkasso topshiriqnomasi
14
Tijorat banklarning hisob-kitob cheki
”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 29-son, 375-modda)