“Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2013-yil 15-martda qabul qilingan Senat tomonidan 2013-yil 28-martda maʼqullangan
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi 915–XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 14-aprelda qabul qilingan 758–I-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 110-modda; 2003-yil, № 9–10, 149-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 9, 420-modda; 2008-yil, № 4, 189-modda, № 12, 640-modda; 2010-yil, № 9, 335-modda) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2013-yil 23-apreldagi 77 (5751)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 22-aprel,
OʻRQ-350-son
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
FUQAROLARNING OʻZINI OʻZI BOSHQARISH ORGANLARI TOʻGʻRISIDA
(yangi tahriri)
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang)]
Ushbu Qonunning maqsadi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyati sohasidagi munosabatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
3-modda. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarishi tushunchasi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang)]
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarishi fuqarolarning mahalliy ahamiyatga molik masalalarni oʻz manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy xususiyatlaridan, shuningdek milliy va maʼnaviy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va anʼanalardan kelib chiqqan holda hal qilish borasidagi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan kafolatlanadigan mustaqil faoliyatidir.
4-modda. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish huquqi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.01.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (yigʻin)]
Fuqarolar shaharchalarda, qishloqlarda, ovullarda, shuningdek shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi va ovullardagi mahallalarda oʻzini oʻzi boshqarishga doir oʻz konstitutsiyaviy huquqini fuqarolarning saylov huquqlari kafolatlariga muvofiq fuqarolar yigʻinlari (fuqarolar vakillarining yigʻilishlari) orqali amalga oshiradi.
Fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar, bevosita yoki oʻzlarining saylanadigan vakillari orqali oʻzini oʻzi boshqarishda teng huquqlarga ega.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarishga doir huquqlarini cheklash taqiqlanadi.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatiga davlat organlarining va ular mansabdor shaxslarining aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi.
5-modda. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatining asosiy prinsiplari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang)]
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, demokratizm, oshkoralik, ijtimoiy adolat, mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal etishda mustaqillik, jamoatchilik asosidagi oʻzaro yordam, ijtimoiy sheriklik, mahalliy urf-odatlar va anʼanalarni hisobga olishdan iboratdir.
6-modda. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish hududlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang)]
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarishi Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida amalga oshiriladi. Shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi hamda ovullardagi mahallalar fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarishining hududiy birliklaridir (bundan buyon matnda tegishli hudud deb yuritiladi).
Shaharchalar, qishloqlar, ovullarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish, ularga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi va ovullardagi mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish, ularga nom berish hamda ularning nomini oʻzgartirish fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining iltimosnomalari asosida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda amalga oshiriladi.
7-modda. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash
Davlat organlari fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur sharoit yaratadi, qonun hujjatlari bilan berilgan vakolatlarni amalga oshirishda ularga koʻmaklashadi.
8-modda. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang)]
Shaharchalar, qishloqlar va ovullar, shuningdek shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi hamda ovullardagi mahallalar fuqarolar yigʻinlari (bundan buyon matnda fuqarolar yigʻini deb yuritiladi) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridir.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi va qonun hujjatlari bilan berilgan oʻz vakolatlarini tegishli hudud doirasida amalga oshiradi.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yuridik shaxs huquqlaridan foydalanadi, oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda “yagona darcha” markazlarida hisobga olinishi lozim.
(8-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.01.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (yigʻin)]
Fuqarolar yigʻini aholi manfaatlarini ifodalaydi va uning nomidan tegishli hudud doirasida amal qiladigan qarorlar qabul qiladi.
Fuqarolar yigʻinida oʻn sakkiz yoshga toʻlgan va tegishli hududda doimiy yashayotgan shaxslar qatnashadi.
Fuqarolar yigʻini organlari quyidagilardir:
fuqarolar yigʻini kengashi;
fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar;
taftish komissiyasi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Mazkur Qonunning 13 va 18-moddalari.
10-modda. Fuqarolar yigʻini toʻgʻrisidagi nizom
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.01.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (yigʻin)]
Fuqarolar yigʻini oʻzi tasdiqlagan nizom asosida faoliyat yuritadi. Fuqarolar yigʻini toʻgʻrisidagi nizomda quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
fuqarolar yigʻinining nomi;
fuqarolar yigʻinining hududi;
fuqarolar yigʻini va uning organlari vakolatlari;
fuqarolar yigʻinini (fuqarolar vakillarining yigʻilishini) chaqirish tartibi;
fuqarolar yigʻini raisini (oqsoqolini), uning oʻrinbosarlarini (fuqarolar yigʻini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilarini) va maslahatchilarini saylash, shuningdek fuqarolar yigʻini organlarining boshqa mansabdor shaxslarini saylash, tasdiqlash va tayinlash tartibi;
(10-moddaning birinchi qismi yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining), uning oʻrinbosarlarining (fuqarolar yigʻini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilarining) va maslahatchilarining vakolatlari;
(10-moddaning birinchi qismi oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
fuqarolar yigʻini masʼul kotibining, “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi rahbarining, fuqarolar yigʻinining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisining vakolatlari;
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.02.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari]
Fuqarolar yigʻini:
(11-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
fuqarolar yigʻini raisini (oqsoqolini), uning oʻrinbosarlarini (fuqarolar yigʻini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilarini) va maslahatchilarini, fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalarning hamda taftish komissiyasining raislarini va aʼzolarini saylaydi;
(11-moddaning birinchi qismi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) maslahatchilarining va fuqarolar yigʻini kengashi devonining miqdor tarkibini belgilaydi, fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) taqdimiga koʻra fuqarolar yigʻinining masʼul kotibini tasdiqlaydi;
fuqarolar yigʻini kengashi va fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi;
fuqarolar yigʻinining faoliyat dasturini va xarajatlar smetasini, hududni kompleks rivojlantirishni taʼminlashga, tegishli hudud doirasida obodonlashtirishga, koʻkalamzorlashtirishga va sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar rejalarini tasdiqlaydi;
aholining ijtimoiy nochor qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi, ushbu maqsadda markazlashtirilgan tarzda ajratiladigan davlat mablagʻlaridan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlaydi;
har chorakda kamida bir marta fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining), uning oʻrinbosarlarining (fuqarolar yigʻini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilarining) va maslahatchilarining, fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar hamda taftish komissiyasi raislarining, “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi rahbarining, fuqarolar yigʻinining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisining, shuningdek hududdagi taʼlim muassasalari rahbarlarining hisobotlarini eshitadi;
(11-moddaning birinchi qismi yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
ichki ishlar organlari tayanch punktlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha inspektorlarining hisobotlarini belgilangan tartibda eshitadi;
tegishincha oilaviy poliklinikalarning, qishloq vrachlik punktlari rahbarlarining axborotlarini eshitadi;
(11-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilar bilan toʻldirilagn — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
tegishli hududda qonunlar va boshqa qonun hujjatlarining ijro etilishi, shu jumladan tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi, kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlari tomonidan kommunal xizmatlar koʻrsatish sifati, imoratlar qurish hamda hovlilar va uylar atrofidagi hududlarni saqlash qoidalariga rioya etilishi, yerlardan foydalanish va ularni muhofaza etish ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boʻyicha, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov boʻyicha uchastka saylov komissiyalarining aʼzoligiga nomzodlarni tegishli okrug saylov komissiyalariga, shuningdek referendum oʻtkazish boʻyicha uchastka komissiyalarining aʼzoligiga nomzodlarni referendum oʻtkazish boʻyicha tegishli okrug komissiyalariga taqdim etadi;
xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi deputatligiga nomzod koʻrsatish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
toʻylar va boshqa marosimlarni oʻtkazish yuzasidan tavsiyalar beradi;
har chorakda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining fuqarolar yigʻinlari faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar yuzasidan hisobotlarini eshitadi. Fuqarolar yigʻinlarining hisobotlar toʻgʻrisidagi bayonnomalari tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuboriladi, ular bu bayonnomalarning hisobini yuritadi, fuqarolar yigʻinlarining murojaatlari koʻrib chiqilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
atrof muhitni muhofaza qilish, hududning sanitariya holati, uni obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirish masalalari yuzasidan oʻz vakolati doirasida tegishli hududda joylashgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitadi hamda ularning natijalari boʻyicha qarorlar qabul qiladi;
oʻz mablagʻlarini shakllantiradi, fuqarolar yigʻini mol-mulkiga egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi, moliyaviy mablagʻlarning sarflanishi ustidan nazoratni tashkil etadi;
(11-moddaning birinchi qismi oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, tegishli hududni obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va sanitariya jihatdan tozalash, kam taʼminlangan oilalarga ularning uylari va kvartiralarini taʼmirlashda, shuningdek kommunal xizmatlari haqini toʻlashda yordam koʻrsatish uchun ixtiyoriylik asosida jismoniy shaxslardan mablagʻ yigʻish, yuridik shaxslarning mablagʻlaridan shartnoma asosida foydalanish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
atrof muhitni muhofaza qilishga koʻmaklashadi;
guzarlar barpo etish masalalarini koʻrib chiqadi;
maʼmuriy-hududiy birliklar, mahallalarning chegaralarini oʻzgartirish, mahallalar, koʻchalar, maydonlar va boshqa obyektlarga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish haqida tegishli tumanlar, shaharlar davlat organlariga iltimosnomalar kiritadi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi qonuni.
yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiqish tuman, shahar komissiyasiga oʻz vakilini yuboradi;
har bir dehqon xoʻjaligini xoʻjalik kitobiga kiritib, unda dehqon xoʻjaligining tarkibi toʻgʻrisidagi, xoʻjalik boshligʻi yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs haqidagi, shuningdek dehqon xoʻjaligining tashkiliy-huquqiy shakli (yuridik shaxs tashkil etgan yoki tashkil etmagan holda) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qayd etib qoʻyadi;
kommunal toʻlovlar undirilishini taʼminlash, issiqlik va elektr energiyasidan, issiq va sovuq suvdan tejamli foydalanish boʻyicha tadbirlar oʻtkazishda, tegishli hududni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, uylar va hovlilarni namunali saqlashga doir ishlarni ixtiyoriylik asosida tashkil etishda shartnoma asosida koʻmaklashadi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, banklar, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda kam taʼminlangan oilalardan boʻlgan yoshlarga, shu jumladan ularga nikoh tuzishda va toʻy tadbirlarini oʻtkazishda qoʻshimcha moddiy yordam koʻrsatadi;
tegishli hudud doirasida joylashgan (yashayotgan) tadbirkorlik faoliyati subyektlari, shu jumladan oilaviy tadbirkorlik subyektlari tomonidan kreditlar olinishida belgilangan tartibda kafil boʻladi.
kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam koʻrsatish va voyaga yetmagan bolalari boʻlgan muhtoj oilalarga, ikki yoshga toʻlmagan bolalari bor ishlamaydigan onalarga, shuningdek budjet tashkilotlarida ishlaydigan onalarga hamda ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga nafaqalar tayinlash toʻgʻrisidagi masalalarni fuqarolar yigʻini hududi boʻyicha nazarda tutilgan xarajatlardan kelib chiqqan holda hal etadi, oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadlariga markazlashtirilgan tarzda ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlaydi.
(11-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuniga asosan yigirma oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Fuqarolar yigʻini qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(11-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
(11-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
(11-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
(12-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
13-modda. Fuqarolar yigʻini kengashining vakolatlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.02.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari]
Fuqarolar yigʻinining qarorlarini bajarish va fuqarolar yigʻinlari oraligʻidagi davrda fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining joriy faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolar yigʻinining kengashi shakllantiriladi.
Fuqarolar yigʻini kengashi tarkibiga fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli), uning oʻrinbosarlari (fuqarolar yigʻini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilari) va maslahatchilari, masʼul kotib, fuqarolar yigʻinining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi, “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasining rahbari, shuningdek hududdagi profilaktika inspektorlari, taʼlim muassasalarining, qishloq vrachlik punktlarining va oilaviy poliklinikalarning rahbarlari kiradi.
(13-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
fuqarolar yigʻinini (fuqarolar vakillarining yigʻilishini) chaqiradi;
fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar ishini muvofiqlashtiradi, homiylik tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikdagi tadbirlarni oʻtkazadi;
fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) taqdimiga koʻra fuqarolar yigʻini kengashining devonini shakllantiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlariga ularning saylovchilar bilan uchrashuvlarini uyushtirishda, fuqarolarni qabul qilishda, ular oʻz saylov okruglarida boshqa vakolatlarini amalga oshirishda koʻmaklashadi;
ommaviy-siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy, sport tadbirlarini va boshqa tadbirlarni, shuningdek muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish boʻyicha tadbirlarni oʻtkazishda, tegishli hududning, suv taʼminoti manbalarining, turar joylarning, taʼlim muassasalarining sanitariya va ekologiya holati, yongʻinga qarshi xavfsizlik talablariga, veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga, savdo qoidalari va fuqarolarga xizmat koʻrsatish madaniyatiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda tegishli davlat organlariga koʻmaklashadi;
(13-moddaning uchinchi qismi oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-416-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, ularning jamiyat hayotidagi, oilada maʼnaviy-axloqiy muhitni shakllantirishdagi, yosh avlodni tarbiyalashdagi rolini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni koʻradi;
roʻyxatdan oʻtmagan diniy tashkilotlar faoliyat koʻrsatishining oldini olish, fuqarolarning diniy eʼtiqod erkinligi huquqiga rioya etilishini taʼminlash, diniy qarashlarni majburan singdirishga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan chora-tadbirlarni koʻradi, vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi bilan bogʻliq boshqa masalalarni koʻrib chiqadi;
yosh avlodni tarbiyalash masalalari yuzasidan taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qiladi;
oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksa fuqarolarga patronaj yordami shu maqsadda ajratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan koʻrsatilishiga koʻmaklashadi;
tegishli hududda yashovchi fuqarolar bandligini taʼminlashga, shu jumladan kasanachilikni tashkil etishga koʻmaklashadi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-yanvardagi 4-son qarori bilan tasdiqlangan “Kasanachilik toʻgʻrisida”gi nizom, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 964-son qarori bilan tasdiqlangan “Aholi, birinchi navbatda, yoshlar va xotin-qizlar bandligiga koʻmaklashish masalalarida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va mahallalardagi xotin-qizlar faollarining Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tuman (shahar) boʻlinmalari va mehnat organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisida nizom”.
tegishli hududdagi aholining obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, bolalar sport maydonchalarini jihozlash, moddiy madaniy meros obyektlarini yaroqli holda saqlash, dafn etish joylarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va yaroqli holda saqlashga doir ishlarda ixtiyoriylik asosida qatnashishini tashkil etadi, ana shu maqsadlarda tuman, shahar ijro etuvchi hokimiyat organi ajratadigan moddiy mablagʻlardan va boshqa vositalardan, oʻz mablagʻlaridan foydalanadi, jamoatchilik yordamini (hasharni) uyushtiradi, koʻriklar va tanlovlar oʻtkazadi;
issiqlik va elektr energiyasidan, issiq va sovuq suvdan tejamli foydalanish va ularning behuda sarflanishini kamaytirishga qaratilgan tadbirlarni oʻtkazadi;
dehqon va fermer xoʻjaliklarini rivojlantirishga koʻmaklashadi;
tegishli hududda jamoat tartibini va jamoat xavfsizligini taʼminlashda, shu jumladan fuqarolarning kelishi va ketishini hisobga olishni tashkil etishda, voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik hamda huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir ishlarda va ularning huquqlarini himoya qilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga koʻmaklashadi;
tegishli hududda fuqarolar va yuridik shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan turar joylardan foydalanilishi, shu jumladan pasport rejimiga rioya etilishi, yashayotgan shaxslarning hisobga olinishi va tegishli shartnomalarning mavjudligi yuzasidan nazoratni amalga oshirishda ichki ishlar organlariga yordam koʻrsatadi;
(13-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuniga asosan oʻn oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
uy-joy fondidan foydalanish va uning saqlanishini taʼminlashda fuqarolarga koʻmaklashadi;
aholidan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar oʻz vaqtida tushishiga koʻmaklashadi;
fuqarolar tomonidan kommunal xizmatlar haqini toʻliq va oʻz vaqtida, hisob-kitobini banklar orqali amalga oshirgan holda toʻlashlarini kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlari bilan birgalikda uyushtiradi va nazorat qiladi. Aholi kommunal xizmatlar haqini toʻliq toʻlashini taʼminlaganligi uchun fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga oʻtkaziladigan mablagʻlarni belgilangan tartibda kam taʼminlangan oilalarga kommunal xizmatlar haqini toʻlashda yordam berish, fuqarolar yigʻinlari organlarining xodimlarini ragʻbatlantirish uchun, shuningdek obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirishga oid ishlarni oʻtkazishga ishlatadi;
fuqarolarni tabiiy ofatlarga qarshi kurashga va ularning oqibatlarini tugatishga jalb etishga koʻmaklashadi;
fuqarolarni fuqaro muhofazasiga doir tadbirlarni oʻtkazishga jalb etishga, harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni xabardor etish hamda mudofaa ishlari boʻlimlariga chaqirishni tashkil qilishga koʻmaklashadi, fuqarolar yigʻinlarida ularning shaxsiy-birlamchi hisobi yuritilishini taʼminlaydi, mudofaa ishlari boʻlimi bilan kelishgan holda harbiy hisobni yuritish boʻyicha xodimni tasdiqlaydi;
(13-moddaning uchinchi qismi yigirma birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Mudofaa toʻgʻrisida” (yangi tahriri)gi Qonunining 20-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonunining 45-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-martdagi 119-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy roʻyxatga olish toʻgʻrisida”gi nizom.
“Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasining rahbarini tayinlaydi va tuzilmaga aʼzolar qabul qiladi;
ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj boʻlgan kam taʼminlangan oilalarni, yolgʻiz keksa fuqarolarni, pensionerlarni va nogironlarni moliya organlari va sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda aniqlaydi;
(13-modda uchinchi qismining yigirma toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-416-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod etilgan shaxslarni ijtimoiy-mehnat reabilitatsiyasi va jinoyatchilikning oldini olishga doir tadbirlarni ijtimoiy moslashuv markazlari bilan birgalikda amalga oshiradi.
Fuqarolar yigʻinining kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.03.00 Rais (oqsoqol) va uning vakolatlari]
14-modda. Fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) vakolatlari
fuqarolar yigʻiniga — masʼul kotibining, fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar hamda taftish komissiyasi raislari va aʼzolarining nomzodlarini, fuqarolar yigʻini kengashiga — harbiy hisobni yuritish boʻyicha xodimning nomzodini tasdiqlash uchun taqdim etadi;
(14-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
fuqarolar yigʻini va uning organlari tomonidan oʻz vakolatlarini amalga oshirishiga, shuningdek qarorlarni ijro etishga doir ishlarni tashkil etadi;
davlat organlarida, shu jumladan sudda, yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlarda fuqarolar yigʻinining manfaatlarini ifodalaydi, fuqarolar yigʻini nomidan shartnomalar, shu jumladan mehnat shartnomalari tuzadi;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-noyabrdagi 944-son qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida mehnat munosabatlarini tartibga solish toʻgʻrisida nizom”ning 5-bandi.
fuqarolar yigʻini mablagʻlarini qonun hujjatlariga muvofiq tasarruf etadi;
tegishli hududda maslahat markazlari ishini tashkil etadi;
egasiz mol-mulkni, meros tariqasida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga oʻtgan mol-mulkni, shuningdek davolash muassasalarida turganligi munosabati bilan vaqtincha boʻlmagan yolgʻiz shaxslarning mol-mulkini, ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalarida yoki vasiylik va homiylikda turgan, oilaga tarbiyaga topshirilgan yetim bolalarning, ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning mol-mulkini saqlash boʻyicha chora-tadbirlarni koʻradi;
spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni suiisteʼmol qilishi natijasida fuqaroni muomala layoqati cheklangan deb topish toʻgʻrisida yoki fuqaroni ruhiy holati buzilganligi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) tufayli muomalaga layoqatsiz deb topish haqida sudga ariza beradi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 31-bobi (“Fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish”).
kam taʼminlangan oilalarning, yetim bolalarning, ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning, shuningdek tabiiy ofatlardan va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan jabr koʻrgan fuqarolarning moddiy va uy-joy, maishiy sharoitlarini yaxshilash toʻgʻrisida tegishli davlat organlariga takliflar kiritadi;
mahalliy davlat hokimiyati organlariga yangi dafn etish joylarini barpo etish va mavjud boʻlganlarini rekonstruksiya qilish haqida takliflar kiritadi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Dafn etish va dafn ishi toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-bobi (“Dafn etish joyini tashkil etish”).
voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha jamoatchilik ishlarini tashkil etadi, yetim bolalar, ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar haqidagi maʼlumotlarni vasiylik va homiylik organlariga taqdim etadi, shuningdek bunday bolalarni tegishli davlat muassasalariga joylashtirishga koʻmaklashadi;
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
ichki ishlar organlarining profilaktika boʻyicha tegishli inspektori bilan birgalikda “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
tegishli hududda bayram kunlari va muhim sanalar bilan bogʻliq ommaviy tadbirlar oʻtkazilishini tashkil qiladi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 205-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish qoidalari”.
roʻyxatdan oʻtmagan diniy tashkilotlar faoliyat koʻrsatishining, diniy qarashlarni majburan singdirish hollarining oldini olishga doir ishlarni tashkil etadi, vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi bilan bogʻliq boshqa masalalarni hal etadi;
fuqarolar yigʻinining masʼul kotibi, diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi, harbiy hisobni yuritish boʻyicha xodimning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
fuqarolarni qabul qilishni amalga oshiradi, ularning arizalari, takliflari va shikoyatlarini koʻrib chiqadi;
fuqarolarga ularning oilaviy va mulkiy ahvoli toʻgʻrisida maʼlumotnomalar hamda hujjatlar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar berilishini taʼminlaydi;
fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisida qonunda belgilangan tartibda tegishli davlat organlariga va boshqa korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarga taqdimnomalar kiritadi;
tegishli davlat organlaridan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, moddiy madaniy meros obyektlari haqida maʼlumotlar soʻraydi va oladi.
Fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) belgilangan namunadagi guvohnomaga ega boʻladi. Fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) guvohnomasi namunasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) belgilangan tartibda oʻlimni qayd etishi mumkin.
(15-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) xat-xabarlarni, shu jumladan pul va posilkalarni olishga, ish haqini hamda mehnat munosabatlari bilan bogʻliq boʻlgan boshqa toʻlovlarni olishga, mualliflar va ixtirochilarga toʻlanadigan haqlarni, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalarni, shuningdek banklardan summalarni olishga ishonchnomalarni belgilangan tartibda tasdiqlashi mumkin.
(15-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Jamoatchilik nazorati ommaviy axborot vositalari, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin.
Davlat organlari fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda koʻmaklashishi va qonun hujjatlariga muvofiq ularning murojaatlari yuzasidan oʻz vaqtida chora-tadbirlar koʻrishi shart.
17-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashishi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tegishli hududda tadbirkorlik faoliyatini, shu jumladan oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish maqsadida maslahat markazlari tashkil etishga haqli.
Maslahat markazlari yuridik shaxs boʻlmaydi. Maslahat markazlari faoliyati bilan bogʻliq xarajatlar fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining oʻz mablagʻlari hisobidan qoplanadi, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hisobidan qoplanishi mumkin.
Davlat organlari maslahat markazlari faoliyatini tashkil etishda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga koʻmaklashadi, maslahat markazlari oʻz vazifalarini amalga oshirishi uchun fuqarolar yigʻinlariga belgilangan tartibda binolar beradi. Tegishli hududda joylashgan taʼlim muassasalari fuqarolar yigʻini soʻroviga binoan maslahat markazlariga qisqa muddatli kurslarni oʻtkazish uchun oʻquv jarayonlaridan boʻsh boʻlgan oʻquv xonalarini berib turishi mumkin.
Davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar vakillari, shuningdek fuqarolar maslahat markazlarining ishida qatnashishi, xususan, qisqa muddatli kurslarda taʼlim berishi, tegishli hududda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatlar berishi mumkin.
Maslahat markazlari:
tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilmoqchi boʻlgan, tegishli hududda yashovchi fuqarolarni iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi, tadbirkorlik faoliyati toʻgʻrisidagi va soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari asoslarini oʻrgatish boʻyicha qisqa muddatli kurslar tashkil etadi, shuningdek ularga tadbirkorlik faoliyati subyektlariga qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar va preferensiyalar haqida maʼlumot beradi;
bandlikka koʻmaklashish markazlari bilan birgalikda yoshlarning tegishli hududda joylashgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga ishga joylashishiga, ularning ushbu korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga, shuningdek hunarmandlarga biriktirilishiga koʻmaklashadi;
(17-moddaning beshinchi qismi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-416-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
tegishli hududda yashovchi fuqarolarga tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda, shu jumladan tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun tegishli hujjatlarni tayyorlashda koʻmaklashadi;
tegishli hududdagi tadbirkorlik faoliyati subyektlariga, shu jumladan oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyati subyektlariga qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, preferensiyalardan foydalanishda, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida kredit olish uchun tegishli hujjatlarni tayyorlashda koʻmaklashadi.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.01.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (yigʻin)]
Maslahat markazi toʻgʻrisidagi nizom fuqarolar yigʻini tomonidan tasdiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari huzuridagi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish boʻyicha maslahat markazining namunaviy nizomi (roʻyxat raqami 2499, 08.08.2013-y.).
18-modda. Fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar va taftish komissiyasi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.01.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (yigʻin)]
Fuqarolar yigʻinlarida fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha quyidagi komissiyalar tuziladi:
yarashtirish komissiyasi;
maʼrifat va maʼnaviyat masalalari boʻyicha komissiya;
ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha komissiya;
xotin-qizlar bilan ishlash boʻyicha komissiya;
voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari boʻyicha komissiya;
tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesni rivojlantirish masalalari boʻyicha komissiya;
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha komissiya;
(18-moddaning birinchi qismi sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
jamoatchilik nazorati va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha komissiya.
Tegishli hududdagi muammolarning dolzarbligiga qarab, fuqarolar yigʻini tomonidan fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha boshqa komissiyalar ham tuzilishi mumkin.
Komissiyalarga rahbarlik, qoida tariqasida, fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari tomonidan amalga oshiriladi.
Komissiya aʼzolarini saylash ochiq yoki yashirin ovoz berish yoʻli bilan, fuqarolarning qonunda belgilangan saylov huquqlari kafolatlari taʼminlangan holda amalga oshiriladi. Komissiya tarkibiga nomzodi koʻrsatilgan shaxs fuqarolar yigʻinida (fuqarolar vakillarining yigʻilishida) hozir boʻlganlarning yarmidan koʻpi uni yoqlab ovoz bergan taqdirda saylangan hisoblanadi.
Taftish komissiyasi fuqarolar yigʻinining moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish uchun tuziladi.
Taftish komissiyasi oʻz faoliyatida mustaqildir va faqat fuqarolar yigʻiniga hisobdor boʻladi.
Taftish komissiyasi aʼzolari bir vaqtning oʻzida fuqarolar yigʻini boshqa organining aʼzosi boʻla olmaydi.
Fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar va taftish komissiyasi oʻz faoliyatini fuqarolar yigʻini tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar asosida amalga oshiradi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar va taftish komissiyasi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
19-modda. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va ularning mansabdor shaxslari qarorlarining majburiyligi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.03.00 Rais (oqsoqol) va uning vakolatlari]
Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining va ularning mansabdor shaxslarining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari tegishli hududda yashovchi fuqarolar, tegishli hududda joylashgan yuridik shaxslar, shuningdek ularning mansabdor shaxslari tomonidan ijro etilishi uchun majburiydir.
Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining va ularning mansabdor shaxslarining qarorlarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qarorlari ularni qabul qilgan organlar va mansabdor shaxslar tomonidan bekor qilinishi yoxud sud qaroriga koʻra haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
3-bob. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini tashkil etish
20-modda. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.03.00 Rais (oqsoqol) va uning vakolatlari]
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi (bundan buyon matnda Respublika kengashi deb yuritiladi) tomonidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlarda esa fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy kengashlar (bundan buyon matnda hududiy kengashlar deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(20-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.01.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.02.00 Hokim;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari tegishincha Respublika kengashida, hududiy kengashlarda jamoatchilik asosida raislik qiladi.
Respublika kengashi va hududiy kengashlar raislarining birinchi oʻrinbosarlari bir vaqtning oʻzida tegishincha Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining respublika boshqaruvida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlimlarida, tumanlar va shaharlar boʻlinmalarida raislik qiladi.
(20-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuniga asosan ikkinchi va uchinchi qismlar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tegishli kengashlarni shakllantirish tartibi va ularning vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarda belgilanadi.
21-modda. Fuqarolar yigʻinini (fuqarolar vakillarining yigʻilishini) chaqirish tartibi
Fuqarolar yigʻini fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli), kengashi tomonidan zaruratga koʻra, lekin har chorakda kamida bir marta chaqiriladi. Fuqarolar yigʻini xalq deputatlari tuman, shahar Kengashining, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman, shahar hududiy kengashining yoki oʻn sakkiz yoshga toʻlgan va tegishli hududda doimiy yashovchi fuqarolarning kamida uchdan bir qismi tashabbusi bilan chaqirilishi mumkin.
(21-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Fuqarolar yigʻinini olib borish uchun rayosat saylanadi. Yigʻinni fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) yoki raisning oʻrinbosarlaridan (fuqarolar yigʻini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilaridan) biri olib boradi. Barcha masalalar boʻyicha qarorlar ochiq yoki yashirin ovoz berish orqali oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
(21-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Fuqarolar yigʻinida oʻtkazilgan sanasi, hozir boʻlgan fuqarolar soni, kun tartibi va qabul qilingan qarorlar koʻrsatilgan bayonnoma yuritiladi. Fuqarolar yigʻinining bayonnomasi va qarori fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) va masʼul kotibi tomonidan imzolanadi. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) yoʻqligida, fuqarolar yigʻinining bayonnomasi va qarori raisning maslahatchilaridan biri va masʼul kotib tomonidan imzolanadi.
Fuqarolar yigʻinini chaqirishning imkoni boʻlmagan taqdirda, fuqarolar yigʻini kengashi fuqarolar vakillarining yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Fuqarolar vakillarining yigʻilishiga hovlilar, uylar, koʻchalardan fuqarolarning vakillari yuboriladi. Vakillik normasini fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi tegishli komissiya belgilaydi.
(21-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Fuqarolar vakillarining yigʻilishi unda fuqarolarning hovlilar, uylar, koʻchalar va mahallalardagi vakillarining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlgan taqdirda vakolatlidir hamda ushbu Qonunda fuqarolar yigʻinlarini oʻtkazish tartibiga qoʻyiladigan talablarga muvofiq oʻtkaziladi.
Fuqarolar yigʻinida (fuqarolar vakillarining yigʻilishida) tegishli hududda joylashgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vakillari oʻz faoliyatlariga doir masalalar boʻyicha maslahat ovozi bilan ishtirok etishga haqlidir.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-iyuldagi 561-son qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolar vakillarining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida nizom”.
22-modda. Fuqarolar yigʻini kengashining ish tartibi
Fuqarolar yigʻini kengashining majlisi fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) tomonidan zaruratga koʻra, lekin oyida kamida bir marta oʻtkaziladi.
Fuqarolar yigʻini kengashining majlisi, agar uning ishida kengash aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashayotgan boʻlsa, vakolatli hisoblanadi. Qaror, agar uni fuqarolar yigʻini kengashining hozir boʻlgan aʼzolaridan yarmidan koʻprogʻi yoqlab ovoz bergan boʻlsa, qabul qilingan hisoblanadi.
Fuqarolar yigʻini kengashining qarori ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi.
23-modda. Fuqarolar yigʻinining raisini (oqsoqolini) va uning maslahatchilarini saylash
Fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari ikki yarim yil muddatga saylanadi.
Fuqarolar yigʻinining raisini (oqsoqolini) va uning maslahatchilarini saylash tartibi qonunda belgilanadi.
fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) umumqabul qilingan axloq, odob normalarini qoʻpol ravishda buzuvchi, rais (oqsoqol) maqomini badnom qiluvchi va fuqarolar yigʻini obroʻsiga putur yetkazuvchi xatti-harakatlar va nojoʻya ishlar sodir etgan, shuningdek oʻz vazifalarini muntazam ravishda uzrli sabablarsiz bajarmagan taqdirda fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) tomonidan qaror qabul qilinganda;
Fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) oʻrinbosarlari (fuqarolar yigʻini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilari) va maslahatchilari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash raisning (oqsoqolning) taqdimnomasiga koʻra fuqarolar yigʻini tomonidan amalga oshiriladi.
(25-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Fuqarolar yigʻini kengashi oʻz devoniga ega boʻlishi mumkin, uning miqdor tarkibi fuqarolar yigʻini tomonidan belgilanadi. Masʼul kotib va kengash devoni xodimlari fuqarolar yigʻinini (fuqarolar vakillarining yigʻilishini), fuqarolar yigʻini kengashi majlisini oʻtkazishga doir materiallarni tayyorlaydi, fuqarolar yigʻinining, fuqarolar yigʻini kengashining va fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) qarorlari ijrochilarga oʻz vaqtida yetkazilishini taʼminlaydi, ish yuritishni olib boradi.
Fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli), masʼul kotibi va kengash devoni xodimlari, fuqarolar yigʻinining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi hamda “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasining rahbari fuqarolar yigʻinining oʻz mablagʻlari va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan taʼminlanishi mumkin.
4-bob. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatining iqtisodiy asoslari
26-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining mulki
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.01.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (yigʻin)]
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan barpo etilgan, olingan yoki qonunda belgilangan tartibda ularga berilgan jamoat, ijtimoiy-maishiy obyektlar va boshqa maqsadlarga moʻljallangan obyektlar, shuningdek transport vositalari, xoʻjalik anjomlari va boshqa koʻchar hamda koʻchmas mol-mulk ularning mulkidir.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang)]
Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining mulki daxlsizdir va qonun bilan qoʻriqlanadi.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari oʻz mulki boʻlgan obyektlarni vaqtinchalik yoki doimiy foydalanish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga berishga, ijaraga topshirishga, belgilangan tartibda oʻz tasarrufidan chiqarishga, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq ushbu obyektlar bilan bogʻliq boshqa bitimlar tuzishga haqlidir.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari kommunal xizmatlar, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyozlar va preferensiyalardan foydalanadi.
27-modda. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatining moliyaviy asosi
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatining moliyaviy asosi oʻz mablagʻlaridan, mahalliy budjetlar mablagʻlaridan, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalaridan, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa mablagʻlardan tashkil topadi.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bank hisobvaragʻidagi moliyaviy mablagʻlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqil tasarruf etadi. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining moliyaviy mablagʻlari olib qoʻyilishi mumkin emas.
Fuqarolar yigʻinining kengashi moliyaviy mablagʻlardan foydalanish toʻgʻrisida har chorakda fuqarolar yigʻini oldida hisob beradi.
28-modda. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga soliq solish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga nodavlat notijorat tashkilotlar uchun nazarda tutilgan tartibda soliqlar hamda boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
29-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining hisobi va hisoboti
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari oʻz faoliyatining hisobini yuritadi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat statistika va soliq xizmati organlariga hisobot taqdim etadi.
30-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining murojaatlari koʻrib chiqilishining shartligi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang)]
Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining murojaatlari davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida qonunda belgilangan muddatda koʻrib chiqilishi shart.
31-modda. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini qayta tashkil etish va ularning faoliyatini tugatish
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini qayta tashkil etish va ularning faoliyatini tugatish maʼmuriy-hududiy birliklar va mahalla birlashtirilganda, boʻlinganda, tugatilganda, chegaralari oʻzgartirilganda fuqarolar yigʻinining qaroriga koʻra qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.