toggle_night_mode
Norasmiy tarjima
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi hududiy organlarini joylashtirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi hududiy organlari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi hududiy organlari 1-ilovaga muvofiq binolar va xonalarda joylashtirilsin.
2. Mulkiy komplekslar tegishli davlat organlarining operativ boshqaruv huquqi asosida 2-ilovaga muvofiq bepul berilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining quyidagilarni amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin:
“Qishloqqurilishbank” ATBga Toshkent shahri, A. Navoiy ko‘chasi, 18A-uy manzilida joylashgan mulkiy kompleksni mustaqil baholovchi tashkilot tomonidan aniqlangan qiymatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida;
mulkiy kompleks va asosiy vositalar uchun belgilangan tartibda 3-ilovaga muvofiq realizatsiya qilish.
4. Belgilansinki, quyidagilarning sotilishidan tushgan mablag‘lar:
Toshkent shahri, A. Navoiy ko‘chasi, 18A-uy manzilida joylashgan binolar va inshootlardan tushgan mablag‘lar, O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi ixtiyorida qoladigan mablag‘lardan tashqari, to‘liq hajmda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga o‘tkaziladi, ko‘rsatilgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan “Qishloqqurilishbank” ATBning qo‘shimcha chiqariladigan aksiyalarini nominal qiymatda sotib olishga maqsadli yo‘naltiriladi;
3-ilovada ko‘rsatilgan mulkiy kompleks va asosiy vositalardan tushgan mablag‘lar Davlat raqobat qo‘mitasi va uning hududiy organlarida ta’mirlash-qurilish ishlarini olib borish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga maqsadli foydalanish uchun Davlat raqobat qo‘mitasi ixtiyorida qoladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi ikki oy muddatda mazkur qarorning 2 va 3-ilovalarida ko‘rsatilgan mulkiy komplekslarni qabul qilish-topshirish va sotishni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
6. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklatilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 11-aprel,
104-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 11-apreldagi 104-son qaroriga
1-ILOVA
Davlat raqobat qo‘mitasi hududiy organlari joylashgan binolar va xonalar

T/r

Davlat raqobat qo‘mitasi hududiy organi

Manzil

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus sh., A. Temur ko‘chasi, 112 “A” uy

2.

Andijon viloyati hududiy boshqarmasi

Andijon viloyati, Andijon sh. A. Navoiy ko‘chasi, 30-uy

3.

Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi

Buxoro viloyati, Buxoro, Mustaqillik ko‘chasi, 10-uy

4.

Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi

Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Sh. Rashidov ko‘chasi, 63-uy

5.

Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi

Qashqadaryo viloyati, Qarshi sh., A. Temur ko‘chasi, 43-uy

6.

Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi

Navoiy viloyati, Navoiy sh., P. Ochilov ko‘chasi, 24-uy

7.

Namangan viloyati hududiy boshqarmasi

Namangan viloyati, Namangan sh., A. Navoiy ko‘chasi, 72-uy

8.

Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi

Samarqand viloyati, Samarqand sh., Mir Said Baraka ko‘chasi, 49-uy

9.

Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi

Surxondaryo viloyati, Termiz sh., M. Qoshg‘ariy ko‘chasi, 36 “A” uy

10.

Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi

Sirdaryo viloyati, Guliston sh., 3-massiv, O‘zbekiston ko‘chasi, 3-uy

11.

Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi

Toshkent sh., Mustaqillik ko‘chasi, 107-uy, 1-qavat

12.

Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi

Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahri, A. Navoiy ko‘chasi, 17-uy

13.

Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi

Xorazm viloyati, Urganch shahri, Al-Xorazmiy ko‘chasi, 23-uy, 3-qavat

14.

Toshkent shahar hududiy boshqarmasi

Toshkent sh., A. Temur ko‘chasi, 16 “a” uy

Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 11-apreldagi 104-son qaroriga
2-ILOVA
Tegishli davlat organlariga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladigan mulkiy komplekslar

T/r

Mulkiy kompleksning balansda saqlovchisining nomi

Joylashgan joyi

Qabul qiluvchi organlar

Foydalanish maqsadi

1.

Tugatilgan Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi qo‘mitasi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus sh., A. Temur ko‘chasi, 129 “A” uy

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash bo‘limini joylashtirish

2.

Tugatilgan Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi

Buxoro viloyati, Buxoro sh., G‘ijduvon ko‘chasi, 17-uy

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

Buxoro viloyati adliya boshqarmasi bo‘linmalarini joylashtirish *

3.

Tugatilgan Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi

Qashqadaryo viloyati, Qarshi sh., O‘zbekiston ko‘chasi, 184-uy

Qashqadaryo viloyati hokimligi

Soliq, valyuta jinoyatlariga qarshi kurashish va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Qashqadaryo viloyati departamentini joylashtirish

4.

Tugatilgan Davlat mulki qo‘mitasining Namangan viloyati hududiy boshqarmasi

Namangan viloyati, Namangan sh., Bankovskaya ko‘chasi, 9-uy

O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi

“O‘zGASHKLITI” DUKning Ustav fondiga ma’muriy bino sifatida foydalanish uchun topshirish

5.

Tugatilgan Davlat mulki qo‘mitasining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi

Samarqand viloyati, Samarqand sh., Bo‘stonsaroy ko‘chasi, 85 “A” uy

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi

Davlat bojxona qo‘mitasining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasini joylashtirish **

6.

Tugatilgan Davlat mulki qo‘mitasining Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi

Xorazm viloyati, Urganch sh., Al-Xorazmiy ko‘chasi, 30-uy

Xorazm viloyati hokimligi

Xorazm tarixi va madaniyati muzeyini joylashtirish

* Buxoro viloyati adliya boshqarmasi hisob raqamidan Buxoro viloyati hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi hisob raqamiga Buxoro shahridagi “Baxt uyi” obyekti qurilishi uchun ilgari yo‘naltirilgan 344,0 mln so‘m miqdoridagi mablag‘lar Buxoro viloyati hokimligining xayriya ehsoni deb hisoblansin, ushbu mablag‘lar 2013-yil davomida Buxoro shahri, Mustaqillik ko‘chasi, 10-uy manzilida joylashgan Davlat raqobat qo‘mitasining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi binosida ta’mirlash-qurilish ishlarini amalga oshirishga maqsadli yo‘naltirilsin.
** Keyinchalik rejim choralari va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida asosiy binoga tutashgan qo‘shimcha imorat buzib tashlash sharti bilan.
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 11-apreldagi 104-son qaroriga
3-ILOVA
Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan sotiladigan mulkiy komplekslar va asosiy vositalar
ro‘yxati

T/r

Realizatsiya qilinadigan mulk

Joylashgan joyi

1.

Tugatilgan Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasining mulkiy kompleksi

Surxondaryo viloyati, Termiz sh., N. Xo‘jayev ko‘chasi, 5-uy

2.

Tugatilgan Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi binosidagi mebel, inventar va uskunalar*

Toshkent sh., A. Navoiy ko‘chasi, 18A-uy

* “Qishloqqurilishbank” ATB tomonidan mustaqil baholovchi tashkilot tomonidan aniqlangan qiymat bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida sotiladi.