

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-2176339" id="-2176339">Oʻzbekiston Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasida </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-2176340" id="-2176340">Shartnoma</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-2176341" id="-2176341">Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam hamda huquqiy munosabatlar toʻgʻrisida</div></div><div class="TEXT_CENTER"><label id="s527"></label><div name="-2176347" id="-2176347">1997-yil 2-iyun, Almati</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-2176349" id="-2176349">Mazkur Shartnoma Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 30-avgustdagi 487-I-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi va Qozogʻiston oʻrtasida fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam hamda huquqiy munosabatlar toʻgʻrisidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqida”gi <a href="/mact/-83279">Qarori</a> bilan tasdiqlangan.</div></div><div class="TEXT_CENTER"><label id="s527"></label><div name="-2176369" id="-2176369">(1998-yil 29-noyabrdan kuchga kirgan)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2176370" id="-2176370"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176373" id="-2176373">Oʻzbekiston Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasi, bundan keyin Ahdlashuvchi Tomonlar deb ataluvchilar,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176375" id="-2176375">xalqaro huquqning umumiy tan olingan normalariga amal qilib,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176377" id="-2176377">Ahdlashuvchi Tomonlar fuqarolarining shaxsiy va mulkiy huquqlarini teng huquqiy muhofaza qilishni taʼminlashga intilishdan kelib chiqib,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176378" id="-2176378">fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatish borasidagi hamkorlikni rivojlantirishga muhim ahamiyat berib,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176380" id="-2176380">quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176383" id="-2176383">I-boʻlim <br />Umumiy qoidalar</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176386" id="-2176386">I-qism <br />Huquqiy muhofaza</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176387" id="-2176387">1-modda <br />Huquqiy muhofazaning taʼmin etilishi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176389" id="-2176389">1. Ahdlashuvchi Tomonlardan har birining fuqarolari, shuningdek uning hududida doimiy yashovchi boshqa shaxslar boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida oʻz shaxsiy va mulkiy huquqlari munosabatida ana shu Tomonning oʻz fuqarolaridek huquqiy muhofazadan foydalanadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176390" id="-2176390">2. Ahdlashuvchi Tomonlardan har birining fuqarolari, shuningdek uning hududida yashovchi boshqa shaxslar boshqa Ahdlashuvchi Tomonning fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar vakolat doirasiga kiradigan sudlar, prokuraturalar, ichki ishlar (keyingi oʻrinlarda “adliya muassasalari” deb yuritiladi) va boshqa muassasalariga erkin va toʻsiqlarsiz murojaat qilish huquqiga ega, ushbu Ahdlashuvchi Tomon fuqarolari kabi ana shunday shartlarda ularda qatnashishlari, iltimos qoʻzgʻatishlari, daʼvo qilishlari va boshqa protsessual harakatlarni amalga oshirishlari mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176392" id="-2176392">3. Ushbu Shartnomaning qoidalari Ahdlashuvchi Tomonlarning hududlarida ularning qonunchiliklariga binoan taʼsis etilgan yuridik shaxslarga, shuningdek protsessual huquqiy qobiliyatga ega boʻlgan boshqa tashkilotlarga qoʻllaniladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176393" id="-2176393">2- modda <br />Poshlina toʻlashdan va xarajatlarni qoplashdan ozod qilish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176395" id="-2176395">1. Ahdlashuvchi Tomonlardan har birining fuqarolari, uning hududida doimiy yashovchi boshqa shaxslar boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida sud va notarial poshlinalari va xarajatlarini toʻlashdan va qoplashdan ozod qilinadilar, shuningdek ushbu Ahdlashuvchi Tomonning oʻz fuqarolari uchun belgilangan shartlarda va hajmlarda bepul yuridik yordamdan foydalanadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176396" id="-2176396">2. Ushbu moddaning <a href="/mact/-2176326#-2176395">1-bandida</a> nazarda tutilgan imtiyozlar aniq ish boʻyicha, shu jumladan, qarorni ijro etish boʻyicha amalga oshirilayotgan barcha protsessual harakatlarga tatbiq qilinadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176402" id="-2176402">3-modda <br />Shaxsiy, oilaviy va mulkiy ahvol toʻgʻrisida hujjatlarni taqdim etish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176404" id="-2176404">1. Ushbu Shartnomaning <a href="/mact/-2176326#-2176393">2-moddasida</a> nazarda tutilgan imtiyozlar toʻgʻrisida iltimosnoma taqdim etgan shaxsning shaxsiy, oilaviy va mulkiy ahvoli toʻgʻrisidagi hujjatlar asosida beriladi. Ushbu hujjatlar hududida ushbu shaxs yashash va turish joyiga ega boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonlarning vakolatli muassasalari tomonidan beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176407" id="-2176407">2. Agar iltimosnoma taqdim etgan shaxs Ahdlashuvchi Tomonlar hududida yashash va turish joyiga ega boʻlmasa, u holda ushbu moddaning <a href="/mact/-2176326#-2176404">1-bandida </a>nazarda tutilgan hujjatlar unga u fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning tegishli diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi tomonidan berilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176408" id="-2176408">3. Imtiyozlar berish toʻgʻrisida iltimosnoma boʻyicha qaror chiqarayotgan adliya muassasasi zarur boʻlganda hujjatlarni bergan muassasalardan qoʻshimcha maʼlumotlarni yoki zarur tushuntirishlarni talab qilishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176409" id="-2176409">II-qism <br />Huquqiy yordam</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176410" id="-2176410">4-modda <br />Huquqiy yordam koʻrsatish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176411" id="-2176411">1. Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha ushbu Shartnoma qoidalariga muvofiq oʻzaro yordam beradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176412" id="-2176412">2. Adliya muassasalari ushbu moddaning <a href="/mact/-2176326#-2176411">1-bandida</a> koʻrsatilgan ishlar boʻyicha boshqa muassasalarga ham huquqiy yordam koʻrsatadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176413" id="-2176413">3. Ushbu moddaning <a href="/mact/-2176326#-2176411">1-bandida</a> koʻrsatilgan ishlar boʻyicha boshqa muassasalar huquqiy yordam haqidagi iltimosnomalarni adliya muassasalari orqali joʻnatadilar.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176414" id="-2176414">5-modda <br />Huquqiy yordam hajmi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176415" id="-2176415">Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligida nazarda tutilgan protsessual, operativ-qidiruv va boshqa harakatlarni bajarish yoʻli bilan, shu jumladan:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176416" id="-2176416">a) hujjatlarni tuzish va joʻnatish, tegishli hujjatlar va materiallarning, shu jumladan, bank, moliya, yuridik va ish hujjatlarining aslini yoki tasdiqlangan nusxalarini taqdim etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176417" id="-2176417">b) tintuv oʻtkazish, predmetlar va hujjatlarni olish va olib qoʻyish, mulkni xatlash, ashyoviy dalillarni joʻnatish va berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176418" id="-2176418">v) koʻzdan kechirish va tekshirib koʻrish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176419" id="-2176419">g) ekspertiza oʻtkazish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176420" id="-2176420">d) tomonlarni, jabrlanuvchilarni, ayblanuvchilarni, guvohlarni, ekspertlarni soʻroq qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176421" id="-2176421">e) jinoyatda ayblanuvchi shaxslarni, shuningdek bedarak yoʻqolgan shaxslarni qidirish, jinoyatda ayblanuvchi shaxslarni, shuningdek hukmni ijro etish uchun berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176422" id="-2176422">yo) jinoiy taʼqib qilishni amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176423" id="-2176423">j) sud hujjatlarini taqdim etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176424" id="-2176424">z) fuqarolik va oilaviy ishlar boʻyicha sud qarorlarini, jinoiy ishlarning fuqarolik daʼvosi qismi boʻyicha hukmlarni, ijro yozuvlarini eʼtirof etish va ijro etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176425" id="-2176425">i) hujjatlarni topshirish yoʻli bilan bir-birlariga yordam beradilar.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176426" id="-2176426">6-modda <br />Munosabatlar tartibi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176427" id="-2176427">Huquqiy yordam koʻrsatishda Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari bir-birlari bilan agar ushbu Shartnoma bilan munosabatlarning boshqa tartibi belgilanmasa, oʻzlarining markaziy organlari orqali munosabatga kirishadilar.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176428" id="-2176428">7-modda <br />Huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimosnomaning mazmuni </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176429" id="-2176429">1. Huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimosnomada kuyidagilar boʻlishi kerak:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176430" id="-2176430">a) soʻrayotgan va soʻralayotgan adliya muassasasining nomi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176431" id="-2176431">b) huquqiy yordam soʻralayotgan ishning nomi, iltimosnoma maqsadining bayoni va soʻralayotgan yordamning tavsifi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176432" id="-2176432">v) tomonlarning, jabrlanuvchilarning, guvohlarning, shubha qilinayotganlarning, ayblanuvchilarning, sudlanuvchilarning yoki hukm qilinganlarning ismi va familiyalari, ularning yashash yoki turgan joyi, fuqaroligi, mashgʻuloti, yuridik shaxslar uchun - ularning nomi va joylashgan oʻrni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176433" id="-2176433">g) “<a href="/mact/-2176326#-2176432">v</a>” kichik bandda koʻrsatilgan shaxslarning vakillari boʻlganda — ularning ismi, familiyasi va manzili;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176434" id="-2176434">d) bajarilishi talab qilinadigan aniq tartibning qoʻllanish sabablari va mufassal tavsifi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176435" id="-2176435">e) jinoiy ishlar boʻyicha ham sodir etilgan jinoyatning tasviri va kvalifikatsiyasi, tegishli qonunlarning bayoni yoki matni, shuningdek agar xatti-harakat natijasida zarar yetkazilgan boʻlsa — moddiy zararning miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176436" id="-2176436">j) zarur boʻlganda, shu davr mobaynida iltimosnoma bajarilishi kutilayotgan muddatni koʻrsatish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176437" id="-2176437">2. Zarurat boʻlganda iltimosnomaga kerakli tartibda iltimosni bajarishni osonlashtiruvchi yoki prokurorlar tomonidan sanksiyalanadigan protsessual harakatlar uchun zarur boʻladigan hujjatlarning tasdiqlangan nusxalari yoki ulardan koʻchirmalar ilova qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176438" id="-2176438">3. Hujjatlarni topshirish toʻgʻrisidagi iltimosnomada oluvchining aniq manzili va hujjatlarning nomi ham koʻrsatilgan boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176439" id="-2176439">4. Iltimosnoma soʻrayotgan adliya muassasasining tegishli mansabdor shaxsi tomonidan imzolangan va gerbli muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176440" id="-2176440">8-modda <br />Bajarish tartibi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176441" id="-2176441">1. Huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimosni bajarishda soʻralayotgan adliya muassasasi oʻz davlatining qonunchiligini qoʻllaydi. Iltimos qilayotgan tomonning adliya muassasasi iltimosiga koʻra u soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning protsessual normalarini, agar faqat ular soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga zid boʻlmasa, qoʻllashi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176442" id="-2176442">2. Agar soʻralayotgan adliya muassasasi huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimosni bajarishga vakolatli boʻlmasa, u iltimosni vakolatli muassasaga joʻnatadi va bu haqda soʻrayotgan adliya muassasasini xabardor qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176443" id="-2176443">3. Soʻrayotgan adliya muassasasining iltimosiga binoan soʻralayotgan adliya muassasasi unga va manfaatdor tomonlarga, agar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi bilan bunga yoʻl qoʻyiladigan boʻlsa, ularning iltimosni bajarish chogʻida ishtirok etishlari uchun huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimosni bajarish vaqti va joyi toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabar qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176444" id="-2176444">4. Agar iltimosnomada koʻrsatilgan shaxsning aniq manzilgohi nomaʼlum boʻlsa u Ahdlashuvchi Tomon hududida boʻlgan qonunchiligiga asosan soʻralayotgan muassasa uning manzilgohini aniqlash uchun zarur boʻlgan choralar koʻradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176445" id="-2176445">5. Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimosni oʻz vaqtida va toʻliq bajarish uchun zarur chora-tadbirlarni koʻradilar. Iltimos bajarilgandan keyin adliya muassasasi zarurat boʻlganda soʻrayotgan adliya muassasasiga huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimosnomaga ilova qilingan hujjatlarni qaytaradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176446" id="-2176446">6. Ushbu Shartnomaning <a href="/mact/-2176326#-2176479">19-moddasiga</a> muvofiq huquqiy yordam koʻrsatish mumkin boʻlmagan taqdirda, soʻralayotgan adliya muassasasi soʻrayotgan adliya muassasasiga huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimosnomani va ilova qilingan hujjatlarni qaytaradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176447" id="-2176447">9-modda <br />Guvohlarni, jabrlanuvchilarni, daʼvogar fuqarolarni, javobgar fuqarolarni, ularning vakillarini, ekspertlarni chaqirish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176448" id="-2176448">1. Zarur boʻlganda Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida dastlabki tergovda yoki ish sudda koʻrilayotganda qatnashish uchun boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududidagi guvohlar, jabrlanuvchilar, daʼvogar fuqarolar, javobgar fuqarolar, ularning vakillari, ekspertlar chaqirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176449" id="-2176449">2. Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasasi tomonidan berilgan chaqiriqnoma boʻyicha soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasasiga kelgan guvoh, jabrlanuvchi, daʼvogar fuqaro, javobgar fuqaro va ularning vakillari, oʻzining fuqaroligidan qatʼi nazar, ushbu Ahdlashuvchi Tomon hududida uning davlat chegarasidan oʻtgungacha sodir etilgan qandaydir xatti-harakat munosabati bilan jinoiy yoki maʼmuriy javobgarlikka tortilishi, qamoqqa olinishi yoki jazolanishi mumkin emas. Ushbu shaxslar oʻzlarining koʻrib chiqilayotgan ish boʻyicha koʻrsatmalari yoki ekspertlar sifatidagi xulosalari munosabati bilan ham jinoiy yoki maʼmuriy javobgarlikka tortilishi, qamoqqa olinishi yoki jazolanishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176450" id="-2176450">3. Ushbu moddaning <a href="/mact/-2176326#-2176449">2-bandida</a> koʻrsatilgan shaxslar, agar ular soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududidan, buning uchun imkoniyatga ega boʻlishsa-da, ularni soʻroq qilgan adliya muassasasi ularga bundan buyon ularning bu yerda boʻlishlariga zarurat yoʻqligini xabar qilgan kundan boshlab 15 kun oʻtgungacha ketishmasa, ushbu band bilan nazarda tutilgan kafolatlarni yoʻqotadilar. Ushbu shaxslar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududidan oʻziga aloqador boʻlmagan ayb bilan ketolmagan vaqt ushbu muddatga qoʻshilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176451" id="-2176451">4. Guvohga, ekspertga, shuningdek jabrlanuvchiga va uning qonuniy vakiliga yoʻlkira va soʻralgan davlatda boʻlish bilan bogʻliq xarajatlarni hamda ishda boʻlmagan kunlari uchun olinmagan ish haqini soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon toʻlaydi. Ekspert ekspertiza oʻtkazganligi uchun ham haq olish huquqiga egadir. Chaqiriqnomada chaqirilgan shaxsning qanday toʻlovlarni olishga haqli ekanligi koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Bunday shaxslarning iltimosnomalariga binoan soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasalari ularga tegishli xarajatlarni qoplash uchun avans toʻlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176452" id="-2176452">5. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida yashovchi jabrlanuvchini, daʼvogar fuqaroni va javobgar fuqaroni, guvoh va ekspertni boshqa Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasasiga chaqirish ular kelmagan taqdirda majbur qilish vositalarini qoʻllash tahdidi tusida boʻlmasligi kerak.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176453" id="-2176453">10-modda <br />Hujjatlarni topshirish tartibi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176454" id="-2176454">1. Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasasi hujjatlarni topshirishni, agar topshirilayotgan hujjatlar ushbu davlat tilida tuzilgan yoki zarur tartibda tasdiqlangan tarjima bilan taʼminlangan boʻlsa, ushbu Ahdlashuvchi Tomonning iltimosiga va uning hududida amalda boʻlgan qoidalarga muvofiq amalga oshiradi. Aks holda, u ularni ixtiyoriy ravishda qabul qilishga rozi boʻlsa, hujjatlarni u oluvchiga beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176455" id="-2176455">2. Topshirish uchun moʻljallangan hujjatlarning tarjimasi toʻgʻriligini iltimos qilgan tomonning adliya muassasasi yoxud Ahdlashuvchi Tomonlardan birining diplomatik yoki konsullik vakili tasdiqlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176456" id="-2176456">3. Agar hujjatni iltimosnomada koʻrsatilgan manzil boʻyicha topshirish mumkin boʻlmasa, soʻralayotgan adliya muassasasi oʻz davlatining qonunchiligiga muvofiq manzilni aniqlash uchun zarur chora-tadbirlarni koʻradi. Manzilni aniqlashning iloji boʻlmagan taqdirda, soʻralayotgan adliya muassasasi soʻrayotgan adliya muassasasini bu haqda xabardor qiladi va topshirilishi kerak boʻlgan hujjatlarni unga qaytaradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176457" id="-2176457">11-modda <br />Hujjatlarning topshirilishini tasdiqlash </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176458" id="-2176458">Hujjatlarning topshirilishini tasdiqlash soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq rasmiylashtiriladi. Tasdiqnomada hujjatning topshirilish usuli, joyi va vaqti koʻrsatilishi lozim. Hujjatlarning topshirilgani toʻgʻrisidagi tasdiqnoma soʻrayotgan adliya muassasasiga joʻnatiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176459" id="-2176459">12-modda <br />Diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalarining vakolatlari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176460" id="-2176460">Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzlarining diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari orqali boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududidagi hujjatlarni topshirish va oʻz fuqarolarini soʻroq qilish huquqiga egadirlar. Bunda majburiy tusdagi choralarni qoʻllash yoki ularni qoʻllashga tahdid qilinmasligi lozim.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176461" id="-2176461">13-modda <br />Hujjatlarning haqiqiyligi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176462" id="-2176462">1. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida muassasa yoki bunga maxsus vakolatli shaxs tomonidan oʻz vakolati doirasida belgilangan shaklda tayyorlangan yoki tasdiqlangan va gerbli muhr bilan tasdiqlangan hujjatlar boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida biron-bir maxsus guvohnomasiz qabul qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176463" id="-2176463">2. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida rasmiy hujjatlar sifatida qaraladigan hujjatlar boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida rasmiy hujjatlarning tasdiqlovchi kuchi bilan foydalaniladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176464" id="-2176464">14-modda <br />Fuqarolik holati toʻgʻrisidagi va boshqa hujjatlarni joʻnatish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176465" id="-2176465">1. Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish toʻgʻrisidagi guvohnomalarni, maʼlumot, mehnat staji toʻgʻrisidagi hamda oʻz davlatlari fuqarolarining va Ahdlashuvchi Tomonlarning hududida doimiy yashovchi boshqa shaxslarning shaxsiy yoki mulkiy manfaatlariga taalluqli boshqa hujjatlarni bevosita bir-biriga iltimos boʻyicha tarjimasiz va bepul joʻnatadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176466" id="-2176466">2. Ushbu moddaning <a href="/mact/-2176326#-2176465">1-bandida</a> koʻrsatilgan hujjatlar Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida yashovchi bevosita manfaatdor shaxslarga ularning iltimoslariga koʻra tarjimasiz va bepul joʻnatilishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176467" id="-2176467">15-modda <br />Manzillarni va boshqa maʼlumotlarni aniqlash </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176468" id="-2176468">1. Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari oʻz davlatlarining qonunchiligiga muvofiq, agar bu fuqarolarning huquqlarini amalga oshirish uchun talab qilinsa, Ahdlashuvchi Tomonlar hududlarida yashovchi shaxslar manzillarini aniqlashda iltimosga koʻra, bir-birlariga yordam beradilar. Bunda soʻrayotgan adliya muassasasi iltimosnomada koʻrsatilgan shaxs manzilini aniqlashga yordam berishi mumkin boʻlgan oʻzidagi mavjud maʼlumotlarni xabar qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176469" id="-2176469">2. Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari Ahdlashuvchi Tomonlar hududida yashaydigan, soʻrayotgan Tomonning adliya muassasalarida fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha mulkiy talablar qoʻyilgan shaxslarning fuqarolik holatini, ish joyini yoki mashgʻuloti turini va daromadlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aniqlashda bir-birlariga yordam beradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176470" id="-2176470">3. Ushbu moddaga muvofiq huquqiy yordam koʻrsatishda Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari bir-birlari bilan ham oʻz markaziy organlari orqali bevosita aloqada boʻladilar.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176471" id="-2176471">16-modda <br />Huquqiy masalalar boʻyicha axborot </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176472" id="-2176472">Ahdlashuvchi Tomonlar adliya muassasalarining markaziy organlari iltimos boʻyicha bir-birlariga oʻz davlatlarida amaldagi va amalda boʻlgan qonunchilik toʻgʻrisida hamda uning adliya muassasalari tomonidan qoʻllanish amaliyoti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek huquqiy masalalar boʻyicha boshqa axborotlarni taqdim etadilar.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176473" id="-2176473">17-modda <br />Tillar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176474" id="-2176474">1. Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari ushbu Shartnomani bajarishda bir-biri bilan munosabatlarda oʻzbek, qozoq va rus tillaridan foydalanadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176475" id="-2176475">2. Soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon tilida joʻnatilayotgan hujjatlarga, agar ushbu Shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ularning soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon tilidagi yoki rus tilidagi tarjimasi ilova qilinadi. Ahdlashuvchi Tomonlar, zarur boʻlgan hollarda, oʻzbek va qozoq tillariga yozma va ogʻzaki tarjimani ham taʼminlaydilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176476" id="-2176476">3. Hujjatlarning yozma tarjimasi toʻgʻriligini tasdiqlash Ahdlashuvchi Tomonlar qonunchiligiga va ushbu Shartnoma qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176477" id="-2176477">18-modda <br />Huquqiy yordam koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176478" id="-2176478">Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon huquqiy yordam koʻrsatish boʻyicha xarajatlarni toʻlashni talab qilmaydi. Oʻz hududlarida huquqiy yordam koʻrsatishda paydo boʻlgan barcha xarajatlarni, agar ushbu Shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, Ahdlashuvchi Tomonlarning oʻzlari amalga oshiradilar.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176479" id="-2176479">19-modda <br />Huquqiy yordam koʻrsatishni rad etish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176480" id="-2176480">1. Huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimosnoma, agar uni bajarish inson huquqlari buzilishiga olib kelsa, davlat suverenitetiga yoki xavfsizligiga zarar keltirsa yoxud soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligiga zid boʻlsa toʻliq yoki qisman rad etilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176481" id="-2176481">2. Iltimosnomani qondirish rad etilgani toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon bu haqda, rad etish sababi koʻrsatilgan holda, yozma ravishda xabardor qilinadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176482" id="-2176482">II-boʻlim <br />Fuqarolik va oilaviy ishlar boʻyicha huquqiy munosabatlar </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176483" id="-2176483">I-qism <br />Vakolat</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176484" id="-2176484">20-modda <br />Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176485" id="-2176485">1. Ushbu boʻlimning <a href="/mact/-2176326#-2176498">II — V qismlarida</a> boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida yashash joyiga ega boʻlgan shaxslarga, ularning fuqaroligidan qatʼi nazar, daʼvolar ushbu Ahdlashuvchi Tomon sudlariga, yuridik shaxslarga esa daʼvolar hududida yuridik shaxsning boshqaruv organi, uning vakolatxonasi yoxud filiali joylashgan Ahdlashuvchi Tomon sudlariga beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176486" id="-2176486">2. Har qaysi Ahdlashuvchi Tomon sudlari uning hududida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176487" id="-2176487">a) javobgar korxona (filial)ning savdo, sanoat yoki boshqa xoʻjalik faoliyati amalga oshirilganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176488" id="-2176488">b) nizoga sabab boʻlgan shartnomadagi majburiyat bajarilganda yoki toʻliq yoxud qisman bajarilishi kerak boʻlganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176489" id="-2176489">v) shaʼni, qadr-qimmati va ishdagi obroʻsini himoya qilish toʻgʻrisidagi daʼvo boʻyicha daʼvogar doimiy yashash yoki turish joyiga ega boʻlganda ham vakolatli boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176490" id="-2176490">3. Shaxsiy mulk huquqi va koʻchmas mulkka boshqa mulkiy huquqlar toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha mulk joylashgan yerdagi sudlar mutlaq vakolatlidir. Yuklar, yoʻlovchilar va bagajlar tashish shartnomalari boʻyicha tashuvchilarga daʼvolar belgilangan tartibda eʼtirozlar bildirilgan transport tashkiloti boshqarmasi joylashgan joyga beriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176491" id="-2176491">21-modda <br />Shartnoma boʻyicha sudga tegishlilik </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176492" id="-2176492">1. Agar tomonlarning nizoni ushbu sudlarga oʻtkazish toʻgʻrisidagi yozma kelishuvi mavjud boʻlsa, Ahdlashuvchi Tomonlarning sudlari ishni boshqa hollarda ham koʻrib chiqishlari mumkin. Bunda 20-moddaning <a href="/mact/-2176326#-2176490">3-bandidan</a> va ushbu boʻlimning <a href="/mact/-2176326#-2176498">II-V qismlari </a>bilan belgilangan boshqa normalardan, shuningdek tegishli Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligidan kelib chiqadigan mutlaq vakolat Tomonlarning kelishuvi bilan oʻzgartirilishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176493" id="-2176493">2. Nizoni oʻtkazish toʻgʻrisida kelishuvlar mavjud boʻlgan taqdirda sud javobgarning arizasiga binoan ishni koʻrish uchun boshqa sudga oʻtkazadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176494" id="-2176494">22- modda <br />Sud jarayonlarining oʻzaro bogʻliqligi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176495" id="-2176495">1. Ikkala Ahdlashuvchi Tomon sudlarida xuddi oʻsha Tomonlar oʻrtasida, xuddi shu predmet toʻgʻrisida va xuddi shu asoslarda ish boʻyicha sudlov qoʻzgʻatilganda ishni keyinroq qoʻzgʻagan sud sudlovni toʻxtatadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176496" id="-2176496">2. Ahdlashuvchi Tomonlarning kelishuviga koʻra ishni ilgari qoʻzgʻatgan sud ham agar ushbu ish boshqa sudda, xususan dalillarning katta qismi joylashgan joy boʻyicha yanada tezroq va har tomonlama koʻrib chiqilishini eʼtirof etsa, ishga oid koʻrib chiqishni toʻxtatishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176497" id="-2176497">3. Aynan shu huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan qarshi daʼvo va chegirish toʻgʻrisidagi talab, xuddi asosiy daʼvodek, asosiy daʼvoni koʻrib chiqayotgan sudda koʻrib chiqiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176498" id="-2176498">II-qism <br />Shaxsiy maqom</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176499" id="-2176499">23-modda <br />Huquqiy layoqat va muomalaga layoqat </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176500" id="-2176500">1. Jismoniy shaxsning muomalaga layoqati ushbu shaxs fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi bilan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176501" id="-2176501">2. Fuqaroligi boʻlmagan shaxsning muomalaga layoqati u doimiy yashash joyiga ega boʻlgan mamlakat huquqi boʻyicha aniqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176502" id="-2176502">3. Yuridik shaxsning huquqiy layoqati u hududida taʼsis etilgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi bilan belgilanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176503" id="-2176503">24-modda <br />Muomalaga cheklangan layoqatli yoki muomalaga layoqatsiz deb eʼtirof etish. Muomalaga layoqatni tiklash </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176504" id="-2176504">1. Ushbu moddaning<a href="/mact/-2176326#-2176505"> 2- </a>va <a href="/mact/-2176326#-2176506">3-bandlarida </a>nazarda tutilgan hollardan tashqari, shaxsning muomalaga cheklangan layoqatliligi yoki muomalaga layoqatsizligi toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha ushbu shaxs fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon sudi vakolatlidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176505" id="-2176505">2. Agar Ahdlashuvchi Tomonlardan birining sudiga uning hududida doimiy yashovchi, boshqa Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi boʻlgan shaxsning muomalaga cheklangan layoqatliligi yoki muomalaga layoqatsizligini eʼtirof etish asoslari maʼlum boʻladigan holda, u ushbu shaxs fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon sudini bu haqda xabardor qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176506" id="-2176506">3. Agar muomalaga cheklangan layoqatli yoki muomalaga layoqatsiz deb eʼtirof etish uchun asoslardan xabardor qilingan Ahdlashuvchi Tomon sudi uch oy mobaynida ishni boshlamasa yoki oʻz fikrini xabar qilmasa, muomalaga cheklangan layoqatlilik yoki muomalaga layoqatsizlikni eʼtirof etish toʻgʻrisidagi ish hududida ushbu fuqaro yashash joyiga ega boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon sudida koʻrib chiqiladi. Shaxsni muomalaga cheklangan layoqatli yoki muomalaga layoqatsiz deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi qaror ushbu shaxs fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli sudiga joʻnatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176507" id="-2176507">4. Ushbu moddaning <a href="/mact/-2176326#-2176504">1-3-bandlari </a>qoidalari tegishli ravishda muomalaga layoqatlilikni tiklashga ham qoʻllanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176508" id="-2176508">5. Ushbu moddaning <a href="/mact/-2176326#-2176505">2- </a>va<a href="/mact/-2176326#-2176506"> 3-bandlarida </a>nazarda tutilgan va kechiktirib boʻlmaydigan hollarda, shaxsni yoxud uning mol-mulkini muhofaza qilish uchun zarur chora-tadbirlarni hududida ushbu shaxs doimiy yashaydigan Ahdlashuvchi Tomon sudi mustaqil ravishda qabul qilishi mumkin. Ushbu chora-tadbirlar munosabati bilan qabul qilingan farmoyishlar ushbu shaxs fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon sudiga joʻnatiladi. Agar ushbu Ahdlashuvchi Tomon boshqacha chora belgilagan boʻlsa, ushbu farmoyishlar bekor qilinishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176509" id="-2176509">6. Fuqaroni muomalaga cheklangan layoqatli yoki muomalaga layoqatsiz deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi ishlarni har bir Ahdlashuvchi Tomon sudlari prokurorning muqarrar ishtirokida koʻrib chiqadilar.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176510" id="-2176510">25-modda <br />Bedarak yoʻqolganlikni eʼtirof etish, vafot etgan deb eʼlon qilish. Oʻlim faktini belgilash </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176511" id="-2176511">1. Shaxsni bedarak yoʻqolgan deb eʼtirof etish yoki vafot etgan deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha hamda oʻlim faktini belgilash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha soʻnggi maʼlumotlarga koʻra u tirik boʻlgan vaqtda fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomonning sudlari, boshqa shaxslar boʻyicha esa shaxsning oxirgi yashash joyidagi adliya muassasalari vakolatlidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176512" id="-2176512">2. Ahdlashuvchi Tomonlardan har birining sudlari boshqa Ahdlashuvchi Tomon fuqarosini va uning hududida yashagan boshqa shaxsni bedarak yoʻqolganligini yoki vafot etganligini eʼtirof etishi, shuningdek huquq va manfaatlari ushbu Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligida asoslangan uning hududida yashovchilarning iltimosnomasiga koʻra uning oʻlganlik faktini belgilashi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176513" id="-2176513">3. Bedarak yoʻqolganlikni eʼtirof etish yoki vafot etgan deb eʼlon qilish va oʻlim faktini belgilash toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishda Ahdlashuvchi Tomon sudlari oʻz davlati qonunchiligini qoʻllaydilar. Bunday ishlarning koʻrib chiqilishida prokuror ishtiroki majburiy hisoblanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176514" id="-2176514">III-qism <br />Oilaviy ishlar</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176515" id="-2176515">26-modda <br />Nikohdan oʻtish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176516" id="-2176516">1. Nikohga kiruvchi har bir shaxs uchun nikohdan oʻtish shartlari u fuqarosi hisoblanadigan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi bilan, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun esa ularning doimiy yashash joyi hisoblanadigan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi bilan belgilanadi. Bundan tashqari, nikohdan oʻtishga toʻsiqlarga nisbatan hududida nikohdan oʻtilayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi talablariga rioya etilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176517" id="-2176517">2. Nikohdan oʻtish shakli nikoh hududida tuzilayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi bilan belgilanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176518" id="-2176518">27-modda <br />Er-xotinlarning huquqiy munosabatlari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176519" id="-2176519">1. Er-xotinlarning shaxsiy va mulkiy huquqiy munosabatlari ular birgalikda yashash joyiga ega boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi boʻyicha belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176520" id="-2176520">2. Agar er-xotinlardan biri Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida, ikkinchisi — boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida yashasa va shu bilan birga er-xotinning ikkalasi ham aynan bir fuqarolikka ega boʻlsa, ularning shaxsiy va mulkiy huquqiy munosabatlari ular fuqarosi hisoblanadigan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi boʻyicha belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176521" id="-2176521">3. Agar er-xotindan biri Ahdlashuvchi Tomonlardan birining, ikkinchisi — Ahdlashuvchi Tomonlardan boshqasining fuqarosi hisoblansa va ulardan biri Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida, ikkinchisi — Ahdlashuvchi Tomonlardan boshqasining hududida yashasa, u holda ularning shaxsiy va mulkiy-huquqiy munosabatlari hududida ular oxirgi birgalikdagi yashash joyiga ega boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi bilan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176522" id="-2176522">4. Agar ushbu moddaning 3-bandida koʻrsatilgan shaxslar Ahdlashuvchi Tomonlar hududida birgalikdagi yashash joyiga ega boʻlishmagan boʻlsa, muassasasi ishni koʻrib chiqayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi qoʻllanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176523" id="-2176523">5. Er-xotinlarning ularning koʻchmas mulkka boʻlgan huquqiy munosabatlari, ushbu mulk hududida joylashgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi boʻyicha belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176524" id="-2176524">6. Er-xotinlarning shaxsiy va mulkiy huquqiy munosabatlari toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha qonunchiligi ushbu moddaning <a href="/mact/-2176326#-2176519">1-3</a>-, <a href="/mact/-2176326#-2176523">5-bandlariga </a>muvofiq qoʻllanilishi kerak boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon muassasalari vakolatlidir.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176525" id="-2176525">28-modda <br />Nikohni bekor qilish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176526" id="-2176526">1. Nikohni bekor qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha er-xotinlar ariza berilgan vaqtda fuqarolari boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi qoʻllanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176527" id="-2176527">2. Agar er-xotinlardan biri Ahdlashuvchi Tomonlardan birining, ikkinchisi — Ahdlashuvchi Tomonlardan boshqasining fuqarosi boʻlsa, muassasasi nikohni bekor qilish toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi qoʻllanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176528" id="-2176528">29-modda <br />Ahdlashuvchi Tomonlar muassasalarining vakolatliligi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176529" id="-2176529">1. 28-moddaning <a href="/mact/-2176326#-2176526">1-bandida</a> nazarda tutilgan holatda nikohni bekor qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha er-xotinlar ariza berilgan vaqtda fuqarolari boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasalari vakolatlidir. Agar ariza berilgan vaqtda er-xotinning ikkalasi ham boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida yashashsa, u holda ham ushbu Ahdlashuvchi Tomon adliya muassasalari vakolatlidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176530" id="-2176530">2. 28-moddaning<a href="/mact/-2176326#-2176527"> 2-bandida </a>nazarda tutilgan holatda nikohni bekor qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha er-xotinning ikkalasi ham hududida yashaydigan Ahdlashuvchi Tomon adliya muassasalari vakolatlidir. Agar er-xotindan biri Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida, ikkinchisi Ahdlashuvchi Tomonlardan boshqasining hududida yashasa, u holda nikohni bekor qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha er-xotinlar hududlarida yashaydigan ikkala Ahdlashuvchi Tomon adliya muassasalari vakolatlidir.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176531" id="-2176531">30-modda <br />Nikohni haqiqiy emas deb eʼtirof etish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176532" id="-2176532">1. Nikohni haqiqiy emas deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha<a href="/mact/-2176326#-2176515"> 26-moddaga </a>muvofiq nikohdan oʻtishda qoʻllangan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi qoʻllanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176535" id="-2176535">2. Nikohni haqiqiy emas deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha Ahdlashuvchi Tomonlar adliya muassasalarining vakolatligi ushbu Shartnomaning <a href="/mact/-2176326#-2176528">29-moddaga</a> muvofiq belgilanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176536" id="-2176536">31-modda <br />Otalikni yoki onalikni belgilash va bekor qilish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176537" id="-2176537">Otalikni yoki onalikni belgilash va bekor qilish bola tugʻilishi boʻyicha fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi boʻyicha belgilanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176538" id="-2176538">32-modda <br />Ota-onalar va bolalar oʻrtasidagi huquqiy munosabatlar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176539" id="-2176539">1. Ota-onalar va bolalar oʻrtasidagi huquqiy munosabatlar hududida ular birgalikda yashash joyiga ega boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi bilan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176540" id="-2176540">2. Agar ota-onalar va bolalardan birontasining yashash joyi boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida joylashgan boʻlsa, ular oʻrtasidagi huquqiy munosabatlar bola fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi bilan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176541" id="-2176541">3. Nikohsiz tugʻilgan bola va uning onasi hamda otasi oʻrtasidagi huquqiy munosabatlar bola fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi bilan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176542" id="-2176542">4. Balogʻat yoshiga yetgan bolalardan alimentlar undirish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha hududida aliment olishga daʼvogar shaxs yashash joyiga ega boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi qoʻllanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176543" id="-2176543">5. Ota-onalar va bolalar oʻrtasidagi huquqiy munosabatlar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha ushbu moddaning <a href="/mact/-2176326#-2176539">1</a>-, <a href="/mact/-2176326#-2176540">2</a>-, <a href="/mact/-2176326#-2176541">3</a>- va <a href="/mact/-2176326#-2176542">4-bandlariga </a>muvofiq qonunchiligi qoʻllanadigan Ahdlashuvchi Tomonning sudi vakolatlidir.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176596" id="-2176596">33-modda <br />Vasiylik va homiylik</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176597" id="-2176597">1. Vasiylik va homiylikni belgilash yoki bekor qilish oʻziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilanayotgan yoki bekor qilinayotgan shaxs fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi boʻyicha amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176598" id="-2176598">2. Vasiy va homiy bilan vasiylikka yoki homiylikka olinayotgan shaxs oʻrtasidagi huquqiy munosabatlar vasiy yoki homiyni muassasasi tayinlagan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi bilan tartibga solib boriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176599" id="-2176599">3. Vasiylikni yoki homiylikni qabul qilish majburiyati vasiy yoki homiy etib tayinlanayotgan shaxs fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi bilan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176600" id="-2176600">4. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining fuqarosi boʻlgan shaxsning vasiysi va homiysi etib boshqa Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi, agar u vasiylik yoki homiylik amalga oshiriladigan Ahdlashuvchi Tomon hududida yashasa, tayinlanishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176601" id="-2176601">34-modda <br />Ahdlashuvchi Tomonlar muassasalarining vasiylik va homiylik masalalaridagi vakolatliligi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176602" id="-2176602">Agar ushbu Shartnoma bilan boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, oʻziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilanayotgan shaxs fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning muassasalari vasiylik va homiylikni belgilash yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha vakolatli hisoblanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176603" id="-2176603">35-modda <br />Vasiylik va homiylikka olishga oid chora-tadbirlar koʻrish tartibi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176604" id="-2176604">1. Bir Ahdlashuvchi Tomon fuqarosining manfaatlari yoʻlida, agar uning yashash joyi, turar joyi yoxud mulki boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida boʻlsa, vasiylik yoki homiylik boʻyicha choralar koʻrish zarur boʻlib qolgan hollarda ushbu Ahdlashuvchi Tomonning muassasasi ushbu Shartnomaning<a href="/mact/-2176326#-2176601"> 34-moddaga </a>muvofiq zudlik bilan vakolatli organni xabardor qilib qoʻyadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176605" id="-2176605">2. Kechiktirish mumkin boʻlmagan hollarda boshqa Ahdlashuvchi Tomon oʻz qonunchilik hujjatlariga muvofiq zarur boʻlgan vaqtinchalik chora-tadbirlarni oʻzi koʻrishi mumkin. Bunda u <a href="/mact/-2176326#-2176601">34-moddaga</a> muvofiq vakolatli muassasani xabardor qilib qoʻyishga majburdir. Ushbu chora-tadbirlar <a href="/mact/-2176326#-2176601">34-moddada</a> koʻrsatib oʻtilgan muassasa tomonidan boshqa qaror qabul qilingunga qadar oʻz kuchini saqlab qoladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176606" id="-2176606">36-modda <br />Vasiylik va homiylikka berish tartibi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176607" id="-2176607">1. Vasiylik va homiylikdagi shaxs ushbu Ahdlashuvchi Tomon hududida yashash joyiga, turar joyiga yoki mulkka ega boʻlgan hollarda <a href="/mact/-2176326#-2176601">34-moddaga </a>muvofiq vakolatli organ vasiylik yoki homiylikni boshqa Ahdlashuvchi Tomon muassasasiga berishi mumkin. Vasiylik yoki homiylikni berish surayotgan muassasa vasiylik yoki homiylikni oʻziga qabul qilgan paytdan boshlab kuchga kiradi va bu haqda soʻralgan muassasa xabardor qilib qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176608" id="-2176608">2. Ushbu moddaning<a href="/mact/-2176326#-2176607"> 1-bandiga </a>muvofiq vasiylik yoki homiylikni qabul qilgan muassasa uni oʻz davlati qonunchiligiga muvofiq amalga oshiradi. U vasiylikka olingan yoki homiylikdagi shaxsning shaxsiy maqomiga aloqador masalalar boʻyicha qaror chiqarish huquqiga ega emas, lekin bu shaxs fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi boʻyicha zarur boʻlsa nikohdan oʻtishiga ruxsat berishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176609" id="-2176609">37-modda <br />Farzandlikka olish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176610" id="-2176610">1. Farzandlikka olish yoki uni bekor qilish farzandlikka oluvchi fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonun hujjatlariga muvofiq farzandlikka olish yoki uni bekor qilish haqida ariza berilgan vaqtdan boshlab belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176611" id="-2176611">2. Agar bola boshqa Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi hisoblansa, farzandlikka olishda yoki uni bekor qilishda qonuniy vakilning va vakolatli davlat organining, shuningdek u fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi shuni talab etsa, bolaning ham roziligini olish zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176612" id="-2176612">3. Agar bolaning biri Ahdlashayotgan Tomonning fuqarosi, boshqasi esa boshqa Ahdlashayotgan Tomonning fuqarosi hisoblangan er-xotinlar tomonidan farzandlikka olinayotgan boʻlsa, farzandlikka olish yoki uni bekor qilish ikkala Ahdlashayotgan Tomon qonunchiligida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq amalga oshirilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176613" id="-2176613">4. Farzandlikka olish yoki uni bekor qilish toʻgʻrisida ariza berilgan paytda farzandlikka oluvchi fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomonning muassasasi farzandlikka olish yoki uni bekor qilish ishlari boʻyicha vakolatlidir. Ushbu moddaning <a href="/mact/-2176326#-2176612">3-bandida</a> nazarda tutilgan hollarda esa er-xotinlar oxirgi yashash joyiga yoki turar joyiga ega boʻlgan yoki hozir ega boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon hududidagi muassasa vakolatlidir.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176614" id="-2176614">IV-qism <br />Mulkiy huquqiy munosabatlar </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176615" id="-2176615">38-modda <br />Mulkchilik huquqi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176616" id="-2176616">1. Koʻchmas mulkka egalik qilish huquqi hududida koʻchmas mulk joylashgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq belgilanadi. Qanday mulk koʻchmas hisoblanishi haqidagi masala hududida ushbu koʻchmas mulk joylashgan davlatning qonunchiligiga muvofiq hal etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176617" id="-2176617">2. Davlat reyestriga kiritilishi zarur boʻlgan transport vositalariga egalik huquqi hududida transport vositasini roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshirgan organ joylashgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga binoan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176618" id="-2176618">3. Mulkka egalik huquqining paydo boʻlishi va bekor qilinishi yoki boshqa mulkka ashyoviy huquq bunday huquqning paydo boʻlishi yoki bekor qilinishiga asos boʻlib xizmat qiluvchi harakatlar yoki boshqa holatlar yuz bergan vaqtda hududida joylashgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga binoan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176619" id="-2176619">4. Bitishuv mavzusi hisoblangan shaxsiy mulk huquqining yoki mulkka boshqa mulkiy huquqning paydo boʻlishi va bekor qilinishi tomonlar bitimlarida boshqacha koʻzda tutilgan boʻlmasa hududida kelishuv imzolangan tomonning qonunchiligi bilan belgilanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176620" id="-2176620">39-modda <br />Kelishuv shakllari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176621" id="-2176621">1. Kelishuv shakli u amalga oshirilgan joyning qonunchiligi bilan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176622" id="-2176622">2. Koʻchmas mulkka oid va unga boʻlgan huquqlar boʻyicha kelishuvlar shakli hududida bunday mulk joylashgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga binoan belgilanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176623" id="-2176623">40-modda <br />Ishonch qogʻozi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176624" id="-2176624">Ishonch qogʻozining shakli va amalda boʻlish muddati hududida ishonch qogʻozi berilgan Tomonning qonunchiligiga koʻra belgilanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176625" id="-2176625">41-modda <br />Tomonlarning kelishuvlar boʻyicha huquq va majburiyatlari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176626" id="-2176626">Tomonlarning kelishuvlar boʻyicha huquq va majburiyatlari, agar tomonlarning bitimlari bilan boshqa tartib koʻzda tutilmagan boʻlsa, uni amalga oshirish joyidagi qonunchilik boʻyicha belgilanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176627" id="-2176627">42-modda <br />Zararni qoplash</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176628" id="-2176628">1. Shartnomalar va boshqa huquqiy meʼyordagi harakatlardan kelib chiqqanlardan tashqari, zararni qoplash haqidagi majburiyatlar hududida zararni qoplash haqidagi talabga asos boʻlib xizmat qilgan harakat yoki boshqa holatlar yuz bergan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga binoan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176629" id="-2176629">2. Agar zarar keltiruvchi va zarar koʻrgan bir Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi hisoblansa, shu Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi qoʻllaniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176630" id="-2176630">3. Ushbu moddaning<a href="/mact/-2176326#-2176628"> 1- </a>va <a href="/mact/-2176326#-2176629">2-bandlarida </a>eslatilgan ishlar boʻyicha hududida zararni qoplash haqidagi talabga asos boʻlib xizmat qilgan harakat yoki boshqa holatlar yuz bergan Ahdlashuvchi Tomon sudi vakolatlidir. Zarar koʻrgan hududida javobgar yashash joyiga ega boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon sudiga ham daʼvo arizasi berishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176631" id="-2176631">43-modda <br />Daʼvo qoʻzgʻatish muddati </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176632" id="-2176632">Daʼvo qoʻzgʻatish muddati masalalari tegishli huquqiy munosabatlar tartibga solinishi uchun qoʻllaniladigan qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176633" id="-2176633">V-qism <br />Meros qoldirish</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176634" id="-2176634">44-modda <br />Tenglik tamoyili</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176635" id="-2176635">Har bir Ahdlashuvchi Tomonning fuqarolari boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida qonun boʻyicha mulk yoki huquqni qonun yoxud vasiyatnoma boʻyicha ushbu Ahdlashuvchi Tomon fuqarolariday teng shartlarda va hajmda meros qilib qoldirishlari mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176636" id="-2176636">45-modda <br />Meros qilib olish huquqi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176637" id="-2176637">1. Mulkni meros qilib qoldirish huquqi, ushbu moddaning<a href="/mact/-2176326#-2176638"> 2-bandida</a> nazarda tutilgan hollardan tashqari, meros qilib qoldiruvchi hududida oxirgi turar joyiga ega boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi boʻyicha belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176638" id="-2176638">2. Koʻchmas mulkni meros qilib qoldirish huquqi mulk hududida joylashgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga koʻra belgilanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176640" id="-2176640">46-modda <br />Merosning davlatga oʻtishi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176641" id="-2176641">Agar meros qoldirishda qoʻllanilishi kerak boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi boʻyicha merosxoʻr davlat boʻlsa, unda meros qilib qoldirilgan koʻchar mulk vafot etgan vaqtda meros qoldiruvchi fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomonga oʻtadi, meros qilib qoldirilgan koʻchmas mulk esa oʻzi joylashgan hududda Ahdlashuvchi Tomonga oʻtadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176642" id="-2176642">47-modda <br />Vasiyatnoma</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176643" id="-2176643">Shaxsning vasiyatnoma tuzish va uni bekor qilish qobiliyati, shuningdek vasiyatnomaning shakli va uni bekor qilish tartibi dalolatnoma tuzish vaqtida vasiyat qiluvchi yashash joyiga ega boʻlgan davlat huquqi boʻyicha belgilanadi. Biroq vasiyatnoma yoki uni bekor qilish agar vasiyatnoma uni tuzish joyi huquqi talablarini qondirsa, uning shakliga rioya qilinmaganligi bois haqiqiy emas deb topilishi mumkin emas.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176644" id="-2176644">48-modda <br />Meros qilib olish ishlari vakolati </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176645" id="-2176645">1. Koʻchar mulkni meros qilib olish haqidagi ishlar boʻyicha koʻrib chiqishni meros qoldiruvchi vafot etgan vaqtda hududida turar joyga ega boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning muassasalari olib borishga vakolatlidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176646" id="-2176646">2. Koʻchmas mulkni meros qilib olish haqidagi ishlar boʻyicha koʻrib chiqishni mulk joylashgan hududdagi Ahdlashuvchi Tomon muassasasi koʻrib chiqishga vakolatlidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176647" id="-2176647">3. Ushbu moddaning<a href="/mact/-2176326#-2176645"> 1- </a>va <a href="/mact/-2176326#-2176646">2-bandlaridagi </a>qoidalar meros toʻgʻrisidagi ishlar koʻrib chiqiladigan ishlar munosabati bilan paydo boʻladigan nizolarni koʻrib chiqishda ham qoʻllaniladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176664" id="-2176664">49-modda <br />Meros qilib olish ishlari boʻyicha diplomatik vakolatxona yoki konsullik muassasasining vakolati </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176665" id="-2176665">Meros qilib olish ishlari boʻyicha, shu jumladan, meros qilib olish nizolari boʻyicha Ahdlashuvchi Tomonlardan har birining diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi, merosdan voz kechish huquqini istisno qilganda, oʻz davlatining fuqarolarini, agar ular boʻlmasalar yoki vakil tayinlamagan boʻlsalar, boshqa Ahdlashuvchi Tomonning muassasalarida maxsus ishonchnoma qogʻozisiz ifodalash uchun vakolatlidir.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176668" id="-2176668">50-modda <br />Merosni muhofaza qilish choralari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176670" id="-2176670">1. Ahdlashuvchi Tomonlar muassasalari oʻz qonunchiliklariga muvofiq boshqa Ahdlashuvchi Tomon fuqarolari tomonidan oʻz hududlarida qoldirilgan merosni muhofaza qilish yoki unga egalik qilish uchun zarur chora-tadbirlar koʻradilar. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176671" id="-2176671">2. Ushbu moddaning <a href="/mact/-2176326#-2176670">1-bandiga</a> muvofiq koʻrilgan choralar toʻgʻrisida meros beruvchi fuqarosi hisoblanadigan Ahdlashuvchi Tomonning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi tezda xabardor qilinadi. Koʻrsatilgan vakolatxona yoki muassasa ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176681" id="-2176681">3. Ushbu moddaning <a href="/mact/-2176326#-2176670">1-bandiga </a>muvofiq koʻrilgan chora-tadbirlar meros qilish toʻgʻrisidagi ishni amalga oshirishga vakolati boʻlgan adliya muassasasi, shuningdek diplomatik vakolatxona yoki konsullik muassasasining iltimosiga koʻra oʻzgartirilishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176686" id="-2176686">51-modda <br />Merosni berish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176689" id="-2176689">1. Agar meros qolgan koʻchar mulk yoki meros qolgan koʻchar yoki koʻchmas mulkni sotishdan tushgan pul summasi meros qilib olishni koʻrib chiqish tugaganidan soʻng yashash joyi yoki turar joyi boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida joylashgan merosxoʻrlarga berilishi zarur boʻlsa, unda merosga qolgan mulk yoki tushgan pul summasi ushbu Ahdlashuvchi Tomon diplomatik vakilligi yoki konsullik muassasasiga beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176691" id="-2176691">2. Meros olish huquqi haqidagi ishlar boʻyicha vakolatli boʻlgan muassasa merosga qolgan mulkni diplomatik vakillik yoki konsullik muassasasiga berish toʻgʻrisida farmoyish beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176693" id="-2176693">3. Bu mulk merosxoʻrlarga berilish mumkin, agar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176695" id="-2176695">a) meros qolgan mulk joylashgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligida belgilangan muddatda meros qoldiruvchining kreditorlari bildirgan barcha talablar toʻlangan yoki taʼminlangan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176696" id="-2176696">b) meros qilib qoldirish bilan bogʻliq barcha yigʻimlar toʻlangan yoki taʼminlangan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176698" id="-2176698">v) agar bu zarur boʻlsa, vakolatli muassasalar merosga qoldirilgan mulkni olib chiqib ketishga ruxsat bergan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176701" id="-2176701">4. Pul summalarini oʻtkazish Ahdlashuvchi Tomonlar hududida amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176705" id="-2176705">III-boʻlim <br />Qarorlarni eʼtirof etish va bajarish </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176708" id="-2176708">52-modda <br />Qarorlarni eʼtirof etish va bajarish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176709" id="-2176709">Ahdlashuvchi Tomonlardan har biri ushbu Shartnomada nazarda tutilgan shartlarda Ahdlashuvchi Tomon hududida chiqarilgan qonuniy kuchga kirgan quyidagi qarorlarni eʼtirof etadi va bajaradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176710" id="-2176710">a) adliya muassasalarining fuqarolik va oilaviy ishlar boʻyicha qarorlari, shuningdek shunday ishlar boʻyicha sud tomonidan tasdiqlangan yarashuv bitimlari va pul majburiyatlariga nisbatan notarial dalolatnomalar (keyingi oʻrinlarda — qarorlar deb ataladilar).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176712" id="-2176712">b) jinoyat sodir etish natijasida koʻrilgan zararni qoplashga oid jinoiy ishlar boʻyicha sudlarning hukmlari.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176715" id="-2176715">53-modda <br />Bajarilishi talab etilmaydigan qarorlarni eʼtirof etish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176718" id="-2176718">1. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasalari tomonidan chiqarilgan va qonuniy kuchga kirgan, oʻz xususiyatiga koʻra bajarilishi talab etilmaydigan qarorlar boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida maxsus ishlarni bajarmasdan quyidagi shartlarda eʼtirof etiladi, agar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176721" id="-2176721">a) soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasalari ilgari bu ishlar boʻyicha qonuniy kuchga kirgan qarorlar chiqarmagan boʻlsalar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176722" id="-2176722">b) ushbu Shartnomaga koʻra ish, qaror hududida eʼtirof etilishi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga koʻra ular tomonidan nazarda tutilmagan hollarda ular Ahdlashuvchi Tomon adliya muassasalarining alohida vakolatlariga taalluqli boʻlmasa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176724" id="-2176724">2. Ushbu moddadagi <a href="/mact/-2176326#-2176718">1-bandning</a> qoidalari vasiylik va homiylik boʻyicha qarorlarga ham, shuningdek fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish organlari tomonidan chiqarilgan qarorlarga ham tegishli boʻladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176726" id="-2176726">54-modda <br />Qarorlarni majburiy ijro etishga ruxsat berish toʻgʻrisida iltimosnoma </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176728" id="-2176728">1. Qarorlarni majburiy ijro etishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi iltimosnoma ijro etilishi kerak boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli sudiga beriladi. Iltimosnoma birinchi pogʻonadagi ish boʻyicha qaror chiqargan sudga ham kiritilishi mumkin. Ushbu sud iltimosnomani iltimosnoma boʻyicha qaror chiqarish vakolatiga ega boʻlgan sudga joʻnatadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176731" id="-2176731">2. Iltimosnomaga quyidagilar ilova qilinadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176733" id="-2176733">a) qaror yoki uning tasdiqlangan nusxasi, shuningdek qaror qonuniy kuchga kirganligi va ijro etilishi kerakligi haqidagi rasmiy hujjat yoki u qonuniy kuchga kirgunga qadar ijro etilishi kerak boʻlgan, agar bu qarorning oʻzidan kelib chiqmasa, hujjat;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176737" id="-2176737">b) jarayonda ishtirok etmagan tomonga qarshi qaror chiqarilganligini, belgilangan tartibda va oʻz vaqtida sudga chaqirtirilganligini, uning protsessual muomalaga layoqatli emasligi hollari esa belgilangan ravishda aytilganligini bildiruvchi hujjat;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176738" id="-2176738">v) hujjat joʻnatilish vaqtida qarorlar qisman bajarilganligini tasdiqlovchi hujjat;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176739" id="-2176739">g) shartnomada kelishilgan sudli ishlar boʻyicha tomonlarning bitimini tasdiqlovchi hujjat.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176740" id="-2176740">3. Qarorlarni majburiy ijro etishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi iltimosnoma va unga ilova qilingan hujjatlar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon tiliga yoki rus tiliga tarjima qilinib tasdiqlangan tarjimasi bilan taʼminlanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176744" id="-2176744">55-modda <br />Qarorlarni eʼtirof etish va majburiy bajarish tartibi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176746" id="-2176746">1. <a href="/mact/-2176326#-2176708">52</a>-, <a href="/mact/-2176326#-2176726">54-moddada </a>nazarda tutilgan qarorlarni eʼtirof etish va majburiy bajarishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi iltimosnoma, hududida majburiy bajarish amalga oshiriladigan Ahdlashuvchi Tomonning sudlari tomonidan koʻrib chiqiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176747" id="-2176747">2. Qarorlarni eʼtirof etish va majburiy bajarishga ruxsat berish haqidagi iltimosnomani koʻrib chiquvchi sud ushbu Shartnomada nazarda tutilgan shartlarga rioya qilinganligini belgilash bilan chegaralanadi. Shartlarga rioya qilingan hollarda, sud majburiy bajarish toʻgʻrisida qaror chiqaradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176749" id="-2176749">3. Majburiy bajarish tartibi hududida bajarilishi kerak boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi boʻyicha belgilanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176752" id="-2176752">56-modda <br />Qarorlarni eʼtirof etishni va ijro etishni rad etish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176757" id="-2176757">Quyidagi hollarda <a href="/mact/-2176326#-2176708">52-moddada </a>nazarda tutilgan qarorlarni eʼtirof etish va majburiy ijro etish uchun ruxsatnoma berishni rad etish mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176762" id="-2176762">a) hududida qaror chiqarilgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq u qonuniy kuchga kirmaganda yoki ijro etilishi kerak boʻlmaganda, qaror qonuniy kuchga kirgunga qadar ijro etilishi kerak boʻlgan hollar bundan mustasnodir;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176764" id="-2176764">b) javobgar oʻziga yoki uning vakiliga oʻz vaqtida va tegishli ravishda sudga kelish uchun chaqiriq qogʻozi berilmaganligi sababli jarayonda qatnashmaganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176766" id="-2176766">v) ushbu Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi ushbu bahs boʻyicha shu qaror eʼtirof etilishi va ijro etilishi lozim boʻlgan va shu asosda Ahdlashuvchi Tomon hududida oldin ham qonuniy kuchga kirgan qaror chiqarilgan yoki uchinchi davlat sudining eʼtirof etilgan qarori boʻlgan yoxud ushbu Ahdlashuvchi Tomon muassasasi tomonidan ushbu ish boʻyicha koʻrib chiqish qoʻzgʻatilganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176767" id="-2176767">g) ushbu Shartnoma qoidalariga asosan, ushbu Shartnomada koʻzda tutilmagan vaziyatlarda esa hududida qaror tan olinishi va ijro etilishi zarur boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga asosan ish uning muassasalarining istisnoli vakolatiga taalluqli boʻlganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176768" id="-2176768">d) Shartnomada kelishilgan sudga tegishli ish boʻyicha tomonlarning bitimini tasdiqlovchi hujjat boʻlmaganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176769" id="-2176769">e) sud koʻrib chiqayotgan qarorlarni eʼtirof etish va ijro etish toʻgʻrisidagi iltimosnoma Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunchiligida nazarda tutilgan majburiy ijro etish muddati oʻtib ketganda.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176784" id="-2176784">IV-boʻlim <br />Jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176789" id="-2176789">I-qism <br />Jinoyatchilarni berish </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176793" id="-2176793">57-modda <br />Jinoyatchilarni berish majburiyati </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176795" id="-2176795">Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu Shartnomada nazarda tutilgan shartlarga muvofiq bir-birlarining iltimoslariga koʻra oʻzlarining hududlaridagi jinoyat uchun jinoiy javobgarlikka tortish sababli yoxud shunday jinoyat sababli hukmni ijro etish soʻralayotgan davlatda qidirilayotgan shaxslarni ushlab berish majburiyatini oladilar.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2176797" id="-2176797">58-modda <br />Jinoyatchilarni berishga sabab boʻluvchi jinoyatlar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176798" id="-2176798">1. Ushbu Shartnomaning maqsadi uchun jinoyatchilarni berishga sabab boʻlgan soʻralayotgan va soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunchiligiga muvofiq jinoyatlar hisoblanadigan huquq buzishlar bir yildan ortiq ozodlikdan mahrum etish yoki ogʻirroq jazo bilan jazolanadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176799" id="-2176799">2. Ushbu moddaning<a href="/mact/-2176326#-2176798"> 1-bandida </a>nazarda tutilgan jinoyat qilinganligi uchun chiqarilgan hukmni ijro etish uchun jinoyatchini berish, agar jazo muddati tamom boʻlgunga qadar kamida olti oy qolgan boʻlsa, amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176800" id="-2176800">3. Soʻralayotgan va soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunchiligiga muvofiq jazolanishi kerak boʻlgan qandaydir jinoyat shunday jinoyat hisoblanadimi yoki yoʻqmi ekanligi aniqlanganda quyidagilarning ahamiyati yoʻqdir:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176801" id="-2176801">a) Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunchiligiga muvofiq ushbu jinoyatdan iborat boʻlgan faoliyat yoki faoliyatsizlik shunga oʻxshash jinoyatlar toifasiga tegishlimi yoki ushbu jinoyat shunga oʻxshash atama bilan ataladimi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176802" id="-2176802">b) Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunchiligiga muvofiq ushbu jinoyatni tashkil etuvchi elementlari farqlanadimi, chunki soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatlar yoki faoliyatsizlikning barchasi eʼtiborga olinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2176803" id="-2176803">4. Jinoyatchini berish haqidagi iltimosnoma bir necha alohida jinoyatlarga taalluqli boʻlsa, ulardan hammasi ushbu moddaning <a href="/mact/-2176326#-2176798">1-bandida</a> nazarda tutilgan shartlarga muvofiq kelmasa, unda talab qilinayotgan jinoyatchini berishga, hech boʻlmaganda jinoyatlardan biri jinoyatchini berishga sabab boʻlsa, shu shart bilan ruxsat etilishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2177237" id="-2177237">59-modda <br />Jinoyatchini berishni rad etish uchun asos </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177238" id="-2177238">Jinoyatchi quyidagi hollarda berilmaydi, agar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177239" id="-2177239">a) berish talab etilayotgan shaxs soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi boʻlsa yoki shu davlatda boshpana berilgan shaxs boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177241" id="-2177241">b) iltimosnoma olingan paytda soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq jinoiy taʼqib qoʻzgʻatilishi mumkin boʻlmasa yoki hukm har qanday qonuniy asoslar, shuningdek muddati oʻtishi yoki umumiy afv boʻyicha ijro etilishi mumkin boʻlmasa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177242" id="-2177242">v) soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida xuddi shu jinoyat uchun berish talab etilayotgan shaxsga nisbatan hukm yoki ish boʻyicha koʻrib chiqishni bekor qilish toʻgʻrisida qonuniy kuchga kirgan qaror chiqarilgan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177243" id="-2177243">g) jinoyatchini berish toʻgʻrisida iltimosnoma tushishi munosabati bilan soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida, shuningdek jinoyatni sodir etish vaqtida uning qonunchiligiga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilgan uning bayrogʻi ostidagi kemada yoki havo kemasida butunlay yoki qisman sodir etilgan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177244" id="-2177244">d) jinoyatchini berish toʻgʻrisida tushadigan iltimosnoma munosabati bilan jinoyat uchun jinoiy taʼqib soʻrayotgan va soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunchiligiga muvofiq faqat jabrlanuvchining arizasiga koʻra qoʻzgʻatilishi mumkin boʻlsa.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2177246" id="-2177246">60-modda <br />Jinoyatchini berish toʻgʻrisidagi iltimosnoma va zarur boʻlgan hujjatlar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177249" id="-2177249">1. Jinoyatchini berish toʻgʻrisidagi iltimosnoma yozma holda joʻnatiladi va unda berish talab etilayotgan shaxs toʻgʻrisidagi zarur axborotlar, shuningdek uning fuqaroligi va turar joyi yoki yashash joyi haqidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177250" id="-2177250">2. Jinoyatchini berish toʻgʻrisidagi iltimosnomaga barcha hollarda quyidagilar ilova qilinadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177251" id="-2177251">a) har qanday boshqa axborotlar bilan bir qatorda ushbu shaxsning shaxsini aniqlashga yordam berishi mumkin boʻlgan iloji boricha aniq bayon-tasviri, shuningdek foto rasmi yoki agar boʻlsa, boshqa tasviri;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177253" id="-2177253">b) ushbu jinoyatni kvalifikatsiyalovchi tegishli qoidaning matni yoki, zarur boʻlganda, ushbu jinoyatga toʻgʻri keladigan tegishli qonundan koʻchirma va ushbu jinoyatga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan jazoning bayon-tasviri.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177255" id="-2177255">3. Agar talab qilingan shaxs jinoyatda ayblanayotgan boʻlsa, berish toʻgʻrisidagi iltimosnomaga jinoyatning haqiqiy holatlari bayon etilgan qamoqqa olish haqidagi qarorning tasdiqlangan nusxasi, shuningdek, jinoyat sodir etilgan vaqt va joy, moddiy zarar haqidagi, agar shunday zarar koʻrilgan boʻlsa, maʼlumotlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177256" id="-2177256">4. Agar talab qilinayotgan shaxs jinoyat uchun hukm qilingan boʻlsa, jinoyatchini berish haqidagi iltimosnomaga qonuniy kuchga kirgan hukmning tasdiqlangan nusxasi yoki tasdiqlangan undan koʻchirmaning ayblov qismi va chiqarilgan hukm hamda, agar hukm qilingan shaxs jazoning bir qismini oʻtagan boʻlsa, jazoning oʻtalmagan qismi haqidagi maʼlumotlar bayon qilingan holda ilova qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177258" id="-2177258">5. Jinoyatchini berish haqidagi iltimosnoma va unga ilova qilinadigan hujjatlar ushbu Shartnomaning <a href="/mact/-2176326#-2176473">17-moddasiga </a>muvofiq tuziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177260" id="-2177260">6. Jinoyatchini berish haqidagi iltimosnoma soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududidagi talab qilinayotgan shaxsning turar joyi maʼlum boʻlgan hollarda joʻnatiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2177261" id="-2177261">61-modda <br />Jinoyatchini berish haqidagi iltimosnomaga nisbatan qaror </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177262" id="-2177262">1. Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon oʻz qonunchiligida nazarda tutilgan tartibga muvofiq jinoyatchini berish haqidagi iltimosnomani koʻrib chiqadi va soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonni oʻz qarori haqida zudlik bilan xabardor qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177263" id="-2177263">2. Iltimosnomani qondirish haqida qaror qabul qilingan hollarda soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon talab qilinayotgan shaxsni qamoqqa olish uchun tezlik bilan chora-tadbirlar koʻradi. Bu shaxsning qamoqqa olinganligi haqida soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon zudlik bilan xabardor qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177264" id="-2177264">3. Jinoyatchini berish haqidagi iltimosnomani qondirishdagi toʻliq yoki qisman rad etishlar tegishli sabablar bilan asoslab beriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2177265" id="-2177265">62-modda <br />Qoʻshimcha axborot</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177266" id="-2177266">1. Agar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon jinoyatchini berish haqida taqdim etilgan iltimosnomani asoslashdagi axborotni yetarli emas deb hisoblasa, u 15 kunda qoʻshimcha axborot berishni talab qilishi mumkin. Ayni zamonda soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon berilishi talab etilayotgan shaxsning oʻz hududidan chiqib ketishining oldini olish uchun uni kuzatishni taʼminlash uchun zarur chora-tadbirlar koʻrishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177267" id="-2177267">2. Ushbu moddaning <a href="/mact/-2176326#-2177266">1-bandida</a> nazarda tutilgan hollarda soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonga iloji boricha qisqa muddatda qoʻshimcha axborot taqdim etish uchun zarur choralar koʻradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2177268" id="-2177268">63-modda <br />Jinoyatchini berish haqida iltimosnoma olingunga qadar uni ushlab turish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177269" id="-2177269">1. Berilishi talab qilinayotgan shaxs qochmoqchi boʻlganligi haqida asoslarga ega boʻlinsa, soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonga talab qilinayotgan shaxsni uni berish haqida iltimosnoma olingunga qadar ushlab turish toʻgʻrisida iltimosnoma bilan murojaat qilishi mumkin. Bunday iltimosnoma bevosita yoki matnni berish texnika vositalari — telegraf, teleks, telefaks, elektron pochtasidan foydalangan holda berilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177270" id="-2177270">2. Bunday iltimosnoma talab qilinayotgan shaxsning bayon-tasviri, jinoyatchini berish haqida iltimosnoma yuborilishi toʻgʻrisidagi ariza, qamoqda saqlash toʻgʻrisida (qamoqqa olish uchun order)gi qaror yoki qonuniy kuchga kirgan hukm borligi haqidagi xabar, ushbu huquqbuzarlik uchun jazo tayinlanishi yoki tayinlanganligi haqidagi xabar, shuningdek muddatning yana qanday qismini oʻtashi kerakligi haqidagi maʼlumot, ushbu ish boʻyicha faktlarning bayoni va talab qilinayotgan shaxsning turgan joyi haqidagi maʼlumotlardan iborat boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177271" id="-2177271">3. Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon bunday iltimosnoma yuzasidan oʻz qonunchiligiga muvofiq tezda qaror qabul qiladi va tezlik bilan bu haqda soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonni xabardor qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177272" id="-2177272">4. Bu kabi iltimosnoma asosida ushlangan shaxs soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunida nazarda tutilgan muddat oʻtishi bilan, agar uni berish haqida iltimosnoma tushmasa, ozod qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177273" id="-2177273">5. Ushbu moddaning<a href="/mact/-2176326#-2177272"> 4-bandiga </a>muvofiq shaxsning ozod qilinishi keyinchalik jinoyatchini berish haqida iltimosnoma va tasdiqlovchi hujjatlar olingan hollarda talab qilinayotgan shaxsni berish maqsadida uni qaytadigan ushlash va qamoqqa olishga toʻsqinlik qilmaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2177274" id="-2177274">64-modda <br />Jinoyatchini berish haqida iltimosnoma olinguniga qadar uni qamoqqa olish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177276" id="-2177276">1. Ushbu Shartnomaning <a href="/mact/-2176326#-2177268">63-moddasida</a> nazarda tutilgan iltimosnoma asosida ushlangan shaxs alohida hollarda soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq faksimil aloqa orqali berilgan qamoqqa olish haqidagi qaror yoki qonuniy kuchga kirgan hukmning nusxalari, yoxud ayblov qismi va chiqarilgan hukm bayon qilingan holdagi tasdiqlangan undan koʻchirma boʻlganda jinoyatchini berish haqida iltimosnoma olingunga qadar qamoqqa olinishi mumkin. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon tiliga yoki rus tiliga tarjimasi bilan joʻnatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177277" id="-2177277">2. Ushbu moddaning <a href="/mact/-2176326#-2177276">1-bandida </a>nazarda tutilgan hollarda Ahdlashuvchi Tomonlar soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon jinoyatchini berish haqida iltimosnoma va tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi kerak boʻlgan vaqt davrini kelishib oladilar. Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon, agar jinoyatchini berish haqidagi iltimosnoma Ahdlashuvchi Tomonlar bilan kelishib olingan vaqtdagi davrda kelib tushmasa, qamoqqa olingan shaxsni ozod qiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2177279" id="-2177279">65-modda <br />Berilishi talab etilayotgan shaxsni qidirishni amalga oshirish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177282" id="-2177282">1. Ahdlashuvchi Tomonlar bunday shaxslar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida boʻlishlari mumkinligi haqidagi asoslarga ega boʻlganlarida jinoyatchini berish haqida iltimosnoma olgunga qadar, ushbu Shartnomaning <a href="/mact/-2176326#-2176797">58-moddasiga </a>muvofiq berishga sabab boʻlgan jinoyatlar sodir etishda ayblanayotgan shaxslarni iltimosnomaga muvofiq qidirishni amalga oshiradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177285" id="-2177285">2. Qidirishni amalga oshirish haqidagi iltimosnoma ushbu Shartnomaning <a href="/mact/-2176326#-2176428">7-</a> va <a href="/mact/-2176326#-2176473">17-moddalariga </a>muvofiq tuziladi va har qanday hollarda quyidagilardan iborat boʻlishi kerak:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177287" id="-2177287">a) qidirilayotgan shaxsning, uning shaxsini va turgan joyini aniqlashga yordam beradigan har qanday axborot bilan birga, iloji boricha toʻliq bayon-tasviri;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177289" id="-2177289">b) qidirilayotgan shaxs sodir etgan jinoyatni kvalifikatsiyalovchi tegishli qoidaning matni yoki zarur boʻlganda, ushbu jinoyatga toʻgʻri keladigan tegishli qonundan koʻchirma va ushbu jinoyatga sabab boʻlishi mumkin jazoning bayon-tasviri;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177291" id="-2177291">v) qamoqqa olish haqida qaror yoki qonuniy kuchga kirgan hukm borligi toʻgʻrisidagi axborot, shuningdek jazo muddatining yana qaysi qismini oʻtash kerakligi haqida maʼlumot, agar shaxs jazoning maʼlum qismini oʻtagan boʻlsa, jinoyatning amaldagi holatlarining qisqacha bayon-tasviri, shuningdek jinoyat sodir etilgan vaqt va joy koʻrsatiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177292" id="-2177292">g) jinoyatchi topilgan hollarda uni ushlash toʻgʻrisidagi iltimosnoma va jinoyatchini berish haqidagi iltimosnoma yuborilishi toʻgʻrisidagi ariza.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177294" id="-2177294">3. Qidirishni amalga oshirish toʻgʻrisidagi iltimosnomaga, agar bor boʻlsa, qidirilayotgan shaxsning fotosurati, qoʻl panjalarining izi, shuningdek talab etilishi mumkin boʻlgan boshqa hujjatlar yoki ularning nusxalari ilova qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177295" id="-2177295">4. Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon qidirish haqida iltimosnoma olishi bilan oʻz hududida qidirilayotgan shaxsning turgan joyini aniqlash va uni ushlash uchun zarur boʻlgan chora- tadbirlarni koʻradi. Bunday shaxs ushlanganligi haqida soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon zudlik bilan xabardor qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177296" id="-2177296">5. Ushbu moddaning qoidalariga muvofiq ushlangan shaxs, agar u ushlangan vaqtdan boshlab oʻttiz sutka mobaynida uni berish toʻgʻrisida iltimosnoma tushmasa, ozod qilinishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177300" id="-2177300">6. Ushbu moddaning<a href="/mact/-2176326#-2177296"> 5-bandiga</a> muvofiq shaxsning ozod qilinishi keyinchalik jinoyatchini berish haqida iltimosnoma va tasdiqlovchi hujjatlar olingan hollarda talab qilinayotgan shaxsni berish maqsadida uni qaytadigan ushlash va qamoqqa olishga toʻsqinlik qilmaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2177303" id="-2177303">66-modda <br />Asossiz ushlab turganlik va/yoki qamoqqa olganlik uchun javobgarlik </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177305" id="-2177305">1. Berilishi talab etilayotgan shaxsni asossiz ushlab turganlik va/yoki qamoqqa olganlik uchun soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon javob beradi, agar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177307" id="-2177307">a) ushbu Ahdlashuvchi Tomon tomonidan jinoyatchini berish toʻgʻrisidagi iltimosnoma va tegishli hujjatlar ushbu Shartnomaning <a href="/mact/-2176326#-2177268">63</a>-, <a href="/mact/-2176326#-2177274">64</a>- va <a href="/mact/-2176326#-2177279">65-moddalarida</a> nazarda tutilgan muddatlarda taqdim etilmasa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177309" id="-2177309">b) agar ushbu Ahdlashuvchi Tomon soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon ushlagan va qamoqqa olgan berilishi talab etiladigan shaxsni berish toʻgʻrisidagi iltimosnomani yuborishni rad etsa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177313" id="-2177313">2. Ushbu moddaning <a href="/mact/-2176326#-2177305">1-bandida </a>nazarda tutilgan hollarda asossiz ushlab turish va/yoki qamoqqa olish bilan keltirilgan zararni qoplash Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunchiligi va ushbu Shartnomada nazarda tutilgan shartlarda amalga oshiriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2177315" id="-2177315">67-modda <br />Shaxsni berish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177316" id="-2177316">1. Jinoyatchini berish toʻgʻrisidagi iltimosnomani qondirish haqida xabarnoma olinishi bilan Ahdlashuvchi Tomonlar talab qilinayotgan shaxsni berishning vaqtini, joyini va tadbirlarini kelishtiradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177318" id="-2177318">2. Talab qilinayotgan shaxsni berish tadbiri berish toʻgʻrisidagi ikki nusxadan iborat va soʻralayotgan va soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari vakillari tomonidan imzolanadigan aktni oʻz ichiga oladi. Zarur boʻlganda talab qilinayotgan shaxsni olish uchun soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar vakillarining vakolati Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi oldindan tuzilgan kelishuvga muvofiq tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177320" id="-2177320">3. Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlarning hududlaridan shaxs ushbu Ahdlashuvchi Tomon tomonidan belgilangan vaqtning oqilona davrida qabul qilinadi. Agar shaxs vaqtning belgilangan davrida qabul qilinmasa, soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon ushbu shaxsni ozod etishi mumkin va ushbu jinoyat munosabati bilan ushbu shaxsni berishni rad etishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177321" id="-2177321">4. Agar oʻziga bogʻliq boʻlmagan holatlarga koʻra Ahdlashuvchi Tomonlardan biri berilishi kerak boʻlgan shaxsni bera olmasa yoki qabul qila olmasa, u zudlik bilan bu haqda ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonni xabardor qiladi. Soʻralayotgan va soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar berishning yangi muddatlarini birgalikda belgilaydilar va bunda ushbu moddaning <a href="/mact/-2176326#-2177320">3-bandidagi </a>qoidalar qoʻllaniladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2177324" id="-2177324">68-modda <br />Jinoyatchini berish muddatini uzaytirish yoki vaqtinchaga berish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177326" id="-2177326">1. Agar berilishi talab etilayotgan shaxs soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar hududida jinoiy javobgarlikka tortilsa yoki boshqa qilmishi uchun hukm qilingan boʻlsa, uni berish muddati jinoiy taʼqib qilish toʻxtatilgunga, hukm ijro etilgunga yoki jazodan ozod qilingunga qadar uzaytirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177328" id="-2177328">2. Ushbu moddaning <a href="/mact/-2176326#-2177326">1-bandida</a> nazarda tutilgan jinoyatchini berish muddatini uzaytirish muddatini oʻtkazib yuborishi yoki shaxsga nisbatan tergovga jiddiy zarar yetkazishi mumkin boʻlsa, unda soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomondan talab qilinayotgan shaxsning muddatini uzaytirish oʻrniga soʻralayotgan va soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar bilan birgalikda belgilanadigan shartlarga muvofiq vaqtinchaga berishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177329" id="-2177329">3. Jinoiy ish boʻyicha harakatlarni tugashidan keyin, ushbu ish uchun vaqtincha berilgan shaxs uch oydan kechiktirmasdan qaytarib berilishi kerak.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2177331" id="-2177331">69-modda <br />Jinoyatchini berish toʻgʻrisidagi bir xil iltimosnomalar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177332" id="-2177332">Agar Ahdlashuvchi Tomonlardan biri aynan bir shaxsning oʻzini berish toʻgʻrisida bir vaqtning oʻzida boshqa Ahdlashuvchi Tomondan va qandaydir uchinchi davlatdan iltimosnoma olsa, u jinoyatchini berish haqidagi qaysi iltimosnoma qondirilishini oʻz xohishiga koʻra belgilaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2177334" id="-2177334">70-modda <br />Maxsus qoida </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177336" id="-2177336">1. Ushbu Shartnomaga muvofiq beriladigan shaxsga nisbatdan jinoiy taʼqib qilish, hukm chiqarish amalga oshirilmaydi va u soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlarning hududida berilgunga qadar sodir etilgan jinoyat uchun, berilishi munosabati bilan, agar bunga soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning roziligi boʻlmasa, jinoyatdan tashqari, shaxsiy ozodlikni qandaydir cheklashlarga tortilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177339" id="-2177339">2. Ushbu moddaning <a href="/mact/-2176326#-2177336">1-bandi </a>qoidasi, agar berilgan shaxs soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlarning hududidan chiqib ketish imkoniyatiga ega boʻlsa va uni jinoyat uchun javobgarlikdan butunlay ozod etilgandan soʻng bir oy davomida berilishi munosabati bilan chiqib ketmasa, yoki ushbu shaxs oldin undan chiqib ketib, soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar hududiga ixtiyoriy ravishda qaytib kelsa, qoʻllanilmaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2177343" id="-2177343">71-modda <br />Jinoyatchini takroriy berish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177347" id="-2177347">Agar berilgan shaxs soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar hududlarida jinoyat uchun javobgarlikdan butunlay ozod qilingunga qadar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar hududiga qaytarilsa, unda bu shaxsni takroriy berish ushbu Shartnomaning <a href="/mact/-2176326#-2177246">60</a>-, <a href="/mact/-2176326#-2177265">62-moddalarida </a>nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etmay iltimosnoma boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2177348" id="-2177348">72-modda <br />Mol-mulkni berish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177349" id="-2177349">1. Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar qonunchiligi yoʻl qoʻyadigan darajada va tegishli ravishda rioya qilinishi lozim boʻlgan uchinchi tomonning huquqlarini hisobga olib, soʻralayotgan davlatda barcha aniqlangan, jinoyat natijasida sotib olingan, shaxsni qaytarishga sabab boʻlgan yoki jinoiy ish boʻyicha dalil sifatida talab qilinishi mumkin boʻlgan mol-mulk, agar berish ruxsat etilgan soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlarning iltimosnomalari boʻlganda, beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177350" id="-2177350">2. Yuqorida eslatilgan mol-mulk, agar bu haqda soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon soʻrayotgan boʻlsa, hatto qandaydir sabablar boʻyicha shartlashishga erishilgan boʻlsa ham, shaxsni berishni amalga oshirish mumkin boʻlmasa ham, shu Ahdlashuvchi Tomonga beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177351" id="-2177351">3. Agar aytib oʻtilgan mulk jinoiy ish boʻyicha dalil sifatida soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonga zarur boʻlsa, unda uni berish ish boʻyicha ishlar tugagunga qadar muddati uzaytirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177352" id="-2177352">4. Agar aytib oʻtilgan mulk soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida xatlanishi va yoki musodara etilishi kerak boʻlsa, unda bu Ahdlashuvchi Tomon mulkni ushlab yoki vaqtinchaga berib turishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177353" id="-2177353">5. Agar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunchiligi yoki uchinchi tomonning huquqlari himoya qilish manfaatlari shuni talab qilsa, bunday tartibda berilgan har qanday mulk, agar buni ushbu Ahdlashuvchi Tomon talab qilsa, sud muhokamasi tamom boʻlishi bilan soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonga tekinga qaytariladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2177355" id="-2177355">73-modda <br />Tranzit tashish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177358" id="-2177358">1. Agar shaxs uchinchi davlatdan bir Ahdlashuvchi Tomonga boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududi orqali berilishi kerak boʻlsa, unda bu shaxsni oluvchi Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomondan bu shaxsni uning hududi orqali tranzit olib oʻtish uchun ruxsatnoma soʻraydi. Ushbu qoida boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududiga qoʻnish rejalashtirilmaganda, havo transportidan foydalangan hollarda qoʻllanilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177359" id="-2177359">2. Tegishli axborotdan iborat boʻlgan iltimosnoma olingandan soʻng soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon oʻz qonunchiligida nazarda tutilgan tadbirlarga muvofiq ushbu iltimosnomani koʻrib chiqadi va agar u oʻzining asosiy manfaatlariga zarar yetkazmasa, ushbu iltimosnomani tezlik bilan qondiradi. Ahdlashuvchi Tomonlarning vakolatli adliya muassasalari har biri alohida holda tranzit usullari, yoʻnalishlari va boshqa shartlarini kelishib oladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177361" id="-2177361">3. Tranzit tashishlar vaqtida tranzit qilayotgan davlat qamoqdagi shaxsni saqlashning yuridik imkoniyatlarini taʼminlaydi va olib ketilayotgan shaxsni kuzatib ketayotgan boshqa Ahdlashuvchi Tomonning vakillariga zarur yordam koʻrsatadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177363" id="-2177363">4. Ahdlashuvchi Tomon hududidan uchib oʻtayotgan havo kemasi bu yerda rejadan tashqari qoʻngan hollarda u olib ketilayotgan shaxsni kuzatib ketayotgan boshqa Ahdlashuvchi Tomonlarning vakillarining iltimosnomasiga koʻra ushbu moddaning <a href="/mact/-2176326#-2177358">1-bandiga </a>muvofiq olib ketilayotgan shaxsni tranzit tashish toʻgʻrisida iltimosnoma olgunga qadar 48 soat davomida qamoqda saqlashi mumkin. Bunday iltimos matnni berishning texnik vositalari, shuningdek telegraf, teleks, telefaks, elektron pochta yordamida berilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177364" id="-2177364">5. Tranzit tashish bilan bogʻliq xarajatlar soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon hisobiga boʻladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2177366" id="-2177366">74-modda <br />Jinoiy ish boʻyicha ish yuritish natijalari toʻgʻrisida xabar berish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177367" id="-2177367">Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzlariga berilgan shaxslarga qarshi jinoiy ish boʻyicha ish yuritish natijalari toʻgʻrisida bir-birlarini xabardor qilib turadilar. Iltimosnomaga koʻra qatʼiy qarorning nusxasi ham joʻnatiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2177368" id="-2177368">II-qism <br />Jinoiy taʼqibni amalga oshirish </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2177370" id="-2177370">75-modda <br />Jinoiy taʼqibni amalga oshirish mumkinligi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177373" id="-2177373">1. Ahdlashuvchi Tomonlardan har biri boshqa Ahdlashuvchi Tomondan ushbu shaxsni berish uchun shartlar boʻlmaganda yoki buni odil sudlov manfaatlari talab etsa, soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunchiligiga muvofiq jinoyatni sodir etishda shubha qilinayotgan shaxsga qarshi jinoiy taʼqibni amalga oshirishni soʻrashi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177375" id="-2177375">2. Ahdlashuvchi Tomonlardan har biri boshqa Ahdlashuvchi Tomonning iltimosiga koʻra oʻz fuqarosiga yoki oʻz hududida doimiy yashovchi shaxslarga qarshi, agar bu shaxslar soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq huquqbuzarlikni sodir etishda shubha qilinayotgan boʻlsalar, agar shaxslarni berishga imkon beruvchi shartlar boʻlmasa, jinoiy taʼqibni amalga oshirishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2177377" id="-2177377">76-modda <br />Jinoiy taʼqibni amalga oshirish toʻgʻrisida iltimosnoma va zarur boʻlgan hujjatlar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177378" id="-2177378">1. Jinoiy taʼqibni amalga oshirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma yozma holda yuboriladi va unda quyidagilar boʻlishi kerak:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177380" id="-2177380">a) tergovni yoki sud muhokamasini vakolatli oʻtkazuvchi soʻrovchi adliya muassasasining va soʻralayotgan adliya muassasasining nomi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177381" id="-2177381">b) jinoiy sudlov ishlarini berish toʻgʻrisida yuborilayotgan iltimosnoma munosabati bilan qilmishning bayon-tasviri, shuningdek jinoyat sodir etilgan joy va vaqt haqidagi koʻrsatma;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177382" id="-2177382">v) jinoyatni sodir etishdagi shubhani asoslovchi tergov natijalari bayoni;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177383" id="-2177383">g) shubha qilinayotgan shaxsning shaxsiyati, fuqaroligi va yashash joyi haqida yetarli boʻlgan aniq maʼlumot;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177385" id="-2177385">d) jinoyat natijasida keltirilgan ziyonning miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177387" id="-2177387">2. Jinoiy taʼqibni amalga oshirish toʻgʻrisidagi iltimosnomaga quyidagilar ilova qilinishi kerak:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177389" id="-2177389">a) soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonun-qoidalari matni, shu asosida qilmish jinoyat deb eʼtirof etiladi, shuningdek zarur boʻlganda tergovni amalga oshirish uchun ahamiyatli boʻlgan qonunchilik normalarining boshqa matnlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177391" id="-2177391">b) tergov materiallari, jabrlanuvchining shikoyatiga koʻra qoʻzgʻatiladigan jinoiy ishlar boʻyicha jabrlanuvchilarning arizalari va zararni qoplash toʻgʻrisidagi ariza;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177392" id="-2177392">v) shubha qilinayotgan shaxsning shaxsiyatini belgilash imkonini beruvchi har qanday axborot, shuningdek uning tashqi koʻrinishi bayon-tasviri, fotosurati va boshqa tasvirlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177395" id="-2177395">3. Ishda mavjud boʻlgan hujjatlardan har biri surayotgan Ahdlashuvchi Tomon vakolatli adliya muassasasi tomonida gerbli muhr bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177396" id="-2177396">4. Iltimosnoma va unga ilova qilinadigan hujjatlar ushbu Shartnomaning <a href="/mact/-2176326#-2176473">17-moddasi</a> qoidalariga muvofiq rasmiylashtiriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2177397" id="-2177397">77-modda <br />Haqiqiylikni guvohlantirish va tasdiqlash </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177398" id="-2177398">Milliy qonunchilikda va ushbu Shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, agar Ahdlashuvchi Tomonlar boshqacha hollar toʻgʻrisida kelishib olmagan boʻlsalar, jinoiy taʼqibni amalga oshirish uchun iltimosnomaga ilova qilinadigan hujjatlar, shuningdek iltimosnomaga javob tariqasida berilgan hujjatlar va boshqa xil materiallar haqiqiylikni guvohlashni va tasdiqlashni talab qilmaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2177399" id="-2177399">78-modda <br />Iltimosnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177400" id="-2177400">Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning surayotgan Ahdlashuvchi Tomonni qatʼiy qarori toʻgʻrisida maʼlumotnomani berishi kerak. Surayotgan Ahdlashuvchi Tomonning iltimosiga koʻra qatʼiy qarorning nusxasi beriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2177404" id="-2177404">79-modda <br />Iltimosni ijro etish uchun asoslar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177406" id="-2177406">Jinoiy taʼqibni amalga oshirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma quyidagi hollarda, agar joʻnatilayotgan iltimosnoma munosabati bilan qilmish jinoyat deb hisoblansa, agar u soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida sodir etilgan boʻlsa, qondirilishi mumkin. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2177407" id="-2177407">80-modda <br />Rad etish uchun asos</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177408" id="-2177408">1. Agar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon jinoiy taʼqibni amalga oshirish haqidagi iltimosnomani rad etsa, u soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonni rad etish sabablari haqida xabardor qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177409" id="-2177409">2. Jinoiy taʼqibni amalga oshirish haqidagi qabul qilingan iltimosnoma, agar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177410" id="-2177410">a) shubha qilinayotgan shaxs soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon fuqarosi hisoblanmasa, yoki ushbu Ahdlashuvchi Tomon ushbu shaxs doimiy yashaydigan davlat boʻlib hisoblanmasa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177411" id="-2177411">b) iltimosnoma yuborilishi bilan bogʻliq jinoyat jinoyatchini berishga sabab boʻluvchi jinoyat hisoblanmasa, rad etilishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2177412" id="-2177412">81-modda <br />Jinoiy taʼqibni amalga oshirishning mumkin emasligi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177413" id="-2177413">Jinoiy taʼqibni amalga oshirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma, agar taʼqib qilish talab qilinayotgan shaxsga nisbatan soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar hududida qonuniy kuchga kiruvchi hukm yoki soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon xabardor qilinadigan ish boʻyicha qatʼiy qaror chiqarilgan boʻlsa, bajarilmaydi. Bunday hollarda soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon adliya muassasalari tomonidan jinoiy ish qoʻzgʻatilishi mumkin emas, ular tomonidan qoʻzgʻatilgan ish esa toʻxtatilishi kerak.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2177414" id="-2177414">82-modda <br />Shubha qilinayotgan shaxsning holati </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177415" id="-2177415">Shubha qilinayotgan shaxs, shubha qilinayotgan shaxsning yuridik vakilli yoki yaqin qarindoshlari, jinoiy sud ishini berishda oʻz manfaatdorligi toʻgʻrisida har qanday Ahdlashuvchi Tomonga bildirishi mumkin, shubha qilinayotgan shaxsning odil sudlovdan bekinib yurgan yoki qandaydir yoʻl bilan uning joʻnatilishiga toʻsqinlik qilishi hollari bundan mustasnodir.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2177416" id="-2177416">83-modda <br />Jabrlanuvchining huquqi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177417" id="-2177417">Sud ishini berishda soʻrayotgan va soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar jinoyatdan jabr koʻrgan shaxsning huquqi, ayniqsa, keltirilgan zararni qoplashdagi uning huquqi berish natijasida buzilmasligi kerak. Agar fuqarolik daʼvosi sud ishlari berilgunga qadar qondirilmagan boʻlsa, soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon berilgan sud ishida daʼvoni taqdim etish uchun ruxsat beradi. Jabrlanuvchi vafot etgan hollarda ushbu qoida uning qaramogʻida boʻlganlarga qoʻllaniladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2177418" id="-2177418">84-modda <br />Soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar uchun sudlov ishlarini berishning oqibatlari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177419" id="-2177419">Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon tomonidan shubha qilinayotgan shaxsni jinoiy taʼqib qilishni amalga oshirish toʻgʻrisida iltimosnoma qabul qilingandan soʻng soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon jinoiy taʼqibni toʻxtatadi, zarur tergov olib borish, shuningdek soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonga soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon ish boʻyicha qatʼiy qaror kiritish toʻgʻrisida xabar bermaguncha yuridik yordam berish bundan mustasnodir. Shu paytdan boshlab soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon xuddi shu jinoyat bilan bogʻliq boʻlgan jinoiy taʼqib toʻxtatadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2177420" id="-2177420">85-modda <br />Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar uchun sudlov ishlarini berishning oqibatlari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177421" id="-2177421">1. Bitimga koʻra berilgan sudlov ishlari soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi bilan tartibga solinadi. Shubha qilinayotgan shaxsga ayb qoʻyilganda soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasasi oʻz qonunchiligiga muvofiq huquq buzarliklar va uning oqibatlarini jinoyat tarkibini qiluvchi aniq elementlarga taalluqli boʻlgan zarur tuzatishlar kiritadi. Bu davlatda eʼlon qilingan jazo chorasi soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligida nazarda tutilganidan qattiqroq boʻlmasligi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177422" id="-2177422">2. Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar hududida oʻz qonunchiligiga muvofiq sodir etilgan sud muhokamasi yoki tadbirlar talabi bilan bogʻliq har qanday harakat soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi bilan bunday harakat qanchalik mos kelsa, qanday harakat boʻlmasin, agar ushbu davlatda yoki ushbu davlat adliya muassasalari tomonidan sodir etilgan boʻlsa, soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida shunday yuridik kuchga ega boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177423" id="-2177423">3. Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonni jinoiy taʼqibni amalga oshirish haqidagi iltimosnoma boʻyicha sud muhokamasi natijasida qabul qilingan qaror haqida xabardor qiladi. Shu maqsadda uning iltimosnomasiga koʻra har qanday qatʼiy qarorning nusxasi beriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2177424" id="-2177424">86-modda <br />Masʼuliyatni yengillashtiruvchi va ogʻirlashtiruvchi holat </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177425" id="-2177425">Ahdlashuvchi Tomonlardan har biri jinoiy taʼqibni amalga oshirishda, jumladan, sud muhokamasida, Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunchiligida nazarda tutilgan masʼuliyatni yengillashtiruvchi va ogʻirlashtiruvchi holatni, ular qaysi Ahdlashuvchi Tomon hududida paydo boʻlishidan qatʼi nazar, hisobga oladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2177426" id="-2177426">87-modda <br />Vaqtinchalik chora-tadbirlar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177427" id="-2177427">Soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon jinoiy taʼqibni amalga oshirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani yuborish haqida oʻz niyatini bildirsa, soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning ushbu maqsadda yuborilgan maxsus iltimosini olgandan soʻng barcha vaqtinchalik choralarni qoʻllashi mumkin, shuningdek dastlabki ushlash kabi qanday choralar koʻrish mumkin boʻlsa, agar jinoyat, jinoiy taʼqibni amalga oshirish haqidagi iltimosnoma yuborilgan, uning hududida sodir etilgan boʻlsa soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligiga muvofiq qoʻllanilishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2177428" id="-2177428">III-qism <br />Jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar toʻgʻrisida maxsus qoidalar </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2177429" id="-2177429">88-modda <br />Tergov ishlarini olib borishda koʻrsatmalar berish yoki yordam koʻrsatish uchun qamoqda saqlanayotgan shaxslarni berish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177430" id="-2177430">1. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻz qonunchiliklariga muvofiq va qamoqda saqlanayotgan shaxslarning roziligi bilan tegishli iltimoslar boʻlganda tergov ishlarini oʻtkazishda koʻrsatmalar berish yoki yordam koʻrsatish maqsadida ularni bir-birlariga vaqtinchalik berishlari mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177431" id="-2177431">2. Ushbu moddaning <a href="/mact/-2176326#-2177430">1-bandida</a> nazarda tutilgan shaxslarni berish Ahdlashuvchi Tomonlar birgalikda kelishib olgan muddatda, lekin bir oydan oshmagan muddatda, alohida hollarda esa ikki oydan oshmagan muddatda amalga oshirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177432" id="-2177432">3. Agar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligiga muvofiq beriladigan shaxs qamoqda saqlanishi kerak boʻlsa, soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon bu shaxsni qamoqda saqlaydi va uni soʻragan Ahdlashuvchi Tomonga sud muhokamasi tugagandan soʻng qaytaradi, bunda ushbu moddaning <a href="/mact/-2176326#-2177431">2-bandida</a> koʻrsatilgan muddatlarni yoki bundan buyon soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida boʻlishining zarurati yoʻqligini hisobga olib uni berish toʻgʻrisida iltimosnoma berilishi kerak. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2177433" id="-2177433">89-modda <br />Berilishi talab etilayotgan shaxsni vaqtincha berish muddatlari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177434" id="-2177434">1. Ushbu Shartnomaning<a href="/mact/-2176326#-2177324"> 68-moddasiga</a> muvofiq berilishi talab etilayotgan shaxsni berish muddati Ahdlashuvchi Tomon bilan birga, odil sudlovni amalga oshirish manfaatlaridan kelib chiqib va Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunchiligi bilan ruxsat etilgan qamoqda saqlash muddatlarini hisobga olgan holda, belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177435" id="-2177435">2. Ushbu Shartnomaning <a href="/mact/-2176326#-2177324">68-moddasida </a>va ushbu moddaning <a href="/mact/-2176326#-2177434">1-bandida</a> nazarda tutilgan hollarda vaqtincha beriladigan shaxsni qamoqda saqlash muddatlari soʻrayotgan va soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlarning tegishli qonunchiligiga koʻra har bir jinoiy ish boʻyicha alohida hisobga olinishi kerak.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2177436" id="-2177436">90-modda <br />Tintish va olib qoʻyish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177437" id="-2177437">Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon oʻzining qonunchiligi yoʻl qoʻyadigan doiralarda soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning ushbu Shartnomaning <a href="/mact/-2176326#-2177348">72-moddasida </a>nazarda tutilgan shartlarga rioya qilingan holda jinoiy ish boʻyicha isbot sifatida foydalanish uchun buyumlar va hujjatlarni tintish, olib qoʻyish va berish toʻgʻrisidagi iltimosini bajaradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2177438" id="-2177438">91-modda <br />Jinoyatdan olinadigan daromadlar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177439" id="-2177439">Ahdlashuvchi Tomonlar jinoyatdan olingan daromadlarni aniqlashda, olib qoʻyishda va musodara qilishda bir-birlariga yordam koʻrsatadilar. Ushbu Shartnomaning maqsadlari uchun “jinoyatdan olingan daromadlar” tushunchasi huquqni buzish oqibatida toʻgʻridan toʻgʻri yoki bilvosita olingan yoki sotilgan istalgan shubha qilingan yoki sud tomonidan aniqlangan mulkni yoki oʻzida mulk qiymatini ifodalovchi mulkni, yoxud huquqni buzish natijasida olingan boshqa foydani ifodalaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2177440" id="-2177440">92-modda <br />Jinoyatdan olingan daromadlarga tegishli boʻlgan yordamni koʻrsatish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177441" id="-2177441">1. Soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonga jinoyatdan olingan daromadlarga tegishli boʻlgan yordam toʻgʻrisidagi iltimosni yuborar ekan, oʻzi bunday daromadlar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning yurisdiksiyasi doirasida boʻlishi mumkin deb hisoblaydigan sabablar toʻgʻrisida maʼlum qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177442" id="-2177442">2. Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon ushbu moddaning <a href="/mact/-2176326#-2177441">1-moddasiga</a> muvofiq yoʻllangan iltimosni olib, jinoyatdan olingan biron-bir daromad uning yurisdiksiyasi doirasida bor yoki yoʻqligini aniqlash uchun zarur choralar koʻradi hamda soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonni tekshirish natijalaridan xabardor qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177653" id="-2177653">3. Agar jinoyatdan olingan biron-bir daromad soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning yurisdiksiyasi doirasida boʻlsa, u aktivlarni aniqlash, moliyaviy operatsiyalarni tekshirish va jinoyatdan olingan daromadlarni olib qoʻyishni taʼminlashga yordam berishi mumkin boʻlgan boshqa axborot yoki dalillarni olish uchun zarur choralar koʻradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177654" id="-2177654">4. Jinoyatdan olingan moʻljallanayotgan daromadlar aniqlangan taqdirda soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon, tegishli iltimos mavjud boʻlgan taqdirda, ushbu daromadlarga nisbatan soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon sudi tomonidan uzil-kesil qaror qabul qilingunga qadar gumon qilinayotgan huquqni buzishdan olingan ushbu daromadlar bilan biron-bir operatsiyalar oʻtkazishga, ularni berishga yoki ulardan foydalanishga yoʻl qoʻymaslik maqsadida oʻzining qonunchiligi bilan ruxsat berilgan choralarni koʻradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177655" id="-2177655">5. Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligida belgilangan darajada, u soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning jinoyatdan olingan daromadlarni olib qoʻyish yoki musodara qilish toʻgʻrisidagi uzil-kesil qarorini ijro etadi yoki ijro etishga sanksiya beradi, yoki soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning iltimosiga muvofiq ushbu daromadlarni olish uchun boshqa zarur choralar koʻradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177656" id="-2177656">6. Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu moddani qoʻllashda halol uchinchi tomonlarning huquqlariga rioya etilishini taʼminlaydilar, jinoyatdan olingan daromadlarni berish esa ushbu Shartnomaning <a href="/mact/-2176326#-2177348">72-moddasida</a> nazarda tutilgan shartlarga rioya qilingan holda amalga oshiriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2177657" id="-2177657">93-modda <br />Nazorat qilinadigan yetkazib berishlar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177658" id="-2177658">1. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzaro maqbul kelishuvlar, shu jumladan, istalgan uchinchi tomon bilan tuzilgan kelishuvlar va ahdlashuvlar asosida muomalada taqiqlangan buyumlar, vositalar yoki moddalarning noqonuniy aylanishida qatnashuvchi shaxslarni aniqlash va ularni jinoiy taʼqib qilish maqsadida aylanishi taqiqlangan buyumlar, vositalar yoki moddalarni nazoratli yetkazib berish usulidan yetarli darajada foydalanishni nazarda tutuvchi zarur chora-tadbirlarni oʻz qonunchiligi doirasida va oʻz imkoniyatlaridan kelib chiqib koʻradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177659" id="-2177659">2. Nazoratli yetkazib berish usulidan foydalanish toʻgʻrisidagi qaror har biri alohida holatda odamlarning hayoti va sogʻligʻiga, atrof-muhit uchun xavfliligi darajasini, huquqlarni va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarni zarur darajada hisobga olgan holda Ahdlashuvchi Tomonlarning vakolatli organlari tomonidan qabul qilinadi va zarurat boʻlganda Tomonlar erishgan yurisdiksiyaga nisbatan moliyaviy ahdlashuvlar va oʻzaro tushunishlarni hisobga olishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177660" id="-2177660">3. Nazoratli yetkazib berishlar erishilgan ahdlashuvlarga, shu jumladan, istalgan uchinchi tomon ishtirokidagi ahdlashuvlarga muvofiq amalga oshiriladigan aylanishi taqiqlangan buyumlar, vositalar yoki moddalarning gʻayriqonuniy partiyalari saqlangan yoki olib qoʻyilgan holda bundan buyongi tashish, yoxud bunday buyumlar, vositalar yoki moddalarning odamlar hayoti va sogʻligʻi hamda atrof-muhit uchun ehtimol tutilgan xavfliligi darajasini hisobga olgan holda ularni toʻliq yoki qisman almashtirish uchun foydalanilishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2177661" id="-2177661">94-modda <br />Soʻralayotgan va soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar sudlariga tegishli boʻlgan ishlarni koʻrib chiqish tartibi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177662" id="-2177662">Ular toʻgʻrisidagi ishlar soʻralayotgan va soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning sudlariga tegishli boʻlgan shaxslar yoki shaxslar guruhi bir qancha jinoyatni sodir etishda ayblanganda bunday ishlar uning hududida dastlabki tekshirish tugallangan Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli sudida koʻrib chiqiladi. Bunday holda ish ushbu Ahdlashuvi Tomonning sud ishlarini olib borish qoidalariga koʻra koʻrib chiqiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2177663" id="-2177663">95-modda <br />Ayblov hukmlari va sudlanganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar haqida maʼlum qilish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177664" id="-2177664">1. Ahdlashuvchi Tomonlar har yili boshqa Ahdlashuvchi Tomonning fuqarolariga nisbatan ularning sudlari tomondan chiqarilgan ayblov hukmlari qonuniy kuchga kirganligi toʻgʻrisida bir-birlariga maʼlum qiladilar, ayni vaqtda hukm qilinganlarning mavjud fotosuratlari va barmoq izlarini yuboradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177665" id="-2177665">2. Ahdlashuvchi Tomonlar, agar ushbu shaxslar soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida jinoiy javobgarlikka tortilsalar, ilgari ularning sudlari tomondan hukm qilingan shaxslarning sudlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni iltimosga koʻra bir-birlariga maʼlum qiladilar.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2177666" id="-2177666">96-modda <br />Maxfiylikka rioya qilish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177667" id="-2177667">Tegishli iltimos mavjud boʻlgan taqdirda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177668" id="-2177668">a) soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimos, iltimosning mazmuni va tasdiqlovchi hujjatlar, shuningdek bunday yordam koʻrsatganlik sir saqlanishi uchun zarur chora-tadbirlarni koʻradi. Agar ushbu iltimosni maxfiylikni buzmagan holda qondirishning imkoni boʻlmasa, soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon bu haqda soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonni xabardor qiladi, u keyinchalik shunga qaramay ushbu iltimosni qondirish toʻgʻrisida iltimos qilish kerakligi yoki yoʻqligini aniqlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177669" id="-2177669">b) soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonga berilgan dalillar va axborotlarni sir saqlaydi, ushbu dalillar va axborotlar iltimosda koʻrsatilgan tergovni va sud tekshirishini oʻtkazish uchun talab qilingan hollar bundan mustasnodir.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2177670" id="-2177670">97-modda <br />Foydalanishga oid cheklash </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177671" id="-2177671">Soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon tomonidan berilgan axborot yoki dalillarni yoki sudlov tekshirish uchun soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning roziligisiz foydalanmaydi yoki bermaydi, yordam toʻgʻrisidagi iltimosda koʻrsatilganlar bundan mustasnodir. Biroq ayblov oʻzgargan taqdirda taqdim etilgan materialdan qoʻyilgan aybga muvofiq jinoyat unga nisbatan ushbu Shartnomaga muvofiq oʻzaro yordam koʻrsatilishi mumkin boʻlgan jinoyatni ifodalasa, oʻsha darajada foydalanish mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2177672" id="-2177672">98-modda <br />Guvohlar, jabrlanganlar va jinoiy jarayonning boshqa qatnashchilarini himoya qilish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177673" id="-2177673">Ahdlashuvchi Tomonlar zarurat boʻlganda ular birgalikda tergov oʻtkazayotgan ishlar boʻyicha jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha, shuningdek odil sudlovni amalga oshirish manfaatlari talab qilgan hollarda bunday ishlarni sudda koʻrib chiqishda guvohlar, jabrlanganlar va jinoiy jarayonning boshqa qatnashchilarini himoya qilish yuzasidan oʻzlarining qonunchiliklarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni koʻradilar.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2177674" id="-2177674">99-modda <br />Tashish bilan bogʻliq xarajatlar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177675" id="-2177675">Hibsdagi shaxslarni ushbu Shartnomaning <a href="/mact/-2176326#-2177429">88-moddasida</a> nazarda tutilgan koʻrsatma berish yoki tergovni oʻtkazishga yordam berish uchun vaqtincha berish chogʻida olib oʻtish bilan bogʻliq xarajatlar, ushbu shaxslarni uchinchi davlatlarning hududlari orqali tranzit olib oʻtish xarajatlari ham shu jumlaga kiradi, soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon tomonidan qoplanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2177676" id="-2177676">100-modda <br />Bedarak yoʻqolgan shaxslarni qidirish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177677" id="-2177677">1. Ahdlashuvchi Tomonlar iltimosnomaga koʻra, bunday shaxslar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning hududida boʻlishi mumkin deb hisoblash uchun asos mavjud boʻlgan taqdirda, bedarak yoʻqolgan shaxslarni qidirishni amalga oshiradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177678" id="-2177678">2. Bedarak yoʻqolgan shaxslarni qidirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma ushbu Shartnomaning<a href="/mact/-2176326#-2176428"> 7-</a> va <a href="/mact/-2176326#-2176473">17-moddalari </a>qoidalariga muvofiq tuziladi hamda u qidirilayotgan shaxs turgan joyni aniqlashga yordam berishi mumkin boʻlgan boshqa har qanday axborot bilan birgalikda qidirilayotgan shaxsning imkoni boricha toʻliqroq tavsifini oʻz ichiga olishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177679" id="-2177679">3. Bedarak yoʻqolgan shaxsni qidirish toʻgʻrisidagi iltimosnomaga qidirilayotgan shaxsning, ular mavjud boʻlganda, fotosurati yoki boshqa grafik tasviri, tish kartasi, qoʻl barmoqlari izi, shuningdek talab qilinishi mumkin boʻlgan boshqa hujjatlar yoki ularning nusxalari ilova qilinadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2177680" id="-2177680">101-modda <br />Jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatishda Ahdlashuvchi Tomonlar vakillarining ishtirok etishi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177681" id="-2177681">Ahdlashuvchi Tomonlar adliya muassasalarining vakillari ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning roziligi bilan ushbu Ahdlashuvchi Tomon adliya muassasalari tomonidan jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimosnomasini bajarishda qatnashishlari mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2177682" id="-2177682">102-modda <br />Vaqtincha berilgan shaxslarni qurolli kuzatib borish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177683" id="-2177683">1. Ahdlashuvchi Tomonlar topshirish yoki berish ruxsat etilgan shaxslarni, va tergov ishlarini oʻtkazishga yordam berish uchun berilayotgan shaxslarni, ularning hududidan chiqarishda xavfsizlikni taʼminlash maqsadida bunday shaxslar soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasalarining qurolli vakillari kuzatuvi ostida kuzatib borilishi mumkinligini kelishib oldilar. Bu haqda soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonni ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon oldindan xabardor qilib qoʻyadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177684" id="-2177684">2. Ushbu moddaning <a href="/mact/-2176326#-2177683">1-bandida</a> nazarda tutilgan hollarda soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon adliya muassasalari vakillariga ular oʻz xizmat vazifalarini bajarayotgan vaqtda soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon huquqni muhofaza Qilish organlari xodimlarining huquqiy maqomi joriy etiladi. Shunga muvofiq ravishda ular oʻzlari boʻlgan davlat va oʻz davlatlarining huquqiy himoyasidan foydalanadilar, shaxsiy daxlsizlikka, qurolni saqlash va olib yurish, va shuningdek Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunchiligi asosida hisobda turadigan oʻq otar qurolni va maxsus vositalarni ishlatish huquqiga egadirlar va oʻz funksiyalarini oʻzlari boʻlgan davlatning normativ hujjatlariga muvofiq bajaradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177685" id="-2177685">3. Ushbu moddaning<a href="/mact/-2176326#-2177684"> 2-bandida</a> eslatib oʻtilgan adliya muassasalari vakillari tomonidan sodir etilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlarni tergov qilishda ular fuqarolari hisoblangan Ahdlashuvchi Tomon ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonga zarur yordam va koʻmak beradi. Bunday hollarda jinoyatchilarni jinoiy taʼqib qilish iltimosnoma boʻyicha Ahdlashuvchi Tomonlar qonunchiligiga va ushbu Shartnoma qoidalariga binoan ular fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomonga berilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177686" id="-2177686">4. Adliya muassasalari vakillarining hisobda turadigan oʻq otar quroli, unga oʻq-dorilar, maxsus vositalar va yakka tartibdagi himoyalanish vositalari ushbu moddaning <a href="/mact/-2176326#-2177683">1-bandida</a> nazarda tutilgan hollarda soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning hududiga maxsus roʻyxatlar (ruxsatnomalar) boʻyicha qoʻyiladi, ularning shakli va mazmuni har ikkala Ahdlashuvchi Tomon tomonidan kelishilishi kerak va albatta yana olib chiqib ketilishi kerak. Qurol-yarogʻ, oʻq-dori, maxsus vositalar va yakka tartibdagi himoyalanish vositalarini olib chiqib ketish eslatib oʻtilgan roʻyxatlar (ruxsatnomalar) asosida amalga oshiriladi hamda adliya muassasalari vakillari soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududiga kirishlarida bojxona organlari tomonidan tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177687" id="-2177687">5. Ushbu modda qoidalari Ahdlashuvchi Tomonlarga uchinchi davlatlar tomonidan berilgan shaxslarni Ahdlashuvchi Tomonlar hududi orqali tranzit olib oʻtish hollariga ham joriy etiladi. Ushbu Shartnomaning 73-moddasi<a href="/mact/-2176326#-2177363"> 4-bandida </a>nazarda tutilgan hollarda Ahdlashuvchi Tomonlarning olib oʻtilayotgan shaxslarni kuzatib borayotgan vakillarida oʻq otar qurollar, oʻq-dorilar, maxsus vositalar va yakka tartibdagi himoyalanish vositalari mavjud ekanligi toʻgʻrisida ushbu Shartnomaning 73-moddasi <a href="/mact/-2176326#-2177358">1-</a> va <a href="/mact/-2176326#-2177363">4-bandlariga </a>muvofiq taqdim etiladigan tranzit olib oʻtish toʻgʻrisidagi iltimosnomada maʼlum qilinadi. Bunday iltimosnoma olingunga qadar qurol-yarogʻ, oʻq-dorilar, maxsus vositalar va yakka tartibdagi himoyalanish vositalari saqlash uchun soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon adliya muassasalariga topshirilishi kerak, bunda ularning saqlash tartiblari gaplashib olinadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2177688" id="-2177688">103-modda <br />Jinoiy ishlar boʻyicha yordam koʻrsatish masalalariga oid aloqalar tartibi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177689" id="-2177689">Topshirish va jinoiy taʼqib qilish masalalari boʻyicha aloqalar Ahdlashuvchi Tomonlarning bosh prokurorlari (prokurorlari) tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177690" id="-2177690">Prokuror (sud)ning sanksiyasini talab qiluvchi protsessual va boshqa harakatlar boʻyicha aloqalar Ahdlashuvchi Tomonlarning bosh prokurorlari (prokurorlari) tomonidan oʻrnatilgan tartib asosida prokuratura organlari tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2177691" id="-2177691">V-boʻlim <br />Yakunlovchi qoidalar</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2177692" id="-2177692">104-modda <br />Ushbu Shartnomani qoʻllash masalalari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177694" id="-2177694">1. Ushbu Shartnomani qoʻllashda paydo boʻladigan masalalar oʻzaro kelishuvga koʻra adliya organlarining vakolatli muassasalari tomonidan hal etiladi. Zaruriyat boʻlganda kelib chiqqan anglashilmovchiliklarni tartibga solish maqsadida Ahdlashuvchi Tomonlarning tegishli davlat organlari vakillaridan iborat qoʻshma komissiya tuzilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177695" id="-2177695">2. Ahdlashuvchi Tomonlar adliya muassasalarining markaziy organlari tomonidan ushbu Shartnoma qoidalarini amalda oshirish masalalari boʻyicha idoralararo shartnomalar (bitimlar) tuzilishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2177713" id="-2177713">105-modda <br />Boshqa xalqaro Shartnomalarga munosabat </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177714" id="-2177714">Ushbu Shartnoma Ahdlashuvchi Tomonlar qatnashchilari boʻlgan boshqa xalqaro shartnomalarining qoidalariga daxl qilmaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2177715" id="-2177715">106-modda <br />Qoʻshimchalar va oʻzgartirishlarni kiritish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177716" id="-2177716">Ushbu Shartnomaga Ahdlashuvchi Tomonlarning oʻzaro kelishuvi boʻyicha ushbu Shartnomaning<a href="/mact/-2176326#-2177717"> 107-moddasida</a> nazarda tutilgan shartlarga binoan kuchga kiradigan qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2177717" id="-2177717">107-modda <br />Shartnomani kuchga kiritish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177718" id="-2177718">Ushbu Shartnoma ratifikatsiya qilinishi kerak va ratifikatsiya yorliqlari ayirboshlangan sanadan boshlab oʻttizinchi kuni kuchga kiradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2177719" id="-2177719">108-modda <br />Shartnomaning amal qilish muddati</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177720" id="-2177720">Ushbu Shartnoma kuchga kirish sanasidan boshlab besh yil davomida amal qiladi hamda uning amal qilish muddati, agar Ahdlashuvchi Tomonlardan biri boshqa Ahdlashuvchi Tomonga uning amal qilishini toʻxtatish oʻz istagi toʻgʻrisida yozma xabarnomani yubormasa, keyingi besh yillik davrga oʻz-oʻzidan uzaytiriladi. Shartnoma boshqa Ahdlashuvchi Tomon bunday xabarnoma olgan sanadan boshlab olti oy oʻtishi bilan oʻz kuchini yoʻqotadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2177721" id="-2177721">109-modda <br />Vaqtga koʻra amal qilish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177722" id="-2177722">Ushbu Shartnomaning amal qilishi u kuchga kirgunga qadar paydo boʻlgan huquqiy munosabatlarga ham joriy etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2177723" id="-2177723">Almati shahrida 1997-yil 2-iyunda, ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, qozoq va rus tillarida tuzildi, barcha matnlar bir xil kuchga egadir. Ushbu Shartnomani talqin etish maqsadida rus tilidagi matndan foydalaniladi.</div></div><div class="SIGNATURE_WITH_BOLD"><div name="-2177724" id="-2177724">(imzolar)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
