toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Hujjat 08.04.2013 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi Farmonlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Mikrokreditbank” ochiq aksiyadorlik tijorat bankining kapitallashish darajasini oshirish boʻyicha qabul qilingan qarorlarga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi qarorlari ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 29-mart,
PF-4524-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 29-martdagi PF-4524-sonli Farmoniga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan baʼzi qarorlari roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 23-dekabrdagi PF-3367-sonli Farmonining 2-bandi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash borasidagi faoliyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 10-noyabrdagi PF-4051-sonli Farmonining 2-bandi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 14-son, 175-modda)