1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.06 Kreditlashning boshqa turlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.07.00 Shahar transporti]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Toshkent shahar yoʻlovchi tashish avtobuslari parkini yanada yangilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Avtobus parklarining harakatdagi tarkibini zamonaviy, qulay transport vositalari bilan yangilash hisobiga Toshkent shahri aholisining yoʻlovchilar tashishda ortib borayotgan talabini toʻliq qondirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.09 Avtomototransport vositalarining oldi-sotdisi;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.16.00 Yoʻlovchilarni tashish]
1. “Toshshahartransxizmat” uyushmasi va “EvoBus GmbH” firmasi (Germaniya) tomonidan 2013-yilda umumiy qiymati 14,0 mln yevro jadval boʻyicha ilovaga muvofiq “Mercedes-Benz Conecto Low Floor” rusumidagi 100 ta shahar yoʻlovchi avtobuslari, ularga ehtiyot qismlar va diagnostika asboblarini yetkazib berish uchun oldi-sotdi shartnomasi imzolangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.01.00 Umumiy masalalar]
100 ta shahar yoʻlovchi avtobuslari, ularga ehtiyot qismlar va diagnostika asboblarini yetkazib berish uchun oldi-sotdi shartnomasining toʻliq qiymatini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining 15 yil muddatga (shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan) beriladigan krediti hisobiga amalga oshiriladi. Kreditning yillik foiz stavkasi 0,5 foizni, qayta moliyalashtiruvchi bank — “Oʻzsanoatqurilishbank” OATB ning yillik marjasi esa 0,25 foizni tashkil etadi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari]
asosiy qarzni qaytarish, kreditga xizmat koʻrsatish boʻyicha foizlar va vositachilik haqini toʻlash kredit kelishuvlari shartlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va sotib olinadigan avtobuslardan foydalanuvchi tashkilotlar mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi..
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.05 Kafolat]
3. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga “Toshshahartransxizmat” uyushmasining “Oʻzsanoatqurilishbank” OAKB oldidagi majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining jalb etilayotgan krediti boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi nomidan kafolat berish vakolati berilsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, “Oʻzsanoatqurilishbank” OAKB va “Toshshahartransxizmat” uyushmasi, istisno tariqasida, texnik-iqtisodiy hisob-kitob parametrlari koʻrib chiqilgunga qadar kredit kelishuvlarini rasmiylashtirsin va “EvoBus GmbH” firmasi bilan oldi-sotdi shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda moliyalashtirishni ochsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi “Toshshahartransxizmat” uyushmasi va “EvoBus GmbH” firmasi oʻrtasida tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha ekspert xulosasi bersin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
2013-yil oxirigacha kredit kelishuvlari shartlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining koʻrsatib oʻtilgan kreditiga xizmat koʻrsatish uchun mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin;
keyingi yillarda, 2014-yildan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda har yili nazarda tutiladigan mablagʻlar va sotib olinadigan avtobuslardan foydalanuvchi transport tashkilotlarining mablagʻlari hisobiga Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditiga xizmat koʻrsatishni amalga oshirsin.
7. “Toshshahartransxizmat” uyushmasi:
ikki oy muddatda “Mercedes-Benz Conecto Low Floor” rusumidagi 100 ta shahar yoʻlovchi avtobuslarini sotib olishning texnik-iqtisodiy hisob-kitobi ishlab chiqilishini va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlasin;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.02.00 Bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish tartibi]
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditiga xizmat koʻrsatishga yoʻnaltiriladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining pul mablagʻlarini olish uchun “Oʻzsanoatqurilishbank” OATBda maxsus hisob raqamini ochsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.01 Investitsiya dasturlari]
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tasdiqlangan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar asosida Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yilgi Investitsiya dasturiga “Mercedes-Benz Conecto Low Floor” rusumidagi 100 ta shahar yoʻlovchi avtobusi, ularga ehtiyot qismlar va diagnostika asboblari xaridi kiritilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
9. “Mercedes-Benz Conecto Low Floor” rusumli 100 ta shahar yoʻlovchi tashish avtobusi, ularga ehtiyot qismlar va diagnostika asboblari, shuningdek, “EvoBus GmbX” firmasi bilan tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha foydalanishning kafolatli muddati davrida safdan chiqqan avtobuslar oʻrniga yetkazib beriladigan ehtiyot qismlar va materiallar bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinsin.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.05.00.00 Tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasidan olib oʻtilganda undiriladigan soliqlar va yigʻimlar / 10.05.02.00 Import vaqtida qoʻshilgan qiymat soligʻining qoʻllanilishi (shuningdek, 07.10.03.00ga qarang)]
10. Belgilansinki, “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan tarkibiy boʻlinmalarga beriladigan “Mercedes-Benz Conecto Low Floor” rusumli 100 ta shahar yoʻlovchi tashish avtobusi, ularga ehtiyot qismlar va diagnostika asboblari qoʻshilgan qiymat soligʻi obyekti hisoblanmaydi.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 3-may
119-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 3-maydagi 119-son qaroriga ILOVA
“EvoBus GmbH” firmasi bilan oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha “Mercedes-Benz Conecto Low Floor” rusumidagi 100 ta shahar yoʻlovchi avtobuslarini, ularga ehtiyot qismlar va diagnostika asboblarini yetkazib berish
JADVALI
mingyevro
“Mercedes-Benz Conecto Low Floor” rusumidagi 100 ta shahar yoʻlovchi avtobuslarini, ularga ehtiyot qismlar va diagnostika asboblarini yetkazib berish
Miqdori
Muddati
30 ta yoʻlovchi avtobusi (1 dona avtobusning narxi—137,5 ming yevro)
* Izoh: oldi-sotdi shartnomasi qiymatining 60 foizini avans toʻlovi va qolgan 40 foizini akkreditiv sifatida moliyalashtirish 2013-yil 15-iyundan kechiktirmay amalga oshiriladi.