1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar;
2.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi Farmonlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Mikrokreditbank” ochiq aksiyadorlik tijorat bankining kapitallashish darajasini oshirish bo‘yicha qabul qilingan qarorlarga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi qarorlari ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 29-mart,
PF-4524-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 29-martdagi PF-4524-sonli Farmoniga ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘z kuchini yo‘qotgan ba’zi qarorlari ro‘yxati
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 23-dekabrdagi PF-3367-sonli Farmonining 2-bandi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 10-noyabrdagi PF-4051-sonli Farmonining 2-bandi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 14-son, 175-modda)