1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.17.00 Banklarda buxgalteriya hisobi va hisobot;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki BOShQARUVINING
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 22-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1834-2]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 3-maydagi 11/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1834, 2008-yil 11-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 28-son, 276-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomagailovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi v. v. b. U. MUSTAFOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 26-aprel,
9/4-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 26-apreldagi 9/4-sonli qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
“bosh kitob — hisobvaraqlar rejasidagi ikkinchi tartibli hisobvaraqlar roʻyxati;”.
2. 31-bandning “a” kichik bandi quyidagi soʻzlar bilan toʻldirilsin:
“(mikrofirmalar uchun buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxsning imzo namunasini taqdim etish talab etilmaydi)”.
“46. Muddatida toʻlanmagan pul hisob-kitob hujjatlarini (2-kartotekaga kirim qilingan toʻlov talabnomalari, toʻlov topshiriqnomalari va inkasso topshiriqnomalari) qisman toʻlash uchun dasturiy ravishda tuzilgan memorial orderlarning “Toʻlov maqsadi” grafasida hisob-kitob hujjatining raqami, sanasi va dastlabki summasi koʻrsatilishi shart.”.
4. 156-banddan “ularni” degan soʻz chiqarib tashlansin.
5. Yoʻriqnomaning 1-ilovasi 7-bandidan “, kredit uyushmalari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 21-son, 276-modda)