“Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida
“Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini bajarish yuzasidan, yong‘inlarning oldini olish va ularni o‘chirish ishida fuqarolarning sa’y-harakatlarini birlashtirish, muhandis-texnik xodimlarni, ishchi va xizmatchilarni bu ishga keng jalb etish, o‘sib kelayotgan avlodni yong‘in xavfsizligi choralarini qo‘llashga va yong‘in paytida to‘g‘ri harakat qilishga o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning zarur tarzda hisobga olinishi va tizimlashtirilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
Yong‘in-texnik komissiyalarini tashkil etish va ularning faoliyati tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.01.00 Umumiy qoidalar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini tashkil etish va ularning faoliyati tartibi to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
Yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalarini tashkil etish va ularning faoliyati tartibi to‘g‘risidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq;
Idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.02 Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.09.00 O‘rta ta’lim]
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, boshqa manfaatdor tashkilotlar aholi punktlari va obyektlarda ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini tashkil etishda hamda ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yishda, ko‘ngilli va idoraviy yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini hisobga olishda, shuningdek umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalarini tashkil etish va ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yishda har tomonlama ko‘maklashsinlar.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar]
3. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek boshqa tashkilotlar uch oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Vazirlar Mahkamasining “Ko‘ngilli o‘t o‘chiruvchilar, yosh o‘t o‘chiruvchilar drujinalari, o‘t o‘chirish-texnika komissiyalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 1995-yil 29-iyundagi 243-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 28-mart,
89-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 28-martdagi 89-son qaroriga 1-ILOVA
Yong‘in-texnik komissiyalarini tashkil etish va ularning faoliyati tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
1. Ushbu Nizom “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq yong‘in-texnik komissiyalarini tashkil etish va ularning faoliyati tartibini belgilaydi.
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
2. Yong‘in-texnik komissiyalari (keyingi o‘rinlarda YOTK deb ataladi) o‘ta muhim davlat ahamiyatiga molik obyektlarda, yirik ijtimoiy-madaniy obyektlarda, shuningdek qonunchilikka muvofiq xavfli ishlab chiqarish obyektlari jumlasiga kiritilgan, portlash-yong‘inga xavfli muhitni paydo qilishga qodir bo‘lgan moddalar ishlatiladigan, ishlab chiqariladigan, qayta ishlov beriladigan, hosil qilinadigan, saqlanadigan, tashiladigan, yo‘q qilinadigan obyektlarda (keyingi o‘rinlarda tashkilotlar deb ataladi) tuziladi va faoliyat ko‘rsatadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
3. YOTKni tuzishdan maqsad tashkilotning boshqaruv va muhandis-texnik xodimlarini (keyingi o‘rinlarda MTX deb ataladi) yong‘inlarning oldini olish, yong‘inga qarshi himoya ishlarida faol ishtirok etishga jalb qilishdan iborat.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.01.00 Umumiy masalalar;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
4. YOTK tarkibiga tashkilotning faoliyati texnologik jarayonlarni tashkil etish va amalga oshirish, elektr qurilmalaridan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish, suv ta’minoti tizimi, aloqa, ishlab chiqarish avtomatikasi va yong‘inga qarshi avtomatik himoya bilan bog‘liq bo‘lgan boshqaruv xodimlari va MTX vakillari, shuningdek idoraviy yoki ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati rahbarlari hamda mehnatni muhofaza qilish xizmatlarining yong‘in xavfsizligi mutaxassislari, kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlari vakillari kiritiladi.
5. O‘zining texnik xizmatlariga ega bo‘lmagan tashkilotlarda YOTK tarkibiga tashkilotda shartnoma bo‘yicha ishlayotgan boshqa tashkilotlarning mutaxassislari kiritilishi mumkin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.02.00 Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi]
6. YOTK raisi lavozimiga, qoidaga ko‘ra, tashkilotning bosh muhandisi, kotib lavozimiga esa — tashkilotning mehnatni muhofaza qilish xizmatining yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mutaxassisi tayinlanadi.
7. YOTK tashkilot rahbarining buyrug‘iga asosan tuziladi. Ushbu Nizom asosida tashkilotning YOTK to‘g‘risidagi Nizomi ishlab chiqiladi, u tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.01.00 Umumiy masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.02.00 Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi]
8. YOTK kasaba uyushmalari, xodimlarning boshqa vakillik organlari, tashkilotning mehnatni muhofaza qilish xizmati, shuningdek Davlat yong‘in nazorati organlari bilan doimiy aloqada bo‘lishi kerak.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
9. YOTK o‘z faoliyatida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlarga, Davlat yong‘in nazoratining yozma ko‘rsatmalariga, ushbu Nizomga, shuningdek tashkilotning YOTK to‘g‘risidagi Nizomiga amal qiladi.
II. Yong‘in-texnik komissiyasining asosiy vazifalari
10. Quyidagilar YOTKning asosiy vazifalari hisoblanadi:
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
ishlab chiqarishning texnologik jarayonlari, agregatlar, qurilmalar, laboratoriyalar, ustaxonalar, omborlar, bazalar va boshqalardagi yong‘in, portlash yoki avariyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan qoida buzilishlarini aniqlash, shuningdek ularni bartaraf etishga yo‘naltirilgan tadbirlarni ishlab chiqish;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
yong‘in profilaktikasi ishlarini tashkil etish va amalga oshirishga, yong‘in xavfsizligi bo‘yicha standartlar, normalar, qoidalar, yo‘riqnomalar va boshqa normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini, shuningdek Davlat yong‘in nazoratining yozma ko‘rsatmalari va qarorlari bajarilishini nazorat qilishda yong‘indan saqlash xizmatlariga ko‘maklashish;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
yong‘in xavfsizligi va obyektning yong‘inga qarshi himoyasini yaxshilash masalalari bo‘yicha ratsionalizatorlik va ixtirochilik ishlarini tashkil etish;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
ishchilar, xizmatchilar va muhandis-texnik xodimlar o‘rtasida yong‘in xavfsizligi talablariga va belgilangan yong‘inga qarshi rejimga rioya qilish masalalari bo‘yicha ommaviy-tushuntirish ishlarini olib borish.
III. Yong‘in-texnik komissiyasining funksiyalari
11. Quyidagilar YOTKning asosiy funksiyalari hisoblanadi:
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
tashkilotning tegishli bo‘linmalari vakillari bilan birgalikda tashkilotning ishlab chiqarish, omborxona, ma’muriy va boshqa xizmat xonalari, binolari, inshootlari, jihozlari, mashina va mexanizmlarini yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi yuzasidan (tashkilotning portlash-yong‘inga xavflilik toifasidan kelib chiqqan holda yiliga kamida 2-4 marotaba) yong‘in-texnik tekshiruvidan o‘tkazish;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
tashkilotning rahbariyati, bo‘linmalar va boshqa xizmatlar rahbarlari bilan birgalikda tashkilotda yong‘inlarning oldini olish tadbirlarini ishlab chiqish, shuningdek rejalashtirilgan tadbirlarni bajarishda tashkiliy yordam ko‘rsatish;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
ishlab chiqarish texnologik jarayonlarining portlash va yong‘inga xavfliligi, ularda portlash va yong‘inlarni keltirib chiqaruvchi sabablar hamda ularning oldini olish usullari to‘g‘risida ish beruvchi nomidan ishchilarni xabardor qilish;
yong‘in xavfsizligi choralari to‘g‘risidagi yo‘riqnomalar (obyekt bo‘yicha umumiy, tashkilotning bo‘linmalari uchun, texnologik jarayonlar va alohida ish turlari bo‘yicha), ish joyidagi birlamchi yo‘riqnomalar, yong‘in-texnik minimumi tizimida o‘qitish dasturlari loyihalarini kelishish;
tashkilot bo‘linmalarini yong‘in xavfsizligi bo‘yicha qoidalar, normalar, plakatlar va boshqa ko‘rgazmali qo‘llanmalar bilan ta’minlashni tashkil etish, shuningdek tegishli axborotlar stendlarini jihozlashda ularga uslubiy yordam berish;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
tashkilotda, uning alohida sexlarida va boshqa uchastkalarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha konferensiyalar, seminarlar va yig‘ilishlar o‘tkazish;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.18.00.00 Jamoatchilik nazorati;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
tashkilotda yong‘inga qarshi tashviqot va targ‘ibot ishlarini tashkil qilish, tashkilotning sexlari, omborlarining yong‘inga qarshi holatining, idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmatlarining yong‘inlarni o‘chirishga tayyorgarligining jamoatchilik ko‘riklarini o‘tkazishni, shuningdek Davlat yong‘in nazoratining yozma ko‘rsatmalarida tavsiya qilingan yong‘inga qarshi tadbirlarning bajarilishini tekshirishni tashkil etish;
ish joylarida ishlab chiqarishning portlash va yonish faktorlarini aniqlash, ishlab chiqarish texnologik jarayonining portlash va yonishga xavfliligini baholash va tahlil qilish;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
tashkilotda sodir bo‘lgan yong‘in faktlarini tekshirishda qatnashish. Shunga o‘xshash holatlarning oldini olish uchun ularning sabablarini aniqlash va asosli xulosalar tayyorlash, ushbu Nizomga 1-ilovadagi shakl bo‘yicha dalolatnoma tuzish;
tashkilotning ishchilarini yong‘in xavfsizligi bo‘yicha kuchga kiritilayotgan yangi qonun hujjatlari va boshqa normativ- hujjatlardan xabardor qilish;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
hujjatlarning (tashkilot obyektlarining yong‘inga qarshi holatini tekshirish dalolatnomalari, yong‘in holatlari bo‘yicha tekshiruvlar dalolatnomalari, komissiyaning ish rejalari va protokollari, ish joylarini yong‘in xavfsizligi bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazish materiallari va shu kabilarning) saqlanishini tashkil etish.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
12. Zarurat bo‘lganda, tashkilot rahbari YOTKga yong‘in xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq boshqa tadbirlarni ham o‘tkazish vazifasini yuklashi mumkin.
13. YOTK quyidagilarni:
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
yong‘in xavfsizligi bo‘yicha normativ- hujjatlar va normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini;
birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan, yong‘inni o‘chirish va undan xabar berish avtomatik tizimlaridan to‘g‘ri foydalanilishi va ularning saqlanishini;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
yong‘inlar va ularning oqibatlarini hisobga olish, shuningdek ular to‘g‘risidagi axborotlarni yig‘ish va o‘zaro almashish tartibiga rioya qilinishini;
bo‘linmalarda mehnat muhofazasi bo‘yicha ular uchun yo‘riqnomalar ishlab chiqilishi kerak bo‘lgan kasblar va ishlar turlariga muvofiq xodimlar uchun yong‘in xavfsizligi choralari to‘g‘risidagi yo‘riqnomalarning mavjudligi va ularning o‘z vaqtida qayta ishlab chiqilishini;
tegishli xizmatlar tomonidan jihozlar, mashinalar va mexanizmlarning o‘z vaqtida sinovdan va texnik ko‘rikdan o‘tkazilishini;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
yong‘indan xabar berish va uni o‘chirish avtomatik tizimlari, tutunga qarshi himoya, tashqi va ichki yong‘inga qarshi suv quvurlari, yong‘in haqida ogohlantirish tizimlari ishlarining samaradorligini;
yong‘inga qarshi saqlash moslamalari va himoya qurilmalarining holatini;
yong‘inga qarshi o‘qitish, bilimlarni tekshirish va barcha turdagi yo‘l-yo‘riqlar berishning o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishini;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
tashkilot bo‘linmalarida yong‘in xavfsizligi tadbirlarini bajarish uchun ajratilgan mablag‘larning to‘g‘ri sarflanishini nazorat qiladi.
IV. Yong‘in-texnik komissiyalari ishlarini tashkil etish tartibi
14. YOTK o‘z ishlarini yil choragi yoki yarim yil uchun ishlab chiqiladigan, tashkilot komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan rejalar asosida amalga oshiradi. Komissiyaning qarorlari protokollar bilan rasmiylashtiriladi va tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan amalda joriy etiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.04.00 Favqulodda vaziyatlar rejimi]
15. Favqulodda vaziyatlarda YOTK a’zolari sutkaning istalgan vaqtida tashkilot rahbarining buyrug‘iga asosan, masalalarni hal etish uchun jalb etiladi.
16. Yirik sanoat obyektlarida, umumobyekt YOTKdan tashqari, sexlarning YOTKlari tuzilishi mumkin.
Bu holda umumobyekt YOTK sexlar komissiyalarining ishlarini nazorat qiladi va ularga rahbarlik qiladi, umuman obyektning yong‘inga qarshi holatini yaxshilash masalalarini hal qiladi va ishlab chiqarishning texnologik jarayonidagi yong‘indan xavfli uchastka va qurilmalarida yong‘inlarning oldini olish tadbirlarini ishlab chiqadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.01.00 Umumiy masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.02.00 Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi]
Xodimlar kam tashkilotlarda YOTK funksiyalari ushbu tashkilotning mehnat muhofazasi xizmatiga yuklanishi mumkin.
17. YOTK Davlat yong‘in nazorati yozma ko‘rsatmalarida ko‘zda tutilgan tadbirlarni bekor qilish yoki o‘zgartirish huquqiga ega emas.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
Komissiya fikriga ko‘ra ushbu tadbirlarni bekor qilish yoki o‘zgartirish zarur bo‘lgan hollarda komissiya o‘z takliflarini tashkilot rahbariga taqdim qiladi, u ushbu masalani Davlat yong‘in nazorati tegishli organlari bilan kelishadi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
18. YOTK tomonidan bajarilishi belgilangan barcha yong‘inga qarshi tadbirlar ushbu Nizomning 2-ilovasida ko‘rsatilgan shakldagi dalolatnomalar bilan rasmiylashtiriladi, ular tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi va belgilangan muddatlarda bajariladi.
19. Komissiya tomonidan tavsiya etilgan yong‘inga qarshi tadbirlarning tashkilot bo‘linmalarida bajarilishi ustidan kundalik nazorat bevosita tashkilotning idoraviy yoki ko‘ngilli yong‘in o‘chirish xizmati boshlig‘iga yoxud tashkilotning yong‘in xavfsizligi uchun buyruq bilan belgilangan tartibda tayinlangan javobgar shaxsga yuklanadi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
20. Yuklangan vazifalarni vijdonan bajargan, tashkilotning yong‘inga qarshi holatini yaxshilash borasida bevosita hissa qo‘shgan YOTK a’zolari tashkilotda qo‘llanadigan tartibda, shu jumladan Davlat yong‘in nazorati organi taqdimnomasiga binoan moddiy va ma’naviy rag‘batlantirilishi mumkin.
V. Yong‘in-texnik komissiyalarining huquqlari va javobgarligi
21. Yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish doirasida YOTKlar quyidagi huquqlarga ega:
sutkaning istalgan vaqtida tashkilotning ishlab chiqarish, xizmat va maishiy binolarini to‘sqinliksiz ko‘zdan kechirish, yong‘in xavfsizligi bo‘yicha hujjatlar bilan tanishish;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
tashkilotning bo‘linmalarida yong‘inga qarshi rejimni tekshirish hamda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mansabdor va mas’ul shaxslarga aniqlangan yong‘inga qarshi talablar buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi shart bo‘lgan dalolatnomalar taqdim etish;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
bo‘linmalar rahbarlaridan yong‘inga qarshi yong‘in xavfsizligi choralari to‘g‘risidagi yo‘riqnomalarning buzilishlari aniqlanganda sexlar, uchastkalar, ish joylaridagi mashinalar, qurilmalardan foydalanishni taqiqlash, ishlarni to‘xtatishni talab qilish, bu haqda bo‘linmalar va tashkilot rahbarlarini xabardor qilish;
tashkilot va bo‘linmalar rahbarlari bilan kelishgan holda yong‘inga qarshi holatni tekshirish uchun tegishli mutaxassislarni jalb etish;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
bo‘linmalar rahbarlaridan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha materiallarni so‘rash va olish, yong‘inga qarshi rejimning buzilishiga yo‘l qo‘ygan shaxslardan yozma tushuntirish xatlarini talab qilish;
tashkilot rahbariga, bo‘linmalar rahbarlariga yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘l-yo‘riqdan belgilangan tartibda tanish bo‘lmagan, yong‘in-texnik minimumi tizimi bo‘yicha o‘qitilmagan va bilimlar tekshiruvidan o‘tmagan yoki yong‘in xavfsizligi talablarini qo‘pol ravishda buzayotgan shaxslarni ishdan chetlatish to‘g‘risida takliflar taqdim etish;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
tashkilot rahbariga va bo‘linmalar rahbarlariga yong‘indan xavfsiz ish sharoitlarini yaratishda faollik ko‘rsatgan alohida xodimlarni rag‘batlantirish, shuningdek yong‘in xavfsizligi talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risida takliflar taqdim etish;
tashkilot rahbari topshirig‘iga binoan, davlat tashkilotlarida va boshqa tashkilotlarda yong‘in xavfsizligi masalalarini muhokama qilishda tashkilot nomidan vakillik qilish va uning manfaatlarini himoya qilish.
22. YOTK o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Yong‘in-texnik komissiyalarini tashkil etish va ularning faoliyati tartibi to‘g‘risidagi Nizomga 1-ILOVA
“Tasdiqlayman” Tashkilot rahbari
________________
20___ yil “___” ______
Yong‘in-texnik komissiyasining yong‘in sababini tekshirish bo‘yicha dalolatnomasi
20___ yil “ ___ “_______da _____________________________________________ manzilida sodir bo‘lgan yong‘in sababini tekshirish bo‘yicha ushbu dalolatnomani tuzdilar.
Tekshirishda yong‘inning sodir bo‘lishiga quyidagilar sabab bo‘lgani aniqlandi: _____________ _____________________________________________________________________________ (yong‘in sodir bo‘lgan obyektning to‘liq tavsifi: qavatlar soni, devorlar, bostirmalar materiali, cherdak va yerto‘laning mavjudligi; elektr, suv va issiqlik ta’minoti; telefon tarmog‘i; lift va boshqalar; yong‘in paydo bo‘lgan, olovdan ko‘p shikastlangan joyda elektr priborlarining mavjudligi; mavjud isitish priborlari va sizib chiqish joylari; yong‘inni paydo qilishi mumkin bo‘lgan olov manbai to‘g‘risida mutaxassislar xulosasi; olovning tarqalish yo‘llari va olovdan zarar ko‘rgan konstruksiyalar, mebellar, buyumlar; olov tufayli yo‘q bo‘lgan (zarar ko‘rgan) xonalar va maydonlar soni; taxminiy bevosita va bilvosita zarar)
(tekshiruv o‘tkazilgan tashkilot yoki tarkibiy bo‘linmalar)
yong‘inga qarshi holatini tekshiruvdan o‘tkazdi.
Komissiya:
yong‘in xavfsizligi qoidalari (obyekt (sex) uchun umumiy ishlab chiqilgan yong‘in xavfsizligi choralari to‘g‘risidagi yo‘riqnoma) talablarining bartaraf etish zarur bo‘lgan quyidagi buzilishlarini aniqladi:
T/r
Yong‘inga qarshi talablar buzilishlarini bartaraf etish uchun tavsiya etilayotgan tadbirlar
Buzilishlarni bartaraf etish muddati va mas’ul bajaruvchi
Buzilishlarning bartaraf etilganligi haqida belgi
YOTK a’zolarining imzolari:
20___ yil “_____”_____________
Yong‘inga qarshi talablar buzilishlarini bartaraf etishning nazorat tekshiruvi
Sana
Bajarilmagan yong‘inga qarshi tadbirlarning tartib raqami
Tekshiruvchi (lavozimi, imzosi)
Tanishdim (lavozimi, imzosi)
Yong‘inga qarshi talablarni bajarmagan aybdor shaxslarga nisbatan ko‘rilgan choralar (intizomiy amaliyot)
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 28-martdagi 89-son qaroriga 2-ILOVA
Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini tashkil etish va ularning faoliyati tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
1. Ushbu Nizom “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 32-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati (keyingi o‘rinlarda DYOXX deb ataladi) yoki idoraviy yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari mavjudligidan qat’i nazar, tashkilotlarda, aholi punktlarida va boshqa hududlarda ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini tashkil etish va ularning faoliyati, shuningdek ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilarni ro‘yxatga olish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
2. Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati yong‘inlarning oldini olish va o‘chirish ishlarida fuqarolarning sa’y-harakatlarini birlashtirish maqsadida tashkil etiladi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
3. Quyidagilar ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
tashkilotlarda, aholi punktlarida va boshqa hududlarda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
aholiga, tashkilotlarda xodimlarga yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini o‘rgatishda, shuningdek yong‘in sodir bo‘lganda ularning harakat qilishiga tayyorgarlikni amalga oshirishda ishtirok etish;
yong‘inga qarshi targ‘ibotni amalga oshirish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.01.00 Umumiy qoidalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
yong‘inlarni o‘chirish, yong‘in zonasida qolgan odamlarni hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini qutqarish.
4. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati — fuqarolar va jamoat birlashmalarining tashkilotlar, aholi punktlari va boshqa hududlarda yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini ta’minlash, yong‘inlarni o‘chirishda ishtirok etishi shakli;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.07.00 Mehnat shartnomasi (kontrakt)]
ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchi — yong‘inlarning oldini olish va (yoki) o‘chirish bo‘yicha yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari faoliyatida ko‘ngilli ravishda (mehnat shartnomasi tuzmasdan) bevosita ishtirok etuvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;
DYOXX mahalliy organi — tumanlar (shaharlar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari) yong‘in xavfsizligi bo‘limlari (bo‘linmalari, guruhlari), bevosita yong‘in xavfsizligi boshqarmasiga bo‘ysunuvchi obyektlardagi yong‘in xavfsizligi bo‘limlari (bo‘linmalari, guruhlari), tumanlar (shaharlar) va obyektlarni muhofaza qilish bo‘yicha DYOXXning harbiylashtirilgan va professional otryadlari (qismlari);
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
ko‘ngilli yong‘indan saqlash drujinasi — o‘z faoliyatini yong‘inni o‘chirish texnikasidan va transport vositalaridan foydalanmagan holda amalga oshiruvchi ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmatining bo‘linmasi;
ko‘ngilli yong‘indan saqlash komandasi — o‘z faoliyatini yong‘inni o‘chirish texnikasidan va transport vositalardan foydalangan holda amalga oshiruvchi ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmatining bo‘linmasi.
5. Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari ko‘ngilli yong‘indan saqlash drujinalari (keyingi o‘rinlarda drujinalar deb ataladi) va (yoki) ko‘ngilli yong‘indan saqlash komandalari (keyingi o‘rinlarda komandalar deb ataladi) tarzida ixtiyoriy asosda tashkil etiladi hamda tegishli ma’muriy-hududiy birlikning yong‘in xavfsizligini ta’minlash tizimiga kiradi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
6. Aholi punktlarida ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari ularning zarurligiga hamda DYOXX bo‘linmalaridan uzoq masofada joylashganligiga qarab fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qarorlari asosida tashkil etiladi.
7. Tashkilotlar yoki obyektlarning (keyingi o‘rinlarda tashkilotlar deb ataladi) ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari (15 nafardan ortiq ishlovchi xodimlari mavjud bo‘lganda) ularning rahbarlari tashabbusiga ko‘ra tashkil etiladi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
8. Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarining yong‘inlarni o‘chirishga tayyorligi holatini, shuningdek yong‘inlarning oldini olishga doir ishlarning bajarilishi ustidan nazoratni DYOXX amalga oshiradi.
9. Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari tashkil etilgan tashkilotlar va aholi punktlarida DYOXX tomonidan o‘tkaziladigan yong‘in-taktik o‘quv mashg‘ulotlariga majburiy tartibda jalb etiladilar. DYOXXning yong‘in-taktik o‘quv mashg‘ulotlari yakunlariga ko‘ra ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari va ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilarning tayyorligi holatiga baho beriladi.
II. Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmatini tashkil etish tartibi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang)]
10. Aholi punktlarida ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari raisining qaroriga ko‘ra, tashkilotlarda esa – tashkilot rahbarining buyrug‘i asosida tashkil etiladi, qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
11. Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarining soni, ularning tuzilmasi, komandalar va drujinalarning son tarkibi (kamida 4 kishi) DYOXX mahalliy organining rahbari bilan kelishilgan holda, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining raisi, tashkilotning rahbari tomonidan belgilanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang)]
12. Keyinchalik hisobga olish ro‘yxatidan o‘tkazish yoki ularni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish maqsadida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi (tashkilot ma’muriyati) ko‘ngilli yong‘indan saqlash bo‘linmasi tashkil etilganligi, qayta tashkil etilganligi va tugatilganligi haqida 10 kun mobaynida ushbu aholi punkti (tashkilot)ning chiqish hududida joylashgan DYOXX mahalliy organini xabardor qiladi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
13. Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini hisobga olish ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi Idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini hisob o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq belgilanadi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
14. Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmasini xodimlar bilan ta’minlash, ushbu Nizomning III bo‘limiga muvofiq amalga oshiriladi.
15. Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmasi boshlig‘i tomonidan DYOXX mahalliy organi yordamida quyidagi hujjatlar ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi:
lavozim yo‘riqnomalari;
ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati a’zolarining navbatchilik jadvali;
aholi punktida (tashkilotda) joylashgan jamoat va turar joy binolari, shuningdek suv manbalari va yo‘llarning sxemalari va planlari;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.03.00 Shaharsozlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari. Aholi punktlari hududlaridan foydalanishni rejalashtirish]
aholi punktlarida (tashkilotlarda) yong‘inga qarshi profilaktik tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek aholini yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlariga o‘qitish jadvallari;
yong‘in o‘chirish texnikalari va aloqa vositalarining ro‘yxati, shuningdek ulardan foydalanish tartibi (komandalar tuzilganda);
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
yong‘inlarni o‘chirish, tegishli ma’muriy-hududiy birliklarning yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari va manfaatdor xizmatlarning hamkorligi bo‘yicha harakatlarini dastlabki rejalashtirish hujjatlari;
har bir komanda uchun jangovar bo‘linma tabeli;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
yong‘in sodir bo‘lganda ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilarning to‘planish tartibi yoki ularning shayligini tekshirish va ularni yong‘in joyiga yetkazish usuli.
Sanab o‘tilgan va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari faoliyatini tashkil etishni tartibga soluvchi boshqa hujjatlar, qonunchilik hujjatlari, shu jumladan DYOXX normativ-huquqiy hujjatlari asosida ishlab chiqiladi.
(15-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.03.00 Shaharsozlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari. Aholi punktlari hududlaridan foydalanishni rejalashtirish]
16. Navbatchilik tashkil etish uchun komanda (drujina)lar tashkilotlarda ishchi smenalar soni bo‘yicha va aholi punktlarida kamida to‘rtta navbatchi smenalarga bo‘linadi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
17. Komanda (drujina)lar navbatchi smenalariga eng yaxshi tayyorlangan ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilar safidan tanlangan katta yong‘in o‘chiruvchilar rahbarlik qiladi.
18. Komandalar quyidagi razryadlarga bo‘linishi mumkin:
birinchi — maxsus bino (xona)da navbatchi smena (jangovar bo‘linma) tarkibida ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilarning kecha-kunduz navbatchiligi;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
ikkinchi — dispetcher va (yoki) yong‘in o‘chirish transport vositasi haydovchisining kecha-kunduz navbatchiligi hamda navbatchi smena (jangovar bo‘linma) tarkibidagi boshqa ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilarning ishlash (o‘qish) yoki yashash joyida bo‘lishi;
uchinchi — dispetcherning kecha-kunduz navbatchiligi va navbatchi smena (jangovar bo‘linma) tarkibidagi boshqa barcha ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilarning ishlash (o‘qish) yoki yashash joyida bo‘lishi.
19. Ikkinchi va uchinchi razryad komandalari, dispetcher va navbatchi smena (jangovar bo‘linma) o‘rtasida aniq tashkil etilgan aloqa va xabar berish tizimi (telefon (uyali) aloqasi, ratsiya yoki boshqalar) mavjud bo‘lganda, shuningdek navbatchi smenani yig‘ilish (chaqiruv) joyiga 8 daqiqadan oshmagan vaqt ichida yetib kelish imkoni bo‘lgan taqdirda tashkil etilishi mumkin.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
20. Drujinalarning ishini tashkil etish tartibi uning rahbari tomonidan DYOXX mahalliy organi boshlig‘i bilan kelishilgan holda, muayyan obyekt yoki aholi punkti uchun ishlab chiqilgan yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlari amalga oshirilishini nazarda tutib belgilanadi.
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
21. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (tashkilotlar) qonunchilikka muvofiq faoliyat yuritish uchun ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmasiga zarur binolarni (xonalarni) bepul taqdim etadi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
22. Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarida ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilar tomonidan navbatchilikni o‘tash, shuningdek yong‘inlarning oldini olishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish haqiqiy vaqtini hisobga olish ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmasi boshlig‘i tomonidan amalga oshiriladi.
III. Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini xodimlar bilan ta’minlash tartibi
23. Ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilar safiga o‘zining ishchanlik va axloqiy xislatlari, shuningdek sog‘lig‘i bo‘yicha yong‘inlarni o‘chirish va (yoki) ularning oldini olish bilan bog‘liq vazifalarni bajarishga qodir bo‘lgan 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ko‘ngilli ravishda yakka tartibda qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
24. Aholi punktining ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari uchun ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilari safiga tanlab olish O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini tanlab olish fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan, tashkilotning ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari uchun ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilari safiga tanlab olish esa – tegishli tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari (shuningdek, 16.05.03.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
25. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari aholi punktining ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilari safiga tanlab olishda qatnashish uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi raisi nomiga yozma ariza beradilar. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari obyektning ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilari safiga tanlab olishda qatnashish uchun tashkilot rahbari nomiga yozma ariza beradilar. Arizaga pasport, ma’lumoti haqidagi diplom nusxalari, sog‘lig‘ining holati to‘g‘risida ma’lumotnoma ilova qilinadi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini aholi punkti ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilari safiga tanlab olishda ushbu talabgorning ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati tashkil qilinayotgan aholi punktida doimiy yashash va ishlash joyi mavjudligi, shuningdek mazkur Nizomning 23-bandi talablari majburiy shart hisoblanadi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
26. Tanlab olish yakuniga ko‘ra ariza berilgan kundan boshlab 30 kun mobaynida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi (tashkilot ma’muriyati) O‘zbekiston Respublikasi fuqarosini ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilar safiga qabul qilish haqida yoki uni ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilar safiga qabul qilishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
27. Ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilar safiga qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mazkur Nizomning IV bo‘limida nazarda tutilgan tartibda, DYOXX tomonidan belgilanadigan malaka talablariga asosan dastlabki tayyorgarlikdan o‘tadilar.
28. Dastlabki (keyingi) tayyorgarlikdan o‘tish natijalariga ko‘ra DYOXX mahalliy organi tomonidan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga (tashkilot ma’muriyatiga) 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ma’lumotnoma taqdim etiladi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
29. Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmasining boshlig‘i DYOXX mahalliy organi rahbari bilan kelishgan holda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining raisi, tashkilot rahbari tomonidan, yong‘indan saqlash xizmatida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan shaxslardan tayinlanadi.
30. Ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilar safiga qabul qilingan va dastlabki (keyingi) tayyorgarlikdan o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Aholi punktining ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari faoliyatida ishtirok etuvchi ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilarning reyestrida (2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha) yoki Tashkilotning ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari faoliyatida ishtirok etuvchi ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilarning reyestrida (3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha) ro‘yxatga olinadi.
Ro‘yxatga olish tartib raqami reyestr bo‘yicha to‘rt xonali sondan va ro‘yxatga olingan yildan iborat bo‘lishi lozim (masalan – 0001-13).
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
31. Ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilar Reyestrini yuritish va saqlash fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi (tashkilot ma’muriyati) tomonidan olib boriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang)]
32. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi (tashkilot ma’muriyati) tomonidan har yili DYOXX mahalliy organiga ro‘yxatga olingan ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilar soni haqida ma’lumotlar taqdim etiladi.
33. Ro‘yxatga olingan ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilarga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi (tashkilot ma’muriyati) tomonidan 4-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchi kartochkasi 5 yil muddatga beriladi. Kartochkaning amal qilish muddati tugagandan so‘ng, ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchining keyingi tayyorgarlikdan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lsa, keyinchalik qayta ro‘yxatdan o‘tkazgan holda kartochka yangisiga almashtirilishi mumkin.
34. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosini ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilar ro‘yxatidan chiqarishga quyidagilar asos bo‘ladi:
shaxsiy arizasi;
ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilar uchun belgilangan malaka talablariga noloyiqligi;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
yong‘indan saqlash xizmatida ishlashga imkon bermaydigan salomatlik ahvoli;
belgilangan talablarni muntazam ravishda bajarmaslik, shuningdek yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmasi faoliyatida ishtirok etishdan o‘zini chetga olish;
ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmatida bo‘lishiga zid xatti-harakatlarni sodir etganlik.
IV. Ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilarni tayyorlash tartibi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang)]
35. Ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchini dastlabki (keyingi) tayyorgarlikdan o‘tkazish fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi (tashkilot ma’muriyati) arizalariga ko‘ra DYOXX normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchi uchun belgilangan hajmda DYOXX bo‘linmalari bazasida bepul amalga oshiriladi.
36. Ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilarning keyingi tayyorgarligi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (tashkilotlar rahbarlari) tomonidan DYOXX mahalliy organi rahbari bilan kelishib, DYOXX xodimlarini (xizmatchilarini) jalb qilgan holda tashkil etiladi va amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
37. Ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilarning keyingi tayyorgarlikdan o‘tish dasturi DYOXX mahalliy organi rahbari bilan kelishilgan holda yong‘indan saqlash xizmati boshlig‘i tomonidan ishlab chiqiladi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi (tashkilot ma’muriyati) tomonidan tasdiqlanadi.
38. Dastlabki tayyorgarlikdan o‘tmagan shaxslar mustaqil ishlashga qo‘yilmaydi.
V. Ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilarning huquqlari va majburiyatlari
39. Ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilar quyidagi huquqlarga ega:
tegishli ma’muriy-hududiy birlik (tashkilotning) hududida DYOXX mahalliy organi bilan birgalikda yong‘in xavfsizligini ta’minlash faoliyatida ishtirok etish;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
yong‘inlar tarqalgan (tarqalishi ehtimoli bo‘lgan) va ularni paydo qiladigan joylarga kirib borish;
portlash yoki yong‘inga olib keladigan yong‘indan xavfli va shunga o‘xshash ishlarning tashkilot ma’muriyati yoki DYOXX mahalliy organi tomonidan ko‘rib chiqilgunga qadar olib borilishini taqiqlash.
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
DYOXX tomonidan tasdiqlangan, ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilarni dastlabki tayyorgarlikdan o‘tkazish dasturida nazarda tutilgan hajmda zarur yong‘in-texnik bilimlarga ega bo‘lish;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini ishlab chiqish va ta’minlashda ishtirok etish;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
yong‘in xavfsizligi qoidalarining buzilishi, shuningdek portlash yoki yong‘inga olib keladigan yong‘indan xavfli va boshqa ishlarning olib borilishi holatlari aniqlanganda ular to‘g‘risida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga, tashkilot ma’muriyatiga, shuningdek DYOXX mahalliy organlariga xabar berish;
yong‘indan saqlash xizmati faoliyatida ishtirok etish;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
tegishli fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi raisi, tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan jadvalga muvofiq ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarida navbatchilikni amalga oshirish;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarida navbatchilik qilishning belgilangan tartibiga, tartib-intizomga va mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etish;
yong‘indan saqlash xizmati mulkini asrab-avaylash, yong‘in-texnik vositalari va jihozlarini soz holatda saqlash.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
41. Sababli tavakkalchilik doirasida harakat qilgan, yong‘in o‘chirishda qatnashgan ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilar yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashdan ozod qilinadi.
VI. Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmatining moliyaviy va moddiy-ta’minoti, ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilarni ma’naviy rag‘batlantirish chora-tadbirlari
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
42. Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarining (drujinalar, komandalarning) moliyaviy va moddiy-texnikaviy ta’minoti ushbu bo‘linmalar (drujinalar, komandalar) tuzilgan tashkilotlar mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslarning ehsonlari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa moliyalashtirish manbalari hisobiga amalga oshiriladi.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
43. Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmatini moddiy rag‘batlantirish rahbarlar tarkibi va asosiy texnik xodimlarning (dispetcherlar, haydovchilar, mexanik-motorchilarning) mehnatiga to‘liq yoki qisman haq to‘lash tamoyillarida amalga oshirilishi mumkin. Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmatining qolgan a’zolari faoliyati yong‘inlarni o‘chirish bilan bog‘liq ishlarni bajarish yoki yong‘in deposida navbatchilik vaqtidagi mehnatiga vaqtbay haq to‘lash bilan rag‘batlantirilishi mumkin.
44. Yong‘inlarni o‘chirishda bevosita ishtirok etadigan ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilar, qoidaga ko‘ra, kiyib yurish muddati DYOXX uchun mo‘ljallangan maxsus kiyim-bosh va aslahalar bilan ta’minlanadilar.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang)]
45. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (tashkilotlar) ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilar uchun harbiy xizmatchilar va ichki ishlar organlari xodimlari formasidan farqlanadigan yagona kiyim-kechak formasini belgilashi mumkin.
(45-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 09/18/321/1154-son)
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang)]
46. Ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilarga kompensatsiya to‘lash tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan o‘z mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslarning ehsonlari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
47. Ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilarni ma’naviy rag‘batlantirish mukofotlar, taqdirlash belgilari va jamoat minnatdorchiligi tarzida, shu jumladan DYOXXning taqdimnomasiga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin.
Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini tashkil etish va ularning faoliyati tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchining
______________________ tayyorgarlikdan o‘tganligi to‘g‘risida
Izoh: kartochka ikki tomonlama laminatsiyalanishi lozim.
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 28-martdagi 89-son qaroriga 3-ILOVA
Yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalarini tashkil etish va ularning faoliyati tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 18-moddasiga muvofiq yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalarini tashkil etish va ularning faoliyati tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
2. Yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalari — bolalarga yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini qo‘llashni o‘rgatish, ularni kasbga yo‘naltirish, yong‘inga qarshi targ‘ibotni hamda yong‘inlarning oldini olishga va o‘quvchilarda yong‘in chog‘ida to‘g‘ri harakat qila bilish ko‘nikmalari va mahoratini mustahkamlashga yo‘naltirilgan boshqa vazifalarni amalga oshirish maqsadida umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida tashkil etiladigan o‘quvchilarning ixtiyoriy birlashmalaridir.
3. Quyidagilar yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
yong‘in xavfsizligi choralarini qo‘llashda katta yoshdagilarga amaliy yordam ko‘rsatish;
yong‘in o‘chirish ishining asoslarini egallash, yong‘inlarning oldini olish amaliy bilim va ko‘nikmalarini hamda yong‘in chog‘ida to‘g‘ri harakat qilish, shuningdek yong‘indan jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish mahoratlarini oshirish;
yong‘in o‘chirish-amaliy sporti bo‘yicha sportchilar zaxirasini tayyorlash.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
4. Yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalari xalq ta’limi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi organlari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati (keyingi o‘rinlarda DYOXX deb ataladi) va tegishli jamoat birlashmalari yordamida umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘quvchilardan tashkil etiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.02 Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim]
5. Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining ma’muriyati tegishli jamoat birlashmalari va DYOXX yordamida yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalari bilan ishlash uchun o‘qituvchilar, shuningdek DYOXX xodimlari (xizmatchilari) tarkibidan jamoatchi tashkilotchini tanlaydi va tasdiqlaydi.
Yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalari bilan ishlash uchun jamoatchi tashkilotchilarni tayyorlash tegishli jamoat birlashmalari, yong‘in-texnika markazlari, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlari negizida amalga oshiriladi.
II. Yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalari bilan ishlashning asosiy yo‘nalishlari
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
6. Yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalari bilan ishlash quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi:
yong‘in xavfsizligi qoidalarini va yong‘in sodir bo‘lgandagi xatti-harakatlarga o‘rgatish, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari va yong‘in o‘chirish texnikasi, yong‘in-texnika uskunalari, avtomatik yong‘in o‘chirish, yong‘in signalizatsiyasi va xabar berish tizimlari bilan tanishtirish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.06.00.00 Reklama (shuningdek, 09.09.00.00.ga qarang);
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.11.00 Adabiyot. Kutubxona ishi;
3.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
ommaviy axborot vositalari, radio tarmoqlaridan foydalanish, maxsus adabiyot va reklama mahsulotlarini chop etish va tarqatish yo‘li bilan, devoriy gazetalar, tematik ko‘rgazmalar, ko‘riklar va konferensiyalar tashkil etish orqali bolalar sho‘xligi oqibatida sodir bo‘ladigan yong‘inlarning oldini olish bo‘yicha ommaviy-tushuntirish ishlariga jalb etish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xo‘jaligi / 14.03.04.00 Ekskursiyalar]
yong‘in o‘chirish-amaliy sporti mashg‘ulotlari va musobaqalari, yong‘inga qarshi kurash bo‘yicha tanlovlar, viktorinalar, slyotlar, ekskursiyalar, sayohatlarni tashkil etish va o‘tkazish;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
yong‘in xavfsizligi qismlariga, tegishli jamoat birlashmalariga, yong‘in-texnik ta’lim muassasalariga, ko‘rgazmalarga borish, yong‘indan saqlash xizmatining tarixi va fidokorlari to‘g‘risida yangi materiallarni to‘plash, yong‘indan saqlash xizmatining xizmat ko‘rsatgan xodimlari hamda faxriylari, yong‘in o‘chirish-amaliy sporti chempionlari va ustalari bilan uchrashuvlar uyushtirish;
bolalar texnika ijodiyotini rivojlantirish, yong‘in-texnik modellashtirish to‘garaklarini tashkil etish.
III. Yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalari a’zoligiga qabul qilish tartibi
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.02 Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim]
7. Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining 12 yoshga to‘lgan va undan katta bo‘lgan, drujinalarning ishida faol qatnashish istagini bildirgan o‘quvchilar yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalari a’zolari bo‘lishlari mumkin.
8. Yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinasi a’zoligiga yozma ariza, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti iltimosnomasi asosida drujinaning umumiy yig‘ilishida qabul qilinadi.
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 712-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 996-modda)
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
Yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinasi a’zoligiga tegishli vakolatli organlar tomonidan tasdiqlangan va Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yong‘in xavfsizligi choralarini qo‘llash bo‘yicha maxsus dasturlarni “yaxshi” yoki “a’lo” darajada o‘zlashtirgan o‘quvchilar qabul qilinadi.
Yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinasi a’zoligiga yangi qabul qilinganlarga tantanali ravishda yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinasi a’zosining znachogi topshiriladi.
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.02 Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
Yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalari znachogi namunasi va yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalarining ramzi xalq ta’limi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi organlari, Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati, tegishli jamoat birlashmalari ishtirokida ishlab chiqiladi va qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
(8-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
IV. Yosh yong‘in o‘chiruvchining majburiyatlari va huquqlari
9. Yosh yong‘in o‘chiruvchi quyidagilarga majbur:
yosh yong‘in o‘chiruvchi obro‘si va nomini qadrlash, drujina ishlarida faol qatnashish, drujina komandiri topshiriqlarini o‘z vaqtida va aniq bajarish;
yong‘in xavfsizligi choralarini o‘rganish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishda atrofdagilarga o‘rnak bo‘lish;
tengdoshlari va kichik yoshdagi bolalar o‘rtasida yong‘inlarning oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borish;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari (xizmatchilari) va tegishli jamoat birlashmalari xodimlari rahbarligida maktabgacha ta’lim muassasalarida va umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida, shuningdek mahalliy aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borishda ishtirok etish;
o‘z sport mahoratini oshirish, yong‘in o‘chirish-amaliy sporti va sportning boshqa turlari bilan shug‘ullanish.
10. Yosh yong‘in o‘chiruvchi quyidagi huquqlarga ega:
drujina faoliyatiga oid barcha masalalarni muhokama qilishda qatnashish va tegishli takliflar kiritish;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
yong‘in xavfsizligi masalalari bo‘yicha Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati va tegishli jamoat birlashmalariga yordam va maslahat so‘rab murojaat qilish;
drujinadagi faol ishi uchun tegishli jamoat birlashmalari, xalq ta’limi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi organlari, Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati, Yoshlar ittifoqi tomonidan yorliqlar, ko‘krak nishonlari, qimmatli sovg‘alar bilan taqdirlanish, yosh yong‘in o‘chiruvchilarning va “Kamalak” bolalar tashkiloti slyotlariga delegat etib saylanish;
(10-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 712-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 996-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining yong‘in-texnik ta’lim muassasalariga va yong‘in xavfsizligi mutaxassislari tayyorlovchi boshqa ta’lim muassasalariga o‘qishga yuborilish;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
yong‘inni o‘chirish, odam hayoti va fuqarolarning mulkini qutqarib qolishdagi jasoratli hamda qat’iy harakatlari uchun belgilangan tartibda davlat mukofotlari bilan taqdirlanishga tavsiya etilish.
V. Yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalari faoliyatiga rahbarlik qilish
11. Yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalari faoliyatiga kundalik rahbarlik umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining pedagoglar kengashi tomonidan amalga oshiriladi. Pedagoglar kengashi drujinaning komandirini, uning o‘rinbosarlarini saylaydi.
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
12. Yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalari faoliyatiga tashkiliy va uslubiy rahbarlik qilish uchun yosh yong‘in o‘chiruvchilarning respublika va hududiy shtablari tashkil etiladi. Shtablar tarkibiga xalq ta’limi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi organlari, Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati, tegishli jamoat birlashmalari va Yoshlar ittifoqi hamda boshqa tashkilotlar vakillari kiritiladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 712-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 996-modda)
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
13. Yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalarining shtab boshlig‘i, uning o‘rinbosarlari, kotibi va shtab a’zolari xalq ta’limi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi organlarining, Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati, tegishli jamoat birlashmalarining, Yoshlar ittifoqi hamda shtablar tarkibiga vakillari kiritilgan boshqa tashkilotlarning protokol qarori bilan tasdiqlanadi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 712-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 996-modda)
14. Yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalarining hududiy shtabi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.02 Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalari, to‘garaklari, yong‘in o‘chirish-amaliy sporti seksiyalari tashkil etishda va ularning faoliyat ko‘rsatishida yordam beradi, drujinalar faoliyatini muvofiqlashtiradi, ijobiy ish tajribalarni umumlashtiradi va tarqatadi, drujinalarga topshiriqlar beradi hamda ularning ish rejalarini muvofiqlashtiradi, yong‘inlarning oldini olish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
drujinalar, jamoatchi tashkilotchilarning yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalari bilan ishlash bo‘yicha hisobotlarini eshitadi, drujinalar a’zolarini rag‘batlantirishga doir materiallarni ko‘rib chiqadi, sport musobaqalari, viktorinalar, tanlovlar va shu kabilarning dasturlarini ishlab chiqishda qatnashadi;
sport tadbirlarining tasdiqlangan kalendar rejalariga muvofiq yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalarining yong‘in o‘chirish-amaliy sporti bo‘yicha tuman (shahar), hududiy musobaqalarini tashkil etadi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
15. Yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalarining respublika shtabi hududiy shtablar faoliyatiga rahbarlik qiladi, yong‘inlarning oldini olish ishlarining shakl va uslublarini rivojlantirish hamda takomillashtirishga oid tavsiyalar ishlab chiqadi, ommaviy tadbirlarni tashkil etadi, yosh yong‘in o‘chiruvchilar shtablari va drujinalarining eng yaxshi ish tajribalarini sport tadbirlarining tasdiqlangan kalendar rejalariga muvofiq o‘rganadi va targ‘ib etadi, yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalarining yong‘in o‘chirish-amaliy sporti bo‘yicha respublika musobaqalarini tashkil etadi.
VI. Yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalarining
16. Yosh yong‘in o‘chiruvchilar bilan olib boriladigan ishlar (sport musobaqalari, ekskursiyalar, slyotlar, viktorinalar va shu kabilar)ga, yong‘in-texnik ko‘rgazmalariga, yong‘in-texnik modellashtirish to‘garaklariga, drujinalar uchun znachoklar, yong‘in o‘chirish-amaliy sporti uchun sport snaryadlari, adabiyotlar, targ‘ibot ishlari uchun mol-mulklar sotib olishga xarajatlar tegishli jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar tomonidan ushbu maqsadlarga ajratiladigan mablag‘lar hisobidan, negizida yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalari tashkil etilgan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari ko‘magida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
17. Yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalari bilan amaliy mashg‘ulotlar va yong‘in o‘chirish — amaliy sporti bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun tegishli jamoat birlashmalari, Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati va boshqa manfaatdor tashkilotlar bepul va pulli tartibda sport bazalari, jihozlar taqdim etadilar, mutaxassislar, shuningdek yong‘in o‘chirish texnikasi, asbob-uskunalar hamda anjomlar ajratadilar.
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 28-martdagi 89-son qaroriga 4-ILOVA
Idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
1. Ushbu Nizom “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 33-moddasiga muvofiq idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
2. Hisob ro‘yxatidan o‘tkazish tegishli ma’muriy-hududiy birliklarning yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha o‘zaro hamkorligini amalga oshirish, ularning yong‘inlarni o‘chirishga tayyorligi holatini, shuningdek yong‘inlarning oldini olish ishlari amalga oshirilishini nazorat qilish uchun idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarining soni, joylashtirilishi, jihozlanganligi, komplektlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hamda boshqa zarur axborotlarni hisobga olish va tizimlashtirish maqsadida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
3. Idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazishni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati (keyingi o‘rinlarda DYOXX deb ataladi)ning ushbu Nizom bilan belgilangan tegishli organlari amalga oshiradi.
4. Ushbu Nizomda foydalaniladigan tushunchalar va ta’riflar:
hisob ro‘yxatidan o‘tkazish — reyestrda idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotlarni rasmiy qayd etish;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
idoraviy yong‘indan saqlash xizmati — idoraviy yong‘in nazoratini tashkil etish va amalga oshirish, idoraviy mansub obyektlarda yong‘inlarning oldini olish, yong‘inlar sodir bo‘lganda odamlar va mol-mulkni qutqarish, yong‘inlarni o‘chirishni tashkil etish va amalga oshirish uchun tegishli tashkilotlarning mulkdorlari qarori bo‘yicha tashkil etiladigan boshqaruv organlari va bo‘linmalar majmui;
ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati — fuqarolar va jamoat birlashmalarining tashkilotlarda, aholi punktlari va boshqa hududlarda yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini ta’minlashda, yong‘inlarni o‘chirishda ishtirok etish shakli;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
DYOXXning hududiy organi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining, obyektning yong‘in xavfsizligi boshqarmalari;
DYOXXning mahalliy organi — tumanlar (shaharlar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari)ning yong‘in xavfsizligi bo‘limlari (bo‘linmalari, guruhlari), bevosita yong‘in xavfsizligi boshqarmalariga bo‘ysunuvchi obyektlarning yong‘in xavfsizligi bo‘limlari (bo‘linmalari, guruhlari), tumanlar (shaharlar) va obyektlarni qo‘riqlash bo‘yicha DYOXXning harbiylashtirilgan va kasbiy otryadlari (qismlari).
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
5. Tashkilotlarda va aholi punktlarida tashkil etilgan idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari hisob ro‘yxatidan o‘tishi shart.
6. Hisob ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan materiallar besh yil mobaynida saqlanadi, saqlash muddati o‘tgach ular idoraviy arxivga topshiriladi.
II. Idoraviy yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazish va ularning reyestrini yuritish tartibi
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
7. Idoraviy yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmasini hisob ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi, shuningdek boshqa tashkilotlar DYOXXning hududiy organiga ularning faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar, jumladan quyidagi ma’lumotlar ilova qilingan arizani taqdim etadilar:
DYOXX, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi, shuningdek obyektlarda ariza beruvchi idoraviy yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmasini tashkil etmoqchi bo‘lgan boshqa tashkilotlar bilan kelishilgan Idoraviy yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmasi to‘g‘risidagi Nizomning nusxasi;
idoraviy yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan shaxsiy tarkib va yong‘inni o‘chirish texnikasi sonining hisob-kitobi;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
idoraviy yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmasining joylashishi va soni, shuningdek o‘zining va (yoki) ijaraga olinadigan moddiy-texnika bazasi to‘g‘risida ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ma’lumotlar;
idoraviy yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmasi rahbarlari va mutaxassislarining malakasi to‘g‘risida ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ma’lumotlar.
8. Ariza DYOXXning hududiy organida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin ko‘rib chiqishga qabul qilingan hisoblanadi va u 15 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqilishi kerak.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
9. DYOXXning hududiy organi, ushbu Nizomning 7-bandi talablariga muvofiq hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, ariza beruvchiga hisob ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etishga haqlidir.
10. Hisob ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi qaror yozma shaklda, ikki nusxada rasmiylashtiriladi, ulardan bittasi ariza beruvchiga yuboriladi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
11. Hisob ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi qarorni olgan ariza beruvchi, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgandan keyin, hisob ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga takroran murojaat qilish huquqiga ega.
12. DYOXXning hududiy organi tomonidan hisob ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin tegishli ma’lumotlar 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha idoraviy yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazish reyestriga kiritiladi.
13. Ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
III. Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazish va ularning reyestrini yuritish tartibi
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
14. Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmasini hisob ro‘yxatidan o‘tkazish (qayta ro‘yxatdan o‘tkazish) uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi (tashkilot ma’muriyati) DYOXXning mahalliy organiga ularning faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborot ilova qilingan arizani taqdim etadi.
Axborotda:
ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati boshlig‘i lavozimiga nomzod va uning malakasi;
ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmasining turi (drujina, komanda);
komandaning razryadi (komandalar tashkil etilgan taqdirda);
komandalar va (yoki) drujinalarning soni tarkibi;
ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilarni dastlabki (keyingi) tayyorlanganligi;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
o‘zining va (yoki) ijaraga olinadigan moddiy-texnika bazasi, komandalar tashkil etilganda esa – bino (xona), yong‘inni o‘chirish texnikasi, asbob-uskunalar, anjomlar, aloqa vositalari va jangovar kiyim mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan axborot har yili DYOXXning mahalliy organlariga taqdim etiladi.
15. Ariza DYOXXning tegishli mahalliy organida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin ko‘rib chiqishga qabul qilingan hisoblanadi va u 15 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqilishi kerak.
16. DYOXXning mahalliy organi ushbu Nizomning 14-bandi talablariga muvofiq hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda ariza beruvchiga hisob ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etishga haqlidir.
17. Hisob ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi qaror yozma shaklda, ikki nusxada rasmiylashtiriladi, ulardan bittasi ariza beruvchiga yuboriladi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
18. Hisob ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi qarorni olgan ariza beruvchi, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgandan keyin, hisob ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga takroran murojaat qilish huquqiga ega.
19. Hisob ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin DYOXXning mahalliy organi tomonidan ma’lumotlar 4-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazish reyestriga kiritiladi.
IV. Yakunlovchi qism
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
20. Davlat, xo‘jalik boshqaruvi organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari tugatilgan taqdirda, shuningdek ularning soni, joylashtirilishi, jihozlanganligi, komplektlanganligi to‘g‘risidagi hamda ular haqidagi boshqa ma’lumotlar o‘zgarganda o‘n kun muddatda DYOXXning tegishli organlariga o‘zgargan ma’lumotlarni taqdim etishlari shart.
21. DYOXXning tegishli organi taqdim etilgan o‘zgartirishlarni o‘zgartirilgan ma’lumotlar olingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida reyestrga kiritadi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
22. Ro‘yxatdan o‘tkazilgan idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tahlil qilinadi va DYOXXning tegishli hududiy organlarida saqlanadi, ular to‘g‘risidagi tizimlashtirilgan ma’lumotlar DYOXXning yuqori organiga beriladi.
23. Reyestrdagi ma’lumotlar ular bilan manfaatdor shaxslarning tanishishi uchun ochiq hisoblanadi va ularning yozma so‘rovi bo‘yicha reyestrdan ko‘chirma tarzida bepul beriladi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
24. Idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarining hisob ro‘yxatidan o‘tkazish reyestrlari raqamlangan, ip o‘tkazib tikilgan, gerbli muhr bosilgan va DYOXXning tegishli organi rahbarining imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
25. Idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazishning to‘liqligi va amalga oshirishning to‘g‘riligi, shuningdek ma’lumotlarning o‘z vaqtida taqdim etilganligi va ishonchliligi uchun ushbu Nizomning 7, 12, 14 va 19-bandlarida ko‘rsatilgan tegishli organlar va tashkilotlar javob beradilar.
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
26. Idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini tashkil etgan vakolatli organlar (tashkilotlar) ularning hisob ro‘yxatidan o‘tkazilmaganligi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 211-moddasi.
Idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga 1-ILOVA
Idoraviy yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmasining joylashtirilishi va soni, shuningdek o‘zining va (yoki) ijaraga olinadigan moddiy-texnika bazasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar
Tashkilotning nomi _________________________________
Bo‘linmaning joylashgan joyi (yuridik manzili) ______________
T/r
Moddiy-texnik baza
Nomi
Soni
O‘ziniki/ijaraga olingani
Ishlab chiqarilgan (qurilgan) yili
Izoh
1.
Bino (depo)ning turi
2.
Yong‘inni o‘chirish texnikasi
3.
Yong‘inni o‘chirishning texnik anjomlari
4.
Aloqa vositalari
5.
Yong‘in o‘chiruvchining maxsus kiyimi
Idora rahbari ____________
________________
(imzo)
(F.I.O.)
M.O‘.
Izoh. Yong‘inni o‘chirish texnikasi va yong‘inni o‘chirishning texnik anjomlari soni hisobdagi yong‘in o‘chiruvchilar soniga muvofiq bo‘lishi kerak.
Idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga 2-ILOVA
Idoraviy yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari rahbarlari va mutaxassislarining malakasi to‘g‘risidagi MA’LUMOTLAR
Tashkilotning nomi _______________________________
Bo‘linmaning joylashgan joyi (yuridik manzili) ______________
T/r
Familiyasi, ismi, otasining ismi
1
2
3
4
5
6
7
Tashkilot rahbari _____________
_______________
(imzo)
(F.I.O.)
M.O‘.
Idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga 3-ILOVA
Idoraviy yong‘indan saqlash xizmati (IYOSX) bo‘linmalarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazish reyestri
T/r
Idoraning nomi
Yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli, nomi, rahbarning F.I.O.
IYOSX bo‘linmasining hududiy joylashuvi (manzili, telefoni)
IYOSX bo‘linmasi rahbarining F.I.O. telefoni
IYOSX bo‘linmasi xodimlarining soni
Bino, xonaning turi (namunaviy depo, moslashtirilgan bino)
Yong‘inni o‘chirish texnikasining nomi, turi, chiqarilgan yili, texnik holati
Reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazish sanasi va asosi
Reyestrdan chiqarish sanasi va asosi
Izoh (kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar)
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
DYOXX organining rahbari ________________
_________________
(imzo)
(F.I.O.)
M.O‘.
Idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga 4-ILOVA
Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati (KYOSX) bo‘linmalarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazish reyestri
T/r
Tashkilot, fuqarolar-ning o‘zini o‘zi boshqarish organi nomi, rahbarning F.I.O.
Idoraviy mansubligi
KYOSX bo‘linmasining hududiy joylashuvi (manzili, telefoni)
KYOSX bo‘linmasi rahbarining F.I.O. telefoni
KYOSX bo‘linmasi turi (drujina, komanda)
Ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilar soni
Bino, xonaning turi (namunaviy depo, moslashtirilgan bino)
Yong‘inni o‘chirish texnikasining nomi, turi, chiqarilgan yili, texnik holati
Reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazish sanasi va asosi
Reyestrdan chiqarish sanasi va asosi
Izoh (kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar)
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
DYOXX organining rahbari _________________
___________________
(imzo)
(F.I.O.)
M.O‘.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 14-son, 178-modda; 2017-y., 37-son, 996-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 09/18/321/1154-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)