toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLIK PROTSESSUAL KODEKSINI AMALGA KIRITISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi OʻRQ-463-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2018-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi 1998-yil 1-yanvardan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Sudlovga tegishlilik toʻgʻrisidagi qoidalarga rioya qilingan holda sudlarga tushgan, lekin 1998-yil 1-yanvarga qadar koʻrish tamomlanmagan fuqarolik ishlari qaysi sudlarning ish yuritishida boʻlsa, oʻsha sudlar tomonidan koʻriladi.
3. Agar 1998-yil 1-yanvarga qadar koʻrilgan fuqarolik ishlari boʻyicha protsessual muddatlar oʻtmagan boʻlsa va bu muddatlar Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksida belgilangan muddatlarga qaraganda kamroq boʻlsa, ishning koʻrib chiqilishi vaqtida amalda boʻlgan muddatlar qoʻllaniladi.
4. Belgilab qoʻyilsinki, qonun hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi bilan muvofiqlashtirilguniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi qonunlarining ushbu Kodeksga zid boʻlmagan qismi qoʻllanilaveradi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi uch oylik muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi nashr etilishini taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari ilovaga muvofiq 1998-yil 1-yanvardan eʼtiboran toʻliq yoki qisman oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1997-yil 30-avgust,
477a-I-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 30-avgustdagi 477a-I-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining oʻz kuchini toʻliq yoki qisman yoʻqotgan qonun hujjatlarining
roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasining 1963-yil 23-martda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Grajdanlik-protsessual kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1963-yil, № 9, 31-modda) — Oʻzbekiston Respublikasi Grajdanlik-protsessual kodeksining V boʻlimi, shuningdek 1 va 3-ilovalaridan tashqari.
2. Oʻzbekiston Respublikasining 1963-yil 23-martda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Grajdanlik-protsessual kodeksi 2-ilovasining sud ishi yoʻqolganda uni tiklashga doir qismi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1963-yil 25-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Grajdanlik va Grajdanlik-protsessual kodekslarini amalga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Farmonining Oʻzbekiston Respublikasi Grajdanlik protsessual kodeksiga doir qismi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1963-yil, № 36, 2-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1965-yil 24-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Grajdanlik protsessual kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1965-yil, № 27, 6-modda).
5. Oʻzbekiston Respublikasining 1965-yil 19-oktabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining “Oʻzbekiston Respublikasi Grajdanlik-protsessual kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmonini tasdiqlash haqida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1965-yil, № 28, 10-modda).
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1966-yil 30-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Grajdanlik protsessual kodeksiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1966-yil, № 11, 6-modda).
7. Oʻzbekiston Respublikasining 1966-yil 24-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining “Oʻzbekiston Respublikasi Grajdanlik protsessual kodeksiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” gi Farmonini tasdiqlash haqida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1966-yil, № 12, 20-modda).
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1967-yil 26-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Grajdanlik protsessual kodeksining 313-moddasiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1967-yil, № 10, 1-modda).
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1967-yil 23-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Grajdanlik protsessual kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1967-yil, № 27, 6-modda).
10. Oʻzbekiston Respublikasining 1967-yil 25-oktabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining Oʻzbekiston Respublikasi Grajdanlik protsessual kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash haqida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1967-yil, № 27, 14-modda).
11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1967-yil 27-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining Nikoh, oila va vasiylik haqidagi hamda grajdanlik holati aktlarini qayd etish toʻgʻrisidagi Qonunlari kodeksiga va Oʻzbekiston Respublikasi Grajdanlik protsessual kodeksiga qoʻshimcha hamda oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmoni 2-moddasining “b” bandi va 3-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1968-yil, № 1, 1-modda).
12. Oʻzbekiston Respublikasining 1968-yil 15-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining “Oʻzbekiston Respublikasining Nikoh, oila va vasiylik haqidagi hamda grajdanlik holati aktlarini qayd qilish toʻgʻrisidagi qonunlari kodeksiga va Oʻzbekiston Respublikasi Grajdanlik protsessual kodeksiga qoʻshimcha hamda oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmonini tasdiqlash haqida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1968-yil, № 14, 7-modda).
13. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1972-yil 5-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Grajdanlik-protsessual kodeksining 26-moddasiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1972-yil, № 28, 287-modda).
14. Oʻzbekiston Respublikasining 1972-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining “Oʻzbekiston Respublikasi Grajdanlik-protsessual kodeksining 26-moddasiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi Farmonini tasdiqlash haqida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1972-yil, № 36, 372-modda).
15. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1973-yil 27-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Grajdanlik-protsessual kodeksining 130-moddasiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1973-yil, № 19, 254-modda).
16. Oʻzbekiston Respublikasining 1973-yil 29-iyunda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining “Oʻzbekiston Respublikasi Grajdanlik-protsessual kodeksining 130-moddasiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi Farmonini tasdiqlash haqida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1973-yil, № 19, 269-modda).
17. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1974-yil 27-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Grajdanlik-protsessual kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1974-yil, № 18, 195-modda).
18. Oʻzbekiston Respublikasining 1974-yil 7-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining “Oʻzbekiston Respublikasi Grajdanlik-protsessual kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmonini tasdiqlash haqida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1974-yil, № 22, 254-modda).
19. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1975-yil 29-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Grajdanlik-protsessual kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1975-yil, № 16, 218-modda).
20. Oʻzbekiston Respublikasining 1975-yil 2-iyulda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining “Oʻzbekiston Respublikasi Grajdanlik-protsessual kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmonini tasdiqlash haqida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1975-yil, № 19, 280-modda).
21. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1977-yil 5-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Grajdanlik-protsessual kodeksining 349-moddasiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1977-yil, № 8, 110-modda).
22. Oʻzbekiston Respublikasining 1977-yil 22-iyunda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining “Oʻzbekiston Respublikasi Grajdanlik-protsessual kodeksining 349-moddasiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi Farmonini tasdiqlash haqida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1977-yil, № 18, 286-modda).
23. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1977-yil 27-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Grajdanlik-protsessual kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1977-yil, № 30, 444-modda).
24. Oʻzbekiston Respublikasining 1977-yil 21-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining “Oʻzbekiston Respublikasi Grajdanlik-protsessual kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmonini tasdiqlash haqida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1977-yil, № 35, 568-modda).
25. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1979-yil 6-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Grajdanlik-protsessual kodeksiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1979-yil, № 34, 476-modda).
26. Oʻzbekiston Respublikasining 1979-yil 8-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining “Oʻzbekiston Respublikasi Grajdanlik-protsessual kodeksiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmonini tasdiqlash haqida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1979-yil, N 35, 508-modda).
27. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1981-yil 30-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasining Grajdanlik-protsessual kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1981-yil, № 10, 179-modda).
28. Oʻzbekiston Respublikasining 1981-yil 29-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining “Oʻzbekiston Respublikasi Grajdanlik-protsessual kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmonini tasdiqlash haqida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1981-yil, № 16, 320-modda).
29. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1981-yil 24-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Grajdanlik-protsessual kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1981-yil, № 28, 549-modda).
30. Oʻzbekiston Respublikasining 1981-yil 27-noyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining Oʻzbekiston Respublikasi Grajdanlik-protsessual, Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslariga oʻzgartirish hamda qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash haqida”gi Qonunining toʻrtinchi xatboshisi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1981-yil, № 33, 651-modda).
31. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1981-yil 28-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Grajdanlik-protsessual va Axloq tuzatish-mehnat kodekslariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmonining 1-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1981-yil, № 36, 708-modda).
32. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1982-yil 26-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasining Grajdanlik-protsessual kodeksiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1982-yil, № 13, 212-modda).
33. Oʻzbekiston Respublikasining 1982-yil 27-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining Oʻzbekiston Respublikasi Grajdanlik-protsessual va Axloq tuzatish-mehnat kodekslariga oʻzgartish hamda qoʻshimchalar kiritish haqidagi farmonlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1982-yil, № 13, 219-modda).
34. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1984-yil 26-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasining baʼzi qonun aktlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmonining I boʻlimi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1984-yil, № 12, 180-modda).
35. Oʻzbekiston Respublikasining 1984-yil 28-iyunda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining Oʻzbekiston Respublikasining baʼzi bir qonun aktlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash haqida”gi Qonuni yettinchi xatboshisining Oʻzbekiston Respublikasi Grajdanlik-protsessual kodeksiga doir qismi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1984-yil, № 19, 281-modda).
36. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1985-yil 29-apreldagi “Voyaga etmagan bolalar uchun alimentlar undirish tartibiga baʼzi oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida hamda Oʻzbekiston Respublikasining Nikoh va oila, Grajdanlik, Grajdanlik-protsessual kodekslariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Farmoni II boʻlimining 3-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1985-yil, № 13, 142-modda).
37. Oʻzbekiston Respublikasining 1985-yil 13-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining baʼzi qonunbuzarliklar uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasining ayrim kodekslariga va boshqa qonun aktlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash haqida”gi Qonuni uchinchi xatboshisining Oʻzbekiston Respublikasi Grajdanlik-protsessual kodeksiga doir qismi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1985-yil, № 35, 414-modda).
38. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1988-yil 28-yanvardagi “Davlat korxonasi (birlashmasi) toʻgʻrisida”gi SSSR Qonuni munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun aktlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Farmonining 2-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1988-yil, № 4, 56-modda).
39. Oʻzbekiston Respublikasining 1988-yil 10-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining Oʻzbekiston Respublikasining baʼzi qonun aktlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash haqida”gi Qonunining beshinchi xatboshisi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1988-yil, № 11, 139-modda).
40. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1988-yil 15-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasining Grajdanlik-protsessual kodeksiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1988-yil, № 12, 150-modda).
41. Oʻzbekiston Respublikasining 1988-yil 19-noyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining Oʻzbekiston Respublikasining baʼzi qonun aktlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash haqida”gi Qonunining toʻrtinchi xatboshisi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1998-yil, №32-33, 389-modda).
42. Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyunda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunining VI boʻlimi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 8, 198-modda).
43. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Grajdanlik protsessual kodeksiga va Jinoyat-protsessual kodeksiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 10, 369-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-songa ilova)