1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.01.00 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi / 07.10.01.05 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.08.00 (Кучини йукотган) Shaxslarning ayrim toifalarini soliqqa tortish / 07.10.08.01 (Кучини йукотган) Kichik korxonalar va mikrofirmalarni soliqqa tortish / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.01.00 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi / 07.11.01.03 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlar;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.03.00 (Кучини йукотган) Obodonlashtirish va ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirish soligʻi;
5.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.16.07.00 (Кучини йукотган) Majburiy toʻlovlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar / 07.92.00.00 (Кучини йукотган) Majburiy toʻlovlar, ajratmalar va yigʻimlar;
6.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar;
7.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar);
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Chet el investitsiyalari. Konsessiya shartnomalari. Xorijdan mablagʻ jalb qilish. Erkin iqtisodiy zonalar;
3.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Yuqori qoʻshilgan qiymatga ega boʻlgan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni taʼminlaydigan zamonaviy, yuksak texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish boʻyicha qulay shart-sharoitlarni shakllantirish, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks hamda samarali foydalanish, shu asosda yangi ish joylarini yaratish va aholi daromadlarini oshirish maqsadida, shuningdek Oʻzbekistonda oʻzbek-xitoy sanoat parkini barpo etish loyihasini amalga oshirish boʻyicha oʻzaro anglashuv toʻgʻrisidagi memorandumga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimligining Jizzax viloyatida Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida filiali boʻlgan “Jizzax” maxsus industrial zonasini (keyingi oʻrinlarda — “Jizzax” MIZ deb yuritiladi) 1-ilovaga muvofiq hududlar chegaralari doirasida barpo etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Jizzax” MIZ tarkibiga kiritiladigan yer maydonlarining chegaralarini aniq belgilasin va yerlarning tegishli ravishda ajratilishini taʼminlasin.
Belgilab qoʻyilsinki, “Jizzax” MIZ tarkibiga kiritilgan yer maydonlari Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimligining bevosita tasarrufida boʻladi hamda “Jizzax” MIZ Maʼmuriy kengashi bilan kelishilgan holda ajratiladi.
2. Quyidagilar “Jizzax” maxsus industrial zonasi faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilansin:
ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh boʻlgan yuqori qoʻshilgan qiymatga ega mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha zamonaviy, yuksak texnologiyali va innovatsion ishlab chiqarishlarni barpo etish va ularning samarali faoliyat yuritishi uchun toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb etish;
maxsus industrial zonaga kiruvchi mintaqalarning ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni taʼminlash, mineral-xom ashyo resurslarini va qishloq xoʻjalik xom ashyosini chuqur qayta ishlash boʻyicha yangi ishlab chiqarishlarni barpo etish;
maxsus industrial zona va umuman respublika korxonalari oʻrtasida mustahkam kooperatsion aloqalar oʻrnatish hamda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish asosida mahalliy xom ashyo va materiallar negizida yuksak texnologiyali mahsulot ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish;
“Jizzax” MIZ hududida transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmaning jadal rivojlanishini va ulardan samarali foydalanishni taʼminlash.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.01.00 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi / 07.10.01.07 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslarning daromadlarining soliq hisobi / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi]
3. Belgilab qoʻyilsinki:
“Jizzax” MIZning faoliyat yuritish muddati 30 yilni tashkil etadi va bu muddat keyinchalik uzaytirilishi mumkin;
4. “Jizzax” maxsus industrial zonasining Maʼmuriy kengashi 2-ilovaga* muvofiq tarkibda tashkil qilinsin.
* 2-ilova berilmaydi.
“Jizzax” maxsus industrial zonasi Maʼmuriy kengashining asosiy vazifalari va funksiyalari quyidagilardan iborat etib belgilansin:
korxonalarga “Jizzax” MIZ qatnashchisi maqomini berish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
“Jizzax” MIZda loyihalarni amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vazirliklar va idoralarning, xoʻjalik birlashmalarining loyiha, tender va kontrakt hujjatlarini oʻz vaqtida tayyorlash hamda ularning ekspertizasini oʻtkazish borasidagi ishlarini, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining “Jizzax” MIZ faoliyati bilan bogʻliq masalalardagi ishlarini muvofiqlashtirish;
ishlamayotgan korxonalarni va davlat egaligidagi mol-mulkni “Jizzax” MIZ qatnashchilariga nolga teng xarid qiymati boʻyicha sotish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
“Jizzax” MIZning samarali faoliyat yuritishini tashkil qilish, “Jizzax” MIZ Direksiyasini shakllantirish va uning faoliyati ustidan nazorat olib borish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.
5. “Jizzax” maxsus industrial zonasi qatnashchilari:
yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi, ularning mol-mulkiga solinadigan soliqni, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻini toʻlashdan, kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlovi, shuningdek Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar toʻlashdan;
respublikada ishlab chiqarilmaydigan, loyihalarni amalga oshirish doirasida “Jizzax” MIZ hududiga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha olib kiriladigan uskunalar, butlovchi buyumlar va materiallar boj toʻlovlari (bojxona yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod qilinsin.
Belgilab qoʻyilsinki, yuqorida koʻrsatib oʻtilgan imtiyozlar kiritilgan investitsiyalarning hajmiga qarab 3 yildan 7 yilgacha muddatga beriladi, shu jumladan ekvivalenti:
300 ming AQSH dollaridan 3 million AQSH dollarigacha boʻlganda — 3 yil muddatga;
3 million AQSH dollaridan ortib 10 million AQSH dollarigacha boʻlganda — 5 yil muddatga;
10 million AQSH dollaridan ortiq boʻlganda — 7 yil muddatga beriladi.
6. Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimligi “Jizzax” maxsus industrial zonasining Maʼmuriy kengashi qarorlari boʻyicha belgilangan tartibda “Jizzax” MIZda loyihalarni amalga oshiruvchi investorlar uchun quyidagilarni taʼminlasin:
muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi tarmoqlariga ulanish uchun barcha zarur ruxsatnomalarni “bir darcha” tamoyili asosida berish.
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq “Jizzax” MIZda qatnashuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun “Oʻzbekenergo” DAK, “Oʻztransgaz” AK, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimligi boʻlinmalari va boshqa muhandislik-kommunikatsiya xizmatlarini yetkazib beruvchilar kommunikatsiyalarni ishlab chiqarish maydonchalariga tutashtirgan holda kafolatli ulanishini taʼminlaydilar.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Jizzax” MIZga ajratiladigan hududlarga budjet mablagʻlari va boshqa ichki moliyalash manbalari hisobidan tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiyalash va yanada rivojlantirishni taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi “Oʻzbekenergo” DAK, “Oʻztransgaz” AK, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, “Oʻzavtoyoʻl” AK, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimligi bilan birgalikda uch oy muddatda “Jizzax” maxsus industrial zonasi hududida transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish dasturini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda “Jizzax” MIZ Direksiyasini tashkil etsin va “Jizzax” maxsus industrial zonasi faoliyatini tashkil etish boʻyicha qaror qabul qilsin, unda “Jizzax” maxsus industrial zonasi toʻgʻrisidagi Nizom hamda “Jizzax” maxsus industrial zonasi Maʼmuriy kengashi haqidagi Nizomni tasdiqlash nazarda tutilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining Vazirlik tarkibidagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish boshqarmasining Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi xodimlari sonini 2 nafar shtat birligiga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.